shaklda? Qurt qay taxlit pilla o’raydi? Pilla o’rash qancha vaqt davom etadi? Pilla
ichida nima bo’ladi? Kapalak qanday paydo bo’ladi? U qancha vaqt yashaydi?
Kapalak hayoti qanday tugaydi?
Bunday savollar o’quvchilarning mustaqil aqliy faoliyatini rivojlantiradi,
chunki savollarga javoblar ishlab chiqarish kuzatishlari bilan quvvatlangan
bo’ladi. Suhbat metodi hikoya metodi bilan chambarchas bog’liq. Mavzuni
tushuntirgach, o’qituvchi albatta bilimlami o’zlashtirish darajasini aniqlash uchun
hikoya va namoyish qilinadigan ko’rgazmali qurol mazmuni bo’yicha suhbat
o’tkazadi.
Suhbatning o’quv jarayonida qanday o’rin egallashi va qanday didaktik
maqsad mo’ljallanganligiga qarab: kirish suhbati, takrorlovchi suhbat, bayon
qiluvchi suhbat va yakunlovchi suhbat kabilarga bo’linadi.
Kirish suhbatidan yangi bo’lim yoki yangi mavzuni o’rganish
oldidan
foydalaniladi. Uning maqsadi o’quvchilardagi darsda o’rganiladigan masala
bo’yicha tasavvurlarni aniqlash yoki tiklashdir. Chunonchi, 3- sinfda “Dala
o’simliklari” mavzusini o’rganishga kirisha turib, kirish suhbati vaqtida bolalarga
ushbu savollami berish kerak: Kim dalada bo’lgan? Dalalarda nimalar o’sadi? Siz
qanday madaniy o’simliklarni bilasiz? Siz qanday texnika o’simliklarini bilasiz?
Sizga qaysi g’alla o’simliklari ma'lum? Faqat shundan keyingina o’qiituvchi yangi
materialni tushuntirishga kirishadi.
Takrorlovchi suhbat o’iganilgan materialni mustahkamlash va fahmlab olishga
yordam beradi. U yangi material o’rganilgandan keyin, shu darsning o’zida mavzu
yoki bo’lim o’rganilgandan so’ng 5 daqiqadan 20-25 daqiqagacha vaqt davomida
o’tkaziladi. Takrorlovchi suhbat paytida ham mavzuni o’iganishdagi o’sha
ko’rgazmali qurol va tarqatma tabiatshunoslik materialidan foydalaniladi.
Bayon qiluvchi suhbat o’quvchilarning o’zlari borliqning jism va hodisalarini
kuzatishini nazarda tutadLo’qituvchi tomonidan yo’naltirilgan o’quvchilar o’zlari
uchun yangi obyekt va hodisalar bilan tanishadilar. Tirik tabiat burchagida
o’tkazilgan tabiat obyektlari va tajribalarni kuzatishlar natijasida o’quvchilarda
shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan atrof
olamga tadqiqiy yondashish shakllanadi.
Yakunlovchi suhbat. Yakunlovchi suhbat o’quvchilar o’rganilgan mavzu bo’yicha
xulosa chiqara olishlari uchun o’tkaziladi. Masalan, “Granit” mavzusi o’iganilgandan
keyin quyidagi savollar bo’yicha yakunlovchi suhbat o’tkaziladi: Biz qanday mavzu
bilan tanishdik? Qanday yangiliklarni bildik? Granit qanday tuzilishga ega? Granit
rangi nimaga bog’liq? Granit tarkibiga nimalar kiradi?Granitdagi kvars qanday
aniqlanadi? Sludadagi kvars-chi? Dala shpatidagi-chi? Granitning yemirilishi
natijasida nimalar hosil bo’ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: