KIRISH Dissertatsiyamavzusiningasoslanishivauningdolzarbligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida barqaror va samarali faoliyat ko’rsatuvchi bank tizimini yaratish masalasi mamlakatimiz mustaqilligining birinchi kunlaridanoq hukumat iqtisodiy siyosatining eng muhim yo’nalishlaridan biri etib belgilab olindi. Natijada, bank sohasida ham katta ijobiy yutuqlarga erishilmoqda. Hukumatimiz va Markaziy bank tomonidan amalga oshirilayotgan amaliy chora-tadbirlar natijasida esa, hozirgi kunga kelib, jahon andozalariga mos ikki pog’onali mustaqil bank tizimi to’liq shakllandi.
2015 yilning 1 yanvar holatiga respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan tijorat banklari soni 26 tani tashkil etib, ularning 3 tasi davlat tijorat banki, 10 tasi aksiyadorlik tijorat banki, 8 tasi xususiy bank va 5 tasi chet el kapitali ishtrokidagi banklar hisoblanadi. Shuningdek, mamlakatimizda xorijiy banklarning 6 ta vakolatxonasi o’z faoliyatini yuritmoqda, ular bilan respublikamiz tijorat banklari tomonidan keng qamrovli va o’zaro manfaatli aloqalari o’rnatilgan. Respublikamizning barcha hududlarida tijorat banklarining tarmoqlari yanada kengayib, 2015 yilning 1 yanvar holatiga banklarning filiallari soni 846 taga yetdi.
Banklarning umumiy kapitali va depozitlar bazasining yanada mustahkamlanishi banklarning ichki manbalar hisobiga kreditlash va investitsiyalash imkoniyatlarini kengaytirish orqali mamlakat iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda o’sishini moliyaviy qo’llab- quvvatlashga xizmat qilmoqda. Xususan, tijorat banklarining jami aktivlari hajmi 2014 yilda 2013 yilga nisbatan 28,2 foizga oshib, 2015 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, 56,2 trln.so’mga yetdi. 2014 yilda tijorat banklarining kredit qo’yilmalari umumiy hajmi 2013 yilga nisbatan 31,2 foizga o’sib, 2015 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, 34,8 trln so’mni tashkil etdi.1
http://www.cbu.uz (O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank rasmiy sayti) // 2014 yilda pul-kredit sohasidagi vaziyat va monetar siyosatning 2015 yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari.
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab bank tizimini rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Shu sababli ham hozirga kelib respublikamizda bank tizimi bozor infratuzilmasining eng rivojlangan bo’g’inlaridan biriga aylanib ulgurdi. Ayni vaqtda bank tizimining samarali faoliyat ko’rsatishi butun iqtisodiyotimizning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Tijorat banklarining faoliyati ko’p jihatdan ularning soliqqa tortish jarayonlariga bog’liqdir.
Davlatning bozor iqtisodiyotiga ta’sir o’tkazishida soliqlarga alohida e’tibor qaratiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday davlat soliq siyosatidan keng foydalanadi. Soliqlar hamda butun soliq tizimi bozor iqtisodiyoti sharoitini boshqarishning kuchli vositasidir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov: “Soliq yukini yanada kamaytirish iqtisodiyotimiz rivojida albatta muhim ahamiyat kasb etadi”, - deya e’tirof etib o’tdi.2 O’tgan yili soliq yuki 20,5 foizdan 20 foizga, daromad solig’i stavkasi esa 9 foizdan 8 foizga kamaytirilgan bo’lsa-da, davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan bajarildi.3 Bank tizimi davlat iqtisodiyoti rivojlanishidagi asosiy va muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu o’rinda, tijorat banklari kapitalni taqsimlovchi va davlatning ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi moliya sohasining ajralmas qismidir. Tijorat banklari bir qancha faoliyat turlarini amalga oshirish bilan birga belgilangan va o’rnatilgan soliq turlarini ham to’laydilar. Shuningdek, tijorat banklarini soliqqa tortishning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Bu xususiyatlar o’z ichiga soliqlarni to’lashdagi soliqqa tortish bazasi, belgilangan imtiyozlar, daromad va xarajatlarning shakllanishi kabilarni oladi.
Tijorat banklari tomonidan milliy iqtisodiyotda moliyaviy operatsiyalar bajarilishi bilan bir qatorda, ijtimoiy vazifalar ham bajariladi. Ijtimoiy
2 Karimov I.A. 2014 yil yuqori o’sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o’zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo’ladi. – T.: “O’zbekiston”, 2014 y., 24-bet.
3 Karimov I. A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish – ustuvor vazifamizdir. – T.: “O’zbekiston”, 2015 y., 5-bet.
barqarorlikni ta’minlashning muhim yo’nalishlaridan biri tijorat banklaridagi soliq yukini pasaytirish hisoblanadi. Jamiyat rivojlanishini ta’minlash va davlat funksiyalarini bajarish uchun tijorat banklarida soliqqa tortishni takomillashtirish muhim ahamiyatga ega masalalardan biri hisoblanadi. Tijorat banklarini soliqqa tortishning ob’yektiv zarurligi masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Birinchidan, soliqlarning tartibga soluvchi va rag’batlantirish funksiyalari tijorat banklari faoliyatida namoyon bo’ladi. Ikkinchidan, soliqlar davlat tomonidan tijorat banklarini tartibga solish vositasi sifatida qo’llaniladi.
Soliq va soliqqa tortish masalalari O`zbеkiston Rеspublikasi iqtisodiy hamda ijtimoiy hayotidagi eng dolzarb muammolardan bo`lib, rеspublika iqtisodiyotidagi yangi hodisalar, bozor iqtisodiyotiga o’tish tomon yo’naltirilganligi xalq xo’jaligini boshqarishning moliyaviy usullaridan, shu jumladan soliqlardan faollik va omilkorlik bilan foydalanishni taqozo etadi.
Tijorat banklarini soliqqa tortishda nazariy va amaliy jihatdagi kamchiliklar, huquqiy bazaning yetishmasligi, qonunchilikdagi uzluksiz o’zgarishlar dissertatsiya mavzusining dolzarbligini belgilaydi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish bosqichida davlat statikasi qo’mitasi materiallari va tijorat banklarining yillik hisobotlari tahlillari ko’rsatishicha, ayrim tijorat banklarining moliyaviy holati talab darajasida emas. Yuqorida qayd etilgan holatlar tijorat banklarini soliqqa tortish mexanzmini tahlil etish, kuzatilayotgan kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalarini batafsil o’rganishni taqozo etadi. Ushbu e’tirof etilayotgan muammolar va ularni o’rganish masalalarining dolzarbligi ilmiy tadqiqot ishi uchun aynan shu mavzuni tanlashga asos bo’ldi.