10. Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy quddisa sirruhu. Bu zot hijriy 515 sana – milodiy 1121 sanada Buxoroi sharifning G‘ijduvonida tug‘ilganlar va hijriy 595 sana – milodiy 1199 sanada o‘sha erda vafot etganlar. Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy quddisa sirruhu silsila omonatini hazrati Yusuf Hamadoniy rahmatullohi alayhidan olganlar.
11. Xoja Orif Revgariy quddisa sirruhu.Bu zot hijriy 560 sana – milodiy 1165 sanada Revgarda tavallud topganlar va hijriy 660 sana – milodiy 1212 sanada o‘sha erda vafot etganlar. U kishi Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy quddisa sirruhuning vafotlaridan so‘ng bu yo‘lning davomchisi bo‘ldilar.
12. Xoja Mahmud Fag‘naviy quddisa sirruhu.Bu zot Buxoroi sharifdan uch farsax uzoqlikda joylashgan Fag‘na qishlog‘ida tug‘ilganlar. U kishining tavallud topgan sanalari ma’lum emas. Xoja Mahmud Fag‘naviy quddisa sirruhu hijriy 717 sana – milodiy 1317 sanada o‘zlari tug‘ilgan yurtda vafot etganlar. U kishi silsila omonatini Xoja Orif Revgariy quddisa sirruhudan olganlar.
13. Xoja Ali Romitaniy quddisa sirruhu.Bu zot Romitanda hijriy 591 sana – milodiy 1194 sanada tug‘ilganlar va hijriy 721 sana – milodiy 1321 sanada vafot topganlar. Xoja Ali Romitaniy hazratlari silsila omonatini Xoja Mahmud Fag‘naviy hazratlaridan olganlar.
14. Muhammad Bobo Sammosiy quddisa sirruhu. Bu zotning Romitanning Sammos qishlog‘ida tug‘ilganlari ma’lum, lekin qaysi yili tug‘ilganlari noma’lum. Hijriy 755 sana – milodiy 1354 sanada Sammosda vafot etganlar. Hazrati Muhammad Bobo Sammosiy rahmatullohi alayhi silsila omonatini Xojai Azizon Ali Romitaniy hazratlaridan olganlar.
15. Sayyid Amir Kulol quddisa sirruhu.Bu zot Buxoro yaqinidagi Suxor qishlog‘ida tavallud topganlari ma’lum va mashhur bo‘lsa ham, tavallud yillari noma’lumdir. Hijriy 772 sana – milodiy 1370 sanada o‘zlari tug‘ilib o‘sgan Suxorda vafot etganlar. Hazrati Sayyid Amir Kulol rahmatullohi alayhi silsila omonatini Xoja Muhammad Bobo Sammosiy hazratlaridan olganlar.
16. Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband quddisa sirruhu.Bu zot hijriy 718 sana – milodiy 1318 sanada Buxoroi sharifning Qasri Orifonida dunyoga keldilar va hijriy 791 sana – milodiy 1389 sanada o‘sha erning o‘zida dunyoni tark etdilar. Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband hazratlari silsila omonatini zohiran Sayyid Amir Kulol rahmatullohi alayhidan, botinan Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy rahmatullohi alayhidan olganlar.