Yuqorida zikr etilgan ta`riflar bilan bir qatorda “tasavvuf” so`zi va unga
bog`liq lafzlar qadimgi lug`at ilmi ustalari tomonidan sinchikovlik bilan
keltirgan: “Savvafa fulonan” - “falonchi so`fiylardan sanadi”, degani. “Tasavvuf
25
Tasavvuf ilmi - so`fiylar e`tiqod qiladigan narsalar va o`z jamoalarida hamda
yolg`iz qolganlarida ushlaydigan odoblaridir. So`fiy-tasavvuf yo`liga ergashgan
odamdir.
Endi so`fiyning ta`rifida kelgan ta`riflardan eng mashxurlaridan keltiraylik.
Shayx Shoxobuddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad as-Suhraviydir
rahmaullohi alayhi so`fiyni quyidagicha ta`riflaydilar:
“So`fiy har bir narsani o`z joyiga qo`yadigan, vaqtlar va ishlarni ilm ila tadbir
qiladigan, xalqni o`z maqomiga qo`yadigan, berkitilishi lozim bo`lishi narsani
berkitadigan, ochilishi lozim bo`lgan narsani ochadigan va ishlarni huzuri qalb ila,
rioyati sidqi ixlos ila o`z o`rnida ado etadigon shaxsdir”.
Kishilar o`rtasida “Tasavvuf qayerdan kelib chiqqan ?” degan savolga javob
berishda ham juda ko`p qarashlar mavjud. Bu borada tasavvufning tarixini
o`rgangan toifalar turli farazlarni aytganlar.
1.
Ba`zi sharqshunoslar: tasavvuf, aslida, yunoncha “sufis” so`zidan olingan
musulmonlar yunon madaniyatidan ko`p narsalarni, jumladan, tasavvufni ham
olingan deydilar.
Muhammad (s.a.v.) va siddiqlar – hulafoi roshidinlar, ilk sahobalar yo’lidan
og’ishmay borgan , parhezkor ota taqvodor , tarki dunyo qilgan zohidlikka yuz
burgan Allohning aziz bandalari – “so’fiy”, ular yurgan yo`lga esa tasavvuf deyila
boshlagan. Tasavvuf so’filikning diniy falsafiy talimoti bo’lib uning turli yo’li
“tariqat”. “suluk” deb ataladi. “Sulukni” turkiy ma`nosi bo’lib , So’fiylarni hayot
kechirish manosini ifodalaydi.
1
So’fiy atamasi kelib chiqishi haqida 8 xil fikr mavjud:
Birinchisi
, ba`zilar bu so`z “saf” so`zidan kelib chiqqan, chunki bunday
musulmonlar ilohiy yo`lga kirganlarning birinchi safida turuvchilardir deganlar.
Ikkinchi,
boshqa birlari esa “so`fiy” so`zi “suffa” so`zidan hosil bo`lgan,
chunki suffa ahli payg`ambarimiz hayotlik chog`laridayoq tarki dunyo qilgan
Sofos – donishmandlik
1
Шайх Мухаммад Содик Мухаммад Юсуф Тасаввуф хакида тасаввур” T.: “Шарк” 2011 й 29 - б
26
taqvodor dindorlar bo`lib, so`fiylar shularga taqlid qilganliklari uchun shunday
nom kelib chiqqan, deb tushuntirganlar.
Uchinchi
guruh kishilar “so`fiy” so`zi “safo” so`zidan kelib chiqqan, chunki bu
toifa kishilarning qalbi sidqu safo quyoshidek porlab turadi deganlar.
To`rchinchi,
ba`zilar so`fiy “sufuh” so`zidan hosil bo`lgan, chunki “sufuh”
biron bir narsaning xulosasi bo`lganligi sabali ularni so`fiy deb aytganlar.
Beshinchisi,
ayrim ulamolar so’fiy so`zi “sof’ ya`ni soflik, poklik, toza, ruhiy
kamolot mazmuniga ega deb tushuntirganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: