Mavzu: Tarbiyasi og'ir bolalar bilan ishlashning ijtimoiy pedagogik texnalogiyalari Reja


“Tarbiyasi og’ir” bolalar xulq-atvorini to’g’irlashning psixologik masalalari



Download 162,5 Kb.
bet4/5
Sana21.02.2023
Hajmi162,5 Kb.
#913471
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tarbiyasi og\'ir bolalar bilan ishlashning ijtimoiy pedagogik texnalogiyalari

2. “Tarbiyasi og’ir” bolalar xulq-atvorini to’g’irlashning psixologik masalalari
“Tarbiyasi og’ir” bolalar… Hammaga ma’lum bo’lgan va afsuski, allaqachonko’nikib ketilgan bu atama ortida nimalar turadi? Militsiya xodimi uchun - u qo’lida rogatka ushlagan bezori, bola o’qituvchi uchun - sinfdoshlariga yomon ta’sir ko’rsatuvchi norasmiy, bolalar bog’chasi tarbiyachisi uchun esa – harxashali injiq, engiltak tinib – tinchimas bola. Ota-onalar uchun-chi? Har qaysisi uchun u o’zgacha ma’no kasb etadi. Ota-onalar tushunishidagi “tarbiyasi og’ir” bolaning mumkin bo’lgan barcha variantlarini aytib o’tish foydasiz, chunki har qanday bola hamtabiatan “qiyin” bo’lishi mumkin.Odatda hamma bolalar ham tug’ilgan vaqtlaridanoq ota-onalariga ma’lum bir qiyinchilik keltiradi. Ammo ba’zilar uchun muammo bo’lgan narsa, boshqalarga hech qanday qiyinchilik keltirmaydi va u ko’pgina sabablarga bog’liq. Bolaga nisbatan ota-onalarining tutgan yo’li, oiladagi qadryatlar tizimi, oila a’zolari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning bor yoki yo’qligi, shuningdek boshqa ko’pgina narsalar bolani tarbiyalash jarayonida muqarrar ravishda paydo bo’ladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish malakasini belgilab beradi.
“Tarbiyasi og’ir” bolalar pedagogik qarovsizlik natijasidir. L.S Vigotskiy fikricha, “og’ir” o’smir hayoti munosabatlar xarakterining natijasidir. Bular avvalo qaysar, injiq bolalar, ularni qiziqarli faoliyat turiga tortish, ularni tarbiyalashning asosiy usullaridan biridir. Ularning ma’lum bir qismi intizomsiz, qo’pol bolalardir. Ularning aktivligini maqsadga muvofiq o’zgartirish, ularga ba’zi huquqlarini berish yo’li bilan ularga ta’sir o’tkazish mumkin.
Shuni aytish lozimki, “tarbiyasi og’ir“ bolalar uchun ular yashayotgan muhit, oila, ular o’qiyotgan jamoa, sinfning roli juda kattadir.
Tarbiya jarayoning samaradorligini oshiruvchi psixologik mexanizmlar tarbiyali bo’lim – bu xulq – atvorini nazorat qilishdan iboratdir: Bunday nazorat inson yomon xatti-harakatlarini bajarmaslik imkoniyatini beradi.
Agar shaxs xulq-atvorini axloqiyligi haqida qayg’ursa, u ijtimoiylashuvga erishgan bo’ladi.
Tarbiyalanganlik ijtimoiylashuvini o’rganish jarayoni sifatida qaraladigan yosh psixologiyasida olingan natijalarga asoslanadi: Bola o’zini egosentrik emas, balki tarbiyali tutishi uchun tarbiyalanganlik qanday rag’batlantirilishi kerak? Tarbiya o’z muhitiga ko’ra ijtimoiy jihatdan ijobiy ehtiyojlarni hosil qilishdir. Agar ta’limshaxsning ongini shakllantirish bo’lsa, tarbiya uning ongsizlik sferasiga ta’sir etishdir. Bolalarga ularni tarbiyalaydiganlarga hissiy yaqinlik xos. Odatda 6 oylik bolalar unga g’amxo’rlik qiladigan ota-onasiga bog’lanib qoladilar. Ota-onaning oldida bo’lish, ular bilan muloqotda bo’lish bolalarga juda yoqadi, ulaning yo’qligi bolalarga yoqmaydi. Ota-onaning g’amxorligini bildiradigan so’zlar xatti-harakatlar bola uchun juda kata ahamiyatga ega, uni erkalamaslik, suymaslik salbiy ahamiyatga ega bo’ladi. Xulq-atvorning dastlabki ijtimoiylashuvi xuddi shu o’rganish jarayoni orqali sodir bo’lishi mumkin: xulq-atvorning istalgan shakllari g’amxo’rlik va e’tibor bilan taqdirlanadi, kutilmagan shakllari esa qo’llab-quvatlanmaydi. Lekin, yaxshi xulq-atvorlarni rag’batlantirish va yomon xulq-atvor hamma bolalarga ham taaluqli emas.
Bolalarni tarbuyalash samaradorligini oshirishda an’na va urf-odatlarning roli katta. Tarbiya jarayonida g’amxorlikning funksiyasi kattadir. Bolalar befarq ota-onalarga nisbatan g’amxor ota-onalarga ko’proq taqlid qiladilar. G’amxo’r ota-onalar bolalarning salbiy xulq-atvorini qo’llab-quvatlamaganda bola o’z xatti- harakatlarining oqibatini ertaroq anglaydi.
Konfutsiy “Eskini o’zlashtirgan, yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo’la oladi.” degan edi.
Hamma kishilar ham bir xilda bo’lmaydi, shuningdek, oilalar ham turlichadir. Shubhasiz bolalar ham bir biriga o’xshamaydi. Bu tabiiy xol. Lekin ko’pincha kattalar buni unitib qo’yadilar, o’zlaricha qandaydir umumiy tavfsiyalardan yordam ko’rishga moyil bo’ladilar va bunda: “ bola… bajarishi kerak”, “bolaga mumkin emas” kabi so’zlarni ishlatadilar.Bu esa xato. Bola avval boshidanoq hech narsani bajarishga majbur emas, unga hech narsa joiz ham emas. Aksincha, kattalar bolaning meyorida rivojlanishi uchun sharoit yaratishlari, uni kishilar orasida yashashga o’rgatishlari, ularning his-tuyg’ularini, xohish-istaklarini va ishlarini tushunishlari lozim. Vaqt o’tishi bilan, payti kelganda uning o’zi nimalar qilishi kerakligini, kimga nima qilishga majburligini, kimning oldida qarzdorligini va bu qarzlarni boshqa kishilarga o’z ota-onalariga, do’stlariga va nihoyat, o’z bolalariga nisbatan mexr-muhabbat, mexribonligi bilan uzishni tushunib oladi.
Buning uchun esa bolani qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilish, uni tushunishga harakat qilish va uning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, u bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlarning qo’shimcha qiyinchiliklar keltirib chiqarmaydigan, balki, aksincha oilada qadryatli hisoblangan o’zaro hurmat, iliqlik va himoyalanganlik xis etishga yordam beradigan usulini topish kerak. Gap kichkintoy bola haqida borganda “qiyin” atamasi qo’llanilmaydi. Har xolda ota-onalarning “qiyin” chaqaloq, haqidagi shikoyatlarini eshitishga tog’ri kelmaydi, garchi bu bosqichda qiyinchiliklar ko’p bo’lsa ham. To’g’ri, bu qiyinchiliklar tashqi, psixologik xarakterda bo’ladi va ko’pchilik ota-onalar tomonidan muqarrar yuz beradigan, ammo vaqtinchalik hodisa sifatida idrok qilinadi. Biroq birinchi qiyinchiliklar o’rniga boshqalari paydo bo’ladi, ular chaqaloqlik davrida, ayrim xollarda undan ham oldin bolaning tug’ilishini kutish vaqtlarida yashirilgan bo’ladi. Hali bola go’daklik davrida onasi unga qanday munosabatda bo’lish to’g’risida unchalik qayg’urmaydi, u ana shu jajji jigargo’shasini parvarish qilishga doir hamma ishlarga ulgursa va uxlab olsa yetarli.
Shu narsa aniqlandiki uyda xotirjamlik hukm surib, janjal va nizolar bo’lmasa, bola uchun ham yaxshi, u qattiq uxlaydi, ishtaxasi ham bo’ladi. Shunday qilib , onada ham, bolada ham, bo’ladigan qiyinchiliklar avval boshidanoq umumiydir. Kattalar esa buni har doim ham anglab yetmaydilar. Faqat ayrimlargina bolaning kechinmalarini obektiv baholashga bo’ladilar. Agar ba’zilar bola biror narsadan iztirob chekganida yig’lashi xarxasha qilishini tushunsalar, boshqalar hech qachon bu haqida o’ylab ham ko’rmaydilar. Ular bolaning injiqligiga yo e’tibor bermaydilar, yoki uni har qanday usul bilan chalg’itishga urinadilar. Buning sababini o’ylab ko’rish, tushunish uchun ularning vaqti ham, tajribasi ham yetmaydi. Natijada kutilmagan vaziyat vujudga keladi: bola doimo “onaning psixologik xolatiga moslashadi”, onasi esa har doim ham bolaning holatini tushunmaydi. U bolasi xis qilayotgan qiyinchiliklarni uqib tushunib ololmaydi. U faqat kichkintoyini o’ziga qo’shimcha qiyinchiliklar tug’dirayotganini tushunadi xolos.Shundan keyin bola haqida qiyin, unga xalaqit beruvchi, tashvish uyg’otuvchi, majburiyat yuklovchi, xavotirliklar keltiruvchi dastlabki, barqaror tasavvur hosil qiladi. Shu tariqa “xulqi qiyin”, “tarbiyasi og’ir” bolalar paydo bo’ladi. U kattalarning vujudga kelgan vaziyatga yetarlicha baho bermagan, undan boshqa hech kim bolada paydo bo’lgan nuqsonlarni tuzata olmasligini, hech bir kimsa uning bolasini “muloyim” qilib qo’ymasligini anglagan vaqtda emotsional aloqaning buzilishi tufayli paydo bo’ladi.
Nima uchun kattalar bola bilan bo’ladigan munosabatlarida har qanday qiyinchilikka duch kelganlarida boladan achiqlanadilar va undan shikoyat qiladilaru o’zlarining imkoniyatlarini izlab ko’rmaydilar? Ular qarindosh urug’lardan, tanishlardan, pedagoglardan, xatto psixolog va psixoterapevtlardan maslahat so’raydilar. Ulardan uni, buni qilish, ma’lum vaqtdan keyin esa mana buni qilish kerak, shunda shikoyatlariga o’rin qolmaydi, hammasi o’z o’rniga tushib ketadi, qabuldagi aniq bir tavfsiya, yo’l-yo’riqlar kutadilar. Vaholanki bu maslaxatlar ko’p narsa bermaydi. Faqat ota-onalarning o’zlari vujudga kelgan vaziyatni tahlil qilishlari va aynan shu oilada, aynan shu bolaga nisbatan qanday yo’l tutish zarurligini va mumkinligini belgilashlari mumkin. Mumkin bo’lgan ko’pgina variantlar orasidan to’g’risini tanlashda ota-onalarga psixologning ham, tajribali pedagogning ham maslahatlari yordam berishi mumkin.
Jamiyatning axloqiy normalari va talablariga mos kelmaydigan axloqni ilmiy pedagogik adabiyotda umuman tarbiya asotsial axloq atamasi bilan belgilash qabul qilingan. Bolalarning normadan chetga chiqqan xatti-harakatlaridan farqli o’laroq asotsial axloq ijtimoiy jihatdan determinizmlashgan, salbiy mikromuhitning ta’siri, oiladagi nonarmal o’zaro munosabatlar, oilava maktab tarbiyasidagi kamchiliklar, xatolar natijasida yuzaga keladi.
Psixologiya fani shuni ko’rsatadiki, asotsial axloq faktlarning mazmun-mohiyati tarkibi ham tug’ma mexanizmlar bilan belgilanmaydi. “Qiyin” yoyinki “Tarbiyasi og’ir” bolalar esa pedagogik jihatdan qarovsiz qoldirilgan bolalardir. Ular shaxsning axloqiy jihatdan o’zgarishini- pedagogik xatolar oqibatidir.
Shaxsni kuzatish talab etiladigan keng doiradagi bolalar “qiyin” bola atamasi bilan belgilanadi. Kattalarning talablari maslaxatlariga qarshilik ko’rsatadigan, ularning so’zga kirmaydigan, injiq, o’jar bolalar shu toifadagi bolalar qatoriga kiritiladi. Ularning tarbiyasidagi bunday og’ishlarning sababini aniqlash, bolaga nisbatan talabchanlik ko’rsatish bilan bir vaqtda uning ehtiyojlari, qiziqishlariga e’tibor berish va faoliyatiningkollektiv shakllariga jalb etish–bolaning fe’l-atvorida paydo bo’ladigan injiqlik, o’jarlik, itoatsizlikning oldini olish va ularni bartaraf etishning asosiy yo’lidir.
Bolalarning ma’lum qismi sho’xligi, intizomsizligi, qo’rsligi bilan ajralib turadi. Bunday o’quvchilarga individual yondashish va ularning intizomsizlik sabablarini aniqlash lozim. Bunday bolalar bilan olib boriladigan ishlar ularning faolligini maqsadga muvofiq tashkil etish, qadr-qimmati, ma’lum darjada mustaqillikka bo’lgan huquqlarni hurmat qilishni nazarda tutadi. Qiyin bolalar bilan olib boriladigan ishlar nazokat, individual yondashuvni talab etadi. Bu yondashuv birinchidan bolaga e’tibor bilan, hayrixox munosabatini, ikkinchidan uning ijobiy fazilatlariga tayanishni va uchinchidan uning axloqiy kuchlari, potensial imkoniyatlariga ishonishni nazarda tutadi. Hozirgi vaqtda bolalar tomonidan yo’l qo’yiladigan qonunbuzarliklarning oldini olishda maktabning roli katta. Eng yangi pedagogik texnologiyalar bilan qurollangan o’qituvchi tarbiyaviy jarayonning bosh tashkilotchisi, o’quvchiga, o’quvchilar jamoasiga,oilaga ko’rsatiladigan pedagogik ta’sirlarning muvofiqlashtruvchisi sifatida namoyon bo’lmoqda.
Balog’atga yetmagan bolalarning qarovsizligi va qonunbuzarliklarining oldini olishni maktab tomonidan amalga oshirilayotgan yaxlit sistemaning bir qismi deb qarash lozim. Ana shu jarayon doirasida pedagoglarning sayi-harakatlari quyidagilarga qaratilishi kerak:

  • O’quvchi shaxsini tarkib toptirishga salbiy ta’sir etuvchi tashqi omillar ta’sirining oldini olishga, bola huquqlarining buzilishiga va buning oqibati sifatida o’quvchi tarbiyasining qiyinlashuviga olib keluvchi sabab va sharoitlarni yo’qotishga;

  • Butun tarbiya jarayonini tuzatishga uning normallashuvi ikki darajada ro’y beradi;

  • a) bolaning rivojlanishidagi salbiy tomonlarni to’xtatish va barcha salbiy ta’sirlarni engib o’tish;

  • b) ancha yuqori daraja axloqiy, ijtimoiy barqaror va garmonik rivojlangan shaxsni tarkib toptirish. Uning asosida haqiqat, to’g’rilik,yaxshilik, go’zallik, ma’suliyat, ong va xatti-harakat birligi yotadi.

O’qituvchi yo’l qo’yadigan:
Birinchi xato-o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini bilmaslik yoki e’tiborga olmaslikdir. Bola o’zining individualligi bilan boshqalarga o’xshamaydi, u betakror. Uning o’ziga xos individual xususiyatlarini bilmay turib o’quv-tarbiya ishlarini maqsadga muvofiq tashkil etish va o’quvchilarga puxta bilim berish mumkin emas. Ko’pchilik o’qituvchilar o’quvchining xarakterli xususiyatlarni aniqlashda muayyan qiyinchiliklarga duch keladi. Ayrim o’qituvchilar o’quvchidagi chetga chiqish xollarini ko’rmaydilar. Vaholanki bu chetga chiqish bolaning xul-atvoridagi noxushliklarning asosiy manbai bo’lishi mumkin. Bu esa o’qituvchining puxta o’ylagan pedagogik qaror qabul qilishiga imkon bermaydi. Agar yosh pedagoglar o’quvchilarning xatti-harakatlaridagi salbiy tomonlarni o’z vaqtida ularga ko’rsata bilmasalar, hozirgi holatda bolalar uchun ancha ahamiyatli bo’lgan faoliyat turlariga jalb qilish yo’li bilan ulardagi o’tkazib yuborilgan nuqsonlarni tuzatish qiyin bo’ladi.
Ikkinchi xato-bolalarda ro’y berayotgan fikrlash jarayonlarining o’ziga xos xususiyatini yetarlicha hisobga olmaslik, ularning bilimlarini o’zlashtirish sur’atidagi ortiqcha baho berish o’quv jarayonida o’rtacha o’quvchiga qarab ish yuritish, bolalardan har birining nerv sistemasi xususiyatini e’tiborga ola bilmaslikdir. Ayrim bolalar muayyan sharoitda darxol to’g’ri yo’l topa oladilar, vazifalarni tez bajaradilar, boshqalari esa sustkash, harakatlari ham erkin bemalol emas. Uchinchilarda – bilimlarni o’zlashtirish sur’ati juda sekin va hakozo.
Agar o’qituvchiga o’z vaqtida yordam ko’rsatilmasa uning o’qishda orqada qolishi kuchayadi u jamoada psixologik muvozanatsizlik, yolg’izlik, ishonchsizlik ranj-alam hissini boshdan kechiradi. Pedagogik jihatdan qarovsiz bolaning uzoq vaqt yomon holatda bo’lishi uning shaxsini o’zgarishiga olib kelmaygina emas, balki yana tashkil etilgan va ijobiy yo’nalishda bo’lgan jamoaning unga ko’rsatadigan ta’sirini kamaytirib yuboradi.
Umuman olganda o’qituvchilarning qarovsiz bolalar bilan ishlashga tayyorligi sistemali bilimlardan iborat bo’lib axloqiy psixologik, nazariy va amaliy tayyorgarlik uning strukturali tashkil etuvchisi sifatida namoyon bo’ladi. O’qituvchining o’z xatolarining oldini olish va ularni bartaraf etish qobiliyati pedagoglik mahorati bilan chambarchas bog’langan. Kasbiy maxorat darajasini oshirish ishlari o’quvchilarga ta’lim va tarbiya berish yuzasidan olib boriladigan kundalik amaliy faoliyat bilan uzviy bog’liq ravishda amalga oshirilishi kerak.
Bu o’rinda;
a) psixologik-pedagogik adabiyotlarni muntazam ravishda o’qib borish;
b) har bir pedagogning tashabbuskorligi va faolligini oshirishga yordam beruvchi ijodiy muhit yaratish;
v) metodik seminarlar va fan seksiyalari tashkil etish asosiy yo’llardan hisoblanadi.
“Tarbiyasi og’ir” o’quvchini tushunish, uni qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilish va uning rivojlanishini davom ettirish uchun faqat tarbiyasi og’ir o’quvchilarning tashqi belgilarini ko’ra bilishgina emas, balki avvalo tarbiyasi qiyinlik manbaalarini o’rganish lozim. Yomonlikka qarshi kurashishdan oldin, uni keltirib chiqargan sabablarni bartaraf etishga qodirligingizni o’ylab ko’ring.
“Tarbiyasi og’ir” o’quvchilarning uchta asosiy guruhini va tegishli ravishda ular bilan olib boriladiga tarbiyaviy ishning uch yo’nalishini ajratib ko’rsatishga harakat qilamiz.
Birinchi guruh – tarbiyasi og’irligini “o’tish davri”ning o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadigan o’quvchilar. Hayoti va tarbiyasining noqulay sharoitlarida ba’zi bolalarda krizis, ya’ni jismoniy, psixologik va ijtimoiy rivojlanishdagi jiddiy o’zgarishlar davrida qiyinchiliklar paydo bo’lishini sezish qiyin emas. Bu davrda bola va o’smirning rivojlanishi ikki xususiyat: intensiv va notekis rivojlanish bilan harakterlanadi. Mana shuning uchun ham bolaning jismoniy, psixik va ijtimoiy rivojlanishida to’xtalish, xatto nomutanosibliklar bo’lishi mumkin. Shuni qo’shimcha qilish kerakki, jismoniy rivojlanishidagi chetga chiqishlar psixik omil sifatida ham namoyon bo’ladi va jismoniy nosog’lom bolalarning emotsional holatiga ta’sir etadi. Bunday bolalarning psixik rivojlanishida ham chetga chiqish kuzatiladi: psixikaning ayrim funksiyalari notekis rivojlanadi yoki rivojlanishda orqaga qoladi, surunkali psixik kasalliklar, yomon irsiyat, nevroz, psixozisteriya xastaligi, nevrasteniya va hakozo. Bularning hammasi bolalarning xulq-atvorida tajovuskorlik, dag’allik, qo’pollik, urishqoqlik, o’y-hayolga botish, loqayd bo’lib qolish, beparvolik paydo bo’lishida ifodalanadi. Tabiiyki, bunda bolalarning ta’lim va tarbiyasida qiyinchiliklar paydo bo’ladi. Bunday bolalarning tarbiyasi qiyinligini bartaraf etishga yondashuv – bu kasallikning davolanishini “rahm-shavqat pedagogikasi“ ning alohida tadbirlari bilan qo’shib olib borishdan iborat. Uning asosida o’quv – tarbiya jarayoni talablarini amalga oshirishda, jazolashdan oldin rag’batlantirishi metodining ustun kelishida, psixoterapevtik ta’sir metodlari va usullarini qo’llashda kasal bolalarga individual yondashishni o’z ichiga oluvchi davolash pedagogikasi asoslari yotadi.
Ikkinchi guruh – tarbiyasi qiyinligi jismoniy va psixik rivojlanishida chetga chiqish holatlari bilan bog’liq bo’lgan bolalar va o’smirlardir. Bu aqliy jihatdan o’smay qolgan yoki xaddan tashqari erta va jadal rivojlangan bolalardir. Bundan tashqari u turli organlarning rivojlanishida jismoniy kamchiligi bor, jismoniy majruh va mayiblar ham bo’lishi mumkin. Yana bu bolalar xaddan tashqari kasalmandligi, odatdagi, surunkali kasallik, turli tipdagi bolalar xastaligi va boshqalardir.
Uchinchi guruh – bu tarbiyasi qiyinlik holati pedagogik qarovsizlik bilan belgilanadigan bolalar va o’smirlardir. Bunda ularning ongida xulq-atvorida va emotsional-irodaviy chetga chiqish pedagogik sabablar bilan bog’liq bo’lib, barqaror harakter kasb etgan bo’ladi. Pedagogik qarovsizlik belgilari: ongidagi chetga chiqish asosiy hayotiy tushunchalarni, axloqiy, estetik, siyosiy, iqtisodiy va boshqa kategoriyalarni noto’g’ri tushunish, baholashning buzilgan mezonlari bilan harakterlanadi.

  • Axloqidagi chetga chiqishlar bir qator xatti-harakatlaridagi og’ishlar, qonunbuzarlik va jinoyatlar sodir etishdan iborat bo’lgandi. Boshqacha aytganda bu axloq normalariga to’g’ri kelmaydigan axloqdir. Eng ko’p tarqalgan nojo’ya ishlar: shumlik,bezorilik, shaxsiy va jamoat mulkini o’g’irlash, jinsiy buzuqlik bilan bog’liq bo’lgan nojo’ya harakatlardir.

  • Emotsional-irodaviy sohadagi chetga chiqishlar xilma-xil voqea xodisalardan turlicha emotsional ta’sirlanish; voqea va xodisalarni turli xilda idrok qilish; turli xildagi jazava xolati. Shuningdek g’amginlik, xafalik, loqaydlik, kek saqlash,darg’azab bo’lish,yig’loqilik, o’zining emotsional holatini boshqara olmaslik, qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining betayinligi, yaqin kishilarga nisbatan beparvolik, mexr-muhabbat va yaqinlik tuyg’usining yo’qligi.

Yuqorida ko’rsatib o’tilgan chetga chiqish turlari bolalarning insonning rivojlanishiga, uning boshqa kishilar bilan bo’ladigan aloqalariga, o’smirlik yoshiga xos bo’lgan xilma-xil faoliyat turlariga kirishishning muvaffaqiyatli yoki muvofaqqiyatsiz bo’lishiga ta’sir etadi. Bu chetga chiqishlarning paydo bo’lishiga asos bor.Oilada ota yoki onaning yo’lqligi, bolaning yolg’iz ota yoki yolg’iz onaning tarbiyalashi, tashqi o’quv-tarbiya muassasalari ta’sir yo’qligi bunday sabablardan hisoblanadi. Bulardan tashqari tarbiyaviy ta’sirning omillari: ota-onalarning ichkilikbozligi va axloqsizligi, madaniy muhitning yo’qligi, bolalarni huquq normalariga zid faoliyatga jalb etish, ularni huquqlarini poymol qilish, bolalarga jismoniy va psixik zulm o’tkazish, tengdoshlarining salbiy ta’siri, maktab va oiladagi “tarbiyaning g’ayri pedagogik” metodlari ham bor.
O’quvchilarni pedagogik qarovsizlik sabablarini xali yosh, sharoitlar yomon, axir odam tarbiya ko’rmay o’sadida qabilidagi ochiq-oydin talqin qilishdan ogoh bo’lish qilish lozim. Hamma narsa bolaning muxitining ijobiy va salbiy ta’sirlarini qanday idrok qilishga bog’liq. G.A.Fortunatov shunday deb yozgan edi: “bolaning harakteri faqat muxitning ta’siri ostida rivojlanmaydi, balki bolaning munosabatlari o’z muhitida qanday shakllanganligi, u shu muxitda nimalarga qiziqishiga ham bog’liq bo’ladi… Agar bir bolada ichkilikbozlik, beadablilik va sho’xliklar qiziqish uyg’otsa, boshqasida ular qo’rquv, vahima, jirkanish yoki nafrat va qarshilik xissini uyg’otish mumkin” . Pedagogik qarovsiz qarovsiz bolalar va o’smirlarning belgilarini ancha batafsil ta’riflagach, shuni ta’kidlaymanki, bu tarbiyasi qiyinchilikning ancha murakkab tipi. Bolalar bu nuqsonni engib o’tish uchun maxsus yondashuvga, aynan qayta tarbiyalashga ehtiyoj sezadilar. Bu jarayon esa bola shaxsining uch soxasiga: ongiga, axloqiga va emotsional-irodaviy soxalariga uzoq vaqt davomida pedagogik ta’sir ko’rsatishni talab etadi.


Download 162,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish