3. Mavzuning organilganlik darajasi:
Ozbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari, yurtboshimiz SH.M.Mirziyoev boshchiligida ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi mazkur tadqiqot uchun metodologik asos bolib xizmat qiladi. Bolajak oqituvchilarni talim jarayonini loyihalashga orgatish, kasbiy-shaxsiy sifatlarni shakllantirish, ularni istiqboldagi pedagogik faoliyatga tayyorlash, oqituvchilarda innovatsion tayyorgarlikni shakllantirish, ulardagi kasbiy ijodkorlik konikmalarini rivojlantirish muammolari kopgina ilmiy izlanishlarda oz ifodasini topgan.
B.Abdullaeva, N.N.Azizxodjaeva, H.Abdukarimov, R.Djuraev, N.A.Muslimov, U.Nishonaliev, B.Raximov, N.Sayidahmedov, O.Tolipov, SH.SHaripov, N.SHodiev, N.Erkaboeva, D.YUnusova, J.G.Yoldoshev, O.Haydarova kabi olimlarning tadqiqotlarida bolajak oqituvchilarni pedagogik kasbiy faoliyatga tayyorlashning nazariy va amaliy asoslari, shart-sharoitlari, pedagogik mahoratning shakllanish bosqichlari, B.R.Adizov, R.SH.Ahlidinov, SH.Barotov, M.G.Davletshin, SH.Q.Mardonov, N.Safoev, E.Seytxalilov, G.SHoumarov, J.G.Yoldoshev, SH.Qurbonov, E.Gozievlarning ishlarida talim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish, shaxsga yonaltirilgan talim jarayonining pedagogik-psixologik muammolari, A.Abduqodirov, U.Begimqulov, N.Taylakov, F.Zokirovaning tadqiqot ishlarida pedagogik jarayonga innovatsion texnologik yondashuv hamda bolajak oqituvchilarni tayyorlashda pedagogik hamda axborot texnologiyalardan foydalanishning oziga xos jihatlari ochib berilgan.
Sotsial intellekt muammosi psixologiyada bir necha jabhalarda organilgan bolib, ularda sotsial intellektning umumiy tabiati, atamaning fanda qollanilishi va ayrim faoliyat yonalishlarida organilgan: Robert Torndayk, G.Gardner (intellektning kop qirraliligi haqida yondashuvi), P.Selov va J.Mayer emotsioanal intellekt atamasini fanda qollay boshlaganligi (1990), Daniel GoulmanEmotsional Intelligence nomli kitobini nashr ettirdi (1995), sotsial intellektning turli etnik tasavvurlarni shakllanishidagi tasiri (E.A.Fedorova 2009), harbiy psixologlar faoliyatida sotsial intellektning roli (I.F.Bashirov 2006), korxona rahbarining emotsional intellekti xodimlariga tasiri (I.A.Egorov), rahbar shaxsiy fazilatlari bilan ijtimoiy intellekti munosabatlari (E.V.Belyayeva 2005).
Xorijlik olimlar B. Myunsterberg, D. Xolland, D. Syuperlar shaxsning kabiy jihatdan yuqori darajada etuklikka erishish muammolarini organgan bolsalar, shaxsning kasbiy martabaga ega bolish jarayoni va uning pedagogik-psixologik jihatlarini A.Maslou, L.Zondi, A. Bandura, Dj. Rotterlar (AQSH) tadqiq etishgan.
Talabalik davrida ijtimoiy intellekt shakllanishining pedagogik shart-sharoitlarini ularning talim jarayonini loyihalashga oid konikmalarini shakllantirish, pedagogik intelektni rivojlantirish, ularda oz kasbiy faoliyatiga nisbatan ijobiy munosabatni tarkib toptirishning ayrim jihatlari ochib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |