Mavzu: tarixiy manbalarning guruhlarga bo’linishi reja


Manbashunoslik fanining maqsad va vazifalari



Download 27,2 Kb.
bet4/4
Sana18.03.2022
Hajmi27,2 Kb.
#499714
1   2   3   4
Bog'liq
TARIXIY MANBALARNING GURUHLARGA BO’LINISHI

Manbashunoslik fanining maqsad va vazifalari.
Manbashunoslik tarix fanining sho‘‘basi bo‘lib, asosan yozma manbalarni o‘rganish va ulardan foydalanishning nazariyasi va uslubiyotini ishlab chiqadi. Manbashunoslik tarixiy manbalarni aniqlash, ularni turkumlash, manbalar qachon va qaerda vujudga kelganligini, kim tomonidan va nima maqsadda yozilganligini, manbalardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va to‘laligini aniqlash bilan shug‘ullanadi. Manbashunoslik tarix fanining bir qator yordamchi soxalari, jumladan polegrafik, diplomatika, geraldika, sfragistika, epigrafika, arxeografiya, numizmatika, metrologiya va xronologiya singari fanlarning qo‘lga kiritgan yutuqlariga tayanadi. Xozirgi kunga qadar xilma-xil yozma tarixiy manbalarni klassifikatsiya qilish, ya’ni turkumlashning yagona tizimi ishlab chiqilganicha yo‘q. Tadqiqotchilar orasida manbalarni ularning kelib chiqishi, mazmuni turi va xiliga qarab turkumlash odat tusiga kirgan. YOzma tarixiy manbalarni ko‘p xollarda ularning turi va xiliga qarab turkumlashadi. YOzma manbalarning xar bir turi ma’lum bir mazmun va yo‘nalishdagi xujjatlarni birlashtiradi. Masalan, qonunlar to‘plami, ish yuritish xujjatlari, solnomalar, statistik ma’lumotlar, tarixiy asarlar, esdaliklar, 8 matbuot materiallari, kundaliklar, maktublar va xokazo. Manbalarning xar bir turi o‘z navbatida aloxida xillarga bo‘linishi mumkin. Masalan, qonunlar to‘plami odatda quyidagi xujjatlar xillarini o‘z ichiga oladi: konstitutsiyalar, qonunlar majmuasi, davlat, oliy organi qarorlari, harbiy ustavlar, xalqaro shartnomalar va xakazo. YOzma manbalarni ilmiy asosda taxlil etish ularning kelib chiqishini, shakli, mazmuni, to‘liqligi darajasini, ularda keltirilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini va ishonarligini aniqlash taqazo etadi. Manbalarning ilmiy tahlili eng avvalo ularning tashqi belgilariga qarab tahlil qilishni talab qiladi. Bunday tahlildan asosiy maqsad manbaning kelib chiqishini aniqlashdan iboratdir. Tarixiy manbani ichki belgilariga qarab tahlil etish esa uning mazmunini, bu manbadagi faktlarning tarixiy xaqiqatga mos kelishi yoki kelmasligini aniqlashni, shu asosda mazkur manbadan ilmiy maqsadlarda foydalanish mumkinligini yoki mumkin emasligini aniqlashni taqozo etadi. Biron-bir tarixiy manbaning ilmiy taxlili uning xaqiqiyligini aniqlashdan boshlanadi. Buning uchun tarixiy manbaning tashqi xususiyatlari (yozuvning materiali, siyox, bezaklar) xamda unda keltirilgan xronologik va metrologik ma’lumotlarni, til xususiyatlarini, manbada tilga olingan tarixiy voqealar, shaxslar va jo‘g‘rofiy atamalarni taxlil etish kerak. Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun boshqa ko‘makchi tarix fanlari – paleografiya, metrologiya, toponimika va xokazo ma’lumotlaridan foydalanish zarur bo‘ladi. Demak, manbaning xaqiqiyligini aniqlash uchun uning barcha xususiyatlarini xisobga olish kerak. Manbaning xaqiqiyligi aniqlangandan so‘ng mazkur qo‘lyozma yoki asar tarixiy xujjatning asl nusxasi yoki ko‘chirma nusxasi ekanligini bilish zarur. Agar qo‘limizdagi asar ko‘chirma bo‘lsa, biz uni qachon qaerda va kim tomonidan ko‘chirilganligini, bu ko‘chirma nusxa manbaning asl nusxasiga to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligini bilishimiz lozim. SHundan so‘ng manbaning matnini o‘qish kerak bo‘ladi. Buning uchun tadqiqotchi maxsus paleografik bitimlarga ega bo‘lishi zarur. Tarixiy manbalar bilan ishlashning muhim shartlaridan bir – bu ularning yaratilishi sanasini aniqlashdir. Tarixiy manbalarning aksariyati ularning yaratilishi sanasi ko‘rsatiladi. Lekin ularning ayrimlarida (ayniqsa to‘liq bo‘lmagan qo‘lyozmalarda) manbaning yaratilish sanasi zikr etilgan voqealar va shaxslar, xronologik ma’lumotlar asosida mazkur asar yoki xujjatning yozilgan sanasi aniqlanadi. Xuddi shunday yo‘l bilan manbaning yozilgan sanasini aniqlash mumkin bo‘ladi. Tadqiqotchining keyingi vazifasi – tarixiy manba muallifining ismi-sharifini aniqlashdir. Odatda tarixiy manbalarda muallifning nomi eslatib o‘tiladi. Ba’zi xollarda esa uning ismi-sharifi zikr etilmasligi ham mumkin. Bunday xollarda manbani diqqat bilan o‘qish, uning mafkuraviy mazmunini, matn xususiyatlarini yaxshi bilish muallif xususida ma’lum tasavvurlar berishi mumkin. Muallifning shaxsini aniqlash manbaning yaratilishi tarixini, uning yozilishiga sabab bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy muxitni aniqlash uchun ham zarurdir. Xar qanday tarixiy manbaning qiymati unda bayon etilgan voqealarning to‘g‘riligi va faktlarning ob’ektivligi bilan belgilanadi. Ayrim manbalar mualliflari o‘zlarining ijtimoiy axvoli yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘zlari keltirgan tarixiy faktlardan to‘g‘ri xulosa chiqarmaydilar. Bunday manbashunos-tadqiqotchi muallifning xulosalarini tanqidiy taxlil etishi va o‘zining ilmiy asoslangan fikrlarini ilgari surishi kerak. Masalan, Temuriylar davrida yashagan va ularning saxovatidan baxramand bo‘lgan Mirxond o‘zining «Razvat us-safo» nomli asarida Samarqanddagi 1365 yilgi sarbadorlar qo‘zg‘oloniga salbiy baxo berib, ularni sarkashlik va yovuzlikda ayblaydi. Bunday xulosani ob’ektiv baxo deb bo‘lmaydi, albatta. YOki Buxoroning so‘nggi amiri Sayyid Olimxonning «Buxoro xalqining xasrati tarixi» nomli esdaliklarini olaylik. Muallif mazkur esdaliklarda o‘zini xukmdor sifatida qilgan ishlarini maqtaydi. Vaxolanki bu amir maqtovga arzigulik ishlarni amalga oshirgani yo‘q. Demak, tadqiqotchilar tarixiy manba mualliflarining ijtimoiy kelib chiqishlarining xisobga olgan xolda, ularning fikr va xulosalariga tanqidiy ruhda yondashishlari kerak bo‘ladi. Tarixiy manbalarning to‘liqligi, aniqligi, ishonchliligi ko‘p xollarda muallifning voqealardan qay darajada xabardorligiga, uning konkret tarixiy ma’lumotlarni yig‘ishi va qayta ishlashi uslublariga bog‘liqdir. SHu boisdan muallifning axborot manbalarini aniqlash, uning xizmati, joyi va ijtimoiy xolatini xisobga olish, fikr yuritish qobilyatiga baho berish zarur. Muallif tarixiy voqelarning guvohi yoki ishtirokchisi bo‘lsa yoki ma’lumotlarni ishonchli manbalardan olgan bo‘lsa, uning asarining ilmiy ahamiyati yuqori bo‘ladi. Ba’zan muallif o‘z fikrini ochiq bayon qilmaydi. Ma’lum sabablarga ko‘ra o‘z fikrini pardali va istiorali iboralar orasiga yashiradi. Bu mumkin bo‘lgan tarkiblardan omon qolish yoki senzuraning mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lish mumkin. Bunday xollarda tadqiqotchi manbadagi pinxona mazmunni oshkor qilishga intilmog‘i zarur. SHuni ham yodda tutish lozimki, biron-bir ilmiy muammoni tadqiq etishda bir emas, bir necha turli xarakterdagi tarixiy manbalarga tayanmoq maqsadga muvofiqdir. Qancha ko‘p tarixiy manbalardan foydalanilsa, ilmiy asarning qiymati shuncha yuqori bo‘ladi. Ilmiy faktlar sistemasi esa o‘rganilayotgan xodisa va jarayonlarning ichki mohiyatini anglab etishga, tarixiy taraqqiyotning asosiy tendensiyalarini aniqlashga yordam beradi. Manbashunoslik fani turli manbalardagi faktlarni bir tizimga solish, ularni qayta ishlash va taxlil etishning xilma-xil usullarini ishlab chiqadi. Bu usullar (metodlar) bilan biz keyingi ma’ruzalar jarayonida tanishib boramiz. Faqat shuni ta’kidlab o‘tmoqchimizki, so‘nggi yillarda manbalarni tadqiq etishning bir necha xozirgi zamon usullari vujudga keldi. Bu matematik usullar, kompyuterlardan foydalanish va boshqa usullardir. Xilma-xil metodlardan oqilona foydalanish manbalarni chuqur o‘rganishga va shu asosda teran ilmiy konsepsiyalar yaratishga yordam beradi.
Download 27,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish