Dars ishlanma Ona tili dars konspekti Fan: Ona tili Sinf: 3-“A” Sana



Download 80,55 Kb.
Sana07.07.2022
Hajmi80,55 Kb.
#752351
Bog'liq
Dars ishlanma Ona tili dars konspekti Fan Ona tili Sinf 3-“A”


Dars ishlanma
Ona tili dars konspekti
Fan: Ona tili
Sinf: 3-“A”
Sana: 21.05.2020
Mavzu: GAP BO‘LAKLARI
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy maqsad: gapning bosh va ikkinchi darajali bo`laklar xaqida nazariy bilimlar berish.
b) tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
d) rivjlantiruvchi maqsad: o`quvchilarni o`z fikrini aniq, tushunarli va ravon ifodalashga o`rgatish.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi
Darsning metodi: Bahs-munozara
Dars jihozi: darslik, slaydlar, ko`rgazmali qurollar, kartochkalar.
Vaqt taqsimoti:
Tashkiliy qism:6 daqiqa
O`tgan mavzuni takrorlash: 10 daqiqa
Yangi mavzu bayoni: 18 daqiqa
Mustahkamlash: 7 daqiqa
Baholash: 2 daqiqa
Dars yakuni : 2 daqiqa
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism:
-salomlashish;
-davomatni aniqlash;
-o`quvchilar darsga tayyorgarligini aniqlash;
-sinf xonasi tozaligini aniqlash;
-sinf navbatchisi axborotini tinglash;
II. O`tgan mavzuni takrorlash:
Uy vazifasi tekshiriladi.
O`tilgan mavzuni takrorlash uchun o`qituvchi “O`zing top” ta`limiy o`yinini o`tkazadi. Buning uchun doskaga qoidalar yozilgan vatmn ilinadi. Qoidalarning asosiy joyi tushurilib qoldirilgan bo`ladi. O`quvchilar doskaga chiqib ketma-ket qoidalarni to`ldiradilar.

  • Biror narsa-voqea haqida xabarni bildirgan gap ............ deyiladi.

  • Kuchli his-hayajon, quvonch, ajablanish bilan aytilgan gap ............deyiladi.

  • Darak gap oxirida ....... pasayadi.

  • Biror narsa haqida so‘rash maqsadini bildirgan gap ........ deyiladi.

  • So‘roq gapning oxiriga ......... belgisi qo‘yiladi.

  • Buyurish, maslahat, iltimos mazmunini bildirgan gaplar ........... deyiladi.

  • Darak gapning oxiriga ...... qo‘yiladi.

  • Buyruq gapning oxiriga ........ qo‘yiladi

  • His-hayajon gapning oxiriga undov ......... qo‘yiladi.

III. Yangi mavzu bayoni
O'quvchilarda gap bo'laklari haqidagi tasavvurni o'stirish gapni o'zlashtirishda yetakchi hisoblanadi. Birinchidan, boshlang'ich sinf o'quvchilari gap bo'laklarini ikkita katta guruhga (bosh va ikkinchi darajali bo'laklarga) bo'linishini o'zlashtiradilar. Bu sinflarda ikkinchi darajali bo'laklar turlarga ajratilmaydi. Gapni o'zlashtirish uchun bosh va ikkinchi darajali bo'laklarning mohiyati ochiladi: bosh bo'laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi, fikr, asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi; ikkinchi darajali bo'laklar esa bosh bo'laklarni aniqlovchilik va to'ldiruvchilik vazifasini bajaradi. Ikkinchi darajali bo'laklarning mohiyatini ochish uchun o'quvchilar gapni tahlil qiladilar va ular qaysi gap bo'lagiga bog'lanib, uni izohlab kelayotganini aniqlaydilar. Ikkinchi darajali bo'laklarning xususiyatlari gapni yoyish (yig'iq gapni yoyiq gapga aylantirish) jarayonida yaqqol ko'rinadi. Masalan, o'quvchilar ,,Qaldirg‘ochlar uchib keldi“ gapini yozadilar. Fikrni to'liq ifodalash uchun gapga qayerga? va qachon? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlarni qo'yish topshiriladi. O'quvchilar bu vazifani bajarib, qaysi gap bo'lagi (ikkinchi darajali bo'lak) fikrni yana aniqroq ifodalaganiga ishonch hosil qiladilar.
Darslik bilan ishlash.


104-mashq. Matnni o‘qing. Nechta gap borligini aniqlang.
Maktabimizda sinflararo sport musobaqalari boshlandi. G‘olib jamoamiz sovrin oldi. Maktab direktori jamoamizni tabrikladi. Sport kishini jismoniy chiniqtiradi. O‘quvchilar sport bilan muntazam shug‘ullanadilar.
105-mashq. Har bir gapni diqqat bilan o‘qing. Qaysi bo‘laklar gapning asosini tashkil etyapti? Qaysi bo‘laklar asosiy mazmunni to‘ldiryapti?
Fermer xo‘jaligi mo‘l hosil yetishtirdi. Oila daromadi ko‘paydi. Qishki dala ishlari boshlandi. Mirishkor dehqon dalaga yaxob 1 suvini berdi. Yaxob suvi yerning sho‘rini yuvadi. Urug‘ xatosiz unib chiqadi. Ekinlar tuproqdan yaxshi oziqlanadi.
Gap bo‘laklarini quyida ko‘rsatilgandek tahlil qiling.
Namuna: Fermer xo‘jaligi mo‘l hosil yetishtirdi.
xo‘jalig(i) yetishtirdi — gap asosi; fermer (xo‘jaligi), mo‘l hosil (yetishtirdi) — asosiy mazmunni to‘ldirgan bo‘laklar.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzu mustahkamlash uchun o`qituvchi doskaga bir necha gaplarni yozadio`quvchilar gapni bosh va ikkinchi darajalai bo`laklarga (og`zaki) ajratadilar.

  1. Yaxshidan bog‘ qoladi.

  2. Sa’dulla ukasi bilan gulzorga kirdi.

  3. Gullar qiyg‘os ochilgan.

  4. Gullarni oyisiga berdilar.

  5. Ishchilar mashinalarni zavodda yasaydilar.

  6. Mashinalar ishni yengillashtiradi.

  7. Bolalar donxo‘rak yasadilar.

  8. Qushlar unda donlaydi.

  9. Yovvoyi kaptarlar bog‘da yashaydi.

  10. Kishilar ularga don beradilar.

V. Baholash.
O`quvchilar darsdagi ishtirokiga qarab baholanadi.
Faol qatnashgan o`quvchilar namuna qilib ko`rsatiladi.
VI. Uyga vazifa.
Uyga 279-mashq vazifa qilib beriladi.
106-mashq. O‘qing. Gapning bosh bo‘laklari vazifasini bajarib kelgan so‘zlarni aniqlang. Yozing va bosh bo‘laklarning tagiga chizing.
1. Onam yopar shirmoy non. (Yusuf Shomansur) 2. Yomg‘ir maysalarni yashnatdi. 3. Mayin shamol yaproqlarni tebratdi. 4. Ertalab uyimizga mehmon keldi. 5. Odam aqli kompyuterni yaratdi.
Download 80,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish