Bojxona to‘lovlari tavsifnomasi
Kodi
|
To‘lov turining
|
1. Bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar.
|
10
|
Tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar
|
11
|
Tranz bojxona rejimid ovarlarn bojxona rasmiylashtiruvi uchun yi imlar
|
12
|
Bojxona organlarining belgilangan qiymatdan yoki belgilangan joylardan tashqari hollarda tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazganlik uchun yig‘imlar
|
2.Bojxona organlari tomonidan undiriladigan bojxona bojlari va soliqlar.
|
20
|
Import boj
|
25
|
Eksport boji
|
27
|
Import aksiz soli
|
28
|
Eksport aksiz soli
|
29
|
Qo‘shilgan qiymat so
|
3. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yig‘imlar
|
30
|
Jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan tovarlardan undirilad an yi
|
31
|
Jismoniy shaxslar uchun yagona bojxana to‘lov
|
4. Boshqa yig‘imlar
|
40
|
Egasi bojxona o rgani bo‘lgan omborlarda tova rlarni saqlanganlik uchun bojxona yig‘imlari.
|
41
|
O‘zbekiston Res publikasi hududi orqali b archa transport vosit alarida ashilayotgan tovarlarni bojxona kuzatuviga olganlik uchun bojxona yig‘imlari.
|
42
|
Litsenziya berganlik uchun bojxona yi imlari
|
43
|
O‘zbekiston Resp ublikasi qonun x ujjatlarida naza rda t utilgan bo qa bojxona yig‘imlari
|
5.To‘lovlar
|
50
|
Dastlabki qaror qabul qilganlik uchun to‘lov
|
6. Jamg‘arma va vositlar
|
60
|
Musodara q lingan tovarlar realizatsiyasidan kelib tushgan vositalar
|
61
|
Garovlar realizatsiyasidan kelib tushgan vositalar
|
62
|
Jarimalar
|
7. Boshqa bojxona to‘lovlari
|
71
|
Bojxona to‘lovlari uddatini kechiktirib to‘lash imkonini berganlik uchun foizlar
|
72
|
Pe
|
73
|
Yuridik shaxslar tomonidan nooziq-ovqat tovarlarini imortida y
|
74
|
Bojxona organlariga yuklatilgan bo q bojxona to‘lovlari turlari
|
75
|
Bojxona to‘lovlarini ta’minlash uchun to‘lovlar
|
|
Qo‘shni davlatlar hududidan yu ridik va jismoniy shaxs lar tomonidan uchinchi mamlakatlarda ishlab chiqarilgan va tijorat faoliyati uchun reeksport qilingan nooziq- ovqat iste’mol tovarlarini import qilish uchun yig‘im.
|
Tovarlar va transport vositalarining qonun hujjatlarida belgilanadigan bojxona qiymati import bojini, aktsiz soligʼini va tegishli bojxona yigʼimlarini hisoblab chiqarish uchun asos boʼladi.
Qoʼshilgan qiymat soligʼini hisoblab chiqarish uchun tovarning bojxona qiymati asos boʼlib, unga toʼlanishi lozim boʼlgan boj, aktsizga tortiladigan tovar boʼyicha esa, aktsiz soligʼining summasi ham qoʼshiladi.
Bojxona toʼlovlari deklarant tomonidan toʼlanadi. Har qanday manfaatdor shaxs, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʼlsa, toʼlovchining oʼrniga bojxona toʼlovlarini toʼlashga haqli.
Bojxona toʼlovlari bojxona deklaratsiyasi qabul qilingunga qadar yoki qabul qilinishi bilan bir vaqtda toʼlanadi. Tovarlar notijorat maqsadlari uchun olib oʼtilayotganda bojxona toʼlovlari bojxona deklaratsiyasini qabul qilish bilan bir vaqtda toʼlanadi.13
Bojxona toʼlovlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilgan boʼlmasa, Oʼzbekiston Respublikasining milliy valyutasida toʼlanadi.
Oʼz vaqtida toʼlanmagan bojxona toʼlovlari oʼtgan muddatdan qaʼtiy nazar undiriladi va undirilmagan summadan 0.05 foiz miqdorida peniya undiriladi.
Ortiqcha toʼlangan yoki undirilgan bojxona toʼlovlarining, shuningdek bojxona rejimlariga muvofiq qaytarilishi lozim boʼlgan bojxona toʼlovlarining summalari qaytarilishi yoxud toʼlangan paytdan boshlab yoki bunday toʼlovlar undirilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida toʼlovchining talabnomasi boʼyicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda kelgusi toʼlovlar hisobiga oʼtkazilishi lozim.
Bojxona nazorati-qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarga rioya etilishini taʼminlash maqsadida bojxona organlari amalga oshiradigan tadbirlar majmuidir.
Bojxona siyosatining asosiy maqsadlari Oʼzbekiston Respublikasi bojxona hududida samarali bojxona nazoratini hamda tovar ayirboshlashni tartibga solishni taʼminlashdan, iqtisodiyotning rivojlanishini ragbatlantirishdan, ichki bozorni himoyalashdan iborat.14
Bojxona ishi Oʼzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib oʼtish, boj toʼlovlarini undirish, bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona nazoratini amalga oshirish tartibi va shartlaridan hamda bojxona siyosatini amalga oshirishning boshqa vositalaridan iboratdir.
Bojxona rasmiylashtiruvi-tovarlar va transport vositalari ustidan bojxona nazoratini taʼminlash maqsadida bojxona organlarining mansabdor shaxslari amalga oshiradigan operatsiyalar majmui
Bojxona xududida qayta ishlash shunday rejimki, bunda tovarlar Oʼzbekiston Respublikasi bojxona hududiga import bojlari, soliqlar toʼlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʼllanmagan holda bojxona nazorati ostida qayta ishlash uchun olib kirilib, keyinchalik qayta ishlash mahsulotlari olib chiqiladi yoki ular oʼzga rejim ostida joylashtiriladi.
Boj tarifi-bojxona chegarasidan olib oʼtiladigan, Oʼzbekiston Respublikasi tashqi iqisodiy faoliyatining Tovar nomenklaturasi printsiplari va ќodalariga muvofiq holda bir tizimga solingan tovarlarga nisbatan qoʼllaniladigan boj stavkalarining toʼplamidir. Hozirgi kunda bojxona chegarasidan olib oʼtilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona toʼlovlarini toʼgʼri hisoblash va undirish hamda undirilgan bojxona toʼlovlarini davlat byudjeti daromadlariga toʼliq oʼtkazish asosiy dolzarb masalalardan biridir. Shu sababdan, Oʼzbekiston Respublikasi bilan erkin savdo zonasi tashkil etish toʼgʼrisida bitimga ega boʼlgan davlatlar va Oʼzbekiston Respublikasi bilan savdo-igʼtisodiy alogʼalarda eng koʼp qulaylik berish tartibini qoʼllayotgan mamlakatlarda ishlab chigʼarilgan tovarlarga preferentsiya va imtiyozlarni qoʼllash mexanizmini yanada takomillashtirish hamda bojxona boshqarmalarida va tashqi iqtisodiy faoliyat boʼyicha bojxona maskanlarida tovarning qiymatini va bojxona toʼlovlaridan imtiyozlarni toʼgʼri qoʼllanilishi ustidan oʼz-oʼzini tekshirish, bosqichma-bosqich bir necha pogʼonali bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi mexanizmini tashkil qilinish va takomillashtirish maqsadga muvofiq boʼladi.
Oʼzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda tarif usullaridan foydalanish, tarifni chet el tajribasidan va jahon savdo tashkiloti tavsiyalaridan kelib chiqib takomillashtirilgani mamlakat ichki ishlab chiqaruvchilarini samarali himoya qiladi hamda davlatning fiskal siyosatini amalga oshirib, byudjetning daromad qismini boyitadi.
Oʼzbekiston Respublikasi “Boj tarifi toʼgʼrisida”gi Qonunga binoan Oʼzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarini amalga oshirishda tarif preferentsiyalari yaʼni imtiyoz berilishi koʼzda tutilgan. Tarif preferentsiyasi deganda Oʼzbekiston Respublikasining bojxona siyosatini amalga oshirishda Oʼzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʼtiladigan tovar uchun boj toʼlashga nisbatan oʼzaro yoki bir tomonlama imtiyoz berilishi tushuniladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan Oʼzbekiston Respublikasi milliy preferentsiya tizimidan foydalanuvchi rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan boj toʼlashdan ozod qilish, boj stavkalarini kamaytirish yoki preferentsial tartibda tovar olib kirishga (olib chiqishga) tarif kvotalari belgilash kabi preferentsiyalar yoʼl qoʼyiladi.
Boj tarifi bilan preferentsiyalar quyidagi koʼrinishda berilishi mumkin:
1. Boj toʼlashdan majburiy ozod qilish.
2. Istisno hollarda bojdan ozod qilish.
3. Ilgari toʼlangan bojni qaytarish.
4. Boj stavkalarini pasaytirish.
“Boj tarifi toʼgʼrisida”gi Qonunda boj undirishdan ozod qilish va tarif imtiyozlari berish alohida moddalarda qayd etilgan.
Oʼzbekiston Respublikasining tashqi savdo siyosatini uning bojxona hududi doirasida amalga oshirishda:
Oʼzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan tegishli bojxona rejimlari doirasida bojxona nazorati ostida Oʼzbekiston Respublikasining bojxona hududiga vaqtincha olib kiriladigan yoki undan vaqtincha olib chiqiladigan tovarlarga;
Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq chet elda investitsiya sohasidagi hamkorlik obʼektlarini qurish uchun butlovchi buyumlar tarkibida olib chiqiladigan tovarlarga;
Oʼzbekiston Respublikasining bojxona hududidan davlat ehtiyojlari uchun eksportga ajratilgan hajmlarda olib chiqiladigan tovarlarga;
Oʼzbekiston Respublikasining bojxona hududiga chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning chet el korxonalarining ustav fondlariga ulush sifatida olib kiriladigan tovarlarga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq mahsulotni taqsimlash toʼgʼrisidagi bitimlarda nazarda tutilgan hollarda shunday korxonalar olib chiqib ketadigan oʼzlari ishlab chiqargan tovarlarning ayrim turlariga nisbatan ilgari toʼlangan bojni qaytarish, boj stavkasini kamaytirish va alohida hollarda bojdan ozod qilish kabi tarif imtiyozlari berilishiga yoʼl qoʼyiladi.
Tashqi savdoni tartibga solishda hukumat tarif va notarif dastaklami qoilaydi va ushbu dastaklarning amaliy qoilanilishini davlat yoki jamoat tashkilotlari ta’minlaydi. Tariflar bojxona tariflariga asoslangan dastaklar boisa, notarif dastaklar qolgan barcha dastaklami o‘z ichiga oladi. Savdo siyosatining asosiy dastagi - bu bojxona tarifidir. Bojxona tarifiga turli xil ta’riflar berilgan, ammo fikrimizcha, ular orasida eng to‘g‘ri va toiigi quyidagicha: «bojxona tarifi — bu mahsulot bojxona chegarasidan olib oiilayotganda toianishi kerak boigan bojxona bojlari haqidagi umumiy maiumotdir».
Har qanday davlat tarif siyosatini qo‘llar ekan tariflarni yagona tizimga birlashtiradi. Bojxona organi olib borilayotgan bojxona siyosati doirasida boj toiamasdan olib chiqilishi (yoki olib kirilishi) mumkin bo‘lgan yoki boj undirilishi lozim bo‘lgan tovarlami aniqlashtiradi. Boj stavkalari tovar turiga qarab o‘zgarib boradi.
Bojxona tariflari yuridik va jismoniy shaxslar uchun o‘matiladi, boj undirish prinsiplari turlicha bo‘ladi. Jismoniy shaxslar shaxsiy ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan yoki boj olinmaydigan minimum chegarasida tovarlarni boj to’lamasdan olib chiqish huquqiga ega. Odatda, davlat tovarlami boj to’lamasdan olib chiqib ketishning chegarasini (qiymatli ekvivalentini) belgilab beradi. Bundan tashqari, ba’zi tovarlar bo‘yicha olib chiqish va olib kirishning chegaraviy me’yorlari o‘rnatiladi. 0 ‘zbekistonda shaxsiy ehtiyojlar uchun boj to’lamasdan 2 litrgacha spirtli ichimliklar, 1000 donagacha tamaki mahsulotlari, 30 metrgacha sintetik matolar, 5 kilogrammgacha go‘sht, 5 tagacha teri mahsulotlari va hokazolarni boj to’lamasdan olib chiqish va olib kirish mumkin. Olib o‘tilayotgan tovarlar hajmi bu me’yorlardan oshganda jismoniy shaxs eksport yoki import bojlarini to’laydi.
Boshqa mamlakatlarda tovarlami boj toiamasdan olib o‘tish me’yorlari, ayniqsa, spirtli va tamaki mahsulotlari uchun birmuncha oz miqdorda o‘rnatilgan. Masalan, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, AQSh va Ukrainada boj to’lamasdan 200 dona sigareta olib kirish mumkin.15
Aktiv bojxona siyosatini olib borishdan maqsad ichki bozorni import tovarlari bilan toidirish yoki muayyan tovarlarning ichki bozorlarga kirib kelishining oldini olishdan iborat. Agar davlat xorij tovarlarining ichki bozorlarga kirib kelishini mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar bilan raqobat qilishini xohlamasa, unda bu tovarlarning olib kirilishi butunlay taqiqlanadi yoki ularga nisbatan yuqori tariflar joriy etiladi. Masalan, Yaponiya va Buyuk Britaniyada bojxona tariflari 0 dan 30—40 %gacha o‘zgarib turadi. Mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan xomashyo va tovarlarga nisbatan 0 stavkali, tayyor mahsulotlar, ayniqsa, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqariladigan turdosh mahsulotlarga nisbatan eng yuqori stavkali tariflar o‘matiladi. Hatto eng taraqqiy etgan mamlakatlar ham ichki bozorlarini tariflar yordamida himoya qiladi. Yuqori bojxona tariflari mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar uchun yuqori xarajatlarni qoplash vazifasini o‘taydi.
Davlat tashqi savdoni tartibga solishda tarif metodlari bilan birgalikda notarif metodlardan ham keng foydalanadi. Ulaming ko‘pchiligi bojxona tariflaridan farqli ravishda miqdoriy jihatdan o ‘lchanmaydi va shuning uchun statistikada yaqqol aks ettirilmaydi. Notarif metodlarning ushbu xususiyati hukumatlarga tashqi savdo siyosati sohasida o‘z maqsadlariga erishishda ulardan aralash foydalanishga imkon yaratadi.
Notarif usullar — tovar ayirboshlashga ta’sir qilish dastaklarini, ya’ni mamlakatga olib kiriladigan yoki chetga chiqariladigan mahsulot hajmi va nomenklaturasini cheklashni bildiradi. Notarif usullar miqdoriy, moliyaviy, yashirin va noiqtisodiy usullarga ajratiladi. Ular ustun darajada rivojlanayotgan va hukumat tomonidan proteksionistik iqtisodiy siyosatni talab qiluvchi, bozor tuzilmalari shakllanayotgan o‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlariga xosdir.16
Tahlillarning ko‘rsatishicha, davlat tomonidan tashqi savdoni tartibga solish tarif va notarif usullar kombinatsiyasi yordamida amalga oshiriladi. XXI asr boshlaridan tarif usullarining mavqeyi pasayib bormoqda. Ushbu holat Jahon savdo tashkiloti tomonidan a’zo mamlakatlar oldiga qo‘yilgan strategik vazifa — ular o‘rtasidagi o‘zaro tovar savdosida tarif cheklashlarini bosqichma-bosqich bartaraf etish bilan bog‘liq.
Jahon amaliyotida notarif usullarga kvotalash, litsenziyalash, eksportni subsidiyalash, demping, kartel bitimlar va mamlakatlar o‘rtasida tovar oqimlari yo‘lida texnik to‘siqlarni yaratish kabi usullar kiritiladi. Bir so‘z bilan aytganda, mamlakat hukumati tashqi savdo siyosatining u yoki bu dastaklarini qo'llash haqidagi qarorni qabul qilar ekan, odatda, ularning birgalikda ta’sir ko‘rsatishi va joriy vaziyatga ta’sirini, davlat ichida va undan tashqarida kutilayotgan istiqbollarini baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |