Mavzu: Tanqidiy fikrlash va rivojlantirishning faol metodlari



Download 33,29 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi33,29 Kb.
#83603
Bog'liq
Mustaqil ish 3


Mavzu: Tanqidiy fikrlash va rivojlantirishning faol metodlari.

Reja :


Kirish

I.Asosiy qism

1.O‘qituvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishning nazariy asoslari

2.Tanqidiy fikrlashining pedagogik- psixologik asoslari

3.Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi faol metodlar

4.Tanqidiy fikrlashning rivojlanish muhitini yaratish

5. Sinkvey uslubi

II.Xulosa



III.Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish О„zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning О„zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 27 yanvar kuni bо„lib о„tgan qо„shma majlisidagi “Mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish- ustivor maqsadimiz” hamda Vazirlar mahkamasining 2010 yil 29 yanvar kuni bо„lib о„tgan majlisidagi “Asosiy vazifamiz-Vatanimiz taraqqiyotini va xalqimiz faravonligini yanada yuksaltirish” mavzularidagi ma‟ruzalari mazmun-mohiyati va undagi xulosalarni о„rganish yuzasidan Vazirlar mahkamasining 2010 yil 23 fevraldagi 101-F –sonli farmoyishi bilan bilan tasdiqlangan tashkiliy tadbirlarni amaliyotga joriy etish jamiyatimizdagi kun tartibidagi bosh masalalardan biridir. Prezidentimiz о„z ma‟ruzasida “ ....mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqrolik jamiyati barpo etish ustivor maqsadimiz” degan1 fikr mulohazalaridan jamiyatimizda barkamol avlodni tarbiyalash ta‟limning asosiy vazifalardin biri ekanligi gavdalanidi Respublika Prezidenti I.A.Karimov shunday degan edilar: «Ta‟lim-tarbiya tizimidagi islohotlar boshlangan dastlabki yillarda men jahon tajribasi va hayotda о„zini kо„p bor oqlagan haqiqatdan kelib chiqib, agar bu maqsadlarimizni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshira olsak, tez orada hayotimizda ijobiy ma‟nodagi, «portlash effekti»ga, ya‟ni, yangi ta‟lim modelining kuchli samarasiga erishamiz …. Prezidentimiz о„z ma‟ruzasida “ ....mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqrolik jamiyati barpo etish ustivor maqsadimiz” degan2 fikr muloxazalaridan jamiyatimizda barkamol avlodni tarbiyalash boshlang„ich ta‟limning asosiy vazifalardin biri ekanligi gavdalanidi. Ayniqsa, bо„lajak boshlang„ich sinf о„qituvchlari ta‟lim va tarbiyaning tub maqsadi kuchli fuqarolik jamiyatining barpo etilishiga xizmat qilishi asosiy maqsadimiz ekanligi Sharqona tarbiya mazmunida his 4 etilishi zaruriyati mavjuddir. О„rta asr Sharqining buyuk mutafakkirlari Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino nazariya va amaliyoti tasdiqlaganki, bolaning mustaqil Tanqidiy fikrlashi jarayonida о„zlashtirilgan bilimlar biror bir manbadan tayyor holda olingan bilimlar bilan qiyoslaganda katta afzallikka ega. Tо„liqroq va tezroq rivojlangan bu bilimlar о„quvchilar e‟tiqodiga aylanadi va ularning tafakkuri hamda faol amaliy Tanqidiy fikrlashi quroliga aylanadi. Tanqidiy fikrlash masalalarini tadqiq etish bilan kо„plab zamonaviy olimlar, pedagoglar, psixologlar va metodistlar shug„ullanadi. Xususan, V.V.Davidov, M.G.Davletshin, I.Y.Lerner, A.M.Matyushkin, M.I.Mahmutov, S.Rajabov, D.Shodiyev, E.G„oziyev, A.M.Umronxо„jayev ishlarida muammoli ta‟lim tamoyillarida umumlashtirish turlari va ularning tuzilishi, о„quv jarayonini tashkil etish ochib beriladi, tanqidiy fikrlashining tuzilishlari, aqliy faoliyatning umumlashgan usullarini shakllantirish yо„llarini belgilovchi alohida komponentlarning о„ziga xos xususiyatlari tahlil etiladi. Bu tadqiqotlarda maktabning bosh maqsadi sifatida bola shaxsi oyoqqa turishini ta‟minlash, uning qobiliyatlarini ochib berish, о„qishga istak va uquvni shakllantirish, bо„lajak boshlang„ich sinf о„quvchilarini tanqidiy fikrlash tanqidiy fikrlashining barcha komponentlarini egallashga yо„naltirish asosida tizimli ta‟limga tayyorlash va shaxsni har tomonlama faollashtirish oldinga suriladi. Bu maqsadlarni tugal konsepsiya sifatida amalga oshirish an‟anaviy didaktik tizimlarning barcha bо„g„inlarini takomillashtirish, shu jumladan о„quvchilarning faol Tanqidiy fikrlashini shakllantirishning motivlari, metodlari va tashkiliy vositalarini ta‟minlash uni inson taraqqiyotining turli yosh bosqichlarida chuqur tadqiq etish zaruriyatini talab etadi. О„z tanqidiy fikrlashini maqsadga qaratish va motivlashtirish qobiliyatiga ega bо„lish, о„z istak-mayllarini faol boshqarishga qobillik, har bir daqiqa о„z shaxsini takomillashtirishda foydalanish uchun vaqtni qadrlash eng muhimdir O‘qituvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishning nazariy asoslari Tanqidiy fikrlashining ijodiy manbalari qadim zamonlarga borib taqaladi. 5 Faolligining yaxshi xotiralashga imkon yaratishi, narsalar, jarayonlar va hodisalar mohiyatiga chuqur kirib borishiga yordam berishi kо„hna zamonlardayoq ma‟lum bо„lgan. Yaqin va О„rta Sharqda yashab ijod etgan о„rta asr mutafakkirlari tabiiy-ilmiy asarlarida ilmning turli tomonlari, uning prinsiplari, tuzilishi, mezonlari, ilmning inson aqliy rivoji va ta‟limi bilan bog„liqligiga jiddiy qiziqish borligini kuzatamiz. Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, ularning safdoshlari va izdoshlari gnoseologik qarashlarining xarakterli xususiyati shundan iboratki, inson ongida predmet timsoli (obrazi)ni mavhumlashtirish jarayoni ular e‟tiborini doimo jalb etgan, buning natijasida mazkur predmet mohiyati va о„ziga xosligi tushunchasi ishlab chiqilgan va shakllangan. Predmet va manbalari qanaqa, jarayoni qanday bosqichlardan iborat, va amaliy faoliyat о„rtasidagi munosabatlar qanday - о„rta asrlik qariyb barcha buyuk Sharq mutafakkirlari e‟tiborini jalb etgan masalalarining tо„liq bо„lmagan tartibi mana shulardan iborat. Xorazmiy "hissiyot" "mantiqiy mulohazalar" vositasidan aniq farqlagan: dastlabki xususiyni , "mayda", "mantiqiysi" esa mohiyatan о„rganadi, ahamiyatli, biroq ular aloqador. Fikrlash nazariyasi kurtagi fan paydo bо„lishi bilan yuzaga keldi va uzluksiz rivojlanmoqda. Xorazmiy bu nazariyaning rivojlanishiga muhim hissa qо„shdi. U tajriba - kuzatish va eksperimental metodini samoviy jismlar harakati, shuningdek, yer sathidagi punktlarni jadval kо„rinishida ilk bor ilmiy asosladi, induksiya va deduksiya jihatidan yagona, alohida va umumiyning birligi prinsipini aniqlashtirdi: xususiy xoldan alohida xoldagi tenglamaga (olti tenglama) о„tdi, lekin umumiy (qonuniy) turgacha yetmadi, hozirgi paytda va amallarda hamma e‟tirof etgan umumilmiy metod bо„lgan matematik masalalarni hal etishning algoritmik metodini ishlab chiqdi. Forobiy fanlarga bilimlarni о„zlashtirish va tо„plashning zarur vositasi sifatida muhim ahamiyat berdi, ularni egallashni esa savodxonlik kо„rsatkichi deb hisobladi. Uning aytishicha, hissiyot a‟zolari, yurak va miya inson tug„ilgandan ato 6 etilgan, boshqalar bilim, turli xil aqliy va axloqiy xususiyatlar: xarakter belgilari, ta‟lim olish va boshqalar inson hayotiy tanqidiy fikrlashi jarayonida egallanadi. U inson xarakterining turli xususiyatlari va axloqiy fazilatlari: dadillik, mardlik, dо„stlik, saxiylik, zukkolik, haqqoniylik va hokazolarni belgilar ekan, ular shaxsni tarbiyalash va о„z-о„zini tarbiyalash natijasi deb hisoblaydi. Mutafakkirning fikricha, aqliy va xulqiy sifatlar tarbiyasi ikki xil usullar (metodlar) bilan: shaxsni kamol toptirishga yо„naltirilgan ixtiyoriy harakatlar va kuch bilan majbur qilish jarayonida amalga oshirilishi mumkin. Forobiy asarlarida (5, 6) didaktika masalalari, ta‟limning nazariy muammolari, bilimlarni egallashning falsafiy, fiziologik va psixologik asoslari keng kо„rib chiqilgan. Uning uchun obyekt va subyektning о„zaro aloqasi, kishi shaxsining murakkab fiziologik-psixik jarayonlari va boy ma‟naviy olami muhimdir. Jumladan, olimning fikricha inson ma‟naviyatining oliy pog„onasi ruh, aql va tafakkur bо„lib, ular inson tanqidiy fikrlashiga xos bо„lgan о„ziga xos shakllarda namoyon bо„ladi. Forobiy tanqidiy fikrlashini tashkil etish masalalari bо„yicha bir qator muhim tavsiyalarni ishlab chiqdi. Yaxshi nazoratchi bо„lish uchun, deydi u, uch narsaga rioya qilish zarur: 1. ma‟lum bir fan asosiga yotgan barcha prinsiplarni yaxshi bilishi kerak; 2. ushbu aniq fanga doir mana shu prinsip va ma‟lumotlardan zarur xulosalar chiqara olish kerak, ya‟ni muhokama etish qoidalarini egallash lozim; 3. haqiqatni yolg„ondan farqlash va xatolarini tо„g„rilash uchun xato nazariyalarni inkor etishni va boshqa mualliflar mulohazalarini tahlil etish zarur. Beruniyning ilmiy merosida u ishlab chiqqan tabiatni о„rganish va uning ilmiy metodi katta о„rin egallaydi. Beruniy ilmiy metodining xarakterli xususiyatlari va asosi olimning obyektivligi va oqilona yondashuvi, kuzatish, tajribalar, og„zaki va yozma yodgorliklarni о„rganish dalillarga tanqidiy yondashuv, ularni aqliy xulosalar shaklida mantiqiy umumlashtirish, haqiqatni aniqlash maqsadida qiyoslashdan iboratdir. Abu Rayhon Beruniy о„z asarlarida (2) ta‟kidlashicha ta‟lim izchil, kо„rgazmali, maqsadga qaratilgan bо„lishi lozim va muayyan tizim bо„yicha olib borilishi kerak. 7 Uning fikricha, kо„rgazmalilik ta‟limni ancha qulay, aniq va qiziqarli qiladi. Kuzatuvchanlik va fikrlashni rivojlantiradi. Ibn Sino (X-XI asrlar) tanqidiy fikrlashining turli xillarining keng manzarasini ochib berdi. Ularni ruhning xilma-xil kuchlari deb tasvirladi va bu kuchlarning anchagina qismini ilohiy ibtido hukmi ta‟siridan ajratib oldi. U qadimgi (antik) an‟anaga muvofiq ruhni uch kо„rinish: nabotot, hayvonot va aqlga ajratadi. Birinchisi ikki kuch - harakatlantiruvchi va qabul qiluvchiga bо„linadi. Qabul qiluvchi о„z navbatida tashqari va ichkaridan qabul qiluvchiga ajraladi. Birinchisiga besh yoki sakkiz hissiyot tegishlidir. Ibn Sinoning ilmiy merosi (1) ulkan va insoniyat bilimlarining barcha sohalarini egallaydi. Uning dadaktik prinsiplari mohiyati quyidagicha: ta‟lim osondan murakkabga qarab borishi kerak. U bolalarning mayl va qobiliyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim, mashqlar bolaning imkon darajasida bо„lishi kerak va ta‟limni jismoniy mashqlar bilan uyg„unlikda olib borish lozim. Ibn Sinoning muhim pedagogik prinsipi uning inson aqli hayoti oqimiga ta‟sir etadi degan tasavvuridir, chunki inson hayvondan aynan aqli mavjudligi, demakki, о„zi qilayotgan xatti-harakatni anglash imkoniyatiga egaligi bilan farqlanadi. Bolada atrof-muhit yetakchi rol о„ynashi haqidagi qarashlari Ibn Sino pedagogik fikriyotida muhim ahamiyatga egadir. Tanqidiy fikrlashining pedagogik- psixologik asoslari. О„quvchilar tanqidiy fikrlashini о„rganishda zamonaviy didaktika о„qish jarayonida о„quvchilar psixik tanqidiy fikrlashi bilan shug„ullanuvchi ta‟lim psixologiyasi yutuqlaridan foydalanadi. О„quv materiali yosh va mazmunga bog„liq holda bu faoliyatning о„ziga xosligi ta‟lim jarayoni psixologik qonuniyatlarini о„rnatadi, tanqidiy fikrlashida о„quvchilarning individual va tipik xususiyatlarini kо„rib chiqadi. О„zlashtirish jarayonida tahliliy-sintetik faoliyat, shuningdek qiyoslash, mavhumlashtirish, umumlashtirish va aniqlashtirish kabi fikriy operatsiyalar muhim rol о„ynaydi. 8 Tahlil - bu, predmetni qismlarga fikran bо„lishdir. Sintez - alohida elementlar yoki qismlarni bir butunga fikran birlashtirishdir. Jumladan, bitta о„nlik va ikkita birlikdan iborat son necha deb ataladi degan о„qituvchining savoliga javob berib, о„quvchilar sintezdan foydalanadi (О„n va ikkita bir 12 sonini tashkil etadi); 25 sonida nechta о„nliklar va birliklar bor degan savolga javob berib, о„qvchilar sonlar tahlilini amalga oshiradi. Taniqli psixologlar (N.A.Menchinskaya, D.N.Bogoyavlenskiy, M.G.Davletshin, E.G„oziyev, G„.Shoumarov va boshqalar) о„quvchilar tahliliy - sintetik tanqidiy fikrlashining umumiy qonuniyatlarini tadbiq etib, shuni kо„rsatdilarki, ta‟limning boshlang„ich bosqichida tahlil sintezdan ortda qoladi yoki, aksincha, oldin keladi, mohiyat kо„rinishini qamrab olmaydi. Buning natijasida umumlashtirish ham tо„laqonli bо„lmaydi, nomuhim, tasodifiy belgilarga asoslanadi. Boshlang„ich sinf о„quvchilari kо„pincha ahamiyatli belgilar sifatida tashqi, tasodifiy, eng yorqinlarini ajratishadi. Ta‟lim bosqichlarining murakkablashib borishi bilan о„quvchilar tahliliy - sintetik darajasining oshishi kuzatiladi. Tahlil sekin-asta kо„rgazmali - amaliydan (obyektlarni fikran , mazkur obyektlar bilan amaliy harakatlar jarayonida amalga oshirilayotganda) kо„rgazmali obrazli ( kо„rgazmali obrazlar yordamida amalga oshirilayotganda) va sо„zli - mantiqiyga ( mavhum tushuncha va mulohazalar shaklida amalga oshirilganda) tomon rivojlanadi. Sintez, shuningdek, ancha tо„liq va kо„p tomonlama bо„ladi. Qiyoslash - bu, о„xshashliklar (umumiy xususiyatlarni ajratish) va tafovutlarni (har bir qiyoslanayotgan obyektlarning о„ziga xos xususiyatlarini ajratish) ular о„rtasida obyektlarini qiyoslash. Bu operatsiya boshqa barcha asosiy fikriy operatsiyalar asosiga yotadi. Boshlang„ich sinf kursi qiyoslash - sonlarni, ifoda va sonlarni, ikki ifodani, masalalarni va boshqalarni qiyoslash, undan foydalanish uchun keng imkoniyatlar ochadi. Umumlashtirish - о„rganilayotgan obyektdan umumiy, muhimni va mavhumdan nomuhimni ajratishdir. Yetakchi psixologlar tomonidan umumlashtirishni shakllantirishga oid 9 quyidagi qoida ishlab chiqilgan: о„quvchilarda tо„g„ri umumlashmalarni shakllantirishning zaruriy qoidasi muhimning doimiyligida tushuncha, xususiyat va dalillarning nomuhim belgilarini о„zgartirishdir. Bu qoida tasavvur va tushunchalarni shakllantirishda о„ta muhim ahamiyatga ega. Jumladan, о„quvchilarga tо„g„ri tо„rtburchak haqida tasavvur berish uchun bu tushuncha uchun nomuhim bо„lgan belgilarni: rangi (turli rangdagi tо„g„ri tо„rtburchaklarni olish) u tayyorlangan materiali, tekislikdagi holati, tomonlari uzunligining nisbatini о„zgartirish kerak. Barcha muhim belgilarni о„zgartirmay qoldirish zarur: barcha burchaklarni tо„g„ri va qarama-qarshi tomonlarni har xil qilib qoldirish kerak. Hamma hollarda noma‟lum harf X (iks, nomuhim belgi) bilan belgilash shunga olib keladiki, a + 2 = 7 kо„rinishidagi ifoda tenglama hisoblanmaydi: bu holda tо„g„ri umumlashmani shakllantirish tenglamada lotin alifbosidagi turli harflar bilan noma‟lumni belgilashga yordam beradi. Umumlashtirishlar qabul qilish bilan bog„liq bо„lgan oddiy shakllardan to ilmiy umumlashtirmalarga qadar rivojlanadi. Umumlashmalar tо„g„riligi va uni о„quvchilar egallashining mezoni bо„lib о„zlashtirilgan operatsiyalarni kо„chirib о„tkazish, ya‟ni ulardan yangi sharoitlarda foydalanish xizmat etadi. Zamonaviy didaktika va psixologiya mana shu kо„chirib о„tkazish muammosiga katta e‟tibor beradi. Umumlashtirish mavhumlashtirish obyektidan bir xususiyatini chiqarib tashlash va boshqasini ajratib olishdan iborat fikriy operatsiya bilan yaqin aloqadadir, bu xususiyatlar о„rganilayotgan predmet va hodisalar mohiyatiga kirishga imkon beradi. Jumladan, о„quvchilarda "uchburchak" tushunchasini shakllantirishda tomonlari va burchaklarining nisbiy о„lchovlari, tekislikdagi holati va boshqa shu kabi belgilar chiqarib tashlanadi, faqat bittasi - uchta burchakli mazkur tipdagi geometrik figuralar mavjudligi ajratib olinadi. Ta‟limning dastlabki bosqichlaridayoq о„quvchilarning mavhumlash-tirishga qobiliyati namoyon bо„ladi. О„qituvchi rahbarligidagi ta‟lim chog„ida bu qobiliyat rivojlanadi, mavhumlashtirish shakli ham murakkablashadi - hissiy kо„rgazmalilikdan fikriylikka о„tiladi, u ikkinchi signal sistemasi yordamida 10 tushuncha hosil qiladi. Mavhumlashtirishga yaqin fikriy operatsiya aniqlashtirish nomini olgan. Aniqlashtirish ikki shaklda namoyon bо„ladi: 1. Umumiyda yagona, xususiyga fikriy о„tish sifatida; 2.Mavhumiydan - umumiyga, aniq-xususiyga uning turli xususiyat va belgilarini topish orqali yetishish, mavhum-umumiyni aniq mazmun bilan tо„ldirish, boyitish sifatida. Dialektikada mavhumiylik va aniqlashtirish birligini о„rnatadi. Bu birlik о„zaro aloqadagi fiziologik asosi bilan ikki signal tizimiga ega. Aniqlashtirish yordamida ilmiy mavhumiylik mazmuni ochiladi, ular aniq predmetlarning alohida tomonlarini boshqalardan mavhumlashtirib aks ettiradi. Mavhumlashtirishda predmetlar о„z butunligini yо„qotadi; esa aniq bо„lganda real voqelikdagi predmet va hodisalar tomonlarini bir butunlikda ochib bergandagina haqqoniy bо„ladi. Bilimlarni chinakam egallashga mavhum tushunchalar bir qator dalillarda aniqlashtirilgandagina erishiladi. Ta‟lim jarayonida aniqlashtirish ikki shaklda: hissiy kо„rgazmali vositalar (predmetlar, rasmlar, chizmalar va boshqalar) va sо„zli - mavhum shakl (hikoya, tushuntirish, maxsus topshiriqlarni hal etish) yordamida amalga oshiriladi. O‟qitishning muhim masalalaridan biri о„quvchilarga aqliy faoliyat usullari yordamida ta‟lim berishdir. Aqliy faoliyat usullariga fikriy operatsiya usullari - umumlashtirish, mavhumlashtirish va boshqalar kiradi. Xususiydan umumiyga umumlashtirish usuli (induktiv yо„l bilan), masalan, quyidagi amallar tartibida aks etishi mumkin: a) topshirilgan predmetlarni solishtirish; b) ularning har biri uchun umumiy bо„lgan barcha belgilarni ajratish va nomini aytish; v) predmetlarni ushbu belgilarga kо„ra birlashtirish. Umumlashtirishni deduktiv yо„l bilan amalga oshirilgan holatda (umumiydan xususiyga) о„quvchilar tushunchani, aytaylik tо„g„ri tо„rt burchakni oldindan bilib topshirilgan geometrik figuralardan uni tanlab olishi va umumiy belgilarini aytishi lozim. Yangi 11 topshiriqlarni hal etishga ongli ravishda kо„chirib о„tkazish aqliy faoliyat usulini о„zlashtirganlik kо„rsatkichi bо„lib xizmat qiladi. Aqliy faoliyat usullari о„quv ishlari usullari bilan uzviy bog„liqdir. О„quv ishlari usullari muayyan amallar, kо„rsatmalar, tavsiyalar, qoida va hokazolar tartibi kо„rinishida ifodalanadi. Ularning masalasi - muayyan masalalarni hal etishda о„quvchilar tashabbusini bо„g„may, umumiy yо„nalish berishdadir. Ta‟lim jarayonida о„quvchilarning aqliy rivojlanishi, ularning faol va mustaqilligi, ijodiy yondashuv kо„p jihatdan о„quvchilarning о„quv ishlari va aqliy faoliyat usullarini egallashga bog„liq. Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi faol metodlar Tanqidiy fikrlashni о„stirishga xizmat qiladigan metodlar «Demokratik ta‟lim uchun» konsorsiumi tomonidan amalga oshiriladigan «Tanqidiy fikrlash uchun о„qish va yozish» loyihasi doirasida ishlab chiqilgan. Konsorsium a‟zolari: Xalqaro о„qish uyushmasi, Xobart va Uilyam Slims kollejlari va Shimoliy Ayova shtat universiteti hisoblanadi. Bu loyihani Nyu– Yorkdagi Ochiq jamiyat instituti va Markaziy Osiyo tо„g„risidagi Markaziy va Sharqiy Yevropadagi Soros fondi mablag„ bilan ta‟minlaydi. Bu paragrafda metodlar mazmuni mazkur loyiha materiallariga muvofiq ravishda yoritiladi. Tanqidiy fikrlashning faol metodlarini ishlab chiqishda quyidagi asoslardan kelib chiqadilar: Tanqidiy fikrlash nima? Fikrlash – о„qish, yozish, sо„zlash va eshitishga о„xshash jarayon. U shunday faol, muvofiqlashtiruvchi jarayonki, uning tarkibida biror haqiqat yotadi. Fikrlash kontekstdan tashqarida hosil qilinadigan kо„nikma emas. Tanqidiy fikrlash ta‟limiy dastur yoki kundalik hayotning umumiy kontekstidan yiroqlashgan sharoitda о„rganilishi lozim bо„lgan hodisa ham emas. Braun (1989) ta‟kidlaydiki, vazifa va real hayot maqsadlariga bog„lanmagan о„quv kо„nikmalari ta‟lim oluvchilarga obyektiv testlarni yaxshi topshirish imkoniyatini berishi mumkin, lekin ular bu kо„nikmalarni yangi vaziyatlarda qо„llay 12 olmaydilar. Rixer ta‟biri bо„yicha о„rganish va fikrlashning ta‟rifi kognitiv psixologiya, falsafa va multmedia madaniyati ta‟limi sohasidagi tadqiqotlar natijalariga asoslanadi. Bu tadqiqotlarning asosiy natijalari: 1. Samarali va muttasil о„rganish asosida talabalarning axborotlarni о„zlashtirish, sintezlashi va ularni tо„la egallash faolligi yotadi (Anderson va unga hammualliflar, 1985). 2. О‘rganish jarayoni fikrlash faoliyatining turli tuman kо‘rinishlaridan foydalangandagina muvaffaqiyatliroq bо‘ladi. Bunda jarayon yanada ongli ravishda о‘zlashtiriladi). 3. О‘rganish va tanqidiy fikrlash talabalarning aniq vazifalarga nisbatan yangi bilimlarni qо‘llash imkoniyatlariga ega bо‘lgan taqdirda rivojlanadi. 4. О‘rganish talabalarning oldingi bilimlari, tajribalariga tayangandagina mustahkamlanadi. Bular talabalarning bilgan bilimlarini yangi axborotlar bilan bog‘lash imkoniyatini beradi). 5. Tanqidiy fikrlash va о‘rganish g‘oya va tajribalarning turli-tumanligini pedagoglar tushungan va qadrlagan vaqtdagina amalga oshadi. Tanqidiy fikrlash «yakkayu yagona tо‘g‘ri javob»ni qabul qiladigan mentalitet jarayonida yuz bermaydi. Tanqidiy fikrlashning rivojlanish muhitini yaratish Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish oson ish emas. Bu muayyan yosh davrida tugallangan va esdan chiqariladigan vazifa ham emas. Shu bilan birga tanqidiy fikrlashni rivojlantiradigan yagona yо„l ham yо„q. Lekin tanqidiy fikr shakllanishiga yordam beruvchi muayyan о„quv tо„plami mavjud. Uning uchun: - talabalarga fikr yuritish uchun imkoniyat berish; - turli-tuman g‘oya va fikrlarni qabul qilish; - talabalarning о‘kuv jarayonida faolligini ta’minlash; - talabalarni kulgiga qolmaslikka ishontirish kerak; 13 - har bir talabaning tanqidiy fikr yuritishga qodir ekanligiga ishonch hissini uyg‘otish; - tanqidiy fikrlashning yuzaga kelishini qadrlash lozim. Shu munosabat bilan talabalar:  о‘ziga ishonchni orttirish va о‘z fikri hamda g‘oyalarining qadrini tushunish;  о‘quv jarayonida faol ishtirok etish;  turli fikrlarni e’tibor bilan tinglash;  о‘z hukmlarini shaqllantirishga hamda undan qaytishga tayyor turishi lozim. Vaqt. Tanqidiy fikrlash vaqt talab qiladi. Pirson, Xansen, Gordon (1979)lar ta‟kidlashlaricha о„z fikrlarini shakllantirish gо„yo avvalgi g„oya, tasavvur, uchrashuvlar va tajribalarni arxeologik jihatdan tadqiq qilishga olib keladi. Shuning uchun ham:  fikrlarini о‘z sо‘zlari bilan ifodalash;  о‘zaro tanqidiy fikrlar almashish;  о‘z g‘oyalarini ifodalay olish va konstruktiv takliflarga javob ola bilish;  fikrlarni muayyan g‘oyalar qiyofasida, qulay muhitda amalga oshira olish va о‘z g‘oyalarini tо‘la va aniq ifodalay olish. Izn. Tanqidiy fikrlashda erkinlik bо„lishi uchun talabalar ma‟qul va noma‟qul narsalarni aytish, ular haqida fikrlash, ijod qilish uchun ruxsat olishlari lozim. Talabalar mumkin bо„lgan holatlarni anglab olishgach, tanqidiy tahlil qilishga faol kirishadilar. Tanqidiy tahlilga izn olish onglilik tamoyiliga asoslanadi. Bunda tahlil va haddan oshish orasidagi farq aniqlab berilishi lozim. Tanqidiy fikrlashga izn berish fikrlash uchun maqsad bо„lib, dо„stona hamda samarali sharoitda kechadi. Rang-baranglilik. Talabalarning fikrlash jarayonida turli fikrlar va g„oyalar paydo bо„ladi. Rang-barang fikr va g„oyalar yakkayu-yagona javobdan voz kechilgandagina mavjudligi yuzaga keladi. Fikrlarni ifoda qilish chegaralanganda talabalarning fikrlashiga chek qо„yiladi. Faqat birgina javob lozim bо„lgan taqdirda xilma-xil vosita va jarayonlardan foydalanish joizki, uning yordamida talabalar ana shu javobni 14 topa olsin. Faollik. Tanqidiy fikrlash talabalarning faolligi bilan bevosita bog„liq. Odatda, talabalar sustkash tinglovchilar bо„lishadi, chunki ularda о„qituvchi bilimli yoki kitobda u borayotgan bilimlar mavjud, shu tufayli ular bilim olishlariga о„qituvchi mas‟ul degan tasavvurda bо„ladilar. О„quv jarayonida talabalarning faol ishtiroki va о„qishga о„zlarining mas‟ul ekanligini his qilish tanqidiy fikrlashda kutilgan natijalarni beradi. Talabalarni fikr yuritishga, о„z g„oyalari va fikrlari bilan о„zaro о„rtoqlashishga da‟vat etish kabi pedagogik yondoshuv ularning faolligini о„stiradi. Mixali Chikjentmixaliy (1975) ta‟kidlaydiki, talabalar о„sha murakkab darajadagi о„kuv jarayonida faol ishtirok etishsa, bilish jarayonida qatnashganligidan katta bahra oladilar va о„zlarida chuqur qoniqish hissini sezadilar. Tavakkalchilik Erkin fikrlilik tavakkalchilikka asoslanadi. Uning bilim faoliyatida qо„rqmay tavakkal qiluvchi insonlarni rag„batlantirib turish joizdir. Fikrlash jarayonida «ahmoqona g„oyalar» aql bilan tuzilmagan birikma va tushunchalar ilgari surilgan holatlar ham bо„lishi mumkin. О„qituvchi uni о„quv jarayonini tabiiy holati sifatida talabalarga tushuntirishi lozim. Qadrlash. Tanqidiy fikrlash omillaridan biri talabalarning fikrlash jarayonini qadrlashlaridir. Tashkil etilgan fikrlash jarayonida talabalar о„z g„oyalari, tasavvurlarining о„qituvchi tomonidan qadrlanayotganini tushungan chog„dagina chuqur mas‟uliyat va e‟tiborga yarasha javob qaytaradilar. Talabalar о„z fikrlash jarayonini qadrlashni namoyish qilishga harakat qiladilar, unga va uning oqibatlariga nisbatan jiddiy munosabatda bо„la boshlaydilar. Qimmatlilik. Fikrlash jarayonini tashkil etish davomida talaba о„zining fikri, tanqidiy tahlil natijalari qimmatli ekanligini ongiga singdirishi zarur. О„qituvchi talabalardan muayyan materialni shunchaki qayta ishlashni talab qilganda tayyor qoliplardan, andozalardan voz kechish lozim bо„ladi. Bu esa talabada о„zgalar g„oyalarini mexanik tarzda qayta fikrlash eng muhim va qimmatli ekanligiga ishonch hosil qilishiga olib keladi. Aslida talabaga о„z fikri, о„ziga taalluqli bо„lgan g„oya va tasavvurlar qimmatli ekanligini kо„rsata olish zarur. Talabaning о„zi ham о„z fikrlarining qimmatli ekanligiga ishonch hosil qila olishi zarur. U о„z fikrini 15 tushuncha va masalani muhokama qilish jarayonida о„ta muhim va yechimga hissa qо„shadi deya tan olishi kerak. О‘zaro fikr almashinuvi. Fikrlash jarayoni talabalarning о„zaro fikr almashuvini kо„zda tо„tadi. Talabalarning о„zaro fikr almashinishi ularning birbiridan о„rganishdagi о„rtoqchiligiga asos soladi. Talabalardan fikrlovchi sifatida о„zlaridagi fikrni ham oddiy xatoni ham boshqalarga ochib berish talab etiladi. О„zaro fikr almashishda talabalardan diqqat bilan tinglash, о„zining qarashlarini tinglovchiga zо„rlab о„tkazish va sо„zlovchilarni tuzatib turishdan о„zini tiyib turishi ham talab etiladi. Bunga javoban talabalar boshqalarning yalpi fikrlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bо„ladilar. Keng doiradagi munozara oqibati о„laroq talabalar о„zlariga tegishli bо„lgan g„oyalarni tahlil qilish va uni aniqlashga yanada qobiliyatlari orta boradi, hamda ularni о„z bilimlari va hayotiy tajribalarida yaratgan g„oyalar tizimiga tirkab boradi. Fikrlash jarayonini tashkil etishda uni о„tkazishning bir necha modellari mavjud. Ular:  о‘ziga ishonch hosil qilish;  ishda faol ishtirok etish;  о‘rtoqlar va о‘qituvchi bilan fikr almashish;;  о‘zgalar fikrini tinglay olish. Tanqidiy fikrlashni ta’minlovchi savollar. Tanqidiy fikrlash jarayonida axborotni tahlil qilish va izohlash, g„oyalarni tahlil qilish, о„rganilayotgan hikoyalarni о„z taxminiy rejalari bilan qayta tuzib chiqishga qaratilgan savollardan foydalaniladi. Qо„llanmada tahlil qilinayotgan bu masalalar Senders (1969) ifodalari va Blum tizimli savollaridan olindi. Bu savollar turli darajadagi qiyinchilikda fikrlashning turli kо„rinishlarini ta‟minlashda vosita bо„lib xizmat qiladi. Eslab qolishga yordam beradigan yoki rasmiy savollar eng quyi darajadagi savollarga taalluqlidir. Baholash yoki hukm chiqarish beriladigan savollar fikrlashni ta‟minlaydigan ikkinchi sathdagi savollar sifatida qa 16 T a nqidiy tekshirib kо‘rish Танқидий текшириб кўриш Кўчириш+изоҳлаш, ахборотларни янги шаклга кўчириш+ғоялар, фактлар ва қадриятлар орасидаги алоқаларни аниқлаш Хотира (формал сатқ), ахборотни билиш ва чорлаш Таҳлил. Ялпи тушуниш ва англашни ҳал қилиш маъносида бўлинмаларни қараб чиқиш Синтез. Нодир ёки бетакрор шаклларда тизиб чиқиш, янги синарийлар, шартлар ва натижалар яратиш  Баҳо. Тушуниш ва бошқаларга баҳоларнинг таъсири.   Татбиқ. Саволларни тартибга келтириш, муаммони ечиш 17 Rasmiy darajadagi shakliy sath savollari faktologik axborotlar olish maqsadida beriladi. Ular faqat mexanik eslashni va talabalarda yaxshi javob berish uchun qisqa muddatda ma‟lum predmetlar bо„yicha qisqacha bilimni talab qiladi. Axborotlarni bir shakldan ikkinchi shaklga kuchirish talabalardan uni kuchim (tranformatsiya) qilishni talab qiladi. Kо„chirish savollari talabalarga о„rganayotgan, tavsiflagan va kо„rgan vaziyatlari, sahnalari va voqealarini о„zlari namoyish eta olishlari uchun beriladi. Kо„chirish savollari talabalarni axborotlarni qayta ishlash yoki boshqa shakllarga kо„chim qilishga ilhomlantiradi. Talabalarga sezish, kо„rish (sensor) tajribasini yaratish, shundan sо„ng esa boshqalarga о„z kо„rganlarini yetkazish uchun uni e‟lon qilish zarur. Bu fikrlashga tortishning faol ijodiy jarayonidir. Talabalarga g„oyalar, faktlar, qaydlar va qadriyatlar orasidagi bog„lanishlarni ochish uchun izohlashga qaratilgan savollar beriladi. Sendrs izohlashni talab etadigan savollarga fikrlashni yuqori darajaga kо„taradigan tayanch savollari deb qaraydi, boshqalar esa (Vogn va Estes) tushunishning о„zigina izohlashdir, deb hisoblaydilar. Tatbiq qilishga qaratilgan savollar uqish (talaffuz) jarayoni yoki о„rganish tajribasida uchraydigan mantiq muammolarini yechish va chuqur о„rganish uchun imkoniyat beradi. Tahlil etishga qaratilgan savollar talabalardan u yoki bu voqeaning ahamiyati yetarli darajada yaxshi yoritilganmi, yо„qmi degan savolga javob berishga undaydi. Sintez qilishga qaratilgan savollar yangicha fikrlash asosida ijodiy muammolarni hal qilishga da‟vat etadi. Sintez savollari talabalarga о„zining barcha bilim va tajribalarini muammoning ijodiy yechilishida foydalanishga imkon beradi. Sintez savollari muqobil ssenariylar yaratishni ham taqozo qilishi mumkin. Baholash savollari yaxshi va yomon, adolat yoki adolatsizlik tо„g„risida hukm chiqarish uchun beriladi. Baholash savollari talabalarga, axborotlar sifatini, yangi axborotlarga nisbatan о„z munosabatini baholay olishi, ularni qadrlay olishi uchun beriladi. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda mualliflari fikrlash jarayonini tashkil etishda 18 idrok qilishning 4 о„rinni farqlaydilar: Yaxlitligicha idrok etish. Mavzu yoki fan tо„g„risida umumiy bilimni mujassamlantirgan idrokdir. Izohli idrok etish. Bu Blum izohlari darajasiga aynandir. Idrokning bu turida talaba g„oya va hodisalarning о„zaro aloqalarini yoritadi, uning mohiyatini muhokama qiladi, fanning turli sohalariga oid g„oya va axborotlarni hatto tashqi jihatdan bog„liq hodisalarni birlashtiradi. Shaxsiy idrok etish. Talabalar о„zlarida avvaldan mavjud bо„lgan shaxsiy tajriba va bilimlarni yangi bilimlar bilan bog„lab tushunish jarayoni aks ettiradi. Tanqidiy idrok etish. Mazmunni bir tomonga qо„yib, uni tahlil qilish, uning nisbiy qimmatini, tо„g„riligini, foydaliligini va talabalarning bilishi, tushunishi va qabul qilishi doirasida uning ahamiyatini baholashdir. Shunday qilib, axborotlarni chorlash, о„ylab kо„rish va fikrlash metodikalaridan foydalanish quyidagi muhim vazifalarni yechish imkoniyatini beradi:  talabalarga maqsadlarini anglab olishga yordam beradi;  mashg‘ulotlarda ularning faolligini ta’minlaydi;  samarali munozaraga chorlaydi;  talabalarning о‘zlari savollar tuzishi va uni savol tarzida bera olishi uchun yordam beradi;  talabalarga о‘z shaxsiy bilimlarini ifoda qilishga yordam beradi;  talabalarning shaxsiy mutolaasi motivatsiyasini qо‘llab-quvvatlaydi;  har qanday fikrlarga bо‘lgan hurmat kayfiyatini yaratadi;  talabalarda personajlarga nisbatan tuyg‘ularni о‘stirishga yordam beradi;  talabalar qadrlanadigan fikrlashga sharoit yaratadi;  talabalarning tanqidiy jalb qilinishiga bir qator umidlar bildiriladi. Klasterlarga bо‘lish. Bu pedagogik strategiya bо„lib, talabalarning u yoki bu mavzu bо„yicha erkin va bemalol о„ylashlariga yordam beradi. U faqat g„oyalar orasidagi bog„lanishlarni fikrlashni ta‟minlaydigan tuzilmani aniqlab olishni talab qiladi. U fikrlashning oddiy shakli emas, balki miya faoliyati bilan zid bog„liqdir. Klasterlarga bо„lishdan axborotlarni chorlash bosqichida ham, fikrlash 19 bosqichida ham foydalaniladi. U muayyan mavzu sinchiklab о„rganilguncha fikrlash faoliyatini ta‟minlashda foydalanilishi mumkin. Klasterlarga bо„lish talabalarning tasavvurlarini yangi bog„lanishlari yoki ularning grafik ifodalari kо„rinishlarini ta‟minlovchi sifatida ham о„tganliklarini yakunlash vositasi sifatida qо„llanilishi mumkin. Bu о„z bilimlariga, muayyan mavzu tо„g„risida tasavvuriga va uni tushunishga yо„l ochadigan nazardagi strategiyadir. Klasterlarga bо„lish quyidagi usullarda amalga oshiriladi: 1. Hushingizga kelgan barcha fikrlarni yozib olish. Bu fikrlarni muhokama qilmang, shunchaki yozib olavering. 2. Xatni (matnni) kechiktiradigan imlo va boshqa omillarga ham parvo qilmang. 3. Sizga berilgan vaqt nihoyasiga yetmagunga qadar yozishdan tо„xtamang. Miyangizga fikr kelishi tuxtab qolsa, toki yangi fikrlar kelgunga qadar qog„ozda nimalarnidir chizib о„tiring. 4. Imkoni boricha, bog„lanishi mumkin bо„lgan g„oyalarni tizib chiqing, g„oyalarning oqimi sifati va ular orasidagi aloqalarni chegaralab qо„ymang. Klasterlarga bо„lish, ayrim tadqiqotchilarning ta‟biricha, bu juda moslashuvchan strategiyadir. Uni individual tarzda ham guruhda ham qullash mumkin. Guruh faoliyatida u guruh g„oyalarining tirgovichi sifatida xizmat qiladi. Bu esa talabalarni har bir amalda bо„lgan bog„lanishlarga, aloqalarga yaqinlashtiradi. Sinkveyn. Axborotlarni qisqacha bayon qilish, murakkab g„oyalarni, sezgilarni, tasavvurlarni bir necha sо„zlar vositasida bayon qilish imkoniyati muhim malakadir. Bu boy tushunchalar zahirasi asosidagi uylangan refleksiyani talab qiladi. Sinkveyn bu she‟r bо„lib, u biror voqea munosabati bilan yoziladigan yoki refleksiya qilinadigan qisqa ifodalarda axborot va materiallarning sintezlanishni talab etadi. Sinkveyn sо„zi fransuzcha sо„z bо„lib, besh degan tarjimani beradi. Demak, sinkveyn besh qatordan iborat she‟rdir. Sinkveynni yozib chiqish qoidasi quyidagicha: 1.Birinchi qatorda bir sо‘z bilan mavzu yoziladi (odatda ot turkumidagi oid sо‘z bilan). 20 2. Ikkinchi qatorda mavzu ikki sо‘z bilan tavsif qilinadi (sifat turkumiga oid ikki sо‘z bilan). 3. Uchinchi qatorda ushbu mavzu bо‘yicha hatti-harakatlar uch sо‘z bilan tavsif etiladi. 4. Tо‘rtinchi qatorda temaga aloqadorlikni kо‘rsatuvchi 4 sо‘zdan iborat gap (ibora) yoziladi. 5. Beshinchi qator mavzu mohiyatini takrorlovchi bir sо‘zdan iborat sinonimdir XULOSA Talabning tanqidiy fikrlashini shakllantirish jarayonida amalga oshirilar ekan, bu ikki tomonni keskin ajratmaslik kerak, biroq bunday farqlash, bizning fikrimizcha, tanqidiy fikrlashini shakllantirish muammosini hal qilishga ancha maqsadga yunaltirilgan holda yaqinlashishga imkon beradi. Talaba shaxsini rivojlantirishda, shuningdek, ikki yо„nalishni ajratib kо„rsatish mumkin: fikrlashni rivojlantirish va takomillashtirish hamda shaxsning muayyan sifatlarini shakllantirish. Rivojlantirish, fikrlashni biz tanqidiy fikrlashining bо„g„ini deb hisoblaganimiz uchun bu vositalar guruhi quyida batafsil kо„rib о„tildi. Shaxsning muayyan sifatlarini shakllantirishga kelganda esa, bunda mustaqil ishlash, tadqiqot topshiriqlarini bajarish, ijodiy ishlar singari vositalar qо„llaniladi, ular mustaqillikni shakllantirishga, faollikka, ijodiy yondashuvga qiziqish va boshqa shaxs sifatlariga maxsus yо„naltirilgandir. Tanqidiy fikrlash jarayonida axborotni tahlil qilish va izohlash, g„oyalarni tahlil qilish, о„rganilayotgan hikoyalarni о„z taxminiy rejalari bilan qayta tuzib chiqishga qaratilgan savollardan foydalaniladi. Shaxs о„z fikrini bayon etishi, boshqalarni tushunishida tafakkur muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun tafakkurning turlari: mantiqiy, nazariy. amaliy, konvergent, divergent, produktivreproduktiv, kо„rgazmali harakat, kо„rgazmali 21 obrazlini bilish, tafakkur shakllari: tushuncha, hukm, xulosalarni bilish, tafakkur operatsiyalari: analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, mavhumlashtirishni bilish zarur. Mustaqil fikrlash – talaba-yoshlarda atrof-borliq tо„g„risida xolis va obyektiv tasavvurlarning shakllanishi uchun psixologik shart-sharoit bо„lib, yoshlarda mustaqil fikrlash qobiliyatini о„stirish va erkin fikrlashni tarbiyalash muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati:

I.A.Karimov “Mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish- ustivor maqsadimiz” .

1.О„zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 27 yanvar kuni bо„lib о„tgan qо„shma majlisidagi ma‟ruzasi. Adolat gazetasi. Toshkent- 2010 yil, 29 yanvar. №4 (761) 1-3 betlar

Karimov I.A. О„zbekistonning о„z istiqlol va taraqqiyot yо„li» T., «О„zbekiston», 1992.

2. Karimov I.A. «О„zbekiston kelajagi buyuk davlat» T., «О„zbekiston», 1992.

3. Karimov I.A. Xalqimizning otashqalb farzandi. T., «О„zbekiston». 1992.

4. Karimov I.A. О„zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, mafkura. T., «О„zbekiston», 1993

5. О„zbekiston Respublikasining «Ta‟lim tо„g„risida» qonuni. 1997.

6. A‟zamjon Xoliqov Pedagogik mahorat. T.”Iqtisod moliya” 2010.

7. Musurmonova.O. “Oila ma‟naviyati milliy g„urur” Toshkent: О„qituvchi 1996

8. Mavlonova R., Xoliqberdiyev K., Tо„rayeva O. Pedagogika. “О„qituvchi”, Toshkent, 2008 y.

9. Zaxarina M.S. Temurova S.X. “О„qituvchilik kasbiga kirish kursiga metodik kо„rsatmalar”.Toshkent 1990 y. 22

10.Ochilov M “Muallim qalb me‟mori”. О„qituvchi», Toshkent 2003 y

11. Mavlonova.R. D.Abdurahimova. “Pedagogik mahorat”. О„quv qо„llanma.”Fan va texnologiyalar” Toshkent 2009 y.

12. Zaxarina M.S. Temurova S.X. «О„qituvchilik kasbiga kirish kursiga metodik ko‟rsatmalar». Toshkent 1990 y.



13. Ishmuxammedov R. “Pedagogik mahoratni shakllantirishning mazmun va yо„llari” “Xalq ta‟lim” J. 1997 yil.
Download 33,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish