Mavzu: Tabiiy shamollatiladigan omborda sig’imiga mos holda 100 tonna donni joylashtirish uchun talab qilinadigan qadoqlash materyallari turi va miqdori hissoblansin Reja


Tabiiy shamollatiladigan omborda sig’imiga mos holda 100 tonna donni joylashtirish uchun talab qilinadigan qadoqlash materyallari turi va miqdori hissoblansin



Download 46,97 Kb.
bet2/2
Sana04.02.2020
Hajmi46,97 Kb.
#38746
1   2
Bog'liq
don


2.3. Tabiiy shamollatiladigan omborda sig’imiga mos holda 100 tonna donni joylashtirish uchun talab qilinadigan qadoqlash materyallari turi va miqdori hissoblansin.

Donning sifati va saqlanuvchanligi ko’p jihatdan yigim-terim jarayonlariga bog’likdir. Mazkur jarayonlar qanchaliik sifatli tashqillashtirilsa hosil sifati va mikdori shuncha yuqori bo’ladi. Yig’im-terim ishlarini o’z vaqtida va qisqa muddatda to’g’allash, nobudgarchilikning oldini olish don ekinlaridan mo’l hosil yetishtirishning asosiy garovidir.

Mamlaqatimizda don ekinlari 2 xil usulda yig’ib olinadi:

- to’g’ridan-to’g’ri;

-avval o’rib, keyin yig’ib olish.

Don ekinlari hosilini avval o’rib keyin yig’ib olish asosiy usul hisoblanadi. Bunda donlar mum pishiqlik davrida o’ruvchi mashinada yerdan 15-25 sm balandlikda o’rilib, quritish uchun ang’izga tashlab ketiladi. Donning luppi pishib yetilishi quritish paytiga to’g’ri keladi quritilgan don mahsus mexanizatsiyalar yordamida yig’ishtirib olinadi va yanchiladi hosilni oldin o’rib keyin yig’ib olish usulining afzalligi shundaki, bunda o’rim to’g’ridan-to’g’ri yig’ishga nisbatan 5-6 kun erta boshlanadi, nobudgarchilik keskin qamayadi. Don ekinlari hosili oldin o’rib keyin yig’ib olinganda, uning fiziqaviy urug’lik va nonvoylik sifatlari to’g’ridan-to’g’ri o’rib, yanchilgan donnikiga qaraganda ancha yaxshi bo’ladi. Ayniqsa qalin va baland bo’yli shuningdek begona o’t bosgan, bir tekis yetilmagan va yerga yotib qolgan don ekinlari hosilini yig’ib olishda bu usul yaxshi natija beradi.

Ko’pgina don turlarida, shuningdek o’rim muddati kechiqqanda o’simliklar past bo’yli va siyrak chiqqanda to’g’ridan-to’g’ri o’rib yanchish amalga oshiriladi hosilni to’g’ridan-to’g’ri yig’ib olish uchun ekin dalasi mumkin qadar begona o’tlardan holi bo’lishi, o’simliklar bir tekis o’sgan bo’lishi va hosili bir vaktda pishib yetilgan bo’lishi lozim. To’g’ridan-to’g’ri yig’ib olish usulida terim muddatini mumkin qadar qisqartirish lozim, bu esa yuqori hosil garovidir. Terim muddati qanchalik cho’zilib ketsa, donlar to’qila boshlaydi va nobudgarchilik shuncha ortadi.

Mamlaqatimizda hosilni to’g’ridan-to’g’ri terib olishda 10-12 kunlik terim muddati joriy qilingan.

Donli ekinlar asosan mexanizatsiya yordamida yigishtirib olinadi. Mexanizatsiya turi, ishlash prinsiplari va marqalari donning sifati va xususiyatlariga qatta ta‘sir ko’rsatadi. Donni iloji boricha mexanik tekshirish shiqast yetqazmay, begona aralashmalarsiz yig’ib olish lozim xozirgi kunda mamalaqatimizda donni sifatli yigishtirib olish uchun zamonaviy ilgor texnologiyalar joriy qilingan. Jumladan, Ameriqaning «Keys» kompaniyasining zamonaviy, yukori samaradorlikqa ega bo’lgan mashinalaridan mexanizatsiya ishlarida keng kulamda foydalanilmokda.

Donni yig’ib olingandan keyin dastlabki saqlash va ularni don korxonalariga tashish.

Don mahsulotlarini qayta ishlash korxonalariga topshirishdan oldin don dastlabki saqlash uchun xo’jaliklar omborxonalariga yoki xirmonlarga joylashtiriladi. Bu bosqich don partiyasiga bog’lik holda bir necha soat va so’tqadan bir oygacha va undan ortiq, bo’lishi mumkin. Donni dastlabki saqlashda zararkunandalar bilan zararlanishi, namlanib kolishi va mikroorganizmlar rivojlanishidan juda ham extiyot qilish lozim.

Donning zararlanishiga ko’pincha uni xirmonlarda, dala sharoitlarida, o’tgan yilgi qoldiqlardan yaxshi tozalanmagan omborxonalarda saqlash sabab bo’ladi. Bunday donlar keyinchalik yaxshi nazorat qilinmasa, namiqib va o’z-o’ qizib ketishi mumkin. Bu holat yangi o’rilgan donni darxol joylashtirish va donni qizib turgan holida joylashtirishlarda ham kuzatiladi.

Don massasi sifatining pasayishi uni tashish jarayonida ham kuzatilishi mumkin. Don massasining sifati va saqlanuvchanligi ko’p jihatdan yig’ib olingan zahoti joylashtirilgan joyning sharoitiga bog’liq. Don yig’ib olingan zahoti darhol belgilangan manzilga yetqazilishi lozim. Donning mexanizatsiya vositalari bunkerlarida qolib ketishi uning sifatini pasayishiga olib keladi.

Yukoridagilarga bog’liq, holda don ishlab chiqarish korxonalariga turli holat va sifat ko’rsatkichlariga ega bo’lgan holda keltiriladi.

Keltirilgan don massasiga mas‘uliyatli munosabatda bo’lish talab etiladi.

Qabo’l qilingan don to’g’ri analiz qilinishi va sifati buyicha aniq ajratilishi lozim. Bundan tashqari ularga xujjatlarni rasmiylashtirish lozim. Saqlashda to’g’ri rejimlarni qo’llash va zamonaviy ishlov berish tizimlarini joriy qilish lozim. Bu esa don korxonalarining iktisodiyotini yanada oshirishga olib keladi.

2.4.Don saqlanadigan omborxonalar tavsifi

Don va urug’lik saqlanadigan omborxonalar don uyumlarining fizik va fiziologik xususiyatlarini inobatga olib qo’riladi. Bundan tashqari, omborxonalarga ko’plab talablar qo’yiladi. Jumladan, texnik, texnologik, foydalanish buyicha va iktisodiy talablar. Shunga ko’ra omborxonalar yog’och, tosh, pint, temir-beton, temir va boshqa har xil qurilish materiallaridan foydalanib barpo qilinadi. Bo’lardan foydalanish don omborxonalarini qaysi maqsadlarga belgilanganligiga, maxalliy sharoitga, donlarni saqlash muddatiga qarab ham iqtisodiy imkoniyati e‘tiborga olinib amalga oshiriladi.

Don omborxonalari yetarli darajada pishiq va mustaqqam bo’lishi, polga (taxtaga) tuqilgan, devorlarga tirband don uyumi bosimi hamda shamol bosimiga va hoqazolarga bardosh bera olishi kerak. Har taraflama to’g’ri bajarilib barpo qilingan don omborxonalaridan meyorida foydalanilganda zax bo’lmaydi, shu boisdan bug’doy omborxonalarida havoning namligini deyarli yil davomida mu‘tadil 60—75 foiz darajasida bemalol ushlab turish mumkin. Bu esa hamma don turining bir xildagi namligini 13—15 foiziga to’g’ri keladi.

Don omborxonalari xodimlari saqlanilayotgan don uyumlarini har xil kemiruvchilar, qushlar zararkunanda hasharotlar hamda qanalardan yaxshi himoyalanishini ta‘minlashi kerak. Omborxonalar don uyumlarini

zararsizlantnrish va changlardan tozalash uchun qo’lay bo’lishi, mexnat sarfini qamaytirish maqsadida mexanizatsiyalashtirilishi lozim. Qishloq xo’jaligida don ishlab chiqarish tuliq mexanizatsiyalashtirilgan bo’lsada, ayrim jamoa va fermer xo’jaliklarida donlarga ishlov berishda texniqaga yetarli e‘tibor berishmayapti. Don yerga tukilgan holda va taralarga solib saqlanadi. Yerga tukib saqlash asosiy usul bo’lib, kengrok tarqalgan. Don uyumlarini yaxshi tukiluvchanlik xususiyati ularni har xil hajmdagi va shakldagi ulqan yashiklarni to’ldirishni osonlashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari ko’pchilik omborxonalarning sathi va hajmidan

(sig’imidan) samarali foydalaniladi. Bu ishlar arzonga tushadi va idish - tara olishga ortiqcha harajat talab etilmaydi. Biroq bir qism urug’larni taralarda caqlashga to’g’ri keladi. Masalan, elita urug’larni, ilmiy-tekshirish tashkilotlaridan olingan birinchi reproduksiyali urug’lar, makqajuxori urug’lari zavodlarda ishlov berilgandan so’ng, texnik va moyli o’simliklarning mayda tukiluvchi urug’lari hamda o’zidan o’t, efir chiqaruvchi ekinlar urug’lari va poliz-sabzavot urug’lari qoplarda saqlanadi. Qoplar pishiq, dag’al gazlamalardan, ichiga gazlama tuqilgan qog’oz qoplardan hamda kraft-qoplardan iborat bo’lishi kerak.



Don omborxonalari turlari. O’zbekistonda asosiy don omborxonalari bir qavatli, yonlama yoki qiyalangan polli ombor va elevatorlardan nborat. Bundan 20—25 yil avval jamoa va davlat xo’jaliklarida qurilgan omborlar sig’imi (50; 100; 160; 300 tonna) kichik

bo’lib, ko’pchiligi mexanizatsiyalashtirilmagandi. Hozir qurilayotganlarining hajmi 500 dan 5000 tonnagacha don sig’adigan omborlar bo’lib, unda tashish, tushirish va boshqa ishlar to’la mehanizatsiyalashtirilgan. Yig’iluv-temir-beton, g’isht, metallardan foydalanib barpo qilingan bunker turidagi omborlar har xil mehanizmlar bilan jihozlangan. Bo’lardan tashqari, taralarni alohida saqlaydigan, donlarni soladigan, uni dorilaydigan va muntazam shamollatish uskunalari o’rnatilgan bo’limlariga ega bo’lgan omborxonalar ham mavjud. Donlarni qayta ishlovchi (tegirmon, yorma va ozuqa-yem ishlab chiqaruvchi zavodlar) korxonalar, davlat qaramog’idagi non mahsulotlari, don qabo’l qiluvchi punktlar, qatta sig’imli omborxonalardan tashqari elevatorlar ham bor. Zamonaviy elevator — bu donlarni qabul qilib, qayta ishlab, saqlab va iste‘molchilarga tarqatadigan baquvvat sanoat korxonasidir. Bunda donlar nste‘mol konditsiyasiga yetqazilib, sifati bo’yicha bir xil turlarga ajratilib, xalq xo’jaligining u yoki bu maqsadlariga ishlatish uchun mo’ljallangan.

Elevator asosan ikki qismdan-ichki minora va bir nechta yem (silos) korpuslaridan iborat. Don uyumlari 30 metr va undan baland bo’lgan yem saqlagichlariga solinadi. Elevator sig’imi yem miqdori, saqlagichlarning balandligi va ko‘ndalang kesimiga bog’liqdir. Yem saqlagichlar monolit yoki yig’ma temir-betondan barpo qilinadi. Ular to’g’ri burchakli va silindr shaklida bo’ladi. Silindr shaklidagi yem saqlagichlarni bir qator qilib joylashtirilganda ularning orasida ko’pincha yulduzchalar deb ataladigan qo’shimcha bo’laklar hosil bo’ladi. Yem saqlagichlarning sig’imi ko’pincha 150 tonnadan 600 tonnagacha boradi. Bunday don uyumlarining tukiluvchanligi va saqlanish xususiyatlari yaxshi bo’lishi kerak. Shuning uchun donlarni elevatorlarda saqlashda faqat quruq va biroz quruq donlar bilan to’ldirilishiga e‘tiborni qaratish kerak.

Ishchi minoraning balandligi 50—65 metr bo’lib, uning qavatlarida don tozalagich mashina, aspiratsion moslama, avtomat tarozi, ayrim hollarda quritgichlar joylashgan bo’ladi. Har xil maksadlar uchun belgilangan (tayyorlovchi, tegirmonli va boshqa) elevatorlar turli texnologik tizimlarga ega. Elevatordagi donlar haraqatining umumiy jarayonini qo’yidagicha tasavvur qilish mumkin: vagonlarda, mashinalarda keltirilgan don uyumlari don qabul qiluvchi punktlarning elevator minorasi tagida joylashgan handaklarga kelib tushadi. U yerdan qatta chumichlarda (har birining bir soatdagi ish unumi 100—350 tonna) donni elevator mnnorasining yuqori qismidagi avtomat tarozilariga ko’tarib beradi, keyin don o’zining harakati bilan minorani qavatlarda joylashgan don tozalagich mashinalariga kelib tushadi. Shundan so’ng kerak bo’lsa don uyumlari don quritgichlariga yo’llanadi. Har xil qo’shilmalardan tozalanib va yaxshi quritilgan don uyumlari yana minoraning yukori qavatlariga yo’naltiriladi, u yerda har tomonga tarqatuvchi moslamalar yordamida yem saqlagichlar ustidagi transportyorlarga yo’llanadi va uning yordamida don uyumlari aralashtiriladi hamda yem saqlagichlarga solinadi. Yem Elevatorlardagi jarayonlarni boshqarish uchun marqazlashgan boshqaruv joyi bo’lib, unda dispetcher pult yordamida hamma texnologik jarayonlarni boshqaradi.

Elevatorlar qaysi maqsadlarga mo’ljallanganligi va qurilgan joyiga qarab 25—140 ming tonnagacha don sig’adigan hajmda bo’lishi mumkin. Elevatorlardan omborxonalar bilan birga kompleks ravishda foydalanilsa ancha qulay bo’ladi. Ishlov berilgan donlarni omborxonalarda saqlash elevatorlarda saqlashga nisbatan arzonga tushadi. Shuning uchun, elevator birinchi navbatda donlarga ishlov berishda, don tunlamlarini junatish uchun qulay bo’lgan hamda uzok, muddat saqlash kuzda to’tilgan vaqtda ishlatilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Don uyumlari elevatordan qanchalik ko’p o’tqazilsa uning rentabelligi shuncha yuqori bo’ladi.

Donni uyum va maydonchalarda vaqtincha saqlash.

Mamlakatimizda don saqlash omborxonalari ko’payib borishiga qaramasdan, hosilni yig’ib olish vaqtida ayrim tuman va viloyatlarda xo’jaliklarda yetishtirilgan hosilni vaqtincha uyumlarda saqlashga majbur bo’lib qolinmokda. Uyum deb ma‘lum bir qoidaga asosan omborxonadan tashqarida ochiq havoda tukilgan yoki qoplarga joylashtirilgan donlarga aytiladi. Don uyumlarini saqlash davrida har xil tashqi muhit sharoitining tezda ta‘sir etishi ularni saqlashga chidamliligini juda pasaytiradi.

Ayniqsa, bunday sharoit kuz va baxor oylariga to’g’ri keladi. Donlarni uyumda saqlashga uni ichki qismida kechadigan jarayonlar ustida kuzatish ishlarini olib borish qiyinlashadi. Shu sababli, o’z-o’zidan yonib ketish va hasharotlar bilan zararlanishni o’z vaktida payqash qiyinlashadi. Bundan tashqari, donlar uyumda ifloslanadi, buziladi va qushlar, kemiruvchi hayvonlar tomonidan osongina nobud qilinadi. Ko’pchilik rivojlangan davlatlarning tajribasidan ma‘lumki, donlar ochiq uyumlarda saqlanganda to’plangan hosil 10—30 foizgacha yo’qotilishi mumkin.

Urug’li donlarni ochiq havoda uyumlarda saqlash qat‘iyan man etiladi. Agar yangi o’rib olingan hosilni vaktincha uyumlarda saqlashga majbur bo’lib qolinsa, vaqtda uyum uchun maydon tanlashga, donlarni uyumlarga joylashtirish hamda ustini yopish usullariga e‘tiborni qaratish kerak. Uyum uchun maydonchalar to’g’ri, tekis, suv to’planib qolmaydigan qilib tashkil etiladi. Maydon har tomonlama avtomobillarni shamollatish uskunalarini joylashtirish va boshqa chiqishi uchun, don tozalagich mashinalarini, muntazam ishlarni bajarish uchun qulay bo’lishi lozim. Maydon asfal‘tlanishi yoki yer qattiq jipslanib (trambovka) ustiga taxta yoki plyonqa tushaladi. Maydonchani shunday tashkil qilish kerakki, uyum balandligining eng uchli qismi kuz-kish paytida bo’ladigan shamol yo’nalishiga to’g’ri kelsin.

Donlarni uyumga joylashtirishdan oldingi tayyorgarlik ishlari ham qatta ahamiyatga ega. Namlik qanday bo’lishidan qat‘iy nazar, ularni maydonchaga joylashtirishdan avval 80S va undan past haroratgacha sovitilishi kerak. Bunday qilishning sababi uyumda kana va hasharotlarning faol rivojlanishini yo’qqa chiqaradi, o’z-o’zidan yonib ketish darajasini pasaytiradi. Faol shamollatish qurilmasidan foydalanib donlarni transportyor zanjiridan o’tqazish yo’li bilan donlar sovitiladi. Bunda so’tkalik haroratdan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir. Faqat quruq va o’rtacha namlikdagi don uyumi oldindan sovitilib keyin ustini yopish tavsiya qilinadi. Oldindan sovitilmagan hamda namligi teng namlikdan yuqori bo’lgan don uyumini yopish shart emas, aks xolda tezda o’z-o’zidan yonib ketish jarayoni boshlanishi mumkin. Uyumlar ustini yopish uchun brizent, bardon, plyonqa va shunga o’xshash matolardan foydalaniladi. Shuni yana bir marta ta‘kidlash kerakki, donlarni vaqtincha uyumlarda saqlash bu eng oxirgi choradir. Vatanimizning janubiy mintaqalarida ozuqa-yem donlarini saqlash zarur bo’lib qolsa, uni omborxonadan tashqarida ochiq yerda saqlash yaxshi natija beradi.



XULOSA

Bugungi kunda mamlakatimiz g’allachiligida sug’oriladigan sharoitlarga yaxshi moslashuvchan, kasallik va zararkunandalarga, tabiatning noqulay omillariga chidamli, hosildor, yuqori sifatli don beradigan navlarni yetishtirish texnologiyasi ishlab chiqilib ishlab chiqarishga taqdim eilmoqda. Galdagi vazifa yetishtirilgan donlarni sifatli saqlashni taminlab, don sifat ko’rsatkichlarini oshirish va turli don mahsulotlarini xalq xo’jaligiga yetkazib berishni taqazo etmoqda.

Dunyo miqyosida, shu singari mamlakatimizda ham yuqori sifatga ega bo’lgan bug’doy donlarin saqlash usullari ustida ko’plab ilmiy va amaliy ishlar olib borilmoqda. Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar hamda tajriba natijalaridan kelib chiqib, donni sifatli saqlash usullari bo’yicha qo’yidagicha xulosa qildik.

Donning sifati va saqlanuvchanligi ko’p jihatdan yigim-terim jarayonlariga bog’likdir. Mazkur jarayonlar qanchaliik sifatli tashkillashtirilsa, hosil sifati va mikdori shuncha yuqori bo’ladi. Yigim-terim ishlarini o’z vaqtida va qisqa muddatda tugallash, nobudgarchilikning oldini olish don ekinlaridan mo’l hosil yetishtirishning asosidir.

Don omborxonalari yetarli darajada pishiq va mustahkam bo’lishi, xar taraflama to’g’ri barpo qilingan don omborxonalaridan meyorida foydalanilganda zax bo’lmaydi, shu boisdan ham omborxonalarda namlikni deyarli yil davomida mu‘tadil 60-75 % darajasida bemalol ushlab turish imkoni yaratiladi.

Elevatorlardan omborxonalar bilan birga kompleks ravishda foydalanilsa ancha qulay bo’ladi. Ishlov berilgan donlarni omborxonalarda saqlash elevatorlarda saqlashga nisbatan arzonga tushadi. Shuning uchun, elevator birinchi navbatda donlarga ishlov berishda, don to’plamlarini junatish uchun qulay bo’lgan hamda uzoq muddat saqlash kuzda tutilgan vaqtda ishlatilsa, shuningdek don uyumlari elevatordan qanchalik ko’p o’tkazilsa uning rentabelligi shuncha yuqori bo’ladi.

Don amalda saqlangan kunlar bo’yicha hisoblanadi. Agar don partiyasi bir yildan oshiq saqlansa, har bir keyingi yilda tabiiy kamayish 0,04 % ni tashkil etadi.

Bug’doy donini saqlashda saqlash usullari alahida ahamiyat kasb etadi.

2016-2018 yillar davomida turli usullarda saqlangan bug’doyning ayrim navlari donini saqlash davrida sifat ko’rsatkichlarini saqlash usullariga bog’liq holda o’zgarishi aniqlandi.

Don massasini sovitilgan holda saqlash termoanabioz qonuniyatiga asoslangan.

Unda don tarkibidagi turli xil tirik komponentlar past harorat ta‘sirida o’z faoliyatini sekinlashtiradi yoki bo’tunlay to’xtatishi mumkin. Shu bilan birga, donda bo’ladigan bir qator fiziologik va biokimyoviy jarayonlarning kechishi ham sekinlashadi. Don massasidagi begona aralashmalarnnng ham hayot faoliyati ancha sustlashadi.

Saqlanayotgan bug’doy navlarini passiv shomollatish davrida faol shamollatishga nisbatan iqtisodiy samaradorlik pasayib, korxonaning moliyaviy ahvoli yomonlashib borishiga olib kelishini inobatga olib, saqlash davrida faol shamollatish usulini qo’llash maqsadga muvofiq.

Iqtisodiy jihatdan yuqori samaraga erishish uchun korxona bug’doy doni haroratini 10 0 S doimiy saqlash va o’z vaqtida meyor darajasida faol shamollatish bilan birga donlar namligini 12-14% saqlasa donlarni uzoq vaqt sifatli saqlanishini ta‘minlaydi va iqtisodiy samaradorlikni oshishiga olib keladi.

TAKLIFLAR

Xalq xo’jaligi va iste‘molchilar manfaatini kuzda tutib don mahsulotlarini saqlash borasida quyidagilar tavsiya etiladi:

Bug’doydonininobudkilmasdansaqlashyokisaqlashdamassadagiyo’qotishlarniminimaldarajagakeltirish;

Saqlanadigan bug’doy donini sifatini buzilishiga olib keluvchi omillar ta‘sirini kamaytirish;

Saklash jarayonida bug’doy doni sifatini oshirish choralarini ko’rish;

Don mahsulotlarini yangi texnologiyalarini qo’llash va ish jarayonlarini avtomatlashtirish samaradorligini oshirish orqali mehnat sarfini qisqartirish.

Shuniningdek saqlanayotgan bug’doy donining saqlash jarayonida 12-14% namlik va haroratini 10 C0 da ushlab turilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.

Bug’doy donlari urug’lik uchun qog’oz qoplarda saqlansa sifat ko’rsatkichlari o’zgarmaydi. Shuningdek don uyumlari elevatordan qanchalik ko’p o’tkazilsa uning rentabelligi shuncha yuqori bo’ladi va 1 yil va 5 yil saqlangan bug’doy donlarining ishqalanish burchagi va ishqalanish koeffitsiyentida katta farqlar kuzatilmasligiga erishiladi.



III BUG’DOY NAVLARI DONINI SAQLASH USULLARI BO’YICHA IQTISODIY SAMARADORLIGI.

Ma‘lumki, mahsulot birligiga ishlab chiqarish sarf - xarajatlarini kamaytirish qishloq xo’jaligi rentabelligini asosiy sharti hisoblanadi. Bu maqsadga qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligini oshirish va yetishtirilgan mahsulotni sifatli saqlash yo’li bilan erishish mumkin.

Saqlanayotgan bug‗doy donini iqtisodiy samaradorligini aniqlash uchun saqlash jarayonlarida qilinadigan barcha sarf – harajatlarni hisobga olish zarur.

Yangi saqlangan bug‗doy navlarining passiv va faol shamollatish usullari bo’yicha aniqlash tajribasida iqtisodiy samaradorlik tadqiqot o’tkazilgan mazkur Qashqadaryo boshoqli don ekinlari seleksiYasi va urug‗chiligi ilmiy tadqiqot instituti kuzgi bug‗doyni saqlash uchun qabul qilingan mehnatga haq to’lash va boshqa to’lov meyoriy hujjatlar asosida ishlab chiqildi hamda jadvallarda keltirildi.

Bug‗doy donini saqlash usullarini iqtisodiy samaradorlikni topish uchun tajriba variantlaridan saqlangan donni davlat xarid narxiga ko’paytirish yo’li bilan umumiy daromad topildi. Umumiy daromaddan sarf harajatlar olib tashlanib, olingan sof foyda aniqlandi. Sof daromadni xarajatga bo’lib, rentabellik aniqlandi.

Ushbu tadqiqot natijalaridan bug‗doy doni iqtisodiy jihatdan samarali don ekanligi moliYaviy iqtisodiy faoliYatini Yaxshilashda muhim ahamiYat kasb etishini alohida ta‘kidlash lozim.

Bug‗doyni sotish bahosi tonna hisobida 2016 yilda 380000 so’m, 2014 yilda 418000 so’m (tovar bug‗doyning davlat harid bahosi) deb olindi.

2016 yilda: Bug‗doy navlari donlarini saqlash tajribasida iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari tahlili ( 3 - jadval)ga ko’ra, 1-variantda Yalpi daromad 1535 – 2185 ming so’m/ga ni, umumiy xarajat 1367,3 ming.sum/ga ni, sof daromad olinmasligi, 1 kg bug‗doyning tannarxi 24,5-32,1 so’mni, Rentabellik darajasi 9-55 % ni tashkil etdi.

2-variantida Yalpi daromad 1873-2428 ming so’m/ga ni, umumiy xarajat 1410 ming.sum/ga ni, sof daromad 464-1018 so’mni, 1 kg bug‗doyning tannarxi 22-29 so’mni tashkil etdi. Rentabellik darajasi 32-72 % ni tashkil etdi. Tajriba olib borilgan bug’doy navlari donini saqlash usullari bo’yicha iqtisodiy samaradorligi.



3.1-jadval


T/R

Variantlar

Navlar nomi

Yalpi daromad, ming.so’m

Umumiy harajat, ming.so’m

Sof daromad, ming.so’m

1 kg donning

tannarxi, ming.so’m

Rentabellik

darajasi,

%

2016 yilda

1

Passiv sovutish

1variant


Krasnodar-99

530,7

1367

-836,7

87,1

-61,2

2

Yaksart

757,1

1367

-610,2

61,0

-44,6

3

TanYa

759,4

1367

-608,0

60,9

-44,5

4

Hazrati Beshir

718,8

1367

-648,5

64,3

-47,4

1

Faol sovitish

2varian


Krasnodar-99

921,6

1367

-445,7

50,1

-32,6

2

Yaksart

1341,9

1367

-25,5

34,4

-1,9

3

TanYa

1340,7

1367

-26,6

34,5

-1,9

4

Hazrati Beshir

1249,5

1367

-117,9

37,0

-8,6










2017-yilda







1

Passiv sovutish

1variant


Krosnadar-99

1667,8

1410

257,8

32,1

18,3

2

Yaksart

2185,0

1410

775,0

24,5

55,0

3

TanYa

1936,9

1410

526,9

27,7

37,4

1

Faol sovitish 2variant

Krosnadar-99

1873,6

1410

463,6

28,6

32,9

2

Yaksart

2427,8

1410

1017,8

22,1

72,2

3

TanYa

2258,9

1410

848,9

23,7

60,2































2018-yilda







1

Passiv sovutish

1variant


Krosnadar-99

1443,5

1615

-171,5

46,8

-10,6

2

Yaksart

1482,5

1615

-132,5

45,5

-8,2

3

TanYa

1493,7

1615

-121,3

45,2

-7,5

4

Hazrati Beshir

1483,9

1615

-131,1

45,5

-8,1

1

Faol sovitish

2variant


Krosnadar-99

1872,6

1615

257,6

36,0

16,0

2

Yaksart

2219,6

1615

604,6

30,4

37,4

3

TanYa

2023,1

1615

408,1

33,4

25,3

4

Hazrati Beshir

2092,8

1615

477,8

32,3

29,6


2017 yilda: Tajribada iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari tahlili ( 4 - jadval)ga ko’ra, 1- variantda Yalpi daromad 1399 – 1494 ming so’m/ga ni, umumiy xarajat 1615 ming.so’m/ga ni, sof daromad olinmasligi, 1 kg bug‗doyning tannarxi 43,9-48,3 so’mni tashkil etdi.

Faolsovutish 2 variantidaYalpidaromad 1873-2299 mingso’m/gani, umumiyxarajat 1615 ming.sum/gani, sofdaromad 257-684 sumni, 1 kgbug‗doyningtannarxi 29-36 sumnitashkiletdi. Rentabellikdarajasi 16 dan 42,9 % gachaoshibbordi.



2018 yilda: 1-variantdaYalpidaromad 847-1136 mingso’m/gani, umumiyxarajat 1410 ming.sum/ganitashkiletib, sofdaromadolinmadi. 1 kg bug‗doyning tannarxi 47-63 so’mni tashkil etdi. Rentabellik -19 foizdan -38 foizgacha tushib bordi.

2-variantida Yalpi daromad 2022-2459 ming so’m/ga ni, umumiy xarajat 1551 ming.sum/ga ni, sof daromad 471-908 ming.so’m/ga ni, 1 kg bug‗doyning tannarxi 24-29 so’mni tashkil etdi. Rentabellik 30 foizdan 59 foizgacha ko’tarilib bordi.

Saqlanayotgan bug‗doy navlarini passiv shomollatish davrida faol shamollatishga nisbatan iqtisodiy samaradorlik pasayib, korxonaning moliYaviy ahvoli yomonlashib borishiga olib kelishini inobatga olib, saqlash davrida faol shamollatish usulini qo’llash maqsadga muvofiq.

Iqtisodiy jihatdan yuqori samaraga erishish uchun korxona bug‗doy doni namligini 10 0 S doimiy saqlash o’z vaqtida meyor darajasida faol shamollatish donlarni sifatli saqlanishini ta‘minlaydi va iqtisodiy samaradorlikni oshishiga olib keladi.



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. O‘zbekiston Respublikasini Yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiYasi to‘g‘risida Rasmiy nashr- Toshkent; ’’Adolat”, 2017-112 b

  1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsi'y javobgarlik-har bir rahbar faoliYatining kundalik qoidasi boiishi kerak.-Toshkent; ”O‘zbekiston”

  2. Bo’riyev X.Ch., Jo’rayev R., Alimov O. - Don mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash. T., “Mexnat”, 1997 y.

  3. Bo’riyev X.Ch., Jo’rayev R., Alimov O. - Dala ekinlari mahsulotlarini saqlash va ularga dastlabki ishlov berish. UzME., T, 2004

  4. Trisvyatskiy L.A., Lesik B.V., Kurdina V.N - Xraneniye i texnologiyaselskoxozyaystvennыx produktov.M.,“Kolos”,1991 y.

Internet ma’lumoitlari

  1. www.gov.uz

  2. www.agro.uz

  3. www.business.ru

  4. www.timacad.ru

  5. www.stat.uz

  6. www.lex.uz

Download 46,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish