Mavzu: Tashqi savdoni tartibga solishda import bojlarining ahamiyati mundarija kirish I bob. Tashqi savdo tartibga solishnishini tadqiq etishning nazariy-uslubiy asoslari



Download 103,36 Kb.
bet4/10
Sana02.07.2022
Hajmi103,36 Kb.
#732940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Abdumannonzoda Nafisa

Tashqi savdo
Eksport siyosati eksportga yo‘naltirilgan rivojlanish modeli doirasida rivojlanadi. Import siyosatining turlaridan biri import o‘rni qoplash siyosati hisoblanib, ushbu siyosat ko‘pchilik mamlakatlar iqtisodiyotining sanoatlashishida katta rol o'ynagan. Tashqi savdo siyosatining asosida mumkin qadar qulaylik yaratish rejimi yotadi. 8



Proteksionizm

Erkin savdo

Tashqi savdo siyosati turli darajada amalga oshiriladi: milliy, ikki tomonlama, hududiy, xalqaro. Qayd etib o‘tilgan har bir daraja o‘z xususiyatlariga ega. Davlatning tashqi savdoga aralashish miqyosiga qarab tashqi savdo siyosati proteksionistik va erkin savdo xarakteriga ega bo’ladi.


Erkin savdo munosabatlari, talab va taklif asosida rivojlanadigan erkin savdo davlatning eng kam aralashuvi siyosatini aks ettiradi. Proteksionizm - tarif va notarif instrumentlami qollash yoli bilan ichki bozorni xorijiy raqobatchilardan himoya qilish davlat siyosatidir. Qaysi siyosat afzal, degan savol iqtisodchilaming doimiy bahslashuviga olib keladi. Milliy sanoat rivojlanishiga imkon beruvchi proteksionizm afzalmi yoki milliy ishlab chiqarish ustuvorliklarini xalqaro ustuvorliklar bilan qiyosiy taqqoslash imkonini beruvchi savdo erkinligimi? Tarixning turli davrlarida tashqi savdo amaliyoti goh u tomonga, goh bu tomonga ustuvorlik berib kelgan, to‘g‘ri, u hech qachon ekstremal shakllardan birontasini qabul qilmagan.
XX asrning 50-60-yillarida xalqaro iqtisodiyot uchun proteksionizmdan tashqi savdoni yanada erkinlashtirish tomoniga qaytish xos bo‘lgan bo‘lsa, 70-yillaming boshidan teskari tamoyil ko‘zga tashlandi, mamlakatlar o‘z ichki bozorlarini tarif va notarif dastaklar yordamida xorijiy raqobatdan himoya qilishni boshladilar.
Zamonaviy proteksionizm nisbatan tor sohalarda — qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, kiyim-kechak va po‘lat tarmoqlarida keng qo‘llaniladi. Proteksionistik tamoyillar rivojlanishining quyidagi shakllarini ajratish mumkin:
- selektiv proteksionizm — ayrim mamlakatlar yoki tovarlar gu- ruhigc. nisbatan qo‘llaniladi;
- tarmoq proteksionizmi — muayyan tarmoqlami, avvalo agrar proteksionizm doirasida qishloq xo'jaligini himoyalaydi;
- jamoaviy proteksionizm — mamlakatlar birlashmalari tomonidan ushbu birlashmaga kirmaydigan mamlakatlarga nisbatan qo‘llaniladi;
- yashirin proteksionizm - ichki iqtisodiy siyosat usullari yordamida amalga oshiriladi.
1.1-jadval

Savdo siyosati doirasida iqtisodiy, siyosiy, ma’muriy, tashkiliy, huquqiy va boshqa masalalar uzviy bog‘lanib ketadi. Xalqaro iqtisodiyot asosan savdo siyosati choralarini qo‘llashning iqtisodiy shart-sharoitlarini va oqibatlarini o‘rganib, huquqiy va tashkiliy masalalarni ixtisoslashgan fan tarmoqlari, chunonchi, xalqaro savdo huquqi, xalqaro marketing kabilami ham nazarda tutadi.9
Xalqaro savdoning davlat boshqaruvi instrumentlari o‘z xususiyatiga ko‘ra tarif-bojxona tarifmi qo‘llashga asoslangan va notarif boshqa barcha usullarga bo‘linadi. Boshqaruvning notarif usullari miqdoriy va yashirin proteksionizm usullariga bo‘linadi. Savdo siyosatining alohida instrumentlari ko‘pincha, importni cheklash yoki eksportni rag‘batlantirish zarurati tug‘ilganda qo‘llaniladi. Savdo siyosati dastaklarining tasnifi 1.1-jadvalda aks etgan.
Davlatning xalqaro savdo sohasidagi asosiy vazifasi — mamlakat eksportyorlariga o'z mahsulotlarini iloji boricha ko'proq miqdorda xorijga eksport qilishda yordam berish, ulaming tovarlarini tashqi bozorda yanada raqobatbardosh qilishdir. Mamlakat ichkarisida xorijiy tovarlarga talabni kuchaytirish, importni cheklash ham uning vazifasiga kiradi.
1.2-jadval


Download 103,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish