Mavzu: Taffakurni experimental o‘rganish Kirish



Download 102,41 Kb.
bet2/11
Sana14.06.2022
Hajmi102,41 Kb.
#668307
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Taffakurni experimental o\'rganish Kurs ishi

Ob’ekt tadqiqot – shaxsda taffakur jarayonlarini experimental o‘rganish, Mavzu: Taffakurni experimental o‘rganish
Maqsad tadqiqot – maktabgacha yoshdagi bolalarni taffakurni psixodiognostik o‘rganish.
Vazifalar:

  • Taffakur jarayonlari tòģrisida psixologik olimlarni fikirlari va shaxsda Taffakur jarayonlarni shakilantirish

  • Shaxsda taffakur jarayonlarini experimental o‘rganish

  • Maktabgacha yoshdagi bolalarni taffakurni psixodiognostik o‘rganish

  • Maktabgacha yoshdagi bollarda taffakurni rivojlantirish bo‘yicha psixokoreksiyon ishlar tahlili

Kurs ishi – kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat

1.BOB. Taffakur jarayonlari tòģrisida psixologik olimlarni fikirlari va shaxsda Taffakur jarayonlarni shakilantirish
1.1. Psixologik olimlarni taffakur borasida fikirlari

Tafakkur tushunchasi psixologiyaga oid adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Jumladan, umumiy psixologiya darsliklarida tafakkurga berilgan ta’riflar turlicha bo‘lib uning ikkita yoki uchta muhim xususiyati ta’kidlab o‘tiladi. Jumladan, P.I.Ivanovning darsligida «Tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq, to‘liq, chuqur va umumlashtirib aks ettirishga (bilishga), insonni tag‘in ham oqilona amaliy faoliyat bilan shug‘ullanishiga imkon beradi»1deb ta’riflanadi. Ushbu ta’rifda tafakkurning to‘la, aniq va umumlashtirilgan holda aks ettirishi ta’kidlab o‘tilgan.


Tafakkur – fakt va hodisalarni mavhumlashtirgan, umumlashtirgan holda va vositali ravishda aks ettirishdan, ular o‘rtasiga aloqa hamda munosabatlarni aniqlashdan iborat bo‘lgan bilish jarayonidir.



M.V.Gamezo «Tafakkur voqelikning umumlashgan holda va so‘z hamda o‘tmish tajriba vositalarida aks ettirilishi» 2 ekanligini bayon qiladi. U tafakkurning umumlashgan so‘z vositasida va vositali atrof-muhit hodisalarini aks ettira olishni ta’kidlab o‘tgan.
A.V.Petrovskiy tahriri ostidagi darslikda tafakkurga quyidagicha ta’rif keltiriladi: «Tafakkur - ijtimoiy sababiy, nutq bilan chambarchas bog‘liq muhim bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir, boshqacha qilib aytganda, tafakkur voqelikni analiz va sintez qilish, uni bavosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir».3
Keltirilgan ta’riflar orasida O.K.Tixomirovning darsligidagi ta’rif nisbatan to‘liqroq deb hisoblanadi. Unda tafakkur predmetiga kiruvchi tarkibiy qismlar mana bunday ifodalanadi: «Tafakkur - bu o‘z mahsuloti bilan voqelikni umumlashtirib, bavosita aks ettirishni xarakterlaydigan umumlashtirish darajasi va foydalanadigan vositalarga hamda o‘sha umumlashmalar yangiligiga bog‘liq ravishda turlarga ajratishdan iborat jarayon, bilish faoliyatidir».4
A.N.Leontev tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan mulohaza yuritib, tafakkurni turli ko‘rinishlarga ajratadi, fikr yuritish faoliyati ekanligini tan oladi, lekin uni predmetli-amaliy faoliyat deb nomlaydi. Shuning bilan birga tafakkurning tuzilishi, fikr yuritish motivatsiyasi to‘g‘risidagi nazariy metodologik muammolarni o‘rtaga tashlaydi. [17,18]
P.Ya.Galperin fikriga ko‘ra, tafakkur–bu orientirlash-tadqiqot faoliyati, orientirovka jarayonidir, ya’ni orientirovka-jarayon, orientirovka faoliyat. Muallif psixologiya fani intellektual masalalarni yechishda sub’ektning tafakkuriga orientirovka qilish jarayonini o‘rganishga asoslanadi deb tushuntiradi. P.Ya.Galperin tafakkurning boshqa jihatlarini o‘zining aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasidan kelib chiqqan holda yoritishga intiladi.
P.Ya.Galperin aqliy faoliyatni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasini ishlab chiqdi.Bu nazariyaga muvofiq, tushuncha va tafakkurning rivojlanishi bilimlarni o‘zlashtirishning tashkiliy jarayoni sifatida talqinetiladi, hamda tashqi moddiylashgan harakatlarning ichki aqliy holatga asta-sekin o‘tishini bildiradi.[15]
Tafakkur muammosi xorij psixologiyasida keng doirada tadqiq qilinib, atroflicha bilimlar va ma’lumotlar zahirasi to‘plangan. Aynan keltirilgan ma’lumotlarda tafakkur tushunchasi turli nuqtai nazarlardan tahlil qilinadi.
Ekzistentsializmning asoschisi bo‘lmish nemis faylasufi Martin Xaydegerning fikricha, narsa va voqealarning mohiyatini tushunish, anglab yetish, insonning fikrlash jarayonida muhim o‘rin egallaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa insonni fikrlashga undaydi. Xaydegerning fikricha, tafakkur mavjudligining asosiy xislati bu tasavvurdir. Tafakkur haqidagi ta’limotga asosan tasavvur fikrda ifoda etiladi. Shuning uchun ham tafakkur haqidagi ta’limotni logika, mantiq deb ataydi. [18]
K.R.Megrelidzening ta’kidlashicha, insondagi biror bir ruhiy hodisa ijtimoiy omilni hisobga olmasdan turib, to‘g‘ri tushuntirilishi mumkin emas. Bu narsa birinchi navbatda tafakkurga taalluqlidir. Tafakkurning ijtimoiy hayotning boshqa ko‘rinishlarisiz o‘rganish mumkin emas.
Inson tafakkurining usullari nerv tizimida ham, miyasida ham emas, balki bir davrda mana shunday tafakkur etishga, o‘ylashga, ishlashga, boshqa bir davrda esa nerv faoliyatini boshqacha ishlashga yo‘llaydigan ijtimoiy sharoitdadir.
Insonlar fikrlari va qarashlari individual tartibda emas, ijtimoiy munosabatlar tufayli sodir bo‘ladi. Bu haqda K.R.Megrelidze shunday yozadi: inson tafakkuri tabiiy va biologik qonunlar bo‘yicha emas, balki ijtimoiy - tarixiy qonuniyatlar yo‘lida harakatlanadi. Insonning fikrlash usuli avvalo ijtimoiy hodisadir. Fikr hech qachon o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, fikr biror narsa haqida, biror predmet haqida bo‘lishi mumkin. Predmetsiz fikrning bo‘lishi mumkin emas. Tafakkurning funktsiyasi miya faoliyati jarayonida kechadigan sub’ektiv psixologik jarayonlar bilangina chegaralanmaydi. Fikrlar va g‘oyalar erkin individual ijodning mahsuli emas, balki individning o‘zi kabi jamiyat va ijtimoiy munosabatlar mahsulidir. Shuning uchun inson tafakkuri bosqichlari, shakllari va usullari haqidagi jumboqning yechimini an’anaviy psixologiyadan emas, balki avvalo bu g‘oyalarning ijtimoiy kelib chiqishidan izlash kerak.
Amerika psixologiyasida vujudga kelgan bixeviorizm yoki hulq psixologiyasi oqimi o‘tgan asrning oxirlaridan boshlab hukm surib kelmoqda. Bixeviorizm oqimining asoschilari amerikalik psixologlar Dj.Uotson va E.Torndayklardir.
Dj.Uotson tafakkurning ichki nutq va noverbal tovushsiz imo-ishora, mimika, yelka qisishi, qosh suzish, kommunikatsiya va muloqotni birga qo‘shib, keng ma’noda tushunadi va uni uchta shaklga ajratib o‘rganadi. Nutq shakllaridan birini nutq malakalarini sekin-asta avj oldirish deb atadi. Tafakkurning ikkinchi shakli sub’ekt uchun yangi bo‘lmagan topshiriqni so‘z yordami bilan yechish, yarim-yortisi unutilgan she’rni eslashga harakat va nihoyat, uchinchisi yangi topshiriqni yaqqol ifodali harakat va so‘z yordami bilan yechish. Dj.Uotson uchun malaka u individual egallangan va o‘rganilgan xatti-harakatdir. Ushbu nazariya nuqtai nazaridan qarasak, tafakkur malakaga yaqinlashtirilib qo‘yiladi, chunki she’rni esga tushirish ham tafakkur deb talqin qilinadi. [14]
Dj.Uotson tilni o‘zlashtirishning ijtimoiy jihatlarini umuman hisobga olmagan, nutqning tuzilishi va rivojlanishiga sira e’tibor qilmagan. Nutq bilan tafakkur birligi to‘g‘risida tamoyilni anglab yetmagan, tafakkur va ongning hulq ko‘rinishi sifatida olib qaralgan.
Yuqorida keltirilgan tafakkur nazariyalarini tahliliy o‘rganish asosida shunday xulosa qilish mumkinki, barcha yondashuvlar uchun xos bo‘lgan umumiy jihat tafakkurning eng oliy psixik jarayon ekanligini, boshqa psixik jarayonlar va nutq bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘lishini va inson aqliy va amaliy faoliyatining asosini tashkil etishi e’tirof etilgan.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida tafakkur nafaqat nazariy, balki eksperimental tadqiqotlarning ham predmetiga aylana boshladi.
Akademik A.I.Berg shunday deb yozadi,- «inson faqat tashqi dunyo bilan to‘xtovsiz muloqot qilishi sharoitidagina uzoq vaqt fikrlashi mumkin. Tashqi dunyodan to‘liq informatsion ajralish bu aqldan ozishning boshlanishidir. Informatsion undovchi tafakkurning tashqi dunyo bilan aloqasi insonga oziq-ovqatdek, issiqlikdek zarur». Vyurtsburg psixologiya maktabi deb nomlangan psixologik oqim vakillari O.Kyulpe, K. Byuller, A.Messer, Ax Nartsiss va boshqalar tomonidan olib borilgan eksperimental tadqiqotlar tafakkur muammosining rivojiga ma’lum darajada hissa qo‘sha oldi. [15]
Vyurtsburg psixologiya maktabi vakillari tafakkurni hissiy bosqichda turgan psixik jarayonlarga, ya’ni sezgi va tasavvurlarga ajratib o‘rganishda ratsional bosqichdagi murakkab jihatlardan mexanik ravishda vujudga keladi, deb tushuntirish mumkin emasligini eksperimental yo‘l bilan isbotlashga harakat qildilar. Olib borilgan tadqiqotlarni o‘zlarining ustilarida o‘tkazib, natijalarni ob’ektiv bo‘lishiga kamroq e’tibor berganlar.
Vyurtsburg psixologiya maktabining namoyondalari tafakkur bu ichki harakat, aktdir deb qaray boshlaydilar. O‘zini-o‘zi kuzatish metodidan foydalanib, ish tutishda ular mana bunday ifodaning ma’nosini tushuntirib berishlari lozim, tafakkur haddan tashqari mashaqqatliki, shunga qaramay ko‘pchilik shunchaki hukm chiqarishni ma’qul ko‘radilar. Shuningdek, ular oldida munosabatlarni o‘rnatish qism, yaxlit, tur, jins ob’ektning nisbati va o‘zaro munosabatlarini ushbu munosabatlarning aniq a’zolarini tafakkur qilishni aniqlash vazifalari turadi. Shuning bilan birga ularning barcha tadqiqotlari ob’ektiv metodlarni izlashga oid faoliyatlarida avj oldi. Jumladan, N.Ax tomonidan sun’iy tushun-chalarning shakllanishi bo‘yicha dastlabki metodika yaratildi. Mazkur nazariya vakillari tafakkurni munosabatlarning aks etishi bilan bog‘lab, tafakkurni munosabatlarning birlamchi qarab chiqish, yoinki birlamchi ma’lumot berish manbai sifatida talqin qiladilar. Tafakkur taraqqiyoti masalasini ko‘tarib chiqib, o‘sishning fikrlarni faollashtirish orqali amaliy faoliyatdan tafakkurni mutlaqo ajratib qo‘ydilar. Tafakkurni tadqiq qilishning asosiy metodi - bu o‘z-o‘zini kuzatish ekanligini tan oladi, xolos. Mazkur muammo gnoselogik nuqtai-nazardan olib qaralganda ushbu pozitsiya idealizm izmiga kirib borayotganligini anglab olish unchalik qiyin emas. Vyurtsburg maktabi namoyondalari tafakkurni alohida mustaqil bilish faoliyati sifatida aniq ko‘rsata bildi. Biroq tafakkurni amaliyotda nutqdan va hissiy obrazlardan qat’iy ajratib tashladilar.
O.Zelts tafakkurni intellektual operatsiyalar harakati sifatida qabul qilgan. U o‘z oldiga fikr yuritish faoliyatining u yoki bu jihatlari qay yo‘sinda shakllanishini kuzatish, intellektual faoliyat bosqichlarini ko‘rsatish aqliy faoliyatning produktiv va reproduktiv ko‘rinishidagi ziddiyatlarni bartaraf qilish vazifasini qo‘ydi. O.Zelts masala yechish jarayonini o‘rganishda umumiylikka ega bo‘lgan masalani vujudga keltirish bosqichlariga alohida e’tibor berib, elementlar bilan predmetlar munosabatini ajratib ko‘rsatadi.[16]
Shunday qilib, O.Zelts psixologiya tarixida birinchi bo‘lib tafakkurni jarayon sifatida ekspremental metodlar bilan tadqiq qilgan, intellektual operatsiyalar va ularning tarkibiy qismlarini nazariy va amaliy jihatdan ta’riflab bergan, izchil ilmiy metodlarga asoslanib, o‘rganishga butun vujudi bilan intilgan psixologdir.
Germaniyada vujudga kelgan geshtaltpsixologiyaning ko‘zga ko‘ringan namoyondalari X.Erenfels, V.Keler, K.Kofka va boshqalar tafakkur muammosiga oid tadqiqotlarni keng qamrovli tarzda olib borishgan. Jumladan, V.Kelyor antropoidlarning intellektual harakatlarini eksperimental o‘rganish natijasida yuqori darajada taraqqiy qilgan maymunlarning aqliy harakatida inson harakatiga xos o‘xshashlik borligi to‘g‘risida xulosa chiqaradi.
V.Kelyorning fikricha, topshiriqni yechish mexanizmi quyidagilardan iborat: organizmning optik maydonidagi vaziyatlarning muhim elementlari bir butunlikni, ya’ni vaziyat elementlariga, geshtalt ichiga kirib, geshtaltda qaysi joyni egallashga bog‘liq ravishda yangi ahamiyat kasb etadi. Vaziyatning muhim elementlaridan namoyon bo‘luvchi geshtaltchilar muammosi vaziyatda organizmda ba’zi bir zo‘riqishlar ta’sirida vujudga keladi, topshiriqni yechish muammoli vaziyatning qismlari yangi geshtaltda yangi munosabatda tafakkur qilina boshlaganida tugallanadi. Masalani yechish aniq qadamlarni yuzaga keltiruvchi geshtalt sifatida maydonga chiqadi.
Geshtaltchilar tafakkur psixologiyasining qator muammolarini ko‘tarib chiqadilar, chunonchi ijodiy tafakkurning o‘ziga xosligi, tafakkur jarayonida yangilikning vujudga kelishi, bilimlar bilan tafakkur nisbati, topshiriqni bajarish jarayonida asta-sekin va birdaniga yechish yo‘lini qo‘llash kabilar. Tafakkurni psixologik o‘rganishda funktsional rivojlanish g‘oyasini amaliyotga tadbiq qilish ham ma’lum darajada geshtalt psixologiya namoyondalarining xizmati hisoblanadi.
Shunga qaramasdan V.Kyoler M.Vertgaymer, K.Dunkerlarning eksperimental tadqiqotlari tafakkurning asosiy mexanizmlaridan biri bo‘lgan predmetlarni yangi aloqalar va munosabatlar aloqadorlik jihatini ochish qaratilgandir. Ammo ular ham mazkur muammoli vaziyatda individning amaliy va nazariy aqliy faoliyatlari rolini mutlaqo tan oladilar.
Respublikamizda tafakkur masalasiga bag‘ishlangan ko‘plab tadqiqot olib borilgan. M.G.Davletshin o‘quvchilarda mustaqil fikr, ijodiy tafakkurning rivojlanishi muammosiga e’tibor qaratgan bo‘lsa E.G‘oziev O‘zbekistonda tafakkur psixologiyasini keng yoritgan olimlardan biridir. Uning fikricha, inson tafakkuri o‘zining mustaqilligi jihatidan mustaqil va nomustaqil tafakkur turlariga bo‘linadi. E.G‘oziev inson tafakkurining ontogenezda rivojlanishi va tafakkur turlari haqida fikr yuritib o‘smirlik davri ijodiy tafakkurning taraqqiy etish uchun qulay imkoniyatlarga ega ekanligini ko‘rsatib o‘tgan.
E.G‘.G‘ozievning ta’kidlashicha, «Oliy ta’lim uzluksiz ravishda ijodiy tafakkurni talab qiladigan muammoli xarakterdagi topshiriq va masalalar sistemasidan iboratdir. Har bir ma’ruza, seminar mashg‘uloti, hatto laboratoriya ishlari ham muammoli vaziyat elementidan tuzilgan bo‘ladi. Ularni hal qilish ijodiy izlanishni vujudga keltiradi, tafakkurni kamolot sari yetaklaydi. Topshiriqni mustaqil bajarish o‘spirinlardan tafakkur operatsiyalari va shakllaridan unumli foydalanishni talab qiladi”5.
V.M.Karimova, R.I.Sunnatova, R.N.Tojiboevalar fikrni tarbiyalash muammolarini uyg‘unlashtirgan holda yoritib beradilar. Biror narsa yoki ro‘y beradigan voqea-hodisa xususida miyamizdan o‘tgan tuyg‘ularimiz fikrdir. Fikrlarni tartibga solish, ularni o‘z o‘rnida ishlatib va boshqarib turishga javobgar bo‘lgan jarayonni psixologlar fikrlash yoki tafakkur deb ataydilar. Inson hayotini fikrsiz, fikrlashsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Mualliflar fikrni ijtimoiy mohiyatini ochib berib: «Fikrlashni jamiyatga bog‘liq hodisa deyish mumkin». Tasavvur qiling: Sizda biror muammo yoki biror masala yuzasidan fikr bor. Bu fikr sizga juda ma’qul va uni siz mantiqan asoslangan deb hisoblaysiz. Agar shunday ishonch, hattoki e’tiqod bo‘lsa, siz albatta kimlar bilandir uni o‘rtoqlashish ehtiyojini sezayotganligingizni anglaysiz. Agar bu fikrni «pishib yetilmaganiga» biroz bo‘lsa ham ikkilansangiz, bu fikrni aytmay qo‘ya qolasiz yoki juda yaqin kishingiz bilan o‘rtoqlashishga intilasiz.
Professor V.M.Karimova o‘zining qator maqola va risolalarida shaxsning jamiyatdagi mavqei va undagi yuksak insoniy fazilatlarning fikrlash jarayonidagi mustaqil mavqeiga bog‘liqligiga jamoatchilik diqqatini qaratib «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi”ni bajarish jarayonidagi ta’lim islohotlarida dastlab o‘quvchi va o‘qituvchilarning mustaqil fikrlashlari uchun shart-sharoitlar yaratish zarurligi va bunda eng avvalo o‘quv faoliyatida kechadigan ijtimoiy psixologik muhitning yetakchi roliga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlaydi.
E.Z.Usmonova tafakkurning eng muhim tavsifnomasi - bu tafakkur va nutqini yaqin hamda o‘zaro bog‘liqligidir, deb ko‘rsatib o‘tadi. Muallifning fikricha, u yoki bu fikr yaxshi ifodalanadi. Aksincha, qandaydir bir fikrni so‘zlar yordamida shakllanishi, qanchalik takomillashgan bo‘lsa, shu fikrni shunchalik aniqlashadi va tushunarli bo‘lib boradi.
R.I.Sunnatova fikrlash faoliyatining individual psixologik xususiyatlarini o‘rganib, bu xususiyatlar qator mustaqil yoki mustaqil emaslik, o‘zini-o‘zi baholashda konstruktiv - destruktivlik, fikrlash faoliyatida qaror qabul qilish bo‘yicha shaxslararo o‘zaro ta’sirdagi holatlarda konfliktni yoki konformlilikni ifodalaydi.
Professor Z.T.Nishanova tomonidan o‘quvchilarda tafakkur va mustaqil ijodiy fikrlashning yoshga bog‘liq rivojlanishi masalalari borasida bir qator fikrlar keltirilgan. Ayniqsa mustaqil ijodiy fikrlashni shaxsda shakllanishi mexanizmlari unga ta’sir etuvchi komponentlarning mohiyatiga oid fikrlarni keltirib o‘tgan.
Shunday qilib, o‘zbekistonlik psixologlar ham tafakkur psixologiyasi bo‘yicha olib borayotgan izlanishlarida fikrlarning anglanganlik va ijtimoiy tomoniga ko‘proq e’tibor qaratib, mustaqil erkin fikrlay olish qobiliyatini ijtimoiy munosabatlarga bog‘liqligini ta’kidlamoqdalar. Jumladan, o‘zbek psixologlari tomonidan ijod, ijodkorlik, ijodiy tafakkur borasida ham bir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Download 102,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish