Mavzu: Tarbiya ijtimoiy-tarixiy jarayon sifatida Reja: Fanning predmeti, maqsad va vazifalari. «Tarbiyaviy ishlar metodikasi»



Download 147,12 Kb.
bet3/36
Sana31.12.2021
Hajmi147,12 Kb.
#265369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Маруза

Tayanch iboralar:fanning predmeti, tarbiya, metodika, maqsad, vazifalar, qadriyatlar, fanlararo bog’liqlik, metod, usul, vosita.
Nazorat savollari:

  1. «Tarbiyaviy ishlar metodikasi» fani nimani o’rganadii?

  2. Kursning umumiy maqsadi qanday?

  3. «TIM» fanining vazifalari qanday?

  4. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda qadriyatlarning ahamiyatini izohlab bering.

  5. «TIM» kursi qaysi fanlar bilan bog’langan?

  6. Pedagogik fanlar tizimida «TIM» qanday o’rin tutadi?

  7. Uning kasbdagi ahamiyatini qanday tushunasiz?


Mavzu: Jahon tarbiya kontseptsiyalari
Reja:

1.Tarbiya kontseptsiyalarining tarbiyaviy jarayondagi ahamiyati.

2. Kontseptsiya tushunchasining mazmuni.

3. Jahon tarbiyaviy kontseptsiyalari.


Ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllangan barkamol inson muommosi yechimi oilada, maktbda va maktabdan tashqari muassasalarda beriladigan ta’lim- tarbiyasining mazmuni tizimli ravishda ma’lum bir kospesiyaga mujassamlashtirilgan.

Konsepsiya tushunchasi har bir pedagogik texnologiya, falsafa, psixologiya, didaktik ta’lim maqsadlariga erishishning ijtimoiy- pedagogik dalillarni o’z ichiga oladigan aniq ilmiy konsepsiyaga tayanishdir.

Konsepsiya- maqsadga yetishishning xomaki rejasi mazkur sohada mavjud qonuniyatlar bilan asoslab berilgan bosqich konsepsiya yoki ilmiy asoslangan taxmin deyiladi.

XXI asr insoniyat tarixiga globallashuv asri bo’lib kirdi. Azaliy milliy qadriyatlarni qadrsizlantiruvchi “ommaviy madaniyat”, informasion xurujlar, axloqsizlik falsafasi, ekstremizm, nigilizm, o’z demokratiya modellarini joriy etish, “dunyo fuqaroligi”ni (kosmopolitizm), missionerlik, prozelitizmni madh etuvchi saytlar, turli shoular, ko’ngilochar ko’rsatuvlar va musiqiy kanallar tashkil etilmoqda.

Tarbiya deganda aksariyat oilalarda bola bilan gaplashib qo’yish, nasihat, tanbeh berish, ta’lim muassasalarida esa chiroyli so’zlash, yoqimli fazilatlarni madh etish, bayramlarda, tadbirlarda Vatan haqida she’rlar o’qish, qo’shiq aytish, raqsga tushish tushunilmoqda. Tarbiya natijasi deganda ota-onalar bolalarning sog’lomligi va xushmuomalaligi tushunilsa, ta’lim muassasalarida o’tkazilgan tadbirlar ko’rsatilmoqda. Eskicha yondoshuvda ta’lim - natijali, o’lchov mezonlari mavjud, tarbiya esa - natijasi ko’rinmaydigan, o’lchov mezonlarini aniqlash mumkin bo’lmagan tushuncha sifatida tan olindi. Oila bilan ta’lim muassasasi orasida tarbiya masalasida sansalorlik yuzaga keldi.

Eng muhimi, uzoq yillar davomida “uzluksiz ta’lim”ga mutanosib “uzluksiz tarbiya” yo’lga qo’yilmadi. Tarbiya bolalar ta’limdan bo’sh vaqtida amalga oshiriladigan qo’shimcha yuklamaga - ikkinchi darajali ishga aylandi. Buning oqibatida tarbiya uzuq-yuluq jarayon bo’lib keldi. Jamiyatning pedagogik madaniyati pasayib, maktabgacha ta’lim, maktab pedagoglari,


ota-onalarning tarbiyaga oid pedagogik-psixologik bilimlari zamon talablariga javob bermayapti. Aslida maktabning muammosi bo’lgan davomat - ijtimoiy muammoga aylanib, ichki ishlar xodimlari, mahalla faollarining ishiga aylandi.

Ana shunday xatolardan eng ko’p tarqalgani - og’zaki tarbiya davom etmoqda. Ota-onalar, maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyachilari, maktab o’qituvchilari bolalarga Vatanga sadoqat, mas’uliyat, tadbirkorlik va boshqa fazilatlar haqida gapirib, she’rlar o’qib, hikoyalar qilib berish bilan cheklanilmoqda. Natijada fazilatlar bolalarning odatlariga aylanmayapti. Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amalga aylanmayapti. Buning oqibatida yoshlarning Vatanga sadoqat, mas’uliyat, tadbirkorlik, mehr-oqibat haqida so’zlari bilan yoshiga mos amallari orasida ziddiyat namoyon bo’layapti. Bu esa har yili mustaqil hayotga kirib kelayotgan yuz minglab 18 yoshli o’g’il-qizlarning hayot uchun zarur ijtimoiy kompetensiyalarsiz, mustaqil hayotga tayyorlanmay kirib kelishlariga sabab bo’lmoqda.

Tarbiyada yo’l qo’yilgan xatolar birdaniga ko’rinmaydi. Noto’g’ri tarbiyaning asoratlari oradan ko’p yillar o’tgach, jamiyatda inson omili tufayli yuzaga keladigan ijtimoiy muammolarda ko’rinadi. Bugungi kunda O’zbekistonning peshqadam yoshlari davlat, ota-onalarining maqsadli, uzluksiz tarbiyalari tufayli turli sohalarda, jahon miqyosida mislsiz yutuqlarni qo’lga kiritishmoqda. Ayni vaqtda OAVda jamiyatda ko’p uchrayotg an noodatiy jinoyat shakllari, ayollar va yoshlar orasidagi jinoyatchilik, oilaviy ajrimlar, korrupsiya, egosentrizm, mehr-oqibatning kamayishi, “ommaviy madaniyat”ga ko’r-ko’rona taqlid, loqaydlik, boqimandalik, ekstremizm, terrorizm, begonalashuv, firibgarlik, o’zibo’larchilik, mas’uliyatsizlik, qadriyatlar inqirozi, zo’ravonlik, xo’jako’rsinchilik, yolg’onchilik, firibgarlik, axloqiy buzuqlik, el-yurt taqdiriga befarqlik kabi illatlar keng muhokama qilinmoqda.

Bu ijtimoiy muammolar yoshlarga aniq fazilatlar turkumini o’rgatmaslik, tarbiyaga og’zaki, eskicha yondoshuvning oqibatlari sifatida namoyon bo’lmoqda.

Tarbiyadagi kamchiliklar ta’lim sifatiga ham zarar ko’rsatmoqda. Jumladan, o’smir o’zini o’zi o’qitishga safarbar qilish fazilatiga ega emasligi, bunga o’rgatilmaganligi pullik ta’lim - repetitorlik institutini paydo qildi.

Mamlakatimizda yuksalish davri boshlandi. Yangi davr shiddati ta’lim-tarbiyaga o’zining aniq, qat’iy talablarini qo’ymoqda. Ta’lim sohasida pedagoglarning moddiy-ma’naviy sharoitini tubdan yaxshilash, ta’lim sifatini oshirishning xorijiy texnologiyalari joriy qilinmoqda. Tarbiya ta’lim bilan uyg’un, ammo o’ziga xos shart-sharoitni, uzluksizlikni talab qiluvchi soha. Ta’lim - bilimdon yoshlarni, tarbiya - irodasi kuchli, vatanga sodiq, tadbirkor, mehr-oqibatli yoshlarni yetishtirib beradi. Bu esa O’zbekistonda yoshlar tarbiyasini yangilangan milliy g’oya negizida, milliy-zamonaviy, ilmiy-texnologik asosda isloh qilishni taqozo qilmoqda. Tarbiya sohasida eski - umumiy, mavhum, natijasiz yondoshuvdan voz kechib, aniq, bugungi talablarga chidamli, tayanch kompetensiyalar, fazilatlar asosida shakllanishni talab etmoqda. Tayanch kompetensiyalar deganda o’quvchilarning o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarini real hayotda uchraydigan amaliy vazifalarni bajarishda qo’llash imkoniyati tushuniladi.

Bunga tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, tayanch fazilatlarni kafolatli loyihalashtirish va o’rgatishda oila, maktabgacha ta’lim muassasasi hamda umumiy o’rta ta’lim muassasalarining pedagogik imkoniyatlarini to’liq ishlatish va ular orasida ilmiy-metodik hamkorlikni yangi darajaga ko’tarish orqali erishish mumkin.

Milliy pedagogikamiz asoschilaridan biri Abdurauf Fitrat “Agar saodat, izzat, osoyishtalik, rohat, sharaf, nomus va e’tibor kerak bo’lsa, tezroq avlod tarbiyasi usullarini bilib olib, bolalarimizni shu usul va qoidalar asosida tarbiyalashimiz lozim” degan edi . Bu fikr tarixiy sabablarga ko’ra amalga oshmadi. Biroq, bugun jahonning ilg’or tajribalari ushbu fikrning universal mohiyatini tasdiqlamoqda.

“Bola huquqlari to’g’risida” Konvensiya asosiy qoidalarining qisqacha norasmiy bayonida “Ta’lim bolaning shaxsi, iste’dodi, aqliy va jismoniy qobiliyatlari eng to’la hajmda rivojlanishiga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Ta’lim bolani erkin jamiyatda kattalar qatori faol yashashga tayyorlashi, o’z ota-onasiga, madaniy o’ziga xosligiga, til va qadriyatlariga, o’zgalarning madaniy an’analari va qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalamog’i shart”ligi belgilab qo’yilgan.

Yevropa Ittifoqining ta’lim tizimini yangilash, ijtimoiy buyurtmaga yaqinlashtirishga qaratilgan tavsiyalarida ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mustaqil hayotga, konstruktiv amaliy faoliyatga tayyorlik sifatini baholashga kompetentli yondashuvni ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi. Rossiya Federasiyasida kompetentlilikka yo’naltirilgan ta’limga o’tish 2001 yildan amalga oshirildi.




Download 147,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish