Didaktik printsiplarning ma'nosi - Didaktika tufayli yangi bilimlarni har tomonlama o'zlashtirish amalga oshiriladi va o'quv jarayoni o'quvchining shaxsiyatiga yo'naltirilgan. O'qitishning deyarli barcha didaktik printsiplari fan kurslarida amalga oshiriladi: ba'zilari katta darajada, ba'zilari kamroq darajada. Biroq, ularning umumiy ishlatilishi boladan dunyo va o'zini mustaqil bilishga tayyor, kasbiy faoliyatga va jamiyat uchun foyda keltiradigan shaxsni yaratishga imkon beradi.
Zankov tizimi o'quvchilarga yo'naltirilganligi bilan o'qitishning asosiy didaktik printsiplariga amal qiladi. Bu talabalarning kuchiga bo'lgan ishonchga bo'lgan munosabatdan kelib chiqadi: materialni tez va chuqur o'zlashtirish ularning yangi bilimlarni olishga tayyor bo'lishiga yordam beradi. Talabaning xato qilish huquqi alohida belgilab qo'yilgan. Bu sinfni pasaytirish uchun sabab emas, balki muammoni hal qilishning ushbu bosqichida nima uchun bunday xato qilinganligi haqida butun sinf o'ylashi kerak.
Noto'g'ri strategiyalarni birgalikda o'rganish va muhokama qilish talabani kelajakda ularni darhol rad etishga undaydi.
Abu Ali Ibn Sinoning o’qituvchiga qo’ygan talablari:
talaba (o’quvchi)lar bilan muomalada bosiq va jiddiy bo’ling;
berilayotgan bilimni talaba (o’quvchi)lar qanday o’zlashtirib olayotganligiga alohida e’tibor bering;
ta’limda turli uslub va shakllardan foydalaning;
talaba (o’quvchi)larning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini biling;
talaba (o’quvchi)larni fanga qiziqtira biling;
talaba (o’quvchi)larga uzatilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bering;
bilimlarni talaba (o’quvchi)larga tushunarli hamda ularning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda bering;
har bir so’zning talaba (o’quvchi)lar hissiyotini uyg’otish darajasida bo’lishiga erishing.
Diagnostik usullar: og’zaki so’roq(frontal va individual), nazorat va mustaqil ishi.
Diagnostik usullar bir necha turga bo'linadi. Ular:
1) og‘zaki so‘rov (umumiy guruhda va yakka tartibda);
2) yozma ravishdagi ishlar (diktant, bayon, insho, misol va masala, mashqlar yechish);
3) amaliy ishlar;
4) mustaqil yozma ishlar;
5) imtihonlar.
Dars o’tish mobaynida talaba (o’quvchi)ning o’g’zaki nutqni shakllantirish o’qituvchi juda muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Asosan og’zaki nutqni shakllanishida guruh bilan ishlash samarali hisoblanadi. Misol qilib aytadigan bo’lsak talabalarni ikki guruhga bo’lgan holda matematika fanidan qiziqarli masala o’rtaga tashlandi. Masala natijasini aytish uchun 10daqiqa ajratilda. Shu 10 daqiqa mobaynida barcha talablar guruhdoshlari bilan birgalikda masalani muhokama qilish, formulalardan foydalanishi va natijani bayon qilish jaryonida og’zaki nutqi yanada rivojlanadi va avvalgi bilimlar takrorlanadi. Shu jumladan og’zaki so’rovni yakka tartibda olib borish har bir talabaga individual yondashgan holda bilimlarini sinash hamda nutq shakllanishida mukammalikka borishga katta turtki beradi.
Yozma ravishda olib boriladigan Matematikaga oid misol va masalar maktab yoshidagi bolaning zehni oshishi va xotirasining mustahkam bo’lishini taminlaydi. Geometriya fanida esa o’quvchi shakllar tuzilishini tekislikda va 3 o’lchovli fazoda qanday joylashganligini o’z qo’llari asosida chizadi, shakllarning yuzi, hajmini topadi. Bu esa bola ulgayganda hayotda juda as qotadi. Masalan; Yer maydoni yuzini aniqlash, uy poydevorini qurush, xonalar ichini jihozlash, binolar dizaynini chizish va hokazolar. Fizika fanida esa jismlar massaini aniqlash, jimlarning tezligini, bosim, yorug’lik, moddaning qattiq, suyuq kabi turli xil jihatlarini aniqlashni o’rganishadi.
Mustaqil va yozma ishlar – o’quvchilarning bilim ko’nikmalarining natijaviyligini unumlashtirish maqsadini ilgari surilgan holda amalga oshiriadi. Mustaqil ishi yozish nutq, fikrni teranlashtiradi. O’quvchi (talaba) mustaqil ishi yozish mobaynida yangi bilimlarga ega bo’ladi.
Mustaqil ish turlari:
takrorlash va mashq qilish: takrorlash; tahlil qilish; qayta ishlash; mustahkamlash; chuqurlashtirish; eslab qolish; ko’nikma hosil qilish; malakani shakllantirish;
yangi bilimlarni mustaqil o’zlashtirish: yangi mavzular; axborot manbaini izlab topish va konspektlashtirish; mustaqil fikrlar tuzish;
ijodiy xarakterdagi ishlar: muammoli vaziyatlarni aniqlash; test va topshiriq tuzish; slaydlar tayyorlash; mustaqil qaror qabul qilish; yangi usullar yaratishga intilish.
Referat yozish bo’yicha ko’rsatmalar:
Referat tayyorlashda hal etilishi nazarda tutiladigan vazifalar: o’quv predmetning dolzarb nazariy masalalari bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirish, talaba tomonidan mavzuga oid olingan nazariy bilimlarni ijodiy qo’llash ko’nikmalarini hosil qilish; tanlangan kasbiy sohada mavjud mahalliy va xorijiy tajribalarni mavjud sharoitlarda ularni amaliy jihatdan qo’llash imkoniyatlari va muammolarni o’zlashtirish; tanlangan mavzu bo’yicha har xil manbalarni (monografiyalar, davriy nashrlardagi ilmiy maqolalar va shu kabilar) o’rganish qobiliyatini takomillashtirish va ularning natijalari asosida tanqidiy yondashgan tarzda mustaqil holda materialni ifoda etish, ishonchli xulosa va takliflar qilish; yozma ko’rinishdagi ishlarni to’g’ri rasmiylashtirish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Referat ustida ishlash tartibi: mavzuni tanlash; mavzu bo’yicha asosiy manbalarni o’rganish; zaruriy materiallarni konspektlashtirish; tadqiqot rejasini tuzish; yig’ilgan materiallarni tartibga solish va yozish; foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini rasmiylashtirish; referatni rasmiylashtirish.
Referatni rasmiylashtirish tartibi: A4 shakldagi qog’ozga 12-shrift, 1,5 interval, qog’ozning bir tomonida chapdan – 2,5 sm,
o’ngdan – 1,5 sm, yuqori va pastdan – 2 sm xoshiya qoldiriladi; matn sahifalariga tartib raqami beriladi, 1-titul varag’i, 2-reja, 3- betdan boshlab sahifalanadi; referat hajmi 20-25 betdan oshmasligi lozim.
Referat matnini rasmiylashtirish tartibi: titul varag’i; ish rejasi; kirish; asosiy qism (kamida 3 ta banddan iborat bo’lishi lozim); xulosa; foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati; ilova
Amaliy ish bu o’z mutaxassisligi bo’yicha o’rgangan bilimlarini amaliyotda qo’llash hisoblanadi. Hozirgi kunda Kasb-Hunar maktablarining turli sohalarida tahsil olayotgan o’quvchilarga amaliy mashg’ulotlarni amallarga oshirish uchun juda qulay sharoitlar yaratib berilmoqda. Misol tariqasida Asalarichilik yo’nalishida tahsil olayotgan o’quvchilar amaliy darslari maroqli o’tishi uchun asalari qutilari va bir qancha kerakli uskunalar bilan taminlangan. Tikuvchilik yo’nalishida tahsil olayotgan qizlarimiz uchun zamonaviy tikish mashinalar, EXM yo’nalishi o’quvchilar esa yangi kompyuterlar bilan ta’minlangan.
Amaliy mashg’ulotlar - talabaning nazariy ma’lumotlarni va umumiy fanni o’zlashtirish darajasi uning amaliy masalalarni, seminar mashg’uloti materiallarini bajarishi, masalalarni mustaqil yecha olishi, uy vazifalarini bajara olishi darajasi va samaradorligi bilan aniqlanadi. Shuning uchun talaba fanning har xil bo’limlaridagi tipik masalalarni mustaqil yechish ko’nikmalarini egallashi lozim. Bu jarayonda talaba o’rganilayotgan fanning ma’nosiga chuqurroq yetib borgan holda aniq amaliy masalalarni yechishda umumiy nazariy qonuniyatlarni qo’llay oladi. Buning uchun talaba amaliyot darslarida qiyinlik darajasi oshib boruvchi kamida 5-6 ta masala yechishi zarur. Darsdan tashqari mustaqil ish va uy vazifasi sifatida talabaga o’rtacha qiyinlikdagi va uslubiy manbalardan foydalangan holda yechish mumkin bo’lgan masalalarni berish maqsadga muvofiq.
Bunda o’tilgan nazariy ma’lumotlar va masalalar yechishning maxsus uslublaridan foydalanilishiga e’tibor berish kerak. Shunday qilib, talabani shu fanga kiruvchi har xil bo’limlarga oid masalalarni nazariy ma’lumotlarga tayanib yechishga o’rgatiladi.
Bu jarayonda quyidagi uslubiy xarakterga ega qoidalarni e’tiborga olish maqsadga muvofiq:
masalaning qo’yilishini qisqacha yozish, bunda berilgan ma’lumotlarning hamma-sini yagona birliklar sitemasiga o’tkazish, lozim bo’lganda ba’zi spravochnik o’zgarmaslarini kiritish;
masalani yechish jarayonida qo’llaniladigan barcha zaruriy qonuniyatlarni o’zida aks ettiruvchi noma’lum miqdorlarni izlashning mantiqiy yo’llarini topgan holda masalani tahlil qilish; masala shartining grafik tasvirini (eskizini) chiza bilish;
masalani yechishning ketma-ketligini izohlashlar bilan bajara olish;
o’lchamlarni tekshira olish, berilgan ma’lumotlardan to’la foydalana olish, yechimning ishonchliligini baholay olish;
masalaning yechimini yetarlicha aniqlik bilan hisoblay bilish; olingan sonli natijalarning mantiqiy maqsadini baholay bilish va ulardan zaruriy mexanik xulosalar chiqara bilish.
Talabaning amaliyot darslaridagi topshiriqlarni, uy vazifalarini va mustaqil ish topshiriqlarini bajarishini nazorat qilish va baholashning quyidagi uslubiga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq:
uy vazifalarini tekshirish;
nazorat topshiriqlarini bajarishini tekshirish;
dars davomida o’zlashtirishini nazorat qilish;
mustaqil ish topshiriqlari himoyasi. Amaliyot mashg’uloti topshirig’ini bajarishdan kutiladi-gan natijalar:
mavzu yuzasidan bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash; amaliy masalalarni yechishda nazariy tushunchalardan foydalana bilish;
masalani yechishning to’g’ri usulini tanlay bilish;
masalani mustaqil yechish ko’nikmasini hosil qilish;
masalaning yechimini mustaqil tahlil qila bilish.
Imtihon – maktab o’quvchilarning yil yakunida fanlarni qay darajada yaxshi o’zlashtirganlik darajasini aniqlovchi usullardan biri hisoblanadi. Imtihonni qoniqarli va a’lo baholar bilan topshirgan o’quvchilar yuqori sinfga o’tkaziladi, qoniqarsiz va past baho olgan o’quvchilar fanni qayta o’zlashtirib imtihonni qayta topshirishadi. Shuni takidlash lozimki imtihon o’quvchilarning fanlarni mustahkam o’zlashtirishlarini va mukammal bilim egallashlarini ta’minlaydi. Imtihon o’tkazish uchun Vazirlik tomonidan maktab bitiruvchilariga 5ta fan asosida imtihon o’tkazilishi to’g’risida buyruq beriladi. Bu fanlardan 3tasi majburiy fanlar bo’lib, 2tasi esa o’quvchilar tomonidan tanlangan holda o’tkaziladi.
Mustaqil ta’limning turli xil shakllari mavjud bo’lib, bunda asosiy e’tibor talabaning berilgan mavzularni mustaqil ravishda , ya’ni auditoriya tashqarisida bajarishi, o’qib o’rganishi va shu yo’nalish bo’yicha bilim va ko’nikmalarini chuqurlashtirishga qaratiladi.
O’qitish natijalarini nazorat qilish ta’lim jarayonining eng muhim sohasi hisoblanadi. Uning vazifasi o’qitish maqsadining amalga oshganlik darajasini aniqlashdan iborat. Nazorat maktab ta’limida o’qitish tamoili bo’lib, uning metodlari boshqa metodlar bilan yaqin aloqador hisoblanadi.
O’quvchi bilimini, mahoratini tekshirish va baholash ta’lim jarayonining muhim yuzilishi hisoblanadi.
Butun o’quv yili davomida sistemali, izchil va ta’limning puxtaligi prinslariga muvofiq ravishda olib boriladi. Shu bilan bilimni tekshirish va baholash bir necha turlarga bo’linadi. Ularning asosiylari:
Joriy nazorat;
Oraliq nazorat;
Yakuniy nazorat;
Chorak nazorati;
Yillik nazorat
O’tkazish va bitiruv nazorat imtihonlari kabilar.
Tekshirish va baholashning asosiy vazifalari;
-o’quvchi qanday bilim, malaka, ko’nikmaga ega ekanligi;
- ta’lim olish mahorati qay darajada ekanligi;
- o’quvchining dunyoqarashi va axloqiy-estetikasi kabi bir qancha vazifalari mavjud.
Mustaqil ta’limni tashkil qilishda foydalanadigan vositalar:
nazariy mashg’ulotlarda foydalanadigan vositalar (darslik; o’quv qo’llanma; masala va mashq to’plami; diapozitivlar; lug’atlar; masalalar to’plami; magnit yozuv; video yozuv; o’rgatuvchi dasturlar; multimedia va hokazo);
amaliy mashg’ulotlarda foydalaniladigan vositalar (yo’riqnomalar to’plami; tabiiy o’qitish vositalari; xarakatlanuvchi modellar; o’quv plakatlari; yo’riqnoma; texnologik xaritalar; trasparantlar; modellar; elektron kitoblar; maketlar; testlar va hokazo).
Do'stlaringiz bilan baham: |