Mavzu: Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari reja


Tarbiyada insonparvarlik,demokratik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi



Download 26,39 Kb.
bet2/10
Sana03.07.2022
Hajmi26,39 Kb.
#736302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari

2.Tarbiyada insonparvarlik,demokratik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi

-Tarbiyaning insonparvarlik va demokratik qoidasi. Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o’smir va qizlarning betakror va o’ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini hisobga olish lozim. Yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda muqaddas kitob Qur‘oni Karim, Hadisi sharifdan foydalanish juda muhim. O’qituvchi o’quvchi qalbiga yo’l topish uchun bilimi va ishi bilangina emas, ayni paytda odob-axloqi, madaniyati, rostguylik va shirinsuxanligi bilan namuna bo’lishi lozim. Yaxshi o’qituvchi o’quvchilarning so’zini diqqat bilan tinglaydi, ularga dalda beradi, to’g’ri baho quyadi, hammani teng ko’radi, bolalarni sevadi.

Tarbiyani demokratiyalash – bu tarbiyani ma‘muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo’yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’rtasidagi o’zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o’zgartirish demakdir.



- Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi qoidasi.

Ma‘naviy qadriyatlar va g’oyalar har xil millat o’quvchilarini birlashtiradi, o’quv va mehnat faoliyatlarini uyushtirishga yordam beradi. Xalqimizning ko’p asrlik qadriyatlarini, o’lkan va boy madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o’zligini anglash, milliy g’urur tuyg’usini qaror toptirish mumkin emas.

O’zbek xalqi tarixida u yaratgan madaniy boyliklar, qadriyatlar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Ismoil al-Buxoriy, al-Xorazmiy, A.R. Beruniy, Forobiy, Ibn Sino, A. Yugnakiy, S.SHeroziy, A. Yassaviy, A.Jomiy, A. Navoiy va boshqa buyuk mutafakkirlarning asarlari orqali o’quvchilar go’zal axloq, baxt, insof, poklik, mehr-shafqat, sihat-salomatlik, ota-onani hurmat qilish qoidalari haqida keng tasavvurga ega bo’ladilar
- Tarbiyada o’quvchilarning yoshi va o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish. Bolalar maktabda rivojlanishning turli davrlarini: bolalik, o’smirlik, o’spirinlik pallalarini bosib o’tadilar. Bolalarning yoshi rivojlanish darajasiga ko’ra ularga beriladigan tarbiyaning mazmuni o’zgarib boradi, yoshi ulg’aygan sari ularga talab ham ortadi. Shu tufayli o’rta va katta yoshdagi bolalarni tarbiyalashda ularning mustaqilligiga suyanib ish ko’rish yaxshi natija beradi.

Tarbiya berishda o’quvchilarning yosh xususiyatlaridan tashqari, har qaysi bolaning o’ziga xos xususiyatlarini (mijozi, fazilatlari, qobiliyat va mayllari, qiziqishlarini) hisobga olish ham katta ahamiyatga ega. Masalan: Bir o’quvchiga nisbatan muvofiq bo’lgan tarbiya uslubini boshqa o’quvchiga nisbatan qo’llaganda u kutilgan natijani bermasligi mumkin. Demak, har bir o’quvchining qobiliyati, qiziqishi, his-tuyg’ularini kuchli va zaif jihatlarini hisobga olish tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yish imkoniyatini beradi.




Download 26,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish