Abu Ali Ibn Sino (980-1037) bolalarning kelajagi haqida tug‘ilmasdan oldin g‘amxo`rlik qilish kerak, ilk yoshligidan boshlab unga rostgo`ylik, javobgarlik, mehribonlik kabi fazilatlarni, yahshilik, insoniylik hissini singdirish zarurligini aytadi. Ibn Sino tarbiyada ijtimoiy muhitni katta ta’sirini alohida uqtirib o`tadi. Ibn Sino o`z tarbiya tizimini yaratadi. Bunda odob, tibbiyot, astranomiya, falsafa, mantiqiy, tabiatshunoslik, til va grammatika, musulmon qonunshunosligi kabi bilim sohalari kiritilgan edi. U tarbiya jarayoni axloqiy, jismoniy, aqliy, estetik, mehnat (hunarga o`rgatish) tarbiyaning bir butunligini tashkil qiladi deb ko`rsatadi. - Abu Ali Ibn Sino (980-1037) bolalarning kelajagi haqida tug‘ilmasdan oldin g‘amxo`rlik qilish kerak, ilk yoshligidan boshlab unga rostgo`ylik, javobgarlik, mehribonlik kabi fazilatlarni, yahshilik, insoniylik hissini singdirish zarurligini aytadi. Ibn Sino tarbiyada ijtimoiy muhitni katta ta’sirini alohida uqtirib o`tadi. Ibn Sino o`z tarbiya tizimini yaratadi. Bunda odob, tibbiyot, astranomiya, falsafa, mantiqiy, tabiatshunoslik, til va grammatika, musulmon qonunshunosligi kabi bilim sohalari kiritilgan edi. U tarbiya jarayoni axloqiy, jismoniy, aqliy, estetik, mehnat (hunarga o`rgatish) tarbiyaning bir butunligini tashkil qiladi deb ko`rsatadi.
- Imom Al-Buxoriy (809-869): «Bir ul-volidayin», «Ota-onani hurmatlash», «Al-adab al-mufrat», «Adab durdonalari», hadislar, «Al- jome’ As-Saxix».
- Imom At-Termiziy: «Sunnan», nomli xadislar to`plami «Kitob ashshqil an-nabaviyya», «Payg‘ambarlarning Axloq, odob va sayru sulliklar xaqida kitob».
Abu Rayxon Beruniyning (973-1048) pedagogik ijodida inson va uning baxt saodati, ta’lim-tarbiyasi, kamolot bosh vazifa bo`lib, u tarbiya maqsadi, vazifalari va roli, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlarini chin ma’noda insonparvarlik asosida rivojlantirgan. Bilish va tarbiyaning tabiatga uyg‘unlik akidakini Beruniyning hamma asarlarida kuzatish mumkin. «Qadimgi Xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Geodeziya». «Minerologiya», «Munajjimlik san`atiga boshlang‘ich tushunchalar» kabi asarlarida pedagogika va psixologiya bo`yicha muhim ma’lumotlar berilgan. - Abu Rayxon Beruniyning (973-1048) pedagogik ijodida inson va uning baxt saodati, ta’lim-tarbiyasi, kamolot bosh vazifa bo`lib, u tarbiya maqsadi, vazifalari va roli, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlarini chin ma’noda insonparvarlik asosida rivojlantirgan. Bilish va tarbiyaning tabiatga uyg‘unlik akidakini Beruniyning hamma asarlarida kuzatish mumkin. «Qadimgi Xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Geodeziya». «Minerologiya», «Munajjimlik san`atiga boshlang‘ich tushunchalar» kabi asarlarida pedagogika va psixologiya bo`yicha muhim ma’lumotlar berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |