Router(config)#logging host 192.168.1.100 \адресSyslog-сервера Router(config)#logging trap informational \6-ой уровень логирования Bundan tashqari, Syslog server barcha xabarlarni saralashiga asoslangan loglar toifalarini (facilities) sozlashingiz mumkin. Biroq, ushbu parametr tanlangan serverga juda bog'liq, shuning uchun biz ushbu mavzuni ko'rib chiqmaymiz.
SNMP Traps SNMP Traps ning eng muhim ustunligi – ma’lum bir qurilma parametrlari bilan bog’liq loglarni uzatish qobiliyatidir, masalan: protsessor harorati, tarmoq yuklamasi, konfiguratsiyadagi o’zgarishlar va h.k. Bu loglar oddiygina toifalarga ajratilgan “klassik” loglash darajalaridan sezilarli darajada farq qiladi. SNMP Traplar dan foydalanib, siz loglar sonini sezilarli darajada kamaytira olasiz va faqatgina kerakli parametrlarni monitoring qilishingiz, qolgan “keraksiz xabar” lardan xalos bo'lishingiz mumkin.
3. Topshiriq Ushbu laboratoriya ishi bo`yicha topshiriq 2 qismdan tashkil topgan.
1-topshiriq:
R1 va R2 routerlarda SNMP ni yoqing. Bunda: ro community = public; rw community = private bo’lsin;
PC da MIB browser dan foydalangan holda R1 va R2 routerlarning nomlarini (hostname) ko’ring;
MIB browser orqali R1 routerning interfeyslarini ko’ring;
MIB browser orqali R1 routerda interfeys turlarini ko’ring;
MIB browser orqali R1 routerda marshrutizatsiya jadvalini ko’ring;
MIB browser orqali R1 routerning nomini (hostname) o’zgartiring;
Yo’qoridagi vazifalarni R2 router uchun takrorlang.
1 topshiriq bo`yicha laboratoriya ishini bajarish tartibi 1-topshiriqni bajarish bo’yicha tarmoq topologiyasi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi (1-rasm).
9.1-rasm. SNMP protokoli asosida tarmoq monitoringini amalga oshirish uchun topologiya
R1 va R2 routerlarda SNMP ni yoqish uchun quyidagi buyruqlar kiritiladi.
R1 router uchun:
Router>en Router#conf t Router(config)#hostname R1 R1(config)#snmp-server community public ro R1(config)#snmp-server community private rw R1(config)#exit R2 router uchun:
Router>en Router#conf t Router(config)#hostname R2 R2(config)#snmp-server community public ro R2(config)#snmp-server community private rw R2(config)#exit
MIB browser yordamida PC dan R1 routerga kirish jarayoni 2-rasmda tasvirlangan.
9.2-rasm. MIB browser yordamida R1 ga kirish
MIB browser yordamida R1 routerni nomini (hostname) ko’rish jarayoni 3-rasmda tasvirlangan.
9.3-rasm. MIB browser yordamida R1 ni hostnameini ko’rish
MIB browser yordamida R1 routerning interfeyslarini ko’rish jarayoni 4-rasmda tasvirlangan. Bu bizga routerning R1#show ip interface brief komandasi bergan ma’lumotlarni bera oladi.
9.4-rasm. MIB browser yordamida R1 routerni interfeyslarini ko’rish
MIB browser yordamida R1 routerning interfeys turlarini ko’rish jarayoni 5-rasmda tasvirlangan.
9.5-rasm. MIB browser yordamida R1 routerni interfeys turlarini ko’rish
MIB browser yordamida R1 routerning marshrutizatsiya jadvalini ko’rish jarayoni 6-rasmda tasvirlangan.
9.6-rasm. MIB browser yordamida R1 routerni marshrutizatsiya jadvalini ko’rish
MIB browser yordamida R1 routerning nomini (hostname) o’zgartirish jarayoni 9.7-rasmda tasvirlangan.
9.7-rasm. MIB browser yordamida R1 routerning nomini (hostname) o’zgartirish