Mavzu: Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda bojxona organlarining o`rni


O`zbekiston respublikasi bojxona nazorati va kuzatuvining o`ziga xos xususiyatlari



Download 49,36 Kb.
bet5/7
Sana13.02.2023
Hajmi49,36 Kb.
#910755
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1995bojxona ishidan mustaqil ish boratov bohodir[1]

3. O`zbekiston respublikasi bojxona nazorati va kuzatuvining o`ziga xos xususiyatlari.
Bugungi kunda milliy bojxona tizimini yanada takomillashtirish yо‘lida amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlar bojxona nazorati va kuzatuvining tartibtamoyillarini jahon standartlariga moslashtirish, mamlakatimizning tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada rivojlantirish, respublika iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash bilan bir qatorda tashqi savdo jarayonlari integratsiyasiga о‘z ulushini qо‘shayotgan TIF subyektlariga bojxona tartibotlaridan qо‘shimcha qulay shart-sharoitlar yaratishga e’tibor qaratilmoqda. Bu esa о‘z navbatida, bojxona organlari tomonidan ularga kо‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, ya’ni qо‘llanilayotgan bojxona nazorati shakllari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Biroq, bojxona organlari tomonidan toki hozirgi kungacha bо‘lgan bojxona nazorati shakllarini yanada samaraliroq bо‘lishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar, kо‘rilayotgan choratadbirlarning natijaviylik darajasi hamon past ekanligini kо‘rsatmoqda. Zamonaviy jahon iqtisodiyotida xizmatlar ulushining ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga sezilarli ta’siri natijasida xizmat kо‘rsatuvchi sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirish, firmalar strategiyasida uzoqni kо‘zlovchi choralar tizimini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Xususan, bu borada xalqaro yuklarni tashish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar ishini bugungi kun talablariga javob beradigan xizmat turlari bilan boyitish masalasi о‘z dolzarbligini kо‘rsatib turibdi. Shu bilan birga, dunyo bozorlaridagi tovarlar narxiga transport xarajatlarining bevosita ta’sir etishi tashqi savdo ishtirokchilaridan о‘z mahsulotlarini tashishda optimal transport yо‘llari va vositalaridan foydalanishni talab etadi. О‘zbekiston iqtisodiyotining tarmoqlaridan biri bо‘lmish transport sohasini rivojlantirish, undagi xizmat turlarini zamonaviy standartlar asosida shakllantirish masalasi ushbu sohada amalga oshirilishi rejalashtirilgan dolzarb vazifalar qatorida e’tirof etiladi. Sо‘nggi yillarda respublika YAIMda xizmatlar, xususan, transport xizmatlari ulushining ortib borayotganligi, ushbu sohani yanada rivojlantirish, tarmoqqa milliy va chet el investitsiyalarini kо‘proq jalb etish orqali respublika hududidan harakatlanayotgan xalqaro yuklar hajmini oshirib borish imkonini beradi. О‘zbekistonning dunyo miqyosida eng arzon transport yо‘li hisoblangan dengiz yо‘llariga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri chiqalmasligi, mamlakat transport tizimini bugungi kun talablariga javob beradigan zamonaviy transport xizmatlari orqali takomillashtirish zaruratini yuzaga keltiradi. Shu sababli, bojxona nazoratida bojxona kuzatuvining samaradorligini oshirish, bunda bojxona nazorati shakllaridan optimal foydalangan holda transport vositalarining manzilga yetib borish uchun sarflanadigan vaqtni qisqartirilishi – xalqaro savdoni rivojlantirishga kо‘maklashib, О‘zbekistonni Jahon bankining biznesni yuritish (“Doing Business”) qoidalari bо‘yicha tashqi savdo reytingidagi о‘rnini yanada yaxshilashga hamda respublika hududidan harakatlanayotgan xalqaro yuklar hajmini oshirib borish barobarida ularning vaqtini va unga sarflanayotgan xarajatlarni tejashga imkon beradi. Chunki, bu respublikada qulay tashqi iqtisodiy faoliyat va xalqaro savdo muhitini yaratish, biznes va investitsion jozibadorlikni yanada oshirish, faol iqtisodiy о‘sishni ta’minlashga zamin yaratadi. Ma’lumot uchun, О‘zbekiston Respublikasi Doing Business-2020 reytingida 190 ta mamlakat ichida 69-о‘rinni (Doing Business-2019 reytingida 76-о‘rin) band etdi. Mavjud ma’lumotlar tahliliga kо‘ra, respublika hududi orqali avtotransportda harakatlangan xalqaro yuklar miqdori yildan-yilga kamayib bormoqda. Mamlakat hududidan avtotransportda tashilgan xalqaro, xususan, tranzit yuklarning kamayishini keltirib chiqaruvchi omillardan biri sifatida mamlakat hududiga kirib kelgan xalqaro yuklarning bojxona kuzatuvi bilan bog‘liq protseduralaridagi murakkabliklarni keltirish mumkin. Respublika hududiga bojxona kuzatuvi orqali kirib kelayotgan avtotransport vositalari sonining ortib borishi sharoitida yuqoridagi muammoni bartaraf etish, shuningdek, bojxona kuzatuvida inson omilini kamaytirish maqsadida bir qator xorijiy davlatlarda amalda bо‘lgan elektron kuzatuv tizimini joriy qilish zarurati yuzaga kelmoqda. Ta’kidlash joizki, “Bojxona protseduralarini soddalashtirish va uyg‘unlashtirish tо‘g‘risidagi xalqaro konvensiya”ning Bosh ilovasida bojxona hududiga olib kirilayotgan va undan olib chiqilayotgan barcha tovar va transport vositalari, bojxona bojlari va soliqlarga tortilishidan qat’iy nazar, bojxona nazoratidan о‘tishi kо‘zda tutilgan bо‘lib, bojxona nazorati bojxona qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlash uchun zarur bо‘lgan eng kam miqdorga kamaytirilishi tavsiya etilgan. Shuningdek, Jahon bojxona tashkilotining Jahonda savdoni yengillashtirish va xavfsizlikning hadli standartlari “Birinchi tayanch ustuni” 2-standartida bojxona ma’muriyati mamlakatda ishlab chiqarilgan, uning hududini tark etayotgan, tranzit orqali о‘tayotgan (shu jumladan, transport vositasi bortida turgan) va uning hududiga olib kirilayotgan yuklarni tekshirish (bojxona nazoratidan о‘tkazish) huquqiga ega bо‘lishi lozimligi belgilangan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, О‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 21- moddasiga muvofiq: “Bojxona nazorati О‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga rioya etilishini ta’minlash uchun bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladigan, shu jumladan xavfni boshqarish tizimi qо‘llanilgan holda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmui” ekanligi e’tirof etilgan bо‘lib, u hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish, og‘zaki sо‘rov, axborot olish, bojxona kо‘zdan kechiruvi, tovarlarning tamg‘alanganligini tekshirish, bojxona kо‘rigi, shaxsiy kо‘rik, bojxona identifikatsiyalashi, bojxona kuzatuvi, binolar va hududlarni tekshirish, tovarlarni va transport vositalarini hisobga olish, ularni hisobga olish tizimini tekshirish hamda ushbu tovarlarni va transport vositalarini inventarizatsiya qilish, tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati kabi shakllarda amalga oshirilishi ta’kidlangan. “Bojxona hamrohligida kuzatib borish —avtotransport vositalarining bojxona organlari tomonidan xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida bojxona nazorati ostida maxsus jihozlangan avtomobil yordamida kuzatib borilishini anglatadi”. “Bojxona protseduralarini soddalashtirish va uyg‘unlashtirish tо‘g‘risidagi xalqaro konvensiya”ga (Kioto konvensiyasi, 18.05.1973y.) muvofiq esa: “Bojxona nazorati – bojxona qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlash uchun bojxona organlari tomonidan qо‘llaniladigan chora-tadbirlar majmui” hisoblanadi deyilgan. Statistik ma’lumotlar, avtotransport vositalarida tashilayotgan yuklarning 20 %dan ortig‘i bojxona kuzatuvi ostida manzil bojxona postlariga yetkazilayotganini hamda sо‘nggi yillarda respublika hududi bо‘ylab bojxona kuzatuviga olingan avtotransportlar soni ortib borayotganligini kо‘rsatmoqda. Bu esa о‘z navbatida, unga ajratilayotgan xarajatlarning kо‘payishiga olib keladi. Ayni paytga kelib, ayrim uzoq masofali yо‘nalishlar bо‘yicha yuklarni bojxona kuzatuvi ostida manzil bojxona postlariga yetkazishda kо‘p vaqt sarflanayotgani mamlakatdagi tadbirkorlar, respublika hududi bо‘ylab yuklarini tranzit tarzida olib о‘tayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) qatnashchilari hamda yо‘l harakati boshqa ishtirokchilarining e’tirozlariga sabab bо‘lmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 9 dekabrdagi 323-sonli qarori bilan xorijiy avtotashuvchilarning tranzit harakatlanish yо‘nalishlari belgilangan bо‘lib, ular orasidagi eng uzun yо‘nalish Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Dautata” chegara bojxona posti va Andijon viloyati “Dо‘stlik” chegara bojxona kompleksi orasidagi masofa 1730 kmni tashkil qiladi. Ayni shu yо‘nalishda bojxona kuzatuvini yakunlash uchun 3-5 kun, qish mavsumida esa, 6 kungacha vaqt sarflanadi. Bundan tashqari, Adliya vazirligida 2003 yil 27 sentabrda rо‘yxatga olingan “Avtomobil yо‘llari orqali olib о‘tiladigan tovarlarning bojxona kuzatuvi tartibi tо‘g‘risida”gi 1278-sonli yо‘riqnomaga asosan chegara bojxona postlarida bojxona kuzatuviga olingan transport vositalari va ularning yuklari rasmiylashtiruvdan о‘tkazilgandan keyin olti soat mobaynida bojxona postida kuzatuv guruhi tomonidan jamlanadi. Shundan sо‘ng bojxona kuzatuviga olingan avtotransportlar chegara bojxona postidan manzil bojxona postiga qadar kolonna bо‘lib, 50 km/s tezlikda harakatlanishi belgilangan. Bunda avtotransportlar soni yigirmatagacha bо‘lishiga ruxsat berilgan. Respublikada amalda bо‘lgan yо‘l harakati qoidalariga kо‘ra kolonna tarzida harakatlanayotgan avtotransportlar harakatiga boshqa haydovchilar tomonidan tо‘sqinlik qilish, ular orasiga suqilib kirish ta’qiqlanadi. Bu esa, yо‘l harakatining boshqa ishtirokchilari kayfiyatiga hamda xalqaro yо‘llarning о‘tkazuvchanlik sig‘imiga о‘z salbiy ta’sirini kо‘rsatadi. Bu borada bir qator MDH davlatlari, xususan, Ozarbayjon va Moldova tajribasi о‘rganilganda, bu davlatlarda bojxona kuzatuvini amalga oshirishda “GPS-elektron kuzatuv” tizimidan foydalanish yuklarni qisqa vaqt ichida manzil bojxona postlariga yetkazish hamda ular ustidan markazlashgan nazoratni yuritish imkonini bermoqda. Jumladan, Ozarbayjon Respublikasi bojxona organlarida “GPS elektron kuzatuv”dan 2011 yildan boshlab foydalanish yо‘lga qо‘yilgan. Bunda, chegara bojxona postiga kirib kelgan, bojxona kuzatuviga olinishi lozim bо‘lgan avtotransport vositasiga elektron chip о‘rnatiladi hamda post inspektori tomonidan uning harakatlanish yо‘nalishi belgilab beriladi. Respublika bojxona qо‘mitasi elektron kuzatuvni nazorat qilish markazida 6000 ga yaqin videokuzatuv kameralari о‘rnatilgan bо‘lib, ular yordamida mamlakat hududida bir vaqtning о‘zida bojxona kuzatuviga olingan 500 ta transport vositalari ustidan videonazoratni olib borish imkoni mavjud. Shuningdek, Moldova Respublikasida “GPS-elektron kuzatuv” tizimidan foydalanish 2014 yilda Pridnestrovadagi bojxona postlarida yо‘lga qо‘yilgan. Bunda, chegara bojxona postiga kirib kelgan transport vositasiga maxsus “GPStreker” о‘rnatiladi, post inspektori yukning yо‘nalishi hamda manzil bojxona punktini ishchi kompyuterida belgilaydi. “GPS-treker”ni transport vositasiga о‘rnatish hamda uni harakat yо‘nalishiga chiqarish inspektordan 10 daqiqa vaqtni oladi. Bojxona kuzatuvi guruhi inspektori о‘z ish joyidan avtotransportning harakatlanish yо‘nalishini kuzatadi. Zarur hollarda transport vositasining yо‘nalishdan chiqib ketishi hamda uzoq vaqt tо‘xtab turishi tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni holatga aniqlik kiritish maqsadida tegishli oraliq nazorat punktlariga yuboradi. Ekspertlar tomonidan “GPS-elektron kuzatuv”ni О‘zbekiston Respublikasi bojxona organlariga joriy qilishning bir qancha afzalliklari ta’kidlanmoqda. Jumladan, elektron kuzatuvni amalga kiritish orqali bojxona kuzatuvi guruhi xodimlari sonini 40 %gacha qisqartirish, ortib qolgan shtat “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali.. Shu jumladan, kuzatuv guruhidagi xodimlarning axborot texnologiyalariga oid kо‘nikmalarini oshirish va kuzatuv jarayonida inson omilini kamaytirishga erishiladi. Shuningdek, kuzatuvga olingan transport vositasiga о‘z yо‘nalishida oraliq bojxona punktlarida tо‘xtamasdan harakatlanish imkoniyati yaratiladi. Buning natijasida bojxona kuzatuviga sarflanadigan vaqtni ikki barobarga qisqartirishga erishish mumkin. Shu bilan birga, transport vositalarining respublika hududi bо‘ylab alohida harakatlanishi yо‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga xalaqit bermaydi va yо‘llardagi transport oqimi muvozanati ta’minlanadi. Bundan tashqari, elektron kuzatuvni joriy qilish orqali ayrim uzoq masofali yо‘nalishlarda sarflanayotgan bojxona kuzatuviga ajratilgan mablag‘larni qisqartirish mumkin. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 noyabrdagi “Bojxona yig‘imlari stavkalari tо‘g‘risida”gi 700-sonli qarori asosida belgilangan “bojxona kuzatuviga olganlik uchun” bojxona yig‘imi 200 km masofagacha BHMning 2 baravari, 200 km dan ortiq masofagacha BHMninig 5 baravari miqdorida undirilishi belgilangan . Agar, “Dautata” chegara bojxona postidan “Dо‘stlik” bojxona kompleksigacha masofa 1730 kmga tengligini va unga tо‘lanadigan yig‘im miqdori BHMninig 5 baravarini tashkil qilishi hisobga olinsa, bu yо‘nalishda bir avtotransportni bojxona kuzatuvini amalga oshirish 1 mln 350 ming so’m miqdoridagi xarajatni talab qiladi. Ekspertlar fikricha, elektron kuzatuvni amalga kiritish yuqoridagi kabi uzoq masofali yо‘nalishlarga sarflanadigan xarajatlarni 35-40 %gacha kamaytirish imkonini beradi. Mamlakat hududi orqali avtotransportda tashilayotgan xalqaro yuklarning hajmini oshirishga va ularning harakatini tezlashtirishga yо‘naltirilgan choralardan yana biri sifatida, bugungi kunda 31 mamlakat tomonidan imzolangan “TIR-EPD” tizimini keltirish mumkin. Xalqaro miqyosda eksport-import operatsiyalarida qо‘llanilayotgan, tovarlarni oldindan elektron deklaratsiyalash (TIR-EPD) amaliyoti tashuvchining chegara bojxona postlaridagi rasmiylashtiruvga sarflanadigan vaqtini qisqartirishga xizmat qiladi Tizim ayni shu davrdan boshlab, bosqichmabosqich tarzda amaliyotga joriy etilmoqda. Lekin, bu tizim imkoniyatidan faqat xalqaro tashuvlarda TIR Karnet orqali harakatlanayotgan, ya’ni, О‘zbekiston avtomobilda tashuvchilar uyushmasiga a’zo bо‘lgan avtotashuvchi firmalargina foydalanmoqda. Ayni vaqtda respublikada xalqaro TIR Karnet kitobchasi orqali harakatlanayotgan milliy tashuvchi firmalar soni 205 tadan iborat bо‘lib, ular hisobidagi yuk avtotransportlari soni 2500 ga yaqinni tashkil qiladi. Bu esa, xalqaro yuk tashuvlarida qatnashayotgan 530 dan ortiq firma va ular hisobidagi 5500 ta yuk avtotransportining barchasiga yuqoridagi tizimdan foydalanish imkoniyatini bermaydi. Kelgusida mazkur tizim imkoniyatlaridan barcha avtotashuvchi firmalarga foydalanish sharoitini yaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi. “TIR-EPD” tizimi orqali oldindan elektron deklaratsiyalashni amalga oshirayotgan mamlakatlar rо‘yxati Manba: О‘zbekiston Xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi ma’lumotlari asosida mualliflar ishlanmasi. Umuman olganda, bugungi kunda respublikada bojxona kuzatuvi sohasidagi mavjud qonunchilikni takomillashtirish, undagi transport xizmatlarini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish dolzarb masalalardan biri bо‘lib qolmoqda.

Download 49,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish