Mavzu: tafakkur



Download 447,82 Kb.
Sana21.05.2022
Hajmi447,82 Kb.
#605478
Bog'liq
tafakkur


Mavzu: TAFAKKUR
Fikrlash faoliyati nutq shaklida namoyon boʻladi. Nutq aloqasi jarayonida insonning hissiy mushohada doirasi kengayib qolmay, orttirilgan tajriba boshqa kishilarga ham beriladi. Inson oʻzining T.i, nutqi hamda ongli xatti-harakati bilan boshqa mavjudotlardan ajralib turadi. U fikr yuritish faoliyatida oʻzida aks ettirgan, idrok qilgan, tasavvur etgan narsa va hodisalarning haqiqiyligini aniqlaydi, hosil qilingan hukmlar, tushunchalar, xulosalar chin yoki chin emasligini belgilab oladi.
Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Insonda tafakkur bo`lganligi va tafakkur bilan chambarchas nutq bo`lganligi tufayli u hayvonlardan farq qiladi, shu sababli u ongli mavjudotdir. Inson o`z atrofidagi olamda bo`lgan buyumlar va hodisalarni ongli ravishda idrok qiladi. Ongli ravishda eslab qoladi hamda esga tushiradi va ongli ravishda harakat qiladi. Tafakkur atrofdagi olamni bilish qurolidir va inson amaliy faoliyatini vujudga kelishi uchun shartdir. Biron narsa to`g`risida tafakkur qilish jarayonida fikr paydo bo`ladi, bu fikrlar insonning ongida hukm va tushunchalar shaklini oladi. Tafakkurning bilish faoliyatidagi roli avvalo bizning idroklarimiz va fikrlarimizning voqelikka qanchalik muvofiq bo`lishini, bo`lar haqiqat yoki xato, chinmi yoki yolg`on ekanligini belgilashda o`z ifodasini topadi. Bunday tafakkur qilish eng oddiy amaliy voqelikda namoyon bo`ladi
Tafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; obʼyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. T. atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. U sezgi, idrok, tasavvurlarga qaraganda voqelikni toʻla va aniq aks ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. T. — inson miyasining alohida funksiyasi. Uning nerv fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining oʻzaro munosabatidan iborat. T. jarayonida insonda fikr, mulohaza, gʻoya, faraz kabilar vujudga keladi va ular shaxsning ongida tushunchalar, hukmlar, xulosalar shaklida ifodalanadi (qarang Ong). T. til va nutq bilan chambarchas bogʻliq ravishda namoyon boʻladi. Fikrlash faoliyati nutq shaklida namoyon boʻladi.
Psixologiyada T. voqelikni umumlashtirish darajasiga, muammoni yechish vositasi xususiyatiga, holatlarning inson uchun yangiligi, shaxsning faollik koʻrsatish darajasiga koʻra bir necha turlarga (koʻrgazmali harakat, koʻrgazmaliobrazli, amaliy, nazariy, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, mavhum, ijodiy va h.k.) ajratib tadqiq qilinadi. Ijtimoiy hayotda, taʼlim jarayoni va ishlab chiqarish.da odamlar oʻrtasidagi aloqa va munosabatlar ham T. yordamida namoyon boʻladi. Jamoada tanqidiy qarash, oʻzini oʻzi tanqid, baholash, tekshirish, oʻzini oʻzi tekshirish, nazorat qilish, oʻzini oʻzi nazorat qilish, guruhiy mulohaza yuritishdan iborat T. sifatlari vujudga keladi. Insonning inson tomonidan idrok kilinishi ham T. bilan uzviy aloqadadir.
Voqelikning sezgilardagi va idrokdagi in`ikosning o`zi chinakam bilim bo`ladi. Masalan: biz quyoshning har kuni sharqdan chiqib, g`arbga botayotganini hammamiz ko`ramiz (idrok qilamiz). Biz erni qimirlamay turganini, asrlar davomida qilgan fikriy faoliyati natijasidagina uzoq davom qilgan kuzatishlar o`tkazish va matematika yo`li bilan tadqiqotlar qilish natijasidagina haqiqatda quyosh er atrofida aylanmasdan, balki er o`z o`qi atrofi va quyosh atrofida aylanayotganligini aniqladik. Demak, kuyoshning harakati to`g`risidagi bizning bevosita idrokimiz voqelikka to`g`ri kelmas ekan. Voqelikni to`g`ri aks etishi tafakkur bilan aniqlanadi. YUqoriroq bosqichlarda bunday fikrlash tafakkur jarayonlarida hosil bo`lgan hukmlar va tushunchalarning chinligini yoki chin emasligini aniqlashda ifodalanadi.
Ijodiy ishlar, kashfiyotlar, ixtirolar, takliflar T.ning mahsuli hisoblanadi. Psixologiya T.ning filogenetik (insoniyat paydo boʻlishi davri), ontogenetik (kishi umri davomida) bilishga oid tarixiy jihatlarini ham oʻrganadi. Hozirgi zamon fanining juda koʻp murakkab masalalari T.dagi mantiqiy jarayonlarni yanada chuqurroq oʻrganishni taqozo etmoqda.
Masalan, “O`zbekistonning hamma fuqarolari qonun oldida tengdirlar.” Bu hukmda ayrim bir kishi to`g`risida hukm qilmasdan, balki O`zbekistonning hamma fuqarolari to`g`risida fikr yuritamiz. Narsa yoki hodisalar to`g`risidagi eng muhim bog`lanishlar va munosabatlar tafakkur yordami bilan ochiladi. Siz qalamni barmoqlaringiz bilan 20 sm balandda ushlab turibsiz. Barmoqlaringizni ochib yuborsangiz qalam stol ustiga to`shadi, uning taqillagani eshitiladi. Biz bu hodisalarni birin-ketin idrok qilamiz va ularni xuddi shu tartibda tasavvur qilishimiz mumkin. Lekin biz bunda hodisalarni ma`lum vaqt ichida birin - ketin sodir bo`lishini idrok qilamiz, holos. Ammo ayni vaqtda tafakkur yordami bilan bu hodisalarning bir - biriga qonuniy bog`lanishdagi chuqurroq sabablar va bundan kelib chiqadigan natijalar ochiladi.
Biz hodisalarning birin - ketin o`tayotganligini qayd qilib qolavermaymiz, balki birinchi hodisa bo`lgani uchun ikkinchi hodisa ro`y berdi, undan keyingina hodisalarning har qaysisi (masalan, tovush) oldindan hodisa ro`y berganligi uchun (qalam stolga urilgani uchun) sodir bo`ladi, deb aniq qilib aytamiz va oldingi hodisaning ro`y berganligi keyingi hodisaning muqarrar keltirib chiqarganligini anglaymiz. Bu hodisalar ularning ma`lum bir vaqt ichida birin - ketin sodir bo`lganligini idrok qilganimizdan tashqari ular o`rtasida sabab - natija tariqasida bog`lanishi, ya`ni qonuniy bog`lanish bor, deb aniq qilib aytamiz. Biz shu sabab - natija tariqasidagi bog`lanishning o`zini bevosita idrok qila olmaymiz.
Astronomlar osmondagi jismlarning harakat qonunlarini bilganliklari uchun quyosh yoki oy qachon tutilishini rosa aniq qilib oldindan aytib beradilar. SHarq mutafakkirlari jamiyat taraqqiyoti qonunlarini ochib berganlar. Bu qonunlarni bilish ijtimoiy - siyosiy voqealarning qay tarzda borishini (bilish tufayli mumkin bo`lmoqda) oldindan bilib turish imkoniyatlarini beradi.
Download 447,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish