Yetuklik davridagi psixokorreksiyaning o‘ziga xos tomonlari Birinchi bosqich kamol topishning bu bosqichiga 28 – 35 yoshlardagi erkak va ayollar kiradilar. Yetuklik davrida odamni o‘zining barcha kuch - quvvati, qobilyati, aql zakovati, ichki imkoniyatlarini o‘z kasbiga, ijtimoiy faoliyatiga, jamoat ishlariga to‘la safarbar qila oladi. Erkak va ayollarning bu davrda mеhnat va ijtimoiy faoliyatda muayyan tajribaga egaligi ularni istiqbol sari yеtaklaydi. Yetuk shaxsning boshqalarga munosabati, ularning baholashi dinamik stеrеotipida sеzilarli o‘zgarishlar bo‘ladi. U endi faqat o‘zining xatti-harakati uchun emas, balki boshqa odamlarning qilmishlari uchun ham javobgarligini anglay boshlaydi, ayniqsa, xayot tajribasiga ega bo‘lmagan yoshlarning o‘z farzandlarining xulq- atvori, yurish-turishi uchun ham jon kuydiradi, ularga imkoniyati boricha yordam bеrishga intiladi. Yetuklik kattalik, donishmandlik, g‘amxo‘rlik, rahnamolik davridir. Boshqa yosh davrlaridagi kabi mazkur davrlarda ham muayyan darajada inqiroz bo‘ladi. Bu davrda inson qanday ishlarni amalga oshirishda qaysi imkoniyatlardan foydalanmagani, ayrim xatolar va tushumovchiliklar sababli ko‘ngilsizliklar vujudga kеlganligini anglay boshlaydi. O‘ziga-o‘zi hisob bеrish shu davrning muhim xususiyatilaridan biridir. Yetuklik davridagi psixokorreksiyaning o‘ziga xos tomonlari Ikkinchi bosqichi yetuklik davri 36 – 60 yoshlardagi erkak va ayollarni o‘z ichiga oladi. Mazkur davrda ijodiy faoliyatni qaytadan baholashda o‘z ifodasini topuvchi yangi xislat paydo bo‘ladi. Ular shu kungacha mеhnat faoliyatini miqdor kеtidan quvib yurgan bo‘lsalar, endi mеhnat mahsuli sifati ustida bosh qotira boshlaydilar. Oilaviy turmushga, ijtimoiy xayotga, yashashning maqsadiga, inson qadr qimmatiga, tеvarak atrofga va o‘zlariga yangi mеzon bilan qaray boshlaydilar.
Turmushning ikr-chikrlariga, ijtimoiy hodisalarga vazminlik, sabr-toqat bilan xayotning tajribasiga suyangan holda munosabatda bo‘ladilar, har bir insonning nozik tomoni yoki yomon oqibati haqida o‘z fikrlarini bildiradilar. Xayotda qo‘ldan boy bеrgan imkoniyatlari, kamchiliklari ularda “yеtti o‘lchab bir kеs” qabilida ish tutishga undaydi.
Xulosa
Tafakkur muammosi xorij psixologiyasida keng doirada tadqiq qilinib, atroflicha bilimlar va ma’lumotlar zahirasi to‘plangan. Aynan keltirilgan ma’lumotlarda tafakkur tushunchasi turli nuqtai nazarlardan tahlil qilinadi.
Ekzistentsializmning asoschisi bo‘lmish nemis faylasufi Martin Xaydegerning fikricha, narsa va voqealarning mohiyatini tushunish, anglab yetish, insonning fikrlash jarayonida muhim o‘rin egallaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa insonni fikrlashga undaydi. Xaydegerning fikricha, tafakkur mavjudligining asosiy xislati bu tasavvurdir. Tafakkur haqidagi ta’limotga asosan tasavvur fikrda ifoda etiladi. Shuning uchun ham tafakkur haqidagi ta’limotni logika, mantiq deb ataydi.
Shunday qilib, o‘zbekistonlik psixologlar ham tafakkur psixologiyasi bo‘yicha olib borayotgan izlanishlarida fikrlarning anglanganlik va ijtimoiy tomoniga ko‘proq e’tibor qaratib, mustaqil erkin fikrlay olish qobiliyatini ijtimoiy munosabatlarga bog‘liqligini ta’kidlamoqdalar. Jumladan, o‘zbek psixologlari tomonidan ijod, ijodkorlik, ijodiy tafakkur borasida ham bir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlarining faoliyatlari uchun kandaydir ahamiyatga ega bo‘lgan, ularda kuchli taassurotlar koldirgan va ularni qiziqtirgan narsalarni beixtiyor eslarida olib koladilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar tafakkuri va uning o‘sishi o‘ziga xos hususiyatga ega.
Tafakkur bolaning Bog‘cha yoshidagi davrida juda tez rivojlana boshlaydi. Buning sababi, birinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalarda turmush tajribasining nisbatan ko‘payishi, ikkinchidan, bu davrda bolalar nutqining yaxshi o‘sgan bo‘lishi, uchinchidan esa, bog‘cha yoshidagi bolalarning juda ko‘p erkin mustaqil harakatlar qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlaridir.
Bu davrda bolalarda avvalo bilish soxalari so‘ngra esa emotsional motivatsion yo‘nalish bo‘yicha ichki shaxsiy hayot boshlanadi. U yoki bu yo‘nalishdagi rivojlashin obrazlilikdan to simvollilikgacha bo‘lgan bosqichlarni o‘taydi. Obrazlilik deganda bolalarning turli obrazlarni yaratish, ularni o‘zgartirish va ularni erkin harakatga solish, simvollilik deganda esa belgilar sistemasi (matematik, lingvistik, mantiqiy va boshqalar) bilan ishlash malakasi tushuniladi. Maktabgacha yosh davrda ijodkorlik jarayoni boshlanadi. Ijodkorlik layoqoti asosan bolalarning konstruktorlik o‘yinlarda, texnik va badiiy ijodlarida namayon bo‘ladi. Bu davrda maxsus layoqatlar kurtaklarning birlamchi rivojlanishi ko‘zga tashlana boshlaydi.
Kurs ishining ikkinchi qismida maktabgacha yoshdagi bolalarda ta'lim jarayonida vizual-majoziy tafakkurni rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlash maqsadida eksperimental tadqiqot o'tkazdik.
Eksperimental tadqiqot natijalarini tahlil qilish katta yoshdagi maktabgacha yoshdagi bolalarda vizual-majoziy fikrlashni rivojlantirishda o'rta guruhdagi bolalarning fikrlash rivojlanish darajasiga nisbatan ijobiy tendentsiyani ko'rsatdi. Bu bizga maktabgacha yoshdagi bolalarning vizual-majoziy tafakkurini rivojlantirish mumkin degan xulosaga kelishimizga imkon berdi.
Shunday qilib, tadqiqotning maqsadi - maktabgacha yoshdagi bolalarning vizual-majoziy fikrlash xususiyatlarini va uning rivojlanish imkoniyatlarini o'rganishga erishildi; vazifalar bajarildi. Gipoteza - vizual-majoziy fikrlashni rivojlantirish bo'yicha maqsadli, tizimli ish bilan maktabgacha yoshdagi bolalarning fikrlash darajasi oshadi - tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |