Muskul to’qimasi hujayralardan iborat, hujayra ichidagi qisqaruvchi tolalar miofibrillalar deb ataladi. Muskul to’qimasi tuzilishi va funksiyasiga ko’ra, ko’ndalang-targ’il va silliq muskullarga bo’linadi. Ko’ndalang-targ’il muskullar, asosan, skelet muskullaridir, silliq tolali muskullar esa ichki organlar, qon tomirlar devorida uchraydi. Muskul – muskul tolalarining yig’indisidan tuzilgan bo’lib, bu tolalar biriktiruvchi to’qima yordamida o’zaro birlashgan. Muskul tashqi tomondan ham biriktiruvchi to’qima bilan o’ralgan. Har qanday muskulning boshlanish qismi – boshi va birikish qismi – dumi bo’lib, keng tanasi, ya‘ni qorni muskul tolalaridan tuzilgan. Muskul boshi bilan tanaga yaqin suyakka, dumi bilan tanadan uzoqroq suyakka birikib, qisqarganda bo’g’imda harakat bajariladi. Muskul tolalarining yo’nalishiga ko’ra muskullar duksimon, yarim patsimon, ikki yoqlama patsimon, tasmasimon va ikki qorinchali bo’lishi mumkin. Har qaysi muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan yupqa parda bilan o’ralgan bo’lib, bu parda fassiya deb ataladi. Fassiya alohida muskulni, bir qancha muskulni yoki muskullarning hammasini o’rab turishi mumkin. Fassiya bilan paylar (bog’lag’ichlar) orasida harakatni yengillashtiradigan sinoviy suyuqligi bor. Muskullar uzun, kalta, keng va yumaloq bo’lishi mumkin. Uzun muskullar ko’proq qo’l-oyoqlarda uchrab, keng qulochli harakatlarda qatnashadi. Kalta muskullar harakat qulochi kam bo’lgan qismlarda uchraydi - Muskul to’qimasi hujayralardan iborat, hujayra ichidagi qisqaruvchi tolalar miofibrillalar deb ataladi. Muskul to’qimasi tuzilishi va funksiyasiga ko’ra, ko’ndalang-targ’il va silliq muskullarga bo’linadi. Ko’ndalang-targ’il muskullar, asosan, skelet muskullaridir, silliq tolali muskullar esa ichki organlar, qon tomirlar devorida uchraydi. Muskul – muskul tolalarining yig’indisidan tuzilgan bo’lib, bu tolalar biriktiruvchi to’qima yordamida o’zaro birlashgan. Muskul tashqi tomondan ham biriktiruvchi to’qima bilan o’ralgan. Har qanday muskulning boshlanish qismi – boshi va birikish qismi – dumi bo’lib, keng tanasi, ya‘ni qorni muskul tolalaridan tuzilgan. Muskul boshi bilan tanaga yaqin suyakka, dumi bilan tanadan uzoqroq suyakka birikib, qisqarganda bo’g’imda harakat bajariladi. Muskul tolalarining yo’nalishiga ko’ra muskullar duksimon, yarim patsimon, ikki yoqlama patsimon, tasmasimon va ikki qorinchali bo’lishi mumkin. Har qaysi muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan yupqa parda bilan o’ralgan bo’lib, bu parda fassiya deb ataladi. Fassiya alohida muskulni, bir qancha muskulni yoki muskullarning hammasini o’rab turishi mumkin. Fassiya bilan paylar (bog’lag’ichlar) orasida harakatni yengillashtiradigan sinoviy suyuqligi bor. Muskullar uzun, kalta, keng va yumaloq bo’lishi mumkin. Uzun muskullar ko’proq qo’l-oyoqlarda uchrab, keng qulochli harakatlarda qatnashadi. Kalta muskullar harakat qulochi kam bo’lgan qismlarda uchraydi
Do'stlaringiz bilan baham: |