18- rasm. Fenxel (dorixona ukrvpi) mevasining ко ‘ndalang kesimi.
1 - epidermis (ekzokarp); 2 - mezokarp; 3 - efir moyli kanalcha; 4 — endokarp;
5 - endosperma; 6 — urug‘ pallalar; 7 - o‘tkazuvchi to‘qima bog'lamlari.
aniqlangan.
pishgan va maydalangan meva- dan suv bug‘i yordamida hay- dab olinadi.
U rangsiz, yoki och sarg'ish, uchuvchan, arpabodiyon moyi
hidini eslatuvchi hidga ega, ol- din achchiqroq-yoqimli, so‘ngra shirinroq maza beruvchi tiniq
56 suyuqlik. Zichligi 0,960—0,979,
refraksiya soni 1,527-1,538, + 10° dan past haroratda efir moyining kristall qismi (stearop- teni) — anetol ajraladi.
Efir moyi tarkibida 50— 60 foiz anetal, 10—20 foiz fenxon ketoni, 10 foizgacha metilxavikol,
7 oz miqdorda anis aldegid va anis kislota, pinen, fellandren, kam- fen va boshqa birikmalari bo‘ladi.
Dorixona ukropi ildizi tarkibida 5ta kumarin birikmalari borligi hamda ulardan 2tasi ber- gapten va umbelliferon ekanligi
Ishlatilishi. Dorixona ukro- pining mevasi va preparatlari
yuqori nafas yo‘llari yallig'lan- ganda balg‘am ko‘chiruvchi, ich yumshatuvchi hamda yel hay- dovchi dori sifatida me’da-ichak kasalliklari va meteorizm (ichaklarda gaz to‘planishi, qorin dam bo‘lishi)da ishlatiladi. Ba’zan meva o‘t pufagi va buyrak toshi kasalligida ham ishlatiladi. Efir moyi farmatsevtikada miksturalar ta’mini yaxshilash uchun ishlatiladi.
Dorivor preparatlari. Meva kukuni (poroshogi) suigi dori sifatida qoMlaniladigan qizilmiya ildizining murakkab kukuni
(poroshogi) tarkibiga kiradi. Bundan tashqari, meva yel haydov- chi, ich yumshatuvchi choylar tarkibiga kiradi.
Dorixona ukropining efir moyidan ukrop suvi tayyorlanadi.
TARKIBIDA TIMOL BO‘LGAN EFIR MOYI SAQLOVCHI DORTVOR 0‘SIMUKLAR
Timol rangsiz, o‘ziga xos xushbo‘y hidli, yirik va tiniq kristall bo‘lib, spirtda va efirda yaxshi, suvda yomon eriydi. Ishqor erit- malari bilan suvda yaxshi eriydigan fenolat tipidagi birikma — timolat hosil qiladi.
Timol efir moyidan quyidagi usul bilan ajratib olinadi: efir moyiga 5 foizli natriy ishqori eritmasidan qo‘shib chayqatiladi. Bunda timol fenolat tipidagi timolat birikmasini hosil qiladi va erib suv qavatiga o‘tadi. Aralashma tinitilgandan keyin suv qatlam moy qavatidan ajratib olinib, kislota bilan ishlansa, timol ajrala- di, so‘ngra uni qayta kristallab, tozalanadi.
Ishlatilishi. Timol tibbiyotda og‘iz shilliq qavatini dezinfeksiya qilish va tish og‘rig‘ini qoldirish uchun hamda terming zambu- rug‘li kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Bulardan tashqari, gijja haydash xususiyatiga ham ega. Asosan, ankilostoma va qilbosh gijjalarni haydashda jelatin kapsulasida ishlatiladi. Timol preparati iste’mol qilingandan so‘ng bemorga tuzli surgilar beriladi.
AJGON MEVASI VA MOYI - FRUCTUS ET OLEUM AJOWANI
0‘simlikning nomi. Ajgon (Zirai karmoni) — Trachysper- mum ammi (L.) Sprague. (Carum ajowan Benth. et Hook.); selderdoshlar — Apiaceae (soyabonguldoshlar — Umbelliferae) oilasiga kiradi.
Bir yillik, bo‘yi 40—60 sm ga yetadigan o‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, asos qismidan shoxlangan, ko‘p qirrali. Bargi od- diy, ikki yoki uch marta ajralgan (barg bo'lagi chiziqsimon) bo‘lib, qini bilan poyada ketma-ket o‘mashgan. Gullari mayda, oq yoki och binafsha rangii, murakkab soyabonga to‘plangan. Murakkab soyabon o‘ramasi va oddiy soyabon o‘ramachalari chiziqsimon bargchalardan tashkil topgan. Gullarida kosacha va tojbarglari hamda otaligi 5tadan, onalik tuguni ikki xonali, pastga joylashgan. Mevasi — qo‘shaloq pista.
Iyun-iyul oylarida gullaydi, mevasi avgust—sentabrda pishadi.
Geografik tarqalishi. Vatani Hindiston. Qozog‘iston, Qirg‘izis- ton va Tojikiston respublikalarida o‘stiriladi.
Mabsulot tayyorlash. Mahsulot arpabodiyon mevasiga o‘xshash yig‘iladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot cho‘ziqroq tuxumsimon, kulrang-yashil yoki qo‘ng‘ir rangli qo‘shaloq pistadan iborat. Meva uzunligi 2,5—4 mm, eni 1,8—2 mm bo‘lib, osonlik bilan ikki bo‘lakka ajraladi. Har qaysi yarimta mevaning tashqi tomoni do‘ng, ichki tomoni esa tekis, 5tadan qovuig‘asi bor. Mahsulotning hidi yoqimli va lovullatuvchi achchiqroq mazasi bor.
Ajgon mevasidan faqat efir moyi olinadi.
Kimyoviy tarkibi. Ajgon mevasi tarkibida 2—11 foiz efir moyi, 25-32 foiz yog‘, 15—17 foiz oqsil moddalar bor.
Efir moyi pishgan va maydalangan mevadan suv bug‘i yordamida haydab olinadi. U rangsiz, sariq yoki jigarrang suyuq- lik bo‘lib, timol hidi va ogMzni lovullatuvchi o‘tkir mazasi bo‘ladi. Zichligi 0,897—0,916, refraksiya soni 1,496-1,504.
Efir moyi tarkibida 40—60 foiz fenollar (timol va qisman karvakrol), shuningdek, pinen, terpinen, fellandren, simol va boshqa birikmalar bo‘ladi.
Ishlatilishi. Ajgonning efir moyidan, asosan, timol olinadi. Efir moyidan timolni ajratib olgandan so‘ng qolgan qismi — timen antiseptik xossaga ega bo'lgani uchun tish pastasi tayyorlash va sovunlaiga yoqimli hid berish uchun ishlatiladi.
Dorivor preparati. Timol (timol jelatin kapsulasida chiqariladi).
ODDIY TOG‘JAMBIL YER USTKI QISMI VA MOYI - HERBA ET OLEUM THYMI
0‘simlikning nomi. Oddiy tog‘jambil — Thymus vulgaris L.; yasnotkadoshlar — Lamiaceae (labguldoshlar — Labiatae) oilasiga kiradi.
Ko‘p yillik, bo‘yi 50 sm ga yetadigan yarim buta. Poyasi tik o‘suvchi, pastki qismi yog‘ochlangan, shoxlari sertuk va to‘rt qirrali. Bargi mayda bo‘lib, qisqa bandi bilan poyada qarama- qarshi o'rnashgan. Barglari lansetsimon yoki ellipssimon, tekis qirrali; gullari ikki labli, mayda, binafsha- qizil rangda, ular shoxchalar uchidagi barg qo‘ltig‘idan o‘sib chiqib, shingilsimon to‘p gulni tashkil etadi. Mevasi — kosachabarg bilan birlashgan 4 ta yong‘oqcha.
Iyun—iyul oylarida gullaydi, mevasi avgust-sentabrda yetiladi.
Geografik tarqalishi. Vatani Ispaniya hamda Fransiyaning janu- biy qismi. Tog‘jambil Krasnodar o'lkasida, Qrimda, Ukraina (janubiy tumanlarda) va Moldova respublikalarida o‘stiriladi.
Mahsulot tayyorlash. Oddiy tog‘jambil gullaganida yer ustki qismi o‘rib olinib, quritiladi va maydalab, sim g‘alvirda elanadi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot barg, gul hamda nihoyatda ingichka poya aralashmalaridan (ba’zan faqat bargdan) iborat. Barg mayda, qisqa bandli, tekis qirrali, qirrasi ko'proq ichga qayrilgan bo‘lib, naycha shaklini hosil qiladi (sudralib o‘suvchi tog'jambildan farqi). Shuning uchun ham bargi chiziqsimon ko'rinishda bo‘ladi. Tekislangan barg lansetsimon yoki ellipssimon, uzunligi 5—10 mm, eni 2—3, ba’zan 5 mm. Bargning ustki tomoni to‘q yashil yoki qo‘ng‘ir yashil, pastki tomoni esa kulrang-yashil. Gullari mayda, yakka, yoki bir nechtasi birga joylashgan, gulkosachasi och yashil, ikki labli, besh tishli (yuqori labi uch tishli, pastkisi esa ikki tishli) bo‘lib, oqimtir dag'al tuklar bilan qoplangan. Gultojisi ikki labli, och binafsha, qizil yoki oqimtir rangli; otaligi 4ta, ikkitasi kalta, onalik tuguni esa to‘rt bo‘lakli, yuqoriga joylashgan.
XI DF ga ko‘ra mahsulot namligi 13 foiz, umumiy kuli 12 foiz, 10 foizli xlorid kislotada
erimaydigan kuli 7 foiz, 1 mm dan yo‘g‘on bo‘lgan poya bo‘laklari 5 foiz, teshigining diametri 0,5 mm li elakdan o'tadigan mayda bo‘laklar 7 foiz, organik aralashmalar 2 foiz va mineral aralashmalar 2 foizdan ortmasligi kerak.
Mahsulotning o'ziga xos kuchli hidi (timol hidi) va o‘tkir mazasi bor.
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasi bilan yor- itilgan bargning tashqi ko'rinishi mikroskop ostida ko'zdan kechir- iladi (19- rasm). Barg yuqori epidermisining hujayrasi to‘g‘ri, yo‘g‘onlashgan devorli, pastki epidermis hujayralari esa egri-bu- gri devorli bo‘lib, yo‘g‘onlashgan yerlari xira ko‘rinadi. Ustitsalar bargning har ikkala epidermisida uchraydi. Efir moyli bezlar yirik, bargning har ikkala tomoniga joylashgan. Bu bezlar radius bo‘yicha joylashgan 8ta (ba’zan 12ta) efir moyi ishlab chiqaruvchi hujay- ralardan tashkil topgan. Bargdagi tuklar to‘rt xil bo‘ladi:
juda kalta konussimon tuklar;
dag‘al, cho‘ziqroq so'galchali, bir-ikkita hujayrali, oddiy to‘g‘ri tuklar;
bargning pastki asos qismida, qirrasida, poya va kosacha barglarida bo‘ladigan ikki ba’zan 3 hujayrali, tizzaga o‘xshab bukilgan tuklar;
boshchalari bir hujayrali, teskari tuxumsimon yoki yumaloq va oyoqlari kalta, bir hujayrali tuklar.
A
19- rasm. Oddiy togjambil bargining tashqi ко ‘rinishi.
A - bargning yuqori epidermisi; В - bargning pastki epidermisi;
1 - tizzasimon tuk; 2 - so‘rg‘ichsimon (konussimon) tuk; 3 - efir moyli bezlar; 4 — boshchali tuk; 5 — tasbehsimon qalinlashgan hujayra po‘sti;
6 - qat-qat joylashgan kutikula.
Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida 0,8—1,2 foiz efir moyi, 0,05 foiz triterpen timun (saponin)
kislota, 0,2 foiz timussapo- nin hamda ursol, oleanol, kofe, xlorogen, xin va boshqa kislotalar, flavonoidlar bo'ladi.
XI DF ga ko‘ra mahsulotda efir moyi 1 foizdan kam bo'lmasligi kerak.
Efir moyi ho‘l yoki quritilgan mahsulotdan suv bug‘i yordamida haydab olinadi. U tez uchuvchan, sarg‘ish suyuqlik bo‘lib, o‘ziga xos hidi (timol hidi keladi) va o‘tkir mazasi bor. Zichligi 0,901— 0,935, refraksiya soni 1,490—1,500.
Efir moyi tarkibida 42 foiz (25—60 foizgacha) fenollar (asosan, timol, qisman karvakrol), simol, pinen, terpineol, bomeol, kariofillen, linalool va boshqa birikmalar bo‘ladi.
Ishlatilishi. Efir moyi tibbiyotda dezinfeksiyalovchi va an- tiseptik dori sifatida og‘iz va tomoq shilliq pardalarini dezinfeksiya qilishda ishlatiladi. Yer ustki qismining suyuq ekstrakti balg'am ko‘chiruvchi dori sifatida bronxit va ko‘kyo‘tal kasalliklarida ishlatiladigan pertussin tarkibiga kiradi.
Efir moyidan yana timol olinadi.
Dorivor preparatlari. Efir moyi, timol (kapsulada), o‘simlik yer ustki qismidan tayyorlangan suyuq ekstrakti, pertussin. Efir moyi stomatologiyada ishlatiladigan og‘riq qoldiruvchi Gartman suyuqligi tarkibiga kiradi. 0‘simlik yer ustki qismi balg‘am ko‘chiruvchi yig‘malar — choylar tarkibiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |