O’zbekiston Respublikasida mehnatga haq to’lashning yagona tarif setkasi7
Mehnatga haq to’lash
razryadlari
|
Tarif koeffitsientlari
|
1
|
1,000
|
2
|
1,053
|
3
|
1,106
|
4
|
1,158
|
5
|
1,269
|
6
|
1,384
|
7
|
1,505
|
8
|
1,630
|
9
|
1,755
|
10
|
1,883
|
11
|
2,014
|
12
|
2,148
|
13
|
2,284
|
14
|
2,421
|
7 O‘zbekiston Resp.Vazir. Mahkamasining 2019 yil 16 sentyabrdagi 775-son qaroriga 1-ilova. https://lex.uz/docs/4514781
|
1-jadval
|
15
|
2,561
|
16
|
2,704
|
17
|
2,847
|
18
|
2,993
|
19
|
3,141
|
20
|
3,292
|
21
|
3,444
|
22
|
3,597
|
Tarif-malaka ma’lumotnomalari ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil ta’rifi, u yoki bu aniq ishni bajaruvchining bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablardan iborat bo’ladi, shuningdek, unda bu ishni tariflash uchun qo’yiladigan razryadlar ham ko’rsatiladi. Tarif setkasida razryadlardan tashqari tarif koeffistientlari ham bo’lib, ular birinchi razryadli ishchiga haq to’lash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga haq to’lashning o’zaro nisbatini ko’rsatadi (birinchi razryadning tarif koeffistienti hamma vaqt birga teng bo’ladi). Yuqorida 1-jadvalda O’zbekiston Respublikasida mehnatga haq to’lashning yagona tarif setkasi keltirilgan.
Tarif stavkalari tegishli razryadga ega bo’lgan ishchining mehnatiga to’lanadigan haq miqdorini belgilab beradi.
Mehnat qilish sharoiti og’ir va zararli bo’lgan ishchilarga tarif stavkasiga qo’shimcha haqlar belgilanadi. Tarif stavkalariga ustamalar shaklidagi haq (razryadlar bo’yicha farqlantirilgan) ‘rofessional mahorat uchun belgilanadi.
Alohida tarmoqning iqtisodiyotdagi ahamiyatiga qarab amalda ish haqini va mansab maoshlarini farqlantirish ishlari amalga oshiriladi. Bunda mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan etakchi tarmoqlarga tajribali, malakali kadrlarni jalb etish, bu tarmoqlarda ishchi va xizmatchilar tarkibi barqaror bo’lishini ta’minlaydigan sharoitlarni vujudga keltirish maqsadi ko’zlanadi.
Res’ublikamizda ham tarif tizimi orqali ish haqi tabaqalashtirilib, turli kasblar
va ish turlari uchun ish haqi to’lashning yagona razryadlari aniqlangan. Narxlar o’sishi bilan minimal ish haqi darajasi (1-razryad) hamda barcha razryadlar ular o’rtasidagi nisbat saqlangan holda oshirib boriladi. Masalan oxirgi o’zgarish, 2005 yil 1 maydan boshlab Res’ublikamizda ish haqining minimal darajasi 7835 so’m qilib belgilanib, boshqa razryadlarga to’g’ri keladigan ish haqi summasi ham shunga mos ravishda oshiriladi.
Ish haqining barcha tizimlarini ish haqining shakllari deb ataluvchi ikki katta guruhga bo’lish qabul qilingan. Agar mehnat natijalarining asosiy o’lchovi sifatida tayyorlangan mahsulot (ko’rsatilgan xizmat) dan foydalaniladigan bo’lsa, u holda mehnatga haq to’lashning ishbay shakli tushuniladi. Agar bunday o’lchov sifatida ishlangan vaqt miqdoridan foydalanilsa, bunday holda vaqtbay ish haqi tushuniladi (2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |