Mavzu:Ta’lim jarayoni yagona pedagogik tizim sifatida. Ta’lim tamoyillari
REJA:
Ta’lim nima?
Pedagogik tizim
Ta’lim tamoyillari nima va ularning tarkibiy tuzilmalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Ta’lim nima?Ta’lim (o’qitish) jarayoni murakkab hamda ko’p qirralidir. Unda o’qituvchi va o’quvchilar faol ishtirok etadilar. Bu jarayonning muvaffaqiyatli va samarali natijasi ta’lim jarayonining qonun-qoidalari, ya’ni ta’limga qo’yilgan didaktik talablarga qay darajada amal qilishlariga bog’liq.
O’qitish bilish faoliyatining ajralmas qismi sifatida, insonning tevarak-atrofdagi dunyoni bilishning umumiy qonunlari asosida sodir bo’ladi. Shu sababli shaxsni o’qitish, tarbiyalash, barkamol avlod qilib etishtirish jarayonida bir butunlikda amalga oshirish zarur. O’qituvchi qachonki ta’lim tamoyillaridan xabardor bo’lgandagina uni samarali boshqarish, o’qitishning samarali usullarini tug’ri tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Shuning uchun hamo’qitish tamoyillari ta’lim jarayonining eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to’g’ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi.
Bozor munosabatlariga asoslangan ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlaridan biri-ijtimoiy raqobatning paydo bo’lishidir. Ijtimoiy raqobat mavjud bolgan sharoitda mo’tadil faoliyat yuritish, raqobatga nisbatan ishchanlik immunitetini hosil qilish manfaatlar to’qnashuvida “omon” qolish, yuqori mavqe’ga ega bo’lish uchun imkoniyat yaratadi. Shu bois fuqarolarda ta’lim olish, nazariy va amaliy bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan ongli yondashuv hissi qaror topmoqda. Bu esa ularda ta’lim olishga bo’lgan rag’batni hosil qilmoqda. Endilikda ta’lim olish, muayyan kasb-hunar yoki mutaxassislik ma’lumotlarini egallash, bu borada ma’lum ko’nikma va malakalarni shakllantirish hayotiy ehtiyojga aylanmoqda. Ta’lim olishga bo’lgan rag’bat va uning mazmuni ta’lim jarayoni muvaffaqiyatining garovi, kafolati bo’la oladi.
Ta’lim olishga bo'lgan rag'bat o'quvchi hamda o'qituvchi ishtirokidagi o'quv-bilish faoliyati asosining shakllanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yaqin o’tmishda o’quvchining ta’lim jarayonidagi ishtiroki nazariy bilimlarni qabul qilib oluvchi va o’zlashtirilgan nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalarni namoyish etuvchi sub’ekt sifatidagi roli bilan kifoyalangan bo’lsa, ta’lim taxnologiyasi talablariga ko’ra o’quv ta’lim jarayonining etakchi sub’ekti, asosiy ijrochisi sifatida ko’rinadi. Endilikda o’quvchi o’qituvchi tomonidan uzatilayotgan axborot (bilim)larni qabul qilmaydi. Balki ta’lim beruvchining yo’llanmasi, ko’rsatmasiga muvofiq tavsiya etilgan o’quv manbalari bilan mustaqil ravishda tanishish orqali nazariy bilimlarni o’zlashtiradi, o’qituvchining nazorati ostida amaliy ko’nikma va malakalarni hosil qiladi. O’quvchi mustaqil faoliyat yuritish, nazariy bilimlarni o’zlashtirish asosida o’zida fikrni ilgari surish, dalillar keltirish, o’z fikrini himoya qilish layoqatini tarbiyalay olishi, o’z-o’zini tanqid qilish, o’z-o’zini baholash sifatlarini qaror toptira olishi talab etiladi. Davr talabi o’quvchini ta’lim jarayonining sust tinglovchisi bo’lishdan faol ishtirokchisiga aylantirishni taqozo etmoqda.
O’quvchi faoliyati mazmunining to’laqonli yoritilishida ta’lim shakli, metod va vositalarininng ahamiyati katta. Zero, ular o’quvchining imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, bilim, ko’nikma va malakalarini aslidek, mavjud darajada yoritish uchun qulay shart-sharoit yaratib beradi.
Ta’lim jarayoninig maqsadi DTS, o’quv rejasi dasturi, shuningdek, darslik, qo’llanmalarda belgilab berilgan muayyan mavzu hamda fan (yoki kurs)ninig o’ziga xos jihatlari, mavjud pedagogik shart-sharoitlar, o’quvchilarning yosh, psixologik xususiyatlari, ularning hayotiy ehtiyoji va qiziqishlari, ta’lim beruvchining bilim va malaka darajasi, dunyoqarashi, ijodkorligi vaziyatni baholay hamda unga muvofiq tezkor harakat qila olish layoqati va hokazo omillarni inobatga olish asisida belgilanadi.
O’quv jarayonninig maqsadi tashxisli ravishda aniq va ravshan belgilanmog’i lozim. Ta’lim maqsadining bunday belgilanishi ma’lum qilingan vaqtda didaktik jarayonni tashkil qilish va amalgam oshirilish darajasi yuzasidan xulosa chiqarish imkoniyatini yaratadi.
Maqsadning tashxisli belgilanishi quyudagi holatlar bilan tavsiflanadi:
– shaxsda shakllantirilgan ma’naviy-axloqiy sifatlar hamda aqliy salohiyat shu darajada aniq va ravshan tasdiqlanadiki, natijada ularni shaxsning har qanday istalgan, mazkur vaziyatgacha bo’lgan vaqt oralig’ida shakllantirilgan sifatlaridan osonlik bilan farqlash mumkin bo’ladi;
– shaxsning tashxislangan ma’naviy-axloqiy hamda aqliy sifatlarining shakllanganlik darajasini haqqoniy nazorat qilishga yonaltirilgan aniq usul mavjud bo’ladi;
– shaxsning tashxislangan sifatlarini aniqlash yuzasidan olib borilgan nazorat natijalari asosida uning samaradorligini aniqlash mumkin bo’ladi;
– o’lchov mezonlari asosida muayyan bilim, ko’nikma va malakalarning sifatini baholash ko’rsatkichlari mavjud bo’ladi.
Ta’lim shakli o’qituvchi va o’quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma’lum rejimda tashkil etiladigan faoliyatlarning ma’lum ifodasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |