MAVZU:TARBIYADA INTERFAOL USULLAR.
M U N D A R I J A
KIRISH
I BOB. TA`LIM-TARBIYA-TARBIYA JARAYONIDA INTERFAOL METODLAR QO’LLASHNING NAZARIY ASOSLARI.
1.1. Ta`lim -tarbiya jarayonida interfaol metodlarni qo’llashning hozirgi holati.
1.2.Ta`lim-tarbiya jarayonida interfaol metodlarni qo’llash. Ta`lim-tarbiya samaradorligini oshirish omili sifatida.
1-bob bo’icha xulosa
II BOB. TA`LIM-TARBIYA JARAYONIGA INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA INTERFAOL METODLARNI QO’LLANISHI.
2.1. Ta`lim-tarbiya jarayoniga innovatsion yondashuv.
2.2. Ta`lim-tarbiya jarayonida interfaol metodlarni qo’llashda innovatsion texnologiyalar.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Uzluksiz ta`lim- tizimi orqali har tomonlama rivojlangan shaxs – fuqaroni shakllantirishni ko’zda tutadi. Bu o’z navbatida fan, texnika, ilg’or texnologiyalar asosida shaxsni tarbiyalash, o’qitish, rivojlantirish masalasini qo’yadi. O’zbekiston milliy taraqqiyotning eng mas`uliyatli bosqichi -ijtimoiy – siyosiy va iqtisodiy hayotning keskin burilish davrini boshdan kechirmoqda. XX asr tugab, jamiyatimiz har bir fuqorosi XXI asrda, ortda qolgan yo’llarni sarhisob qilish va kelajak hayotning turli jabhalari rejasini belgilab olish muammosiga duch kelishi ijtimoiy fan olimlari zimmasiga katta vazifalarni yuklaydi. Yoshlarni zamonaviy fan- texnikaning, umuman, ilm-fanning yutuqlaridan bahramand qilmasdan turib, ularga yuqori malakali ixtisos egalari bo’lib etishishga sharoit tug’dirmay turi, biz respublikamiz xalq xo’jaligini, sanoat ishlab chiqarish sohalarni tubdan o’zgartira olmaymiz.Yana bir narsani biz hech qachon esimizdan chiqarmasligmiz lozim: iste`dodli yoshlarga sharoit yaratish deb aytgan edi 1.
Prezidentimiz ta`lim-tarbiya sohasiga milliy didaktik nuqtai nazardan yondoshib, uni quyidagicha ta`riflaydi: “Ta`lim O’zbekiston xalqi ma`naviyatiga yaratuvchanlik faoliyatini baxsh etadi. O’sib kelayotgan avlodning barcha yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo’ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o’tadi”.
Prezident tomonidan ilmiy asoslab berilgan ta`lim-tarbiya modelini amaliyotga tadbiq etish o’quv jarayonini texnologiyalash bilan uzviy bog’liqdir.
Ushbu dastur mazmunida barkamol shaxs va malakali mutahassisni tarbiyalab voyaga etkazish jaayonini mohiyati to’laqonli ochib berilgandir. Malakali kadrlar tayyorlar jarayoning har bir bosqichi o’zida ta`lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko’tarish, shu bilan birga jaxon ta`limi darajasiga etkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim. Chunonchi, mazkur jarayonning
Interfaol metodlardan aqliy xujum, klaster, suhbat, bahs, munozara, boshqotirma, yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish zaruriyati pedagogik texnologiyaning mazmuni, hamda an`anaviy ta`lim-tarbiya mohiyatini o’rganish, tahlil etish asosida yuzaga keladi.
Bizga yaxshi ma`lumki, an`anaviy ta`lim-tarbiya mazmunini asosan pedagog, ustozning bu jarayondagi avtoritar mavqei, o’quvchilarning sust faoliyati asosiga qurilgan bo’lib, darsga ajratilgan vaqtning asosiy qismi pedagoglar tomonidan muhim nazariy ma`lumotlarni bayon etishga sarflanar, o’quvchilarining faolligini ta`minlashga zaruriyat sezilmasli-gini ifoda etardi. Pedagog o’quvchilarning faolligini yuzaga keltirishga vaqt nuqtai nazardan ham imkon topa olmas edi. O’quvchilari faoliyatini nazorat qilish esa yozma ish va imtihon natijalari asosida baholanar edi. Vaholanki, o’quvchining muayyan davrdagi faoliyatini ma`lum vaziyatlarda aks etgan ko’rsatkichlar bilan baholanishi ob`ektiv yondashuv emasligi pedagogik amaliyotda tasdiqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |