Bog'liq TARIF TIZIMI, VAQTBAY VA ISHBAY HAQ TO‘LASH, MEHNATNI RAG‘BATLANTIRISH SHAKLLARI
2-rasm. Ish haqi to’lashning asosiy ikki shakli8
Vaqtbay haq to’lashda mehnatning asosiy normasi qonun tomonidan yagona tarzda belgilangan ish vaqti muddati bo’lib, bunda xodimning mehnat vazifalari ko’rsatiladi, u ish vaqti mobaynida xodimlar o’rtasidagi mehnat taqsimotiga asosan, ishlab chiqarishning tashkiliy-texnikaviy shart-sharoitlari bilan belgilangan ana shu vazifalari ado etishi lozim. Belgilangan normani bajarganlik uchun haq to’lasho’lchovi-tarif stavkasidir. Agar xodim normada nazarda tuilgan vaqtda kamroq ishlagan bo’lsa, unga tarif stavkasida kamroq haq to’lanadi. Bordi-yu, xodim ishlagan va muayyan mehnat vazifalariga ega bo’lgan vaqt belgilangan normadan
8 Maxsutaliyev A. Mehnat bozorida yoshlar va bandlik masalasi. || J.Bozor, pul va kredit.-2003
ortib ketsa (bunga ish beruvchining roziligi kerak), uning mehnatiga to’lanadigan haq tarif stavkasidan yuqori bo’ladi.
Ishbay haq to’lashda asosiy mehnat normasi sifatida mahsulot ishlab chiqarish normasi namoyon bo’ladi. Bu norma ham qonun bilan belgilangan ish vaqti muddatidan kelib chiqib hisoblanadi. Xodimning asosiy mehnat vazifasini-normani bajarganligi uchun u tarif stavkasi miqdorida ish haqi oladi. Agar bu norma bajarilmasa yoki oshirib bajarilsa, xodimga to’lanadigan haq tegishli ravishda tarif stavkasidan kam yoki yuqori bo’ladi.
Iqtisodiy mohiyat nuqtai nazaridan, ish haqining ishbay va vaqtbay shakllari o’rtasida unchalik katta farq yo’qday tuyuladi: ularning har ikkalasi ham mehnat bozori tomonidan belgilangan ish kuchi (mehnat xizmati) bahosi va qonun bilan belgilangan ish vaqti muddatiga asoslanadi. Biroq, iqtisodiy adabiyotlarda vaqtbay haq to’lash shakli birlamchi, ishbay haq to’lash shakli undan paydo bo’lgan hosila haq to’lash shakldir, degan fikrni uchratish mumkin.
Mehnatga ishbay haq to’lash mehnat unumdorligining o’sishini va mahsulot miqdorini ko’paytirishni rag’batlantiradigan tizim hisoblanadi. Lekin, mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishni rag’batlantirish ish beruvchida mahsulot ishlab chiqarishni belgilangan me’yorlarini ko’paytirish, mazkur texnika darajasi va qo’llanilayotgan texnologiya sharoitida topshiriq yoki rejani oshirish real zarurati bo’lgandagina ijobiy natijalar berishi mumkin. Agar erishilgan natijaga nisbatan ish sifatining ortishi va mahsulot ishlab chiqarishning ko’paytirilishi ishlab chiqarish jarayoniga jiddiy texnikaviy va texnologik o’zgarishlar kiritgandagina mumkin bo’lsa, u holda mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun ishbay haq to’lash tizimini qo’llanish oqilona hisoblanmaydi.
Bildirilgan fikrlarga ko’ra, ko’pincha ayrim ishlarda mehnatga haq to’lashning ishbay usulini tatbiq etish mahsulot sifatining pasayishi, texnologik rejimlar va xavfsizlik texnikasi talablari buzilishiga yo’l qo’yiladi, shuningdek, xom-ashyo materiallar va energiya sarflashda ortiqchalik hollari sodir bo’ladi. Bu hol ko’pincha ishchilar har turli mahsulot ishlab chiqarganda, ishlab chiqarish uchastkasida
muayyan miqdorda yaroqsiz mahsulot to’planib qolganda, sifatning yomonlashganligi yoki yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarilganligi aniqlanmaganda ro’y beradi.
Oddiy vaqtbay tizim xodimning ish haqini uning tarif stavkasiga yoki haqiqatda ishlangan vaqtiga qarab belgilaydi. Ana shunga muvofiq, tarif stavkalari: soatbay, kunbay, hamda, oylik stavkalar tatbiq etiladi.
Soatbay va kunbay tarif stavkalarini tatbiq etishda xodimning ish haqi miqdori quyidagi formula bilan belgilanadi:
bunda,
Ub Ct Tq,
Ub -vaqtbay haq to’lanadigan xodimning ish haqi (so’m); Ct-
xodimning vaqt birligidagi tarif stavkasi (so’m); Tq-ishchining haqiqatda ishlagan vaqti (kun va soatlarda).
Oylik tarif stavkasini tatbiq etganda xodimning ish haqi quyidagi formula
bo’yicha aniqlanadi:
UbCt Tq ,