O’zgaruvchi xarajatlar-ishlab chiqariladigan tovar miqdorini oshishiga yoki kamayishiga ta’sir qiladi va ishlab chiqarish xajmi o’zgarishiga bog’liklikda o’zgaradi. Unga xom ashyo, material, yonilg’i-transport xizmati, ishchilar ish xaqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi.
Ishlab chiqarishning xar bir darajasida doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar yigindisi umumiy yoki yalpi xarajatlar ni tashkil qiladi.
Doimiy (FC), o’zgaruvchi (VC) va yalpi (TC) xarajatlarning grafikdagi ifodasini 4-chizma orqali ko’rishimiz mumkin.
3-chizma. Doimiy, o’zgaruvchi va umumiy (yalpi) xarajatlarning grafikdagi tasviri.
Umumiy doimiy хarajatlar mahsulot hajmini ko’payishi yoki kamayishiga qarab o’zgarmaydi.
Maxsulot birligini ishlab chiqarishga qilinadigan sarf xarajatlarni xisoblash uchun O’rtacha umumiy, O’rtacha doimiy va O’rtacha o’zgaruvchan xarajatlar tushunchalaridan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |