2.Toponimikaning Antroponim, Gidronim, Diminutiv shaklidagi toponimik atamalarini izohlab bering?
Antroponim so'zi - lotin tilidan olingan bo'lib, “antrapo” - odam, “onoma” - nom, kishi ismi, laqabi, familiyasi demakdir; antroponimika - kishi ismlarini o'rganadigan fan.
Gidronim - grekcha - “gidro”- suv, “onima” - nom, suv ob'ektlarining, masalan, kanal,
ariq, anhor, daryo, soy, jilg'a, irmoq, buloq, quduq, dengiz, ko'l va qo'ltiq, bo'g'oz, sharshara
kabilarning nomlarini o'rganadi.
Diminutiv - lotin tilidan olingan so'z bo'lib, kichraytirilgan shakldan toponim yasash demakdir. O'zbekistonda - cha va -ak ba'zan -ik afikslari diminutiv shaklidagi toponimlarni yasaydi; bunday toponimlarga otlardan (Hisorak, Xumdonak, Ro'dak) sifatlardan (Ko'kcha, Oqcha, Qoracha, Saricha), etnonimlardan (Do'rmoncha, Naymancha) yasalishi mumkin. Ba'zi hollarda esa biron toponimga taqlid qilib nom qo'yilganda eam diminutiv shaklidagi toponimlar yasaladi, chunonchi Buxorocha,Samarqandak, Bag'dodik, Registonak va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |