Mavzu: Ta’lim texnologiyalari faniga kirish
Tayanch iboralar: Ta’lim tizimi,metod,texnologiya,innovatsiya,shakl vositalar.
Darsning maqsadi: Ta’labalarning faolligini oshirish,ta’lim samaradorligini oshirish.
Dars jihozlari: kompyuter,ko,rgazmali qurollar.
Metodik ko’rsatmalar
Ta’lim jarayoniga zamonaviy ta’lim texnologiyalarni kiritish va ularni qo‘llashda quyidagi vazifalar belgilanadi va hal etiladi:
- pedagog-o‘qituvchilarni zamonaviy ta’lim texnologiya asoslari bilan tanishtirish - ma’ruza, adabiyotlar tavsiya etish;
- zamonaviy ta’lim texnologiyalar asosida ishlashni xohlovchi fidoyi o‘qituvchilarni aniqlash. Ular orqali pedagog-o‘qituvchilarga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashdan ko‘zda tutilgan maqsadni, uning
mohiyatini etkazish;
Nazariy qism:
Ta’lim texnologiyalari fanining maqsad va vazifasi;Ta’lim texnologiyalari fanining predmeti o‘qitish jarayoning sifat va
samaradorligini ta’minlaydigan kasbiy texnologiya va interfaol o‘qitish usullari yuzasidan tayanch bilimlar berishga mo‘ljallangan bo‘lib, oliy ta’lim sohasida muhim o‘rniga ega. Uni o‘rganish kasbiy va umummilmiy salohiyatning mustahkamlanishiga yordam beradi va bo‘lajak pedagoglarni ta’lim texnologiyalarining konseptual asoslari bilan tanishtiradi hamda
qishloq xo‘jalik fanlarni o‘qitish jarayonida ta’lim texnologiyalaridan foydalanish yo‘llarini o‘rgatadi.
Fanning asosiy maqsadi bo‘lajak mutaxassislarni“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan
vazifalar hamda 5111000 - Kasb ta’limi bakalavriat yo‘nalishlarining malaka talablar darajasida zamonaviy ta’lim texnologiyalar va ularni o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llash, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘quv-tarbiya jarayonidagi o‘rni, ulardan foydalanish,shuningdek, innovatsion ta’lim texnologiyalar va shu kabi boshqa ta’lim texnologiyalar hamda ularni o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llashning nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.“Ta’lim texnologiyalari” fani quyidagilarga alohida e’tibor beradi:litsey va kollejlarning bo‘lajak o‘qituvchilarini zamonaviy texnologiyalarning nazariy asoslari bilimlari bilan qurollantirish; yangi pedagogik darajada pedagogik jarayonlarni samarali tashkil etishlari uchun zarur mahoratlarga ega bo‘lishlari; zamonaviy pedagogik texnologiyalar, g‘oyalar maktablar, yo‘nalishlar, keng turlarida yo‘l topa bilish mahorati;
pedagogik faoliyatni ijodiy va metodik to‘g‘ri bajarishga tayyorlikni shakllantirish; mustaqil ishlash, mustaqil bilim olish, o‘zini tarbiyalash vao‘zini mutaxassislik darajasini
doimiy oshirib borishga faollashtirish.
Nazariy savollar:
1.Ta’lim texnologiyalari fani maqsadi qanday?
2.Ta’lim texnologiyalari fani nimalarga alohida e’tibor qaratadi?
BBB
Bilaman
|
Bilib oldim
|
Bilishni hohlayman
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |