Mavzu: Tashabbusli byudjetlashtirishni raqamlashtirish istiqbollari Ilmiy rahbar: Safarova n tmi talabalari : Boqimirzayev Humoyun


Tashabbusli byudjet jarayonining 3-bosqich-ovoz berish natijalari3



Download 167,08 Kb.
bet2/2
Sana03.04.2022
Hajmi167,08 Kb.
#527023
1   2
Bog'liq
Tashabbusli byudjetlashtirish

Tashabbusli byudjet jarayonining 3-bosqich-ovoz berish natijalari3
Seminarda keltirilgan tajriba va misollar, byudjet mablag'larining bir qismini taqsimlashga fuqarolarni jalb qilish mahalliy muammolarni aholining fikri va manfaatlarini hisobga olgan holda yaxshiroq hal qilishga qanday hissa qo'shishini yaqqol ko'rsatib berdi. Muhokama natijalariga ko'ra Ishchi guruh tomonidan O'zbekistonning ayrim hududlarida tajriba o'tkazish uchun mintaqaviy byudjet xarajatlarining 5 foizini taqsimlashda fuqarolarning ishtirok etishining eng maqbul modeli (amaliyoti) va mexanizmlarini taklifi ishlab chiqiladi. BMT Taraqqiyot dasturi va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining "O'zbekistonda barqaror rivojlanishni moliyalashtirish" qo'shma loyihasi O'zbekistonda Milliy barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yoʼlida o'zaro muloqotni kengaytirish, harakatlarni muvofiqlashtirish, milliy salohiyatni oshirish va samarali moliyalashtirish mexanizmini yaratishga qaratilgan. Loyiha faoliyati yo'nalishlaridan biri davlat moliyasini boshqarish borasidagi islohotlarga ochiqlik va fiskal shaffoflikni yanada oshirish, shu jumladan fuqarolik jamiyatini byudjet jarayoniga jalb qilishga qaratilgan sayʼ-harakatlar orqali yordamlashishdan iborat.
Prezident tomonidan 22 sentyabr kuni “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.
Hujjatga asosan respublika byudjetidan 2021 yil 1 oktyabrga qadar:
- Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasida 1 mlrd so‘mdan kam mablag‘ shakllangan tuman va shaharlar uchun - qo‘shimcha 57,9 mlrd so‘m;
- “Ochiq byudjet” axborot portali orqali kelib tushgan takliflar soni 100 tadan ortiq bo‘lgan tuman va shaharlarga - qo‘shimcha 59,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.4

2022 yil 1 yanvardan boshlab tuman va shaharlar byudjetlari parametrlarida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun ajratiladigan mablag‘larning 50%i “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida aniqlangan ichki yo‘llarni ta’mirlashga yo‘naltiriladi.Tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan har chorakda chorakdan keyingi oyning 25-sanasiga qadar jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish bo‘yicha ma’lumotlar o‘zlarining rasmiy veb-saytlari va “Ochiq byudjet” axborot portaliga joylashtirib boriladi. Mazkur qoidani buzish byudjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibini buzish deb baholanadi.5
Shuningdek, fuqarolarning tashabbusli byudjetlashtirish jarayoniga jalb etilishi darajasi bo‘yicha hududlar reytingi joriy etiladi. Har bir mahalla va ovulda “Ochiq byudjet” axborot portalida taklif qoldirish va ovoz berish jarayoniga ko‘maklashuvchi mobil guruhlar hamda “Tashabbuskorlar burchagi” tashkil etiladi.
Byudjet shakllanishi jarayonida jamoatchilik ishtirokini kengaytirish maqsadida tuman va shaharlarda tegishli byudjetlarning tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirish bo‘yicha yangi tartib bosqichma-bosqich joriy etiladi. Hozir ushbu tartib O‘zbekistonning har bir viloyatida bitta tuman yoki shaharda joriy qilingan (jami 14), 2022 yil 1 yanvardan boshlab esa bu tartib mamlakatning barcha tuman va shaharlarida joriy qilinadi.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, fuqarolar davlat byudjetining ma’lum qismini taqsimlashda bevosita qatnashadigan jarayon sifatida partisipator byudjetlashtirish hukumat bilan fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarning yangicha zamonaviy yondashuvi, byudjet jarayoniga jamoatchilikni jalb etishning ta’sirchan mexanizmi desak bo‘ladi. Ushbu amaliyot davlat resurslarini yanada adolatli taqsimlash imkoniyatini yaratadi.

1 Dictionary of Banking and Finance, Third edition, A & C Black Publishers Ltd 2005, 253 p.

2 https://review.uz/uz

3 https://uzreport.news/economy/tashabbusli-byudjetlashtirish-natijalari-bo-yicha-chora-tadbirlar-qabul-qilindi

4 www.uz

5 [6] Manba: “Fuqarolar uchun Byudjet/loyiha 2020” axborot nashri, Toshkent-2019.

Download 167,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish