Sana: Fan: Mavzu:Vatan madhi
Mavzu:
Ta`limiy:O`quvchilarni “Vatan madhi” matni bilan tanishtirish.O`quvchilarning to`g`ri, ongli, ifodali o`qish ko`nikmalarini takommillashtirish, lug`at boyligini oshirish.
Tarbiyaviy:O`quvchilarning Vatanga bo`lgan muxabbatini, vatanparvarlik ruxini tarbiyalash, dunyoqarashini kengaytirish.
Rivojlantiruvchi:O`quvchilarning og`zaki nutqini, mustaqil fikrlashini rivojlantirish.
TK1 o`z fikrini og`zaki va yozma tarzda bayon qila olish, savollarni to`g`ri bera olish va unga javob berish.TK3 bilimni mustaqil ravishda oshirib boorish.TK4 jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qilish.TK5 Vatanni sevish,insonlarga mehribon bo`lish.
FK Adabiy-nutqiy kompetensiya elementlari va ularning mazmunini to`liq yoki qisqartirib fikrini bayon qila oladi; badiiy asarni tahlil qila oladi, nomi, qahramonlarini ajrata oladi va o`qituvchi yordamida baho bera oladi; o`qilgan asardagi savollarga javob bera oaldi.
Darsning turi:Yangi bilim beruvchi
Darsning metodi:Tushuntirish, suhbat, izohli o`qish,klaster, “Men bilaman o`yini”
Darsning jihozi:Darslik, mavzuga mos rasmlar,AKT
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:O`quvchilarning darsga hozirligini tekshirish.
II.Uy vazifani tekshirish: O`quvchilar bilan yozgi ta`til haqida suhbatlashish, o`zaro taassurotlar bilan o`rtoqlashish.
Bulbul chamanni sevar, Vataning tinch – sen tinch.
Odam – Vatanni.
O`qituvchi maqol aytadi, “Men bilaman” o`yini o`quvchilar davom ettiradilar.Vatan haqidagi fikrlar umumlashtiriladi.
III.Yangi mavzu bayoni:”Vatan madhi” matni muallifi Orif To`xtash haqida qisqa ma`lumot beriladi.
Orif To`xtash 1976 yilda Samarqand viloyati, Ishtixon tumanida ziyoli oilada tug`ilgan.U Abdulla Oripovning sh`rlarini juda sevib o`qigan. Uning “G`unchalar tabassumi”, “Quyosh yo`li”, “Ko`ngilga tashrif” she`riy to`plamlari chop etilgan.U Samarqand Davlat universitetida jurnalistika fakultetida o`qigan, bir nechta nashrlarda ishlagan.Hozirda O`zbekiston milliy radiokompaniyasining “O`zbekiston” radiokanalida bo`lim boshlig`I vazifasida ishlamoqda.
Matn ifodali o`qib beriladi.
Dunyoda yurtlar ko‘p, turli xalqlar yashaydi.Lekin har bir odam bolasining aziz bilgan
tuprog‘i bor. Bu tug‘ilib o‘sgan joyi, o‘z Vatanidir. Bizning Vatanimiz esa – jonajon O‘zbekiston! Biz mana shu aziz zamin farzandlarimiz! Biz ulug‘ bobolarimizdan meros buazim tuproqning har zarrasini ko‘zga surtamiz,muqaddas hisoblaymiz!
Aslida, yer yuzasini qamrab turgan barchahududning tuprog‘i bir xil. Biroq uni tabarruk
qilguvchi shu zamin egalaridir. Bizning O‘zbekiston deya atalmish serquyosh Vatanimizda ne-ne mutafakkirlar, qanchadan qancha aziz-u avliyolar, olim-u fuzalolar
kamolga yetmadi, deysiz?! Shuning uchun ham bu zaminni dunyo ahli buyuk deya e’tirof etishadi. Shu ma’noda biz buyuklar yurti farzandlarimiz. Bundan faxrlanamiz. Ammo unutmasligimiz ham kerakki, dunyolarga dars bergan ulug‘ bobokalonlarimizning tabarruk qoni bugun bizning tomirlarimizda jo‘sh urmoqda!
Aziz bolajon! Sizning safingizda iqtidorsiz yoki uquvsiz bolaning o‘zi yo‘q. Kelajak orzular sari eltguvchi barcha imkoniyatlarga egasiz!
IV.Mustahkamlash:”Klaster” usulida matn muhokama qilinadi.
Qisqa savol- javob:
1.Nima uchun matn “Vatan madhi” deb nomlangan?
2.Siz Vataningizni qanday sevasiz?
3.Uning ravnaqi uchun qanday hissa qo`shmoqchisiz?
Matn o`quvchilarga “Zanjir” usulida o`qitiladi.
V.Darsni yakunlash: Tug`ilgan yering – Vataning,
Vataning – nomusing deganlaridek har birimiz Vatanimiz qadrini bilishimiz va ardoqlashimiz kerak degan fikr bilan dars yakunlanadi.Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa berish: Matnni mustaqil o`qish va so`zlab berishga tayyorlanish.
O`IBRO`________________N.Xosilova
Sana: Fan:O`qish Mavzu:Yurtim jamoli
Maqsad: Ta`limiy: O`quvchilarni “Yurtim jamoli” she`ri bilan tanishtirish. O`quvchilarning to`g`ri, ongli, ifodali o`qish ko`nikmalarini takommillashtirish, lug`at boyligini oshirish.
Tarbiyaviy:O`quvchilarning Vatanga bo`lgan muxabbatini, vatanparvarlik ruxini tarbiyalash, dunyoqarashini kengaytirish.
Rivojlantiruvchi:O`quvchilarning og`zaki nutqini, mustaqil fikrlashini rivojlantirish.
TK1 o`z fikrini og`zaki va yozma tarzda bayon qila olish, savollarni to`g`ri bera olish va unga javob berish.TK3 bilimni mustaqil ravishda oshirib borish.TK4 jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qilish.TK5 Vatanni sevish,insonlarga mehribon bo`lish.
FK Adabiy-nutqiy kompetensiya elementlari va ularning mazmunini to`liq yoki qisqartirib fikrini bayon qila oladi; badiiy asarni tahlil qila oladi, nomi, qahramonlarini ajrata oladi va o`qituvchi yordamida baho bera oladi; o`qilgan asardagi savollarga javob bera oaldi.
Darsning turi:yangi bilim beruvchi.
Darsning metodi:suhbat, ko`rgazmalilik, ta`limiy o`yin.
Darsning jihozi:darslik, mavzuga mos rasmlar,AKT.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: o`quvchilarning darsga hozirligini tekshirish.
II.Uy vazifani tekshirish: qisqa savol-javob
-Vatan deganda nimalar ko`z oldingizga keladi?
-Vatan madhi deganda nimani tushunasiz?
-Biz faxrlanadigan buyuk bobolarimizdan kimlarni bilasiz?
-Siz Vatan ravnaqi uchun qanday hissa qo`sha olasiz?
Matnni “Zanjir” usulida o`qitish.Faol o`quvchilarni rag`batlantirish.
III.Yangi mavzu bayoni: Yurtim jamoli she`ri muallifi Dilshod Rajab haqida qisqa ma`lumot.
O`zbek bolalar she`riyatining iste`dodli yoshlaridan biri Dilshod Rajab 1964-yil Buxoro viloyati Shofirkon tumani Denov qishlog`ida ziyoli oilada tug`ilgan.U maktabni oltin medal bilan bitirgan.Nizomiy nomli Toshkent pedagogika universitetida o`qigan. Uning ilk she`rlari 5-sinfda o`qib yurganida “Gulxan” jurnalida chiqqan.”Qorqiz sovg`a keltirdi”, “Hazilkashlar davrasida”, “Otamning bog`i”, “Alifbo”, “Sanoq” she`riy to`plamlari chop etilgan.Dilshod Rajab yozuvchilar uyushmasi a`zosi, filalogiya fanlari nomzodi.
Dosakaga O`zbekiston shaharlari suratlari ilingan, o`quvchilar ushbu suratlarda qaysi viloyatlar tasvirlanganini aytib beradilar.O`qituvchi she`rni ifodali o`qib beradi.
Yurtim jamoli
Maydonlarda mard kelgan,
Qashqadaryo, Surxon
Nuroniy Samarqandim
Yer yuzining sayqali.
G‘urur qo‘shar ko‘ksiga
Temur bobom haykali.
Ilm uyi Buxoro,
Har toshi hikmat, ma’no.
Xorazmning savlat-u
San’atiga tasanno.
Qoshi qora, qalbi oq,
Qadrdon qoraqalpoq.
Navoiy nomin olib,
Oltin berar bu tuproq.
Farg‘ona-yu Andijon,
Namangan – shohi gulim.
Nomin tilga olsang bas,
Ochilar bahr-u diling.
Nomi dilga darmonim –
Ulug‘ O‘zbekistonim.
IV.Mustahkamlash:
She`rni bir nechta o`quvchi ifodali o`qib beradi.
“Bu qayer” o`yini o`tkaziladi. Har bir qatordan bittadan o`quvchi chiqadi. Ularga Xorazm, Samarqand, Namangan so`zlari yozilgan toj kiydiriladi.O`tirgan o`quvchilar navbat bilan shahar nomiga ta`rif beradilar, doskadagi o`quvchi qaysi shahar ekanini topadi.
-U yer tarixiy obidalari bilan mashhur.
-U yerda qish kunlari juda sovuq bo`ladi.
-U yerliklar boshiga ajoyib jungli qalpoq kiyadilar.(Xorazm)
-U yerga xorijiy sayyohlar juda ko`p keladilar.
-U yerda tarixiy yodgorliklar juda ham ko`p.
-U yerda bizning birinchi prezidentimiz dafn etilgan.(Smarqand)
-U yer gullar shahri deyiladi.(Namangan)
V.Darsni yakunlash: faol ishtirok etgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa berish: she`rni yodlab kelish topshiriladi.
O`IBRO`_________________N.Xosilova
Sana: Fan:O`qish Mavzu:Yangi uy
Maqsad:
Ta`limiy:O`quvchilarni “Yangi uy” matni bilan tanishtirish.O`quvchilarning to`g`ri, ongli, ifodali o`qish ko`nikmalarini takommillashtirish, lug`at boyligini oshirish.
Tarbiyaviy:O`quvchilarning Vatanga bo`lgan muxabbatini, vatanparvarlik ruxini tarbiyalash, dunyoqarashini kengaytirish.
Rivojlantiruvchi:O`quvchilarning og`zaki nutqini, mustaqil fikrlashini rivojlantirish.
TK1 o`z fikrini og`zaki va yozma tarzda bayon qila olish, savollarni to`g`ri bera olish va unga javob berish.TK3 bilimni mustaqil ravishda oshirib boorish.TK4 jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qilish.TK5 Vatanni sevish,insonlarga mehribon bo`lish.
FK Adabiy-nutqiy kompetensiya elementlari va ularning mazmunini to`liq yoki qisqartirib fikrini bayon qila oladi; badiiy asarni tahlil qila oladi, nomi, qahramonlarini ajrata oladi va o`qituvchi yordamida baho bera oladi; o`qilgan asardagi savollarga javob bera oaldi.
Darsning turi:Yangi bilim beruvchi
Darsning metodi:Tushuntirish, suhbat, izohli o`qish,klaster, “Men bilaman o`yini”
Darsning jihozi:Darslik, mavzuga mos rasmlar,AKT
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:O`quvchilarning darsga hozirligini tekshirish.
II.Uy vazifani tekshirish: O`quvchilar birma-bir “Yurtim jamoli” she`rini yoddan aytib beradilar va baholanadilar.”Kim chaqqon” o`yini doskaga ilingan bo`g`inlarni to`g`ri joylab shahrimiz nomlarini topadilar.
III.Yangi mavzu bayoni:
Doskaga qishloqlarga qurilgan yangi uylar rasmi ilingan.O`qituvchi rasm
asosida savol-javob o`tkazadi.Matnni obrazli qilib o`qib eshittiradi.
Yangi uy(Hikoya)
– Qishlog‘imiz chekkasidagi eski bog‘ o‘rnidag‘ishtli, chiroyli uylar quriladigan bo‘libdi!
Bu gapni sinfdoshimiz Xurshidbek topib keldi.O‘rtoqlari birpasda uni o‘rab olishdi.
– Qanaqa uylar deding?
– Kimlar qurar ekan?
– Kimlar turadi yangi uylarda?..
– Kim quradi demay, quradiganlar kim ekan, deb so‘ranglar. Bilasizmi, ular kim? –
Sinfga kirib kelgan ustozlari Orif aka bolalarning savollariga savol bilan murojaat qildi.
– Bilmay turibmiz-da, ustoz! Bilolmay turibmiz...
– Unda gapimni yaxshilab eshitib olinglar.Bu quriladigan uylar qishlog‘imizning uyga ehtiyoji bor yosh oilalariga ekan. Qurilayotgan uylar siz-u bizniki. Endi kimning bo‘sh vaqti bo‘lsa, o‘qishdan keyin yordamga chiqsin. Quruvchilarga g‘isht, qum, tuproq yetkazib turishda baholi qudrat yordam berasizlar.
Shu kuni darsdan keyin Xurshidbek ko‘chasidagi o‘rtoqlari bilan qurilish bo‘layotgan joyga borishdi. Bolalarni ko‘rib Bunyodbek amaki juda xursand bo‘ldilar.
IV.Mustahkamlash. Matn yuasidan qisqa savol- javob qilinadi.
-Xurshidbek bolalarga qanday yangilikni yetkazdi?
-Bunyodbek amaki nima uchun xursand bo`ldi?
-Uy-joylar kimlarga berilar kan? Nima uchun?
-Bunday uy-joylar nima uchun qishloqda qurilyapti shaharda emas?
-Davlatimiz tomonidan olib borilayotgan bunday o`zgarishlarga fikringiz,bu to`g`rimi?
Matnni bir nechta o`quvchi “Zanjir” usulida o`qiydi.
V.Darsni yakunlash. Matn yuzsidan bildirilgan fikrlar umumlashtiriladi, darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa berish. Matnni o`qib, so`zlab berishga tayyorgarlik ko`rish.
O`IBRO`________________N.Xosilova
Sana:
Fan:O`qish
Mavzu:Vatan desam
Maqsad: Ta`limiy: O`quvchilarni “Vatan desam” she`ri bilan tanishtirish. O`quvchilarning to`g`ri, ongli, ifodali o`qish ko`nikmalarini takommillashtirish, lug`at boyligini oshirish.
Tarbiyaviy:O`quvchilarning Vatanga bo`lgan muxabbatini, vatanparvarlik ruxini tarbiyalash, dunyoqarashini kengaytirish.
Rivojlantiruvchi:O`quvchilarning og`zaki nutqini, mustaqil fikrlashini rivojlantirish.
TK1 o`z fikrini og`zaki va yozma tarzda bayon qila olish, savollarni to`g`ri bera olish va unga javob berish.TK3 bilimni mustaqil ravishda oshirib borish.TK4 jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qilish.TK5 Vatanni sevish,insonlarga mehribon bo`lish.
FK Adabiy-nutqiy kompetensiya elementlari va ularning mazmunini to`liq yoki qisqartirib fikrini bayon qila oladi; badiiy asarni tahlil qila oladi, nomi, qahramonlarini ajrata oladi va o`qituvchi yordamida baho bera oladi; o`qilgan asardagi savollarga javob bera oaldi.
Darsning turi:yangi bilim beruvchi.
Darsning metodi:suhbat, ko`rgazmalilik, ta`limiy o`yin.
Darsning jihozi:darslik, mavzuga mos rasmlar,AKT.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.O`quvchilarning darsga hozirligini tekshirish.
II.Uy vazifani so`rash.O`quvchilarga “Yangi uy” matnidan olingan parchalar tarqatiladi.Topshiriq: so`zlarni o`rniga to`g`ri qo`yib gapni o`qish.Shu tariqa matn o`qitib olinadi. Bir guruh o`quvchi matnni sahnalashtirib beradi.Hamma baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni. Doskaga vatmon ilinadi, unga misollar yozilgan bo`ladi. Har bir qatordan o`quvchi chiqib misollarni yechadi, to`g`ri bajarsa qog`oz o`giriladi.Barcha topshiriq bajarilgach Vatanimiz rasmi ochiladi.
O`qituvchi “Vatan desam” she`rining muallifi Ulug`bek Xamdam haqida qisqa ma`lumot beradi. Ulug`bek Xamdam 1968 yil 24 aprel Andijon viloyatining Marxamat tumanida ishchi oilasida tug`ilgan. U nafaqat yyozuvchi balki tarjimon ham bo`lgan. Toshkent Davlat Universitetining filologiya fakultetida o`qigan,keyin Davlat granti asosida Turkiyada ham tahsil.”Tangriga eltuvchi yo`l”, “Atirgul”,”Uzoqdagi Dinura” nomli she`riy to`plamlari chop etilgan.
O`qituvchi she`rni ifodali o`qib beradi.
Vatan desam, ko‘zimga
Qatra-qatra yosh kelar.
Yosh ichida miltirab,
Buyuk bir bardosh kelar!
Vatan desam, tilimga
Temur-u Bobur kelar.
Moziylarni uyg‘otib,
Do‘mbira, tanbur kelar!
Vatan desam, yuragim
Navolarga to‘lgaydir.
Niyatni yaxshi qilsak,
Navoiy tug‘ilgaydir!
Vatan – muqaddas dargoh,
Imon kabi saqla sen!
IV.Mustahkamlash. Qisqa savol-javob.
-Vatan nima?
-Uni qanday ta`riflaysiz?
-Vatanni tariflaganda ko`z oldingizga nimalar keladi?
“Klaster” usulida Vatan tushunchasi tarmoqlanadi.
Ko`cham uyim
Mahalla
xonam
Maktab Vatan Oila yotog`im
sinfim partam
Bog`cha
Xonam shkafim
V.Mustahkamlash. Vatan ulig`,Vatan yagona.Uni ardoqlash kerak,sevish kerak.Siz bolalar a`lo bilimingiz, zo`r shijoatingiz bilan bunga hissa qo`shasiz.Fikrlar umumlashtiriladi va faol o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa berish. She`rni yodlab kelish.
O`IBRO`______________N.Xosilova
Sana:
Fan:O`qish
Mavzu:Opa-singil daryolar
Maqsad:
Ta`limiy:O`quvchilarga to`g`ri, ongli, ifodali o`qish ko`nikmalarini takommillashtirish, lug`at boyligini oshirish.
Tarbiyaviy:O`quvchilarning Vatanga bo`lgan muxabbatini, vatanparvarlik ruxini tarbiyalash, dunyoqarashini kengaytirish.
Rivojlantiruvchi:O`quvchilarning og`zaki nutqini, mustaqil fikrlashini rivojlantirish.
TK1 o`z fikrini og`zaki va yozma tarzda bayon qila olish, savollarni to`g`ri bera olish va unga javob berish.TK2 kattalar yordamida axborot manbalari dan foydalanish.TK3 bilimni mustaqil ravishda oshirib borish.TK4 jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qilish.TK5 Vatanni sevish,insonlarga mehribon bo`lish.
FK Adabiy-nutqiy kompetensiya elementlari va ularning mazmunini to`liq yoki qisqartirib fikrini bayon qila oladi; badiiy asarni tahlil qila oladi, nomi, qahramonlarini ajrata oladi va o`qituvchi yordamida baho bera oladi; o`qilgan asardagi savollarga javob bera oaldi.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi.
Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, “O`rnini top”, “Zanjir”o`yinlari.
Darz jihozi: darslik,doska,mavzuga mos rasmlar,tarqatmalar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism. O`quvchilarning darsga hozirligini tekshirish.
II.Uy vazifani so`rash. Doskaga tayanch so`zlar ilingan.
Ekan, ulashar, orol, sirdaryo, teng, yumushlar, kenjaoy, yashnatar, naql, taqilibdi.
O`quvchilar tayanch so`zlardan foydalanib uy vazifani so`zlab beradilar.
III.Yangi mavzu bayoni.
Bir nechta o`quvchilarga kichik tarqatma beriladi. Topshiriqda “Opa-singil daryolar” matninig 2-qismidan parchalar noto`g`ri yozilgan, o`quvchi ularni to`g`rilab o`qiydi.
Qisqa savol-javob
- Daryolarning opasi haqida ta`rif bering.
- Sirdaryoning hislatlari qanday ekan?
- Kichik Zarafshon qanday yumushlarni bajarar ekan?
- Odamlar bir-birini qnday duo qilishar ekan?
- Nima uchun bunday qilishadi?
- Siz yana qanday daryolarni bilasiz?
IV.Mustahkamlash. O`quvchilar matnni “Zanjir” usulida ifodali o`qib beradilar.
Uch opa-singil jahl, g‘azab nimaligini bilmas, bilan duo qilgani qilgan ekan:
– Shahding, qudrating Amudaryoday bo‘lsin, Sirdaryoday uyingga baraka kirsin, Zarafshonday shonli, shavkatli bo‘lgin!
O‘zlariga qiyosan qilingan duolar opa-singil daryolarga juda ham yoqarkan. Ular shu bois ham o‘z ahdlaridan qaytmay, zavqlanib naf keltirishda davom etishibdi. Olis-olislarda o‘z qavmdoshlari o‘zanidan toshib, haddidan oshib, toshqinlarga sababchi bo‘lib odamlarning, tabiatning umriga zomin bo‘lishganini eshitishsa, qattiq xafa bo‘lisharkan.
Uch opa-singil ko‘nglining ochiqligi, saxiyligi, yaxshilikdan tolmasligi, g‘azab va qahrdan yiroqligi bois kundan kunga yasharib, umri uzayaveribdi. Ular bilan do‘st bo‘lib yashayotgan odamlar esa hali ham farzandlariga Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon degan ismlarni qo‘yib, daryolarni farzandlariga qo‘shib suyarkanlar. Amudaryo,Sirdaryo, Zarafshon esa toza qalbini ona zaminga qo‘yib, olis-olis masofalarga oqishdan tolmay elga xizmatda ekan.
Lug`at ustida ishlanadi.
Shahd – tezlik
Qiyosan – o`xshatilgan
Yiroq – uzoq
Suyarkanlar – yaxshi ko`rish
V.Darsni yakunlash.
- Birlikda baraka bor bu maqoldan nimani tushundingiz?
O`quvchilar fikrlarini bildiradilar.
- Yana shu mazmundagi maqollardan bilasizmi?
O`quvchilarning fikrlari umumlashtiriladi, faol ishtirok etgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa berish. Matnni o`qish va so`zlashga tayyorlanish.
O`IBRO`_______________N.Xosilova
Sana:
Fan:O`qish
Mavzu:Odob mahalla bo`ylab
Maqsad:
Ta`limiy:O`quvchilarni “Obod mahalla bo`ylab” sheri bilan tanishtirish. O`quvchilarga to`g`ri, ongli, ifodali o`qish ko`nikmalarini takommillashtirish, lug`at boyligini oshirish.
Tarbiyaviy:O`quvchilarning Vatanga bo`lgan muxabbatini, vatanparvarlik ruxini tarbiyalash, dunyoqarashini kengaytirish.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning og`zaki nutqini, mustaqil fikrlashini yod olishish qobiliyatini rivojlantirish.
TK1 o`z fikrini og`zaki va yozma tarzda bayon qila olish, savollarni to`g`ri bera olish va unga javob berish.TK2 kattalar yordamida axborot manbalari dan foydalanish.TK3 bilimni mustaqil ravishda oshirib borish.TK4 jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qilish.TK5 Vatanni sevish,insonlarga mehribon bo`lish.
FK Adabiy-nutqiy kompetensiya elementlari va ularning mazmunini to`liq yoki qisqartirib fikrini bayon qila oladi; badiiy asarni tahlil qila oladi, nomi, qahramonlarini ajrata oladi va o`qituvchi yordamida baho bera oladi; o`qilgan asardagi savollarga javob bera oaldi.
Dars turi: yangi bilim beruvchi.
Dars metodi: tushuntirish,suhbat,savol-javob.
Dars jihozi:darslaik,doska, mavzuga mos rasmlar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism. O`quvchilarning darsga hozirligini tekshirish.
II.Uy vazifani so`rash.O`quvchilar navbat bilan “Uch opa-singil” ertagini so`zlab beradilar.
Ushbu ertakdan qanday hulosa chiqardingiz?
Muallif ertak orqali bizga nima demoqchi?
Siz qaysi obrazga o`xshashni xoxlardingiz?
Odamlar nega ularni duo qiladilar?
Hayotdagi daryolarning vazifasi nimadan iborat?
III.Yangi mavzu bayoni. Obod mahalla bo`ylab
She`r muallifi Kavsar Turdiyeva 1958-yil 6-avgustda Toshkent shahrida ziyoli oilada tug`ildi. U Chilonzordagi 201-maktabda o`qigan. Maktabni oltin medal bilan tamomlagan. Toshkent davlat universitetida, so`ng Sankt-Peterburgda o`qigan. Hozirda Toshkent pediatriya tibbiyot institutida kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Shoiraning “Varrak”, “O`ynayapman,o`ylayapman”, “Qush bo`lib uchgan ona”, “Raqamlar bo`ylab sayohat” to`plamlari bolalar ko`nglidan joy olgan.U “Zumrasha” hajviy kinojurnali uchun tayyorlagan asarlari ham hammaga manzur.U multfilmlar va telefilmlar uchun yozgan qo`
shiqlari ham juda ommalashgan.
Obod mahalla bo`ylab
Bizning màhàllà-yu ko‘y,
Hàr bir xonàdon và uy,
Mehrlàrgà to‘lmoqdà,
Shundàn obod bo‘lmoqdà.
Undà hàr bekàt, guzàr,
Insonlàr bilàn go‘zàl.
Gullàrgà to‘lgàn ràstà,
Tutàr sizgà guldàstà.
Bizdà doim qàynàr ish,
Hàr soàtdà o‘zgàrish.
Undà bilim o‘chog‘i,
Quvnoq màktàb quchog‘i.
Màhàllà bolàlàri
Tàrqàlib turli yoqqà,
O‘ynàshàr ko‘zboylàg‘ich,
Bekinmàchoq và soqqà.
Màhàllàm àjib ko‘rkàm,
U hàm bir kichik o‘lkàm.
IV.Mustahkamlash.
She`rning har bir qatorini tahlil qilish.
Lug`at ustida ishlash.
Guzar - mahalladoshlar, keksalar yig`ilishib o`tiradigan joy
Mahalla deganda nimani tushunasiz?
Mahallada nimalar qilinadi?
Bolalar nimalar qiladilar?
Mahallani Vatan desa bo`ladimi?
O`z mahallangizga ta`rif bering?
Mahalladoshlarsiz ham baxtli yashash mumkinmi?
Yana qaysi davlatlarda bizga o`xshash mahallalar bor?
She`rni bir nechta o`quvchilar “Zanjir” usulida ifodali o`qiydilar.
V.Darsni yakunlash.
Bir kishi ming kishi uchun,
Ming kishi bir kishi uchun. Ushbu maqolni mahallamizga ta`rif sifatida qo`llasak bo`ladimi. Fikrlar umumlashtiriladi. Dars davomida faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa berish. She`rni yod olish va o`zingizning mahallangiz haqida kichik hikoya tuzib kelish.
O`IBRO`__________________N.Xosilova
Sana:
Fan:O`qish
Mavzu:Vatanni tanish
Maqsad: Ta`limiy:O`quvchilarga to`g`ri, ongli, ifodali o`qish ko`nikmalarini takommillashtirish, lug`at boyligini oshirish.
Tarbiyaviy:O`quvchilarning Vatanga bo`lgan muxabbatini, vatanparvarlik ruxini tarbiyalash, dunyoqarashini kengaytirish.
Rivojlantiruvchi:O`quvchilarning og`zaki nutqini, mustaqil fikrlashini rivojlantirish.
TK1 o`z fikrini og`zaki va yozma tarzda bayon qila olish, savollarni to`g`ri bera olish va unga javob berish.TK2 kattalar yordamida axborot manbalari dan foydalanish.TK3 bilimni mustaqil ravishda oshirib borish.TK4 jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qilish.TK5 Vatanni sevish,insonlarga mehribon bo`lish.
FK Adabiy-nutqiy kompetensiya elementlari va ularning mazmunini to`liq yoki qisqartirib fikrini bayon qila oladi; badiiy asarni tahlil qila oladi, nomi, qahramonlarini ajrata oladi va o`qituvchi yordamida baho bera oladi; o`qilgan asardagi savollarga javob bera oaldi.
Dars turi: yangi bilim beruvchi.
Dars metodi: tushuntirish, suhbat, “Davom ettir”, “Men bilaman” o`yini, savol-javob.
Dars jihozi:doska,darslik,rasmlar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism. O`quvchilarning darsga hozirligini tekshirish.
II.Uy vazifani so`rash. O`quvchilar uyda mustaqil yozib kelgan matnni o`qib beradilar.She`rni yoddan yodlab beradilar. “Davom ettir” o`yini bunda o`quvchilar she`rni ikkitadan qatorini navbat bilan aytadilar.
III.Yangi mavzu bayoni. Vatanni tanish Muxabbat Hamidova hikoyasi.
“Men bilaman” o`yini.
O`qituvchi maqol aytadi bolalar davom ettiradilar.
Vatan ostonadan boshlanadi.
Bulbul chamanni sevar, odam - Vatanni.
Baliq suvsiz yasholmas, odam Vatansiz.
Ona yurting – oltin beshiging.
Doskaga chol va nabira surati ilingan.
- Bolalar, chol bilan bola nima qilishyapti ekan?
- Sizning ham bobongiz bormi?
- Ular bilan nimalar qilasiz?
- Bu Firdavs, bu uning bobosi. O`qituvchi matnni so`zlab beradi.
Mening ismim Firdavs. Qishloqda tug‘ilganman. Dadam bilan oyijonim meni erkalatishadi, biroq buvim bilan buvam tergab turishadi. Bizning kattakon bog‘imiz bor. Unda olma, gilos, shaftoli, anjir – qo‘yingki, barcha mevali daraxtlar o‘sadi. Bu daraxtlarni hammasini buvam o‘z qo‘llari bilan ekkanlar.
Buvamning aytishlaricha, har narsaga yoshlikdan mehr qo‘yish kerak ekan. Ana shunda bolaning imoni but bo‘ladi, Vatanni taniydi, uning qadriga yetadi. Uning nima ekanligini yurakdan his qiladi. Vatan himoyasiga ham tayyor turadi, deydilar dadamga takror-takror.
– Buva, Vatan degani nima? – so‘rayman qulog‘imga bot-bot chalinadigan bu so‘zni tushunib olish uchun.
– Vatan bu men sen bilan har kuni mehnat qiladigan bog‘, qo‘shni bolalar bilan
chopqillab o‘ynab yurgan ko‘chang, senga bilim berayotgan maktabing, oxir-oqibat, qarindosh-urug‘, butun millatimizga makon bo‘lgan yurt mustaqil O‘zbekistonimizdir. Imoni butun odam Vatanni yurakdan his qiladi, ardoqlaydi.
Kerak bo‘lsa, ko‘ksini qalqon qilib, himoya qiladi.
Buvamning so‘zlari meni sehrlab qo‘yadi.
– Buvajon, bog‘imizdagi daraxtlarni, gulzorimizdagi gullarni yaxshilab parvarishlasam, Vatanni parvarishlagan bo‘lamanmi? – so‘rayman hayajonlanib.
– Albatta, axir Vatan ostonadan boshlanadi,– deydilar buvam meni bag‘rilariga bosib.
IV.Mustahkamlash.
Firdavslarning bog`da nimalar bor ekan?
Ularni kim parvarishlar ekan?
Firdavsning bobosi nima der ekan?
Firdavs Vatanni qanday parvarishlamoqchi?
Lug`at ustida ishlash.
Bot-bot – tez-tez
Matnni o`quvchilar “Zanjir” usulida o`qishadi.
V.Darsni yakunlash. Bildirilgan barcha fikr-mulohazalar umumlashtiriladi.Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa berish. Matnni ifodali o`qib kelish.
O`IBRO`_______________N.Xosilova
Sana:
Fan:O`qish
Mavzu:Savollarga javoblar (Xolmurod Safarov)
Maqsad:
Ta`limiy:O`quvchilarni “Savollarga javoblar” sheri bilan tanishtirish. O`quvchilarga to`g`ri, ongli, ifodali o`qish ko`nikmalarini takommillashtirish, lug`at boyligini oshirish.
Tarbiyaviy:O`quvchilarning Vatanga bo`lgan muxabbatini, vatanparvarlik ruxini tarbiyalash, dunyoqarashini kengaytirish,atrofdagi yaqinlarga mehr-muxabbatli bo`lishga o`rgatish.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning og`zaki nutqini, mustaqil fikrlashini yod olish qobiliyatini rivojlantirish.
TK1 o`z fikrini og`zaki va yozma tarzda bayon qila olish, savollarni to`g`ri bera olish va unga javob berish.TK2 kattalar yordamida axborot manbalari dan foydalanish.TK3 bilimni mustaqil ravishda oshirib borish.TK4 jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qilish.TK5 Vatanni sevish,insonlarga mehribon bo`lish.
FK Adabiy-nutqiy kompetensiya elementlari va ularning mazmunini to`liq yoki qisqartirib fikrini bayon qila oladi; badiiy asarni tahlil qila oladi, nomi, qahramonlarini ajrata oladi va o`qituvchi yordamida baho bera oladi; o`qilgan asardagi savollarga javob bera oaldi.
Dars turi:yangi bilim beruvchi.
Dars metodi: tushuntirish,savol-javob, “O`rnini top”, “Bu nima?” didaktik o`yinlari.
Dars jihozi:darslik, doska, rasmlar,tarqatma.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism. O`quvchilarning darsga hozirligini tekshirish.
II.Uy vazifani so`rash.O`quvchilar navbat bilan “Vatanni tanish” matnini o`qib beradilar.Bir nechta o`quvchi gapirib beradi.Yana bir nechta o`quvchi esa topshiriqni bajaradi.”O`rnini top” o`yini orqali berilgan gaplarni to`g`ri joylashtirib matnni o`qib beradilar.Qisqa savol-javob o`tkaziladi.
Vatan nima ekan?
Sizning Vatanga qanday nafingiz tegadi?
Bobo va nabira nima haqida gaplashdi?
- Bu matndan o`zingizga qanday hulosa chiqardingiz?
III.Yangi mavzu bayoni. Doskaga bir nechta o`quvchilar chiqadi. Ularga
til,qo`l, quloq, aql rasmlari boshiga kiydiriladi, o`zi ko`rmaydi. O`quvchilar nimaligi haqida tushuncha beradilar o`quvchi topadi.
-Demak, bugungi mavzu “Savollarga javoblar” nomli Xolmurod Safarovning she`ri.O`qituvchi she`rni ifodali o`qib beradi.
– Til nimaga berilgan
Qizlar bilan bolaga?
– Tongda salom aytgani
Ota bilan onaga.
Xafa bo‘lib gohida
Qovog‘ini uyganda,
Shu payt shirin so‘z kerak,
Qalbiga nur quyganda.
– Qo‘l nimaga berilgan?
– Yerga don-dun sochgani.
Erta bahor kelganda,
Bog‘ jamolin ochgani.
Turli hunar o‘rganib,
Turfa kasbni bilishga.
Yiqilganni turg‘azib,
Savob ishlar qilishga.
– Quloq nega berilgan?
– Yaxshi gapni uqishga.
Ota bilan onaning
So‘zin yodda tutishga.
IV.Mustahkamlash. Doskaga bola rasmi ilingan uning a`zolari haqida qisqa savol-javob o`tkaziladi.
Insonga ko`z nima uchun berilgan?
Tilchi?
Quloqchi?
Ularning har birini vazifasi bor.Siz uni to`g`ri bajarasizmi?
She`rni o`quvchilar ifodali o`qiydilar.Har bir qatori tahlil qilinadi.
O`quvchi she`rni gapirib beradi.
V. Darsni yakunlash.Fikrlar umumlashtiriladi va faol ishtirok etgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa berish. She`rni yod olish.
O`IBRO`______________N.Xosilova
Sana:
Fan:O`qish
Mavzu:Sinfdan tashqari o`qish
Maqsad:
Ta`limiy:o`quvchilarning hikoyaning mazmuni bilan tanishtirish, ifodali ravon o`qish, hikoya mazmunini to`liq uqib olish, o`zgalar nutqini eshitib, tushunib olish, asar qahramonlarining fe`l-atvorini aniqlash va qiyosiy tavsiflashni o`rgatish.
Tarbiyaviy:o`quvchilarni vatanimizning har bir qarich yerini e`zozlash, tug`ilib o`sgan joyini ardoqlash, o`zgalar fikrini hurmat qilish, birovlarni kamsitmaslikni o`rgatish, tirishqoqlik, intiluvchanlik tuyg`ularini tarbiyalsh.
Rivojlantiruvchi:o`quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, bog`lanishli nutqini o`stirish, rollarga bo`lib,ifodali o`qish malakalarini rivojlantirish.
TK2:hikoyadagi materiallarga ongli munosabat bildirish, xulosa chiqarish.TK5:hikoyadagi qahramonlarda insoniylik xususiystlarga xolis mulohaza yurita olish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi.
Dars metodi:savol-javob, tushuntirish, “T-chizma”, “O`rnini top” o`yini.
Dars jihozi:rasmlar, tarqatmalar, multimedia ilovasi.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: o`quvchilarning darsga hozirligini tekshirish.
II.Uy vazifani tekshirish:
O`quvchilar “Savollarga javoblar” she`rini yoddan aytib beradilar. Bir nechta o`quvchilarga tarqatma beriladi unda she`r satrlari noto`g`ri berilgan bo`ladi o`quvchi to`g`rilab aytib beradi. O`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Doskaga 5ta barg ilib qo`yilgan. Unda misollar berilgan o`quvchilar vazifani bajaradilar va “ertak” so`zi hosil bo`ladi.
-Bolajonlar, demak bugungi mavzu “Ochko`z boy” ertagi.
-Bolajonlar yaxshilik nima?
O`quvchilarning fikrlari eshitiladi va umumlashtiriladi.
-Bolajonlar yaxshilik haqida qanday ertaklar bilasiz?
-Bu ertaklarda yaxshilik va yomonlik haqida nimalar deyilgan?
Ekranda “Ochko`z boy” ertagi asosida multfilm namoyish etiladi. O`qituvchi
matnni o`qib beradi.
IV.Mustahkamlash: Darslik bilan ishlanadi. O`quvchilar “Zanjir” usulida ertakni o`qiydilar. Qisqa savol-javob o`tkaziladi.
Ochko`z boyning qilmishini qanday baholaysiz?
Ochko`z boy va unung xotini nima uchun jazolandi?
Ertakdagi qaysi qahramon sizga yoqdi?
Siz o`zgalarga qanday yaxshiliklar qilgansiz?
Lug`at ishi:
Savob – yaxshi ish
Qashshoq – kambag`al
Do`kondor – go`konning egasi
‘Men bilaman” mavzuga mos maqollar aytiladi.
Birovga choh qazima, o`zing tushasan.
Dilozori – xudobezori.
Yomon baxil bo`lar,
Yaxshi – ahil.
V.Darsni yakunlash. Barcha fikr-mulohazalar umumlashtiriladi, faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa berish. Ertakni o`qib so`zlab berishga tayyorlanish.
O`IBRO`_____________ N.Xosilova
Sana:
Fan:O`qish
Mavzu:Yaxshilik ketidan yaxshilik keladi.
Maqsad: Ta`limiy:O`quvchilarga yaxshilikka yaxshilik, yomonlikka yomonlik qaytishi haqida ma`lumot berish, “Yaxshilik ketidan yaxshilik kelar” ertagi bilan tanishtirish. O`quvchilarda to`g`ri va ifodali o`qish ko`nikmalarini shakllantirish.
Tarbiyaviy:O`quvchilarni o`zgalarga yaxshilik qilishga undash, axloqiy sifatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi:O`quvchilarning mustaqil va ijodiy qobiliyatlarini, bog`lanishli nutqlarini rivojlantirish.
FK 1: o`qilgan ertakning mazmunini tushunib olish.FK2:o`rganilgan asarning nomi, qahramonlarning farqini ajrata olish.TK3:ertak kitoblarni o`qib-o`rganib boorish.TK5: yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning metodlari: suhbat, savol-javob, tushuntirish, “Kim topag`on”, “Men bilaman” o`yinlari.
Darsning jihozlari: doska, darslik, mavzuga mos rasmlar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: o`quvchilarning darsga hozirligini tekshirish.
II.Uy vazifani so`rash: bir nechta o`quvchi “Ochko`z boy” ertagini sahnalashtirib beradilar, bir nechtasi o`qib beradi, bir nechtasi so`zlab beradi.Bir nechta o`quvchiga tarqatma test beriladi.Barcha o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: o`qituvchi maqol aytadi o`quvchilar davom ettiradilar.
Yaxshidan bog` qoladi……(yomondan dog`). Oltin olma….(duo ol, Duo oltin emasmi). Olqish olgan omondir,….(Qarg`ish olgan yomondir).Yaxshi gapga…(ilon inidan chiqar, Yomon gapga pichoq qinidan chiqar).
O`quvchilar bilan yaxshilik va yomonlik, yaxshi va yomon so`z haqida suhbatlashiladi.
Mashhur bolalar yozuvchisi Xudoyberdi To`xtaboyev haqida ma`lumot beriladi.Yozuvchi 1932 yil Farg`onada tug`ilgan. Uni bobosi va buvisi katta qilgan. 1955 yil Toshkent Davlat Universitetini tamomlagan. U bir necha yil “Toshkent haqiqati” gazetasida ishlagan. So`ng bolalar nashrlarida ishlagan. Siz bolalarga atab 8ta roman, 3ta qissa yozgan.”Sir ochildi” , “Sariq devni minib”, “Besh bolali yigitcha””Shirin qovunlar mamlakati”.Yozuvchi 1991 yil “O`zbekistin xalq yozuvchisi” unvonini olgan.Bugun siz bilan “Yaxshilik ketidan yaxshilik keladi” hikoyasi bilan tanishamiz.
Kunlardan bir kun Xorazm yurtining podshohi mamlakatda eng chiroyli so‘z aytish bahsini o‘tkazmoqchi bo‘libdi. O‘sha kundan boshlab chiroyli so‘z, go‘zal so‘z degan gaplar odamlarning og‘zidan tushmay qolibdi. Ana shu gaplar bahsga aylanib, katta bir kengash o‘tkazilibdi. Kengash butun mamlakatga e’lon qilingan ekan. Bir dehqon yigit men ham qatnashay, sovringa ega bo‘lsam, bir qo‘shho‘kiz
olardim, deya niyat qilibdi.
Shohon darvoza oldigakelib,qo‘lidagio‘roq,yelkasidagi ketmonni
yerga qo‘yib, „Bismilloh“, deb ichkari kirib, safga qo‘shilibdi. Bahs avjiga chiqqan ekan.O‘z taxtida bahslarni kuzatib, tantana bilano‘tirgan shohga qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, ta’zim qilib salom yo‘llabdi. Bahsni saroy a’yonlari baholab o‘tirishar ekan. Shunda bahsda qatnashayotgan bir kishi o‘rnidan turib:
– Yomonlik qilma! Yomonlik ketidan yomonlik keladi, – degan gaplarni aytibdi. Qilni qirq yoradigan hakamlar qarsak chaliolqishlashibdi.Shohhamqarsakchalibdi.
Navbat dehqon yigitga kelibdi.
– Yaxshilik qil! Yaxshilik ketidan yaxshilik keladi, – deb qo‘lini ko‘ksigaqo‘yibdi. Atrofdagilar qarsak chalishibdi. Shoh esa o‘rnidan turib qarsak chalibdi.
– Shohanshohim, – deb so‘rabdi hakamlarda biri.
IV.Mustahkamlash: qisqa savol-javob o`tkaziladi.
Musobaqa nima maqsadda o`tkazildi?
Qanday chiroyli so`zlarni bilasiz?
To`g`ri chiroyli so`zlarni yoqimli qilib aytish deganda nimani tushunasiz?
Atrogdagilar bilan yaxshi munosabatda bo`lish uchun nima qilish kerak?
Shoh nega turib ketdi?
“Men bilaman” o`yini. O`quvchilarga tarqatma beriladi, matndagi gaplar noto`g`ri yozilgan bo`ladi. O`quvchi to`g`rilab o`qib beradi.Shu tarzda matn o`qib chiqiladi.
V.Darsni yakunlash: barcha fikrlar umumlashtiriladi va darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI.Uyga vazifa berish: matnni o`qish va so`zlab berishga tayyorlanish.
O`IBRO`__________N.Xosilova
Sana:
Fan:O`qish
Mavzu: nazorat ishi.
Maqsad: o`quvchilarning bilim, ko`nikma, malakalarini tekshirish va baholash.
Dars turi: nazorat
Darsning jihozi: tarqatma test.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: o`quvchilarning darsga hozirligini tekshirish va nazorat daftarini, materilani tarqatish.
II.Uy vazifani so`rash:”Yaxshilik ketidan yaxshilik keladi” hikoyasini sahnalashtirib, so`zlab beradilar. Bo`lim yuzasidan takrorlash.
1.Vatanimizni ulug`lovchi fikrlar bo`limdagi qaysi asarlarda berilgan?
2.Buyuk insonlar avlodi bo`lish uhun nimalar qilish kerak?
3.Qaysi asarlarda yurtimizning o`ziga xos jihatlari ko`rsatib berilgan?
4.Mavzuga doir qanday maqol va hikmatli so`zlarni bilasiz?
5.Bo`limda qanday she`rlar yod oldingiz?
Barcha fikr-mulohazalar umumlashtiriladi. Faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
III.Nazorat ishi daftarlari tarqatiladi. O`quvchilarga test topshirig`i beriladi.
1.Yurtimizni aylandik,
Maqtovga so`z sayladik…..ushbu she`riy parcha qaysi she`rdan olingan?
a)Yurtim jamoli b)Vatan desam d)Obod mahalla bo`ylab
2.Yangi uy hikoyasining qahramoni kim?
a)Nodirbek b)Xushnudbek d)Orif
3.Vatan desam… she`rida nima tasvirlangan?
a)vatan b)mehr d)vatanga muxabbat
4.Opa-singillar ertagida nima tasvirlangan?
a)go`zallik b)mehr-oqibat d)chaqqonlik
5.Firdavs bobosi bilan nima haqida suhbatlashdi?
a)bog` b)mehnat d) Vatan
6.Savollarga javoblar she`ri nima haqida?
a)inson a`zolari b)yaxshi inson bo`lish d)bolalar
7.Podshoh nega o`rnidan turib qarsak chaldi?
a)yaxshi so`zi uchun b)aqlli so`zi uchun d)xursand bo`lgani uchun
8.Buyuk insonlar avlodi bo`lish uhun nimalar qilish kerak?
a)o`qib-izlanish kerak b)odobli bo`lish kerak d)a`lochi bo`lish kerak
9. Vatanimizni ulug`lovchi fikrlar bo`limdagi qaysi asarda berilgan?
a)Vatan madhi b)Yangi uy d)Opa-singil daryolar
10.Maqolni davom ettiring. Ona yerning tuprog`i…….
a)ona sutidan aziz b)onadek aziz d) oltin beshik
IV.Darsni yakunlash: barcha daftarlar yig`ishtirib olinadi.
V.Uyga vazifa berish: “Mening Vatanim” mavzusida qisqa hikoya yozib kelish.
O`IBRO`______________N.Xosilova
Sana:
Fan:O`qish
Mavzu:Kuz saxovati.
Maqsad:
Ta`limiy:o`quvchilarga kuz fasli haqida ma`lumot berish.”Kuz saxovati” matni bilan tanishtirish, o`quvchilarda to`g`ri va ifodali o`qish ko`nikmalarini shakllantirish.
Tarbiyaviy: o`quvchilarning tabiatga muxabbat, tabiat in`omlariga shukronalik hislarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi:o`quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlash qobiliyatlarini, o`qigan matnni so`zlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
TK2:kerakli axborotlarni kutubxonadagi adabiyotlardan qidirib toppish.
TK5:matnda bo`layotgan hodisa
Do'stlaringiz bilan baham: |