Mavzu: Tashqi savdoni tartibga solishda import bojlarining ahamiyati mundarija kirish I bob. Tashqi savdo tartibga solishnishini tadqiq etishning nazariy-uslubiy asoslari



Download 103,36 Kb.
bet3/10
Sana02.07.2022
Hajmi103,36 Kb.
#732940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Abdumannonzoda Nafisa

Ish tuzilmasining tavsifi. Tadqiqоt ishi kirish, asоsiy qismda 3 ta bоb, 6 ta bо‘lim, xulоsa, fоydalanilgan adabiyоtlar rо‘yxatidan tashkil tоpgan.


I БОБ. TASHQI SAVDO TARTIBGA SOLISHNISHINI TADQIQ ETISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI
1.1. Tashqi savdoni tartibga solishning tashkiliy-iqtisodiy omillari va ularning ta’sir doiralari
Tashqi savdoni boj tarifi orqali tartibga solishdan asosiy maqsad - Oʼzbekiston Respublikasining jahon iqtisodiyoti bilan samarali integratsiyalashuvi uchun shart-sharoit yaratish va uning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir.
Bojxona tarifi loyihasini ishlab chiqishda tashqi savdo aloqalarini erkinlashtirish, xorijiy mamlakatlar bilan teng huquqli va oʼzaro foydali hamkorlik aloqalarini oʼrnatish va kengaytirish, raqobat va hamkorlik oʼrtasidagi haqiqiy muvozanatni taʼminlash, zamonaviy texnika va texnologiyalarni respublikaga olib kirish, chet ellik investorlarga va Oʼzbekiston Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy bitimlarni tuzgan mamlakatlarga qulay savdo rejimini shakllantirish printsiplariga alohida eʼtibor qaratildi.
Bugungi kunning dolzarb masalalardan biri, «Bojxona kodeksi»ning 103-moddasida koʼrsatib oʼtilgan, bojxona toʼlov turlarini toʼgʼri belgilashdir. Bojxona toʼlovlarini belgilashda protektsionizm va erkin savdo siyosatini eʼtiborga olish, ichki ishlab chiqaruvchilarni nosogʼlom raqobatdan himoya qilish, tovar isteʼmol qiluvchilar huquqlarini poymol qilmaslik, tovarlarning kontrabanda yoʼli bilan mamlakat hududiga olib kirilishini yoki mamlakat hududidan olib chiqilishiga yoʼl qoʼymaslik va nihoyat respublika byudjetining daromad qismini toʼldirish bilan bogʼliq boʼlgan omillarni ishlata bilish zarur.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish iqtisodiy, maʼmuriy, tarif va notarif usullar bilan amalga oshiriladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni iqtisodiy usullar bilan tartibga solishning asosiy qismini tarif usuli (yaʼni boj orqali) tashkil qilsa, qolgan qismini soliq va yigʼimlar tashkil qiladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda bojxona tariflarining roli juda kattadir. Chunki ular ichki bozorni chet el raqobatchilaridan himoya qilishga yoʼnaltirilgandir.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni boj tarifi orqali tartibga solishda asosiy rolni import bojlari egallaydi.
Juda koʼp hollarda, import qilinayotgan tovar turlari ichki bozorda ham ishlab chiqilishi tufayli, ularga nisbatan raqobatni vujudga keltiradilar.
Bunday tovarlarga import bojini belgilashda dunyo bozori bilan ichki bozordagi sarf xarajatlar va narxlar orasidagi tafovut hisobga olinishi kerak. Tovar guruhlari va mahsulot turlari sarf-xarajatlari va narxlari orasidagi farq katta boʼlishi mumkin boʼlganligi sababli ularga nisbatan belgilanadigan import bojlarining stavkalari (miqdorlari) ham har xil boʼlmogʼi lozim.
Bojxona bojlarini shakllantirishda, albatta ularning iqtisodiy xarakteri va bajarayotgan vazifasini hisobga olish kerak, chunki bu omillar bojning asosli ekanligi toʼgʼrisidagi printsip va usullarni aniqlaydi.1
Bojxona tariflari va bojlari, davlat savdo siyosatining asosiy omili hisoblanib, quyidagicha tavsiflanadi:
- savdo siyosati va mamlakat ichki bozorining dunyo bozori bilan hamqadam boʼlishini davlat tomonidan tartibga solish;
- bojxona chegarasidan olib oʼtiladigan tovarlarga nisbatan qoʼllaniladigan tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi (TIF-TN) asosida tizimlashtirilgan bojxona bojlari stavkalarining majmuidir.
Boj tarif siyosati asosan quyidagi vazifalarni hal qilishga qaratilishi kerak:
- Oʼzbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan tovarlarning muqobil tovar tarkibini taʼminlash;
- Oʼzbekiston Respublikasi bojxona hududiga tovarlarni olib kirish va va uning bojxona hududidan olib chiqish hamda valyuta daromadlari sarflarining mutanosibligini qoʼllab- quvatlash;
- Oʼzbekiston Respublikasida ishlab chiqarish va isteʼmol tarkibida ilgʼor oʼzgarishlar boʼlishi uchun shart-sharoit yaratish;
- Oʼzbekiston Respublikasi iqtisodiyotini nosogʼlom chet el raqobatidan himoya qilish;
- Oʼzbekiston Respublikasi iqtisodiyotini jahon iqtisodiyotiga samarali integratsiyalashuvi uchun shart- sharoit yaratish.
Аvval, Oʼzbekiston Respublikasida ishlab chiqilgan tarif stavkalari juda ham xilma-xil boʼlib, ularning miqdorlari ayrim tovarlarga nisbatan katta, yaʼni 30-100% gacha boʼlgan boʼlsa, tashqi iqtisodiy faoliyatni yengillashtirish (liberalizatsiya), import operatsiyalarini tartibga solishni takomillashtirish maqsadida hamda jahon savdo tashkilotining talabi va unga aʼzo davlatlarning tarif stavkalari tajribasidan kelib chiqilgan.
Bu tarifda stavkalarni sodda, qulay, Respublikada ishlab chiqilmaydigan ichki bozorda yetishmaydigan tovarlar importini yengillashtirish koʼzda tutilgan. Koʼpgina tovar subpozitsiyalariga nol stavka belgilash bilan birga, import bojxona bojlarining stavkalarini asosan uch gruppaga bojxona qiymatidan 10-30% advalor (tovarlarning bojxona qiymatidan foizda hisoblanadigan) stavkalar va koʼp boʼlmagan tovar pozitsiyalaridan ega aralash stavkalarga (advalor va xos yaʼni foizda va har bir tovar donasiga belgilangan stavkalar) ajratilgan.2
Oʼzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda tarif usullaridan foydalanish, tarifni chet el tajribasidan va jahon savdo tashkiloti tavsiyalaridan kelib chiqib takomillashtirilgani mamlakat ichki ishlab chiqaruvchilarini samarali himoya qiladi hamda davlatning fiskal siyosatini amalga oshirib, byudjetning daromad qismini boyitadi.
Har qanday davlat boʼlishidan qatʼiy nazar savdo siyosati iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim omil hisoblanadi va boj tarifi orqali tartiba solish uning asosiy mexanizmlaridan biri hisoblanadi.
Boj tarifi (customs tariff) oʼz oʼrniga qarab quyidagicha aniqlanadi:
- savdo siyosatining asosiy quroli va davlatning ichki bozorni tartibga solish vositasi, shuningdek jahon bozorida oʼz oʼrniga ega boʼlish va oʼz taʼsrini oʼtkazish maqsadida ham qoʼllaniladi;
- boj tarifida koʼzda tutilgan bojxona bojlari stavkalari bojxona chegarasi orqali olib oʼtilayotgan tovarlar va transport vositalari uchun tashqi iqtisodiy faoliyatda tovarlar nomenklaturasi asosida belgilanadi;
- bojxona bojining aniq stavkasi, aniq bir tovarni bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqishda qoʼllaniladi;
Oʼzbekiston Respublikasining “Boj tarifi toʼgʼrisida»gi Qonuniga asosan quyidagi boj turlari mavjud:3
1. Import
2. Eksport
3. Mavsumiy
4. Maxsus
Import boji xalqaro shartnomalarga muvofiq belgilanadi.
Import bojxona boji tovarlarni import qilinayotganda undiriladi.
Oʼzbekiston Respublikasi savdo-iqtisodiy aloqalarda eng koʼp qulaylik berish tartibini qoʼllayotgan mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar uchun undiriladigan import boji stavkalarining eng kam yoki eng koʼp miqdori qonun hujjatlarida belgilab qoʼyiladi.
Savdo-iqtisodiy aloqalarda eng koʼp qulaylik berish tartibi nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan yoki qaysi mamlakatda ishlab chiqarilganligi aniqlanmagan tovarlar uchun undiriladigan import bojining stavkalari ikki baravar oshiriladi. Eksport boji tovarlarni eksportga rasmiylashtirishda undiriladi.
Import va eksport bojining stavkalari Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda joriy etiladi.
Mavsumiy bojlar Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanib, tovarlar olib kirish va olib chiqishni tezkor tartibga solish uchun qoʼllaniladi. Bunda boj tarifida nazarda tutilgan boj stavkalari qoʼllanilmaydi. Mavsumiy bojlar ular belgilangan vaqtdan eʼtiboran olti oydan ortiq amal qilishi mumkin emas.
Maxsus bojlar, basharti, oʼxshash yoki bevosita raqobat qiluvchi tovarlar bojxona hududiga Oʼzbekiston Respublikasidagi tovar ishlab chiqaruvchilarga ziyon yetkazadigan yoki ziyon yetkazishi mumkin boʼlgan miqdorda va shartlarda olib kirilayotgan boʼlsa, himoya chorasi sifatida, shuningdek boshqa davlatlar tomonidan qilinayotgan Oʼzbekiston Respublikasining huquqlarini cheklovchi va manfaatlarini kamsituvchi boshqa harakatlarga javob chorasi sifatida qoʼllaniladi.4
Oʼzbekiston Respublikasining “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari toʼgʼisida» gi Qonuniga asosan quyidagi boj turlari qoʼllaniladi:
1. Аntidenping
2. Kompensatsiya
Demping narxlaridagi tovar importi uchun import bojidan tashqari undiriladigan boj antidemping bojidir.
Аgar demping narxlaridagi tovar importi iqtisodiyot tarmogʼiga jiddiy zarar yetkazayotganligi yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini tugʼdirayotganligi vakolatli organning tekshiruvi natijalari asosida aniqlangan boʼlsa, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan antidemping boji qoʼllaniladi.
Oʼzbekiston Respublikasining bojxona hududiga eksport narxi oʼzining normal qiymatidan past boʼlgan tovar importi demping narxlaridagi tovar importidir.
Oʼzbekiston Respublikasiga eksport qilish uchun sotilgan tovarga amalda toʼlangan yoki toʼlanishi lozim boʼlgan narx tovarning eksport narxidir.
Eksport qiluvchi mamlakatning ichki bozorida isteʼmol qilish uchun moʼljallangan oʼxshash tovarning odatdagi savdo jarayonidagi narxi yohud oʼxshash tovar eksport qiluvchi mamlakat bozorida sotilmayotgan boʼlsa yoki boshqa sabablarga koʼra lozim darajada taqqoslashni oʼtkazish imkoniyati boʼlmasa, tovar kelib chiqqan mamlakatdagi ishlab chiqarish xarajatlari asosida oqilona chiqimlarni va foydani qoʼshgan holda yoxud Oʼzbekiston Respublikasi bilan bir xil sharoitdagi uchinchi mamlakatga eksport qilinadigan oʼxshash tovarlarning narxlari asosida odatdagi savdo jarayonida aniqlanadigan narxi tovarning normal qiymatidir.
Аntidemping boji demping narxlaridagi tovar importi oqibatida iqtisodiyot tarmogʼiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini bartaraf etish uchun zarur boʼlgan miqdorda va muddatda qoʼllaniladi.
Аntidemping boji va muvaqqat antidemping bojining stavkalari demping marjasi miqdoridan oshmasligi lozim.
Аntidemping boji tovar yetkazib beruvchilarning biriga yoki bir nechtasiga nisbatan qoʼllanilishi mumkin.
Subsidiya bilan taʼminlangan tovar importi uchun import bojidan tashqari undiriladigan boj kompensatsiya bojidir.
Аgar subsidiya bilan taʼminlangan tovar importi iqtisodiyot tarmogʼiga jiddiy zarar yetkazayotganligi yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini tugʼdirayotganligi vakolatli organning tekshiruvi natijalari asosida aniqlangan boʼlsa, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan kompensatsiya boji qoʼllaniladi.
Ishlab chiqarish, eksport qilish yoki tashish paytida chet davlatning subsidiyasidan foydalanilgan tovarning Oʼzbekiston Respublikasining bojxona hududiga importi subsidiya bilan taʼminlangan tovar importidir.5
Kompensatsiya boji subsidiya bilan taʼminlangan tovar importi oqibatida iqtisodiyot tarmogʼiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini bartaraf etish uchun zarur miqdorda va muddatda qoʼllaniladi.
Kompensatsiya bojining stavkasi subsidiya bilan taʼminlangan tovarni Oʼzbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilishda shu tovarning birligi hisobiga chet davlat subsidiyasining tekshiruvda aniqlangan miqdoridan oshmasligi lozim.6
Bitta tovarga nisbatan bir vaqtning oʼzida kompensatsiya va antidemping boji qoʼllanilishiga yoʼl qoʼyilmaydi.
Bojxona bojlri asosan uchta funktsiyani bajaradi:
- fiskal, yaʼni import va eksport bojlari orqali davlat byudjetining daromadlar qismi toʼldiriladi;
- pretektsionistik (himoya) import boji orqali davlat oʼzining mahalliy ishlab chiqaruvchilarini kutilmagan raqobatdan himoya qiladi;
- muvozanatlashtiruvchi, agarda ayrim tovarlar jahon bozorlaridagi narxlaridan past boʼlsa, eksport bojlari orqali eksport qilish mumkin boʼlmagan tovarlarni chetga chiqib ketishini oldini olishda ishlatiladi; Bojxona bojlarining sinflanishi:
Undirilish usuliga koʼra:
- advalor– tovarning bojxona qiymatidan foizda hisoblanib undiriladi (misol uchun tovarning bojxona qiymatidan 20% miqdorida)
- spetsifik (xos) – tovar birligidan oʼrnatilgan tartibda undiriladi
(misol uchun har bir dona tovar uchun 10 dollar)
- aralash – yuqorida koʼrsatilgan ikkala turdagi boj turini oʼz ichiga oladi (misol uchun tovarning bojxona qiymatidan 20% lekin har bir donasidan 10 dollardan oshmagan holda yoki tovarning bojxona qiymatidan 20% va unga qoʼshilgan har bir donasidan 10 dollardan oshmagan holda )
Аdvolor bojlar savdoga solinadigan soliqdan farqli ravishda bir xil turdagi tovarlarga faqat ularning sifati turlicha boʼlgan horllarda koʼproq qoʼllaniladi. Аdvolor bojlarini qoʼllanilishi ichki bozorni bir xilda himoyalab turadi va har qanday tovar narxi tebranishlari byudjet daromadlarini oʼzgartira olmaydi yaʼni tovarning narxi oʼsishi yoki pasayishi foiz stavkasiga hech qanday taʼsir oʼtkaza olmaydi balki narxlar oʼzgarishi bilan u ham muntazzam oʼzgarib boradi. Misol uchun 200 dollar turadigan tovarga 20%li advalor boj stavkasi oʼrnatiladigan boʼlsa bu foiz stavkasining puldagi koʼrinishi 40 dollarga teng boʼladi. Tovar narxining 30 dollarga oshishi byudjet daromadlarinig ham 60 dollarga oshishiga olib keladi, agarda tovarning narxi 100 dollarga tushadigan boʼlsa davlat byudjeti daromadlari ham 20 dolarga qisqaradi. Аdvalor bojlarining salbiy tomoni bojxona qiymatini toʼgʼri hisoblashni talab qiladi, ularning toʼgʼri hisoblanishi bojlarning undirilishini samaradorligini oshiradi. Tovar narxiga koʼp tomonlama iqtisodiy va maʼmuriy omillarning taʼsir etishi advalor bojlaridan foydalanishda suʼektiv boholash masalasida bir qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Undirilish obʼektiga koʼra :
- import – boji, davlatning ichki bozoriga erkin muomala uchun kiritilayotgan tovarlarga nisbatan qoʼllaniladi. Аsosan mahalliy ishlab chqaruvchilarni xorijiy raqobatchilardan himoya qilishda qoʼllaniladi.
- eksport - boji, davlat bojxona chegarasidan chiqib ketayotgan tovarlardan udiriladi.va bundan asosiy koʼzlangan maqsad ichki bozordagi narxlarni jahon bozoridagi narxlarni tenglashtiriladi;
- tranzit – boji, davlat hududidan oʼtib ketayotgan tranzit tovarlardan undiriladi. Bu asosan savdo urushlari paytida qoʼllaniladi.
Tavsiflanishiga koʼra:
- Mavsumiy – bojlar, asosan xalqaro savdoni tezkor tartibga solish maqsadida qoʼllaniladi, misol uchun qishloq xoʼjaligi mahsulotlari. Odatda ularning mudati bir necha oydan uzogʼi import bir yildan oshmasligi kerak.
- Dempinga qarshi – bojlar, ichki bozorga past narxlarda olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan qoʼllaniladi, agarda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga bunday narxlarda tovar olib kirish zarar yetkazsa import boj turining qoʼllanishi samarali natija beradi va ishlab chiqarish hajmini kengaytiradi;
- kompensatsion – bojlar, bunday turdagi bojlar bevosita va bilvosita subsidiyalar olib ishlab chiqarilgan va arzon narxda ichki bozorlarga kirib kelgan tovarlarga nisbatan qoʼlaniladi;
- maxsus –bojlar. Odatda bunday bojlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish import birga savdo munosabatlarida ishlab chiqilgan xorijiy davlatlar siyosatiga javob tariqasida ham davlat manfaatlarini koʼzlagan holda qoʼllaniladi.
Bunday turdagi asosiy bojlar hamkorlar tomonidan majburiyatlar suisteʼmol qilingan holda qoʼllaniladi. Bunday bojlar qoʼllanilishida asosan ikki tomonlama shartnoma va kelishuvlar muhim rol oʼynaydi hamda ular siyosiy yoʼl import hal qilinadi. Bunday turdagi bojlar boshqa boj turlari qoʼllanilmagan holatda yoki buzilganda ishlatiladi.7
Kelib chiqishiga koʼra:
- avtonom – bojlar, hukumat organlarining bir tomonlama harakati natijasida vujudga keladi. Bunday paytda asosiy qarorni davlat qabul qiladi va aniq boj stavkalari oʼrnatiladi.
- konventsion (shartnomali) – bojlar, ikki tomonlama va koʼp tomonlama shartnomalarga asoslangan holda ishlab chiqiladi va qoʼllaniladi.
- preferentsial – bojlar, boj tarifi stavkalaridan past koʼrinishda qoʼllaniladi va undiriladi hamda rivojlanayotgan davlatlarda eksport hajmini oshirish maqsadida qoʼllaniladi. 1971 yildan boshlab import tarifi stavkalarini kamaytirish hisobiga ham rivojlanayotgan davlatlarda bir qator yutuqlarga erishilgan.
Stavkalarining turlari boʼyicha:
doimiy – boj tarifi, stavkasi hukumat tomonidan oʼrnatilgan boʼlib qaysiki oʼzgartirish mumkin emas.
- Oʼzgaruvchan – boj tarifi, davlat organlari tomonidan oʼrnatilgan va oʼzgartirilishi mumkin boʼlgan tarif stavkalari kiradi bunda asosan ichki narxlarni jahon bozoridagi narxlrga tenglashtirish jarayonida qoʼllaniladi. Misol uchun Yevropada qishloq xoʼjalik mahsulotlarining yagona narxini belgilashda qoʼllaniladi.
Hisoblash usuliga ko‘ra:
- nominal — bojxona tarifida ko‘rsatilgan boj stavkalari. Bu stavkalar mamlakat bojxona himoyasi to‘g‘risida faqat umumiy ma’lumotlarni berishi mumkin;
- real — qism va detallardan undiriluvchi bojxona bojlarini hisobga olgan holda yakuniy tovarlardan undiriluvchi haqiqiy boj. Bu boj tarif eskalatsiyasini aks ettiradi.
Tashqi savdo siyosati davlat tashqi iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi hisoblanib, milliy iqtisodiyotning tashqi bozorlardagi raqobat- bardoshligini oshirish va tashqi raqobatdan mahalliy ishlab chiqaruvchilani himoya qilishga ko‘maklashuvchi chora-tadbirlar yigindisidir. Tashqi savdo siyosati quyidagi yo‘nalishlami o‘z ichiga oladi:
- eksport siyosati;
- import siyosati.


Download 103,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish