Mavzu Tarixiy xotira va milliy o`zlikni anglash


- Mavzu: Insonda tadbirkorlik ma’naviyatini yuksalishida oilaning o’rni



Download 96,73 Kb.
bet12/21
Sana19.07.2022
Hajmi96,73 Kb.
#824734
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
Mavzular tarbiya

22 - Mavzu: Insonda tadbirkorlik ma’naviyatini yuksalishida oilaning o’rni
Reja:
1.Tadbirkorlik etikasi
2. Oiladagi muhit
3.Xulosa
Har bir ishni bamaslahat, yetti oʻlchab, imkoniyatlarni chamalab, puxta reja asosida boshlash xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy fazilatlardan biri. Olis oʻtmishga nazar tashlasak, el-yurt shu fazilat bois oʻta murakkab sharoitlarda ham muammolarning toʻgʻri, adolatli yechimini topa olgan, qiyinchiliklarni omilkorlik bilan yengib oʻtgan. Dunyoga mashhur buyuk ipak yoʻli, choʻl-biyobonlarda qurilgan karvonsaroy va sardobalarning oʻziyoq bu koʻhna zaminda odamlar azal-azaldan tadbirkor boʻlishganining dalolatidir.
Sohibqiron Amir Temurning Ovrupo qirollari bilan yozishmalariga koʻz tashlasak, qadim Movarounnahrda tadbirkor, ishbilarmon kishilarga alohida hurmat-eʼtibor koʻrsatilgani, oʻzaro savdo aloqalarini yoʻlga qoʻyib, yurtni obod qiluvchi tujjorlar uchun sharoitlar yaratilgani va hech kim bunday kishilarga zulm oʻtkazmagani, mol-mulkiga koʻz tikmagani maʼlum boʻladi. “Endi ul Amiri Kabirdan iltimosimiz va umidimiz shulki, deyiladi Sohibqironning Farangiston qiroli Karl VIga yoʻllagan nomalaridan birida, – bizga muborak maktublarini hamisha yoʻllab tursalar, toki ular bizni Amiri Kabirning salomatliklaridan xabardor etib, bu borada xotirimizni jam qilgʻay. Yana, hazratlari oʻz tojirlarini biz tomon yuborsalar va biz ularning hurmat-eʼtiborlarini bajo keltirsak, hurmat-izzatlari saqlansa, ularga hech kim zoʻrlik koʻrsatmasa, (mol-mulkiga) ziyon-zahmat yetkizmasa. Chunki dunyo tojirlar bilan oboddir...”
Bundan anglashiladiki, tadbirkorlar turli zamonlarda ham mamlakatlar, millatu elatlar oʻrtasida yaxshi qoʻshnichilik, foydali hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyganlar. Qayerdaki tadbirkorlik, ishbilarmonlik rivoj topsa, soha fidoyilariga ragʻbat berilsa, bu holat nafaqat oʻsha yerga, unga tutash joylarga ham ijobiy taʼsir koʻrsatgan. Har bir tadbirkor oʻz ortidan uquvli, layoqatli yoshlarni ergashtirgan, demakki, ularning biror foydali ish bilan band boʻlishiga koʻmaklashgan. Faqat shu emas, olis yurtlarni bir-biriga bogʻlaydigan savdo karvonlarida faqat chiroyli matolar, taqinchoqlar, kiyim-kechak, uy-roʻzgʻor buyumlari bilan birga noyob kitoblar, ilmiy majmualar ham boʻlgan. Tujjorlar madaniyat, ilm-fan, adabiyot elchilari ham boʻlishgan. Ular uylariga qaytgach, oʻzga yurtlarda koʻrgan-kechirganlarini, ibratga molik yangiliklarni, ezgu urf-odatlarni soʻzlab berishgan, bu bilan yoshlar tarbiyasiga muhim hissa qoʻshishgan.
Tadbirkorlikni kimdir mashaqqatli kasb, kimdir tugʻma isteʼdod, yana kimdir avloddan avlodga oʻtadigan ilohiy inoyat deb tushunadi. Bu qarashlarga eʼtiroz bildirish qiyin. Chunki, haqiqiy tadbirkor bu ishni kasb darajasiga yetkazish uchun bor isteʼdodini ishga soladi, oʻzigacha boʻlgan tadbirkorlarning tajribalariga qiziqadi, yillar davomida tinimsiz mehnat qiladi, izlanadi. Goh yanglishadi, hisobi chiqmay qoladi, ammo shunda ham niyatidan qaytmaydi. Aksincha, tanlagan kasbini farzandlariga, nabiralariga oʻrgatib, ularni yoniga oladi. Shu tariqa yurtda savdogarlar, duradgorlar, oʻymakor yoki zargarlar kabi sulolalar paydo boʻladi. Faqat bir muhim jihat borki, “Bugundan boshlab tadbirkorlik bilan shugʻullanaman”, deb ish boshlagan kishilarning hammasiga ham omad kulib boqmaydi.
Tadbirkor avvalo, bozorni, ishchi kuchlari va ishlab chiqarish vositalarini oʻrganishi, qayerda qanday mahsulot (xomashyo) mavjudligini, ularning sifati va zaxirasini, odamlarning talabi va xarid quvvatini bilishi, shu asosda ishga kirishishi etiladi. Ikkinchidan, chinakam tadbirkor birinchi navbatda el-yurtga xizmat qilish, bozorni toʻldirish uchun ham bu xayrli ishga bel bogʻlaydi. Nima qilib boʻlsa-da, foyda koʻrishni, daromadni oshirishni oʻylaydiganlar, aslida, bu sohaga tasodifan kirib qolgan kishilardir. Tarixiy manbalarda yozilishicha, foyda ortidan quvib, bozorga soxta, sifatsiz mahsulot olib chiqqan, hisob-kitobda gʻirromlik qilgan, xaridorning haqiga xiyonat qilgan “tadbirkor”larga jazo choralari qoʻllanilgan. Ularning usti yaltiroq, ichi qaltiroq buyumlari bozor darvozalariga hamma koʻrishi uchun osib qoʻyilgan.
Shu maʼnoda, chinakam tadbirkorlarni millatparvar, fidoyi insonlar deyish mumkin. Qadimda tijorat bilan shugʻullanuvchi kishilarga ayni shunday munosabatda boʻlishgan. Chunki ular savdo-sotiq bois, ellarni ellarga, mamlakatlarni mamlakatlarga bogʻlaganlar, oʻzga yurtlarda koʻrgan yaxshi amallari, xayrli-savobli ishlar toʻgʻrisida soʻzlab berganlar, “falon yurtda mana bundoq urf-odat, udum bor ekan, biror muammoga duch kelishsa, uni koʻplashib hal qilishar ekan”, deya ezguliklarni targʻib-tashviq qilishgan. Bundan-da muhimi, tadbirkorlar oʻzga yurtlarga borishganda, oʻz yurtlari, vatandoshlari toʻgʻrisida yaxshi taassurot qoldirishga harakat qilishgan, beodob xatti-harakatlardan tiyilishgan, xaridorlarning ishonch-eʼtiborini qozonishgan, taʼbir joiz boʻlsa, halollik, poklik, diyonatlilik elchilari boʻlishgan. Sohibqiron Amir Temur davrida Samarqandga kelgan tujjorlar bu yurtda raiyatni boshqarishda adolat tamoyillariga qatʼiy amal qilinishini oʻz koʻzlari bilan koʻrganlar va bu toʻgʻrida oʻz vatandoshlarini xabardor qilib turishgan.
Sobiq tuzum ishbilarmon, tashabbuskor, gʻayrat-shijoatli kishilarning yoʻlini toʻsdi, qoʻl-oyogʻini bogʻladi. Tadbirkorlik qonun yoʻli bilan taqiqlab qoʻyildi. Talabalik yillarim Chorsu bozori atrofidagi xonadonlarda yashaydigan kosib, misgar, tikuvchi va duradgorlarga qanday tazyiq oʻtkazilganini oʻz koʻzim bilan koʻrganman. Mustabid saltanatning inqirozga yuz tutishi sabablari endilikda hammaga ayon, ammo shu birgina taqiqning oʻzi ham tanazzul uchun yetarli edi. Chunki, tadbirkorlik rivojlanmagan, odamlarning tashabbuslari, gʻayrat-shijoatlari qoʻllab-quvvatlanilmagan joyda taraqqiyot boʻlmaydi. Chunki, davlatimiz rahbari aytganidek, bitta tadbirkor oʻnta oilani boqadi, qancha kishini ish bilan taʼminlaydi, bandlik bilan bogʻliq muammolarning hal etilishiga hissa qoʻshadi. Yirik xususiy korxona yoki zavodda necha yuzlab yoshlar mehnat qilar ekan, bu — bekorchilikning, demakki, koʻpdan-koʻp mayda jinoyatlarning oldini olish degani hamdir.


Download 96,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish