Tarbiyachining adolat bilan ish tutish mahorati.
Adolat iymon – e’tiqodni, pok niyatga eltuvchi haqni nohaqdan ajratuvchi bir o’lchovdir.
Adolat insonlar xulqini baholovchi muhim mezondir. O’tmish ajdodlarimiz adolat va adolatsizlikka alohida e’tibor berib bu tushunchani siyosiy, falsafiy, huquqiy, axloqiy nuqtai nazardan turlicha talqin etib komil insonni tarbiyasida u katta vosita ekanligini u asarlarida bayon etganlar.
Amir Temur saltanatni boshqarishning bosh mezoni adolat deb hisoblagan edi. U o’zining pand nasihatlarida ham yosh avlodni adolatli bo’lishga chorlaydi: «Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulm-u sitam yo’lini to’sdim. ...Qaysi mamlakatni zabt etgan bo’lsam, o’sha viloyatning ulug’larini og’a-inilarimdek, yoshlari va bolalarini bo’lsa o’z farzandimdek ko’rdim» degan edi.
Voiz Koshifiy «Axloqi Muhsini» asarida shunday yozgan edi: «Adolat – bu insonlarni bir-biriga yaxshilik ko’rsatishidir».
Adolat va adolatsizlik asriy ko’rinishlari insonni qilmishi. harakati, tili muomala, madaniyati, tashqi qiyofasida o’z aksini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |