Rasm Quloq chirkini yuvish
QULOQ ChIPQONI (Otitis externa circumscripta)
Tashqi eshituv yo‘lini kirish qismi yoki tog‘ayli - pardali qismidgi tuk
qopchalariga va yog‘ bezlariga terini butunligi buzilishi natijasida infeksiyani
(stafilokokk,streptokok) tushib yallig‘lanish chaqirishi, tashqi eshituv yo‘lini
chipqoniga sabab bo‘ladi.
Quloq chipqonini paydo bo‘lishdagi omillar: tanani ximoya quvvatini
pasayishi, modda almashinuvini buzilishi va vitaminlar yetishmovchiliklari
xisoblanadi. Ayrim xollarda quloq chipqoni tanani umumiy furunkulezni bir
ko‘rinishi xam bo‘lishi mumkin.
Kasallikni belgilari –
bemorlarni asosan
quloqda kuchli og‘riq bezovta
qiladi, og‘riq ko‘zga, tishlarga, bo‘yinga va boshga tarqalishi mumkin. Ovqat
yeganda va gaplashganda (pastki jag‘ni bo‘g‘imi tashqi eshituv yo‘liga bosishi
natijasida) og‘riq kuchayadi. Quloq surpasini ushlab tortganda yoki quloq
dumbog‘ini bosganda xam og‘riq kuchayadi. Keyinchalik chipqon yorilishi
natijasida tashqi eshituv yo‘lidan yiring ajraladi. Ba’zan bemorlarda tana
xarorati 38 S gacha ko‘tariladi.
Otoskopiyada
– tashqi eshituv yo‘lini kirish qismida konus shakldagi
qizargan bo‘rtma ko‘rinadi, bo‘rtma xisobiga tashqi eshituv yo‘li torayib qoladi.
Keyinchalik yallig‘langan bo‘rtma kattalashib, qizarib shishadi va ayrim
xollarda quloq surpasiga xam tarqalishi mumkin. Asta-sekin yallig‘langan joyni
o‘rtasida oqarish paydo bo‘ladi, bunday xolat yiring xosil bo‘lganligidan darak
beradi.
Rasm Quloq chipqonini yorish
Quloq
oldi
va
bo‘yin
limfa
tugunlari
kattalashgan,og‘riqli
bo‘ladi,bemorni tana xarorat ko‘tarilib,umumiy axvoli yomonlashadi.
Yallig‘lanish jarayoni kuchayib, chipqon o‘z-o‘zidan yorilishi mumkin, natijada
bemorni axvoli yaxshilanadi, og‘riq pasayib va tana xarorati mo‘tadil bo‘ladi.
Ayrim xollarda yiringli jarayon tashqi eshituv yo‘lini pastki devoridagi santorin
yoriqlari orqali quloq oldi beziga tarqalishi xam mumkin. Natijada bez uni
atrofidagi to‘qimalar yallig‘lanib yangi yiringli o‘choq paydo bo‘ladi. Kasallik
asoratlanmasa o‘rtacha 7-8 kun davom etib tuzalib ketadi.
Davolash
– Kasallikni birinchi kunlari antibiotiklar, isitma tushuruvchi
va og‘riq qoldiruvchi dorilar tavsiya qilinadi. Tashqi eshituv yo‘liga og‘riq
qoldirish maqsadida novokainni spirtdagi eritmasi bilan dokali plik qo‘yiladi,
quloqqa spirtli bog‘lov qilinadi. Chipqonni boshlanish davrida infiltratni qayta
so‘rdirish maqsadida quloqqa turli malxamlar (sariq simob malxami,ixtiol va
Vishnevskiy malxamlari) bilan bog‘lov qilinadi. Agar infiltrat markazida
yiringli o‘zak paydo bo‘lsa,uni pinset yordamida olinadi,iloji bo‘lsa chipqon
kengaytiriladi va yiring chiqishiga sharoit yaratiladi, so‘ngra antibiotiklar
eritmalari bilan bog‘lov qilinadi. Ayrim xollarda kasallik cho‘zilib ketsa, ketma-
ket chipqon paydo bo‘lishi davom etsa, autogemoterapiya xam kilinadi,
vitaminlar,immunomodulyatorlar tavsiya etiladi. Fizioterapevtik muolijalardan
UVCh va UF yaxshi foyda beradi. Bemorlarni xar extimolga qarshi qandli
diabetga tekshirib qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |