Mavzu: tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi pedagogik fan sifatida



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/146
Sana31.12.2021
Hajmi1,21 Mb.
#252863
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Bog'liq
tabiatshunoslikni oqitish metodikasi - pedagogik fan sifatida



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  
OLIY VA IRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 
 
Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi 
 
 
 
 
 
Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi  fanidan  
 
MA’RUZA MATINLARI       
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Tuzuvchi:                                      G.Husanova 
 
 
 
N a m a n g a n   –   2 0 1 0   y i l  


1-MAVZU: TABIATSHUNOSLIKNI O’QITISH METODIKASI - 
PEDAGOGIK FAN SIFATIDA. 
 
Reja: 
1. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasining predmeti va vazifalari. 
2. Fanning asosiy vazifalari.  
3. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasini fanlar bilan bog’liqligi. 
Tabiatshunoslikni  o’qitish  metodikasi  tabiatshunoslikni  o’qitishda  bolalarni 
har  tomonlama  tarbiyalashning  mazmuni  va  metodlarini  ochib  beravchi  pedagogik 
fandir.  U  pedagogikada  ishlangan  tadqiqotlarga  asoslanadi  va  o’z  predmetini 
o’qitish  mazmuni  hamda  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  uning  metodlaridan 
foydalanadi. 
O’quvchilarga tabiatni o’rgatib borish bilan o’qituvchi ularni  ta'limni davom 
ettirish va amaliy faoliyat uchun zarur bo’lgan  bilimni o’quv va ko’nikmalar bilan 
qurollantiribgina  qolmay,  dunyoqarashi,  irodasi,  xarakterini  ham  shakllantiradi, 
aqliy  qobiliyatlarini  rivojlantiradi.  Shunga  ko’ra  tabiatshunoslikni  o’qitishning 
shakl va metodlarini ishlab chiqadi. 
O’qitish  jarayoni  o’zaro  bog’liq  bo’gan  qismlarni:  predmet  mazmunini, 
o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatini, fanni o’qitishni va ko’nikmalarni egallab olishni 
o’z ichiga oladi. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasining vazifalari qatoriga o’quv fani 
sifatida tabiatshunoslik mazmunini aniqlash, o’qitishning metod va uslublarini  tadqiq 
etish, zarur o’quv jihozlarini tayyorlash kiradi. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi 
faqat  o’qitish  jarayonini  ta'riflash  va  tushuntirish  bilan  cheklanib  qolmay,  balki 
qoidalarni  ham  ishlab  chiqadi,  o’qituvchi  ularga  asoslanib,  shu  fan  bo’yicha 
bolalarni muvaffaqiyatli ravishda o’qitishi mumkin. 
Tabiatshunoslikni  o’qitish  metodikasi  o’qituvchining  tayyorlanishidan  tortib, 
to o’quv materialini o’zlashtirish natijalarini,  jumladan, sinfdagi, uydagi, sinfdan va 
maktabdan tashqari ishlarni hisobga olishgacha barcha o’qitish jarayonlarini o’z ichiga 
oladi.  O’qitish  amaliyotini  har  tomonlama  o’rgatish  va  natijalarni  keyin  ijodiy 
umumlashtirish  asosida  o’qitishning  muayyan  qonuniyatlari  belgilanadi  hamda  uni 
yanada  yaxshilash  bo’yicha  tadbirlar  ishlab  chiqiladi.  Chunonchi,  o’rganilayotgan 
narsalarni (o’simlik va hayvonlarni) bevosita qabul qilish (bu to’g’ri tasavvur hosil 
bo’lishini  ta'minlaydi)  qonuniyati  asosida  predmetli  o’qitishni  qo’llash  bo’yicha 
aniq tadbirlar ishlab chiqiladi. 
Shunday  qilib,  tabiatshunoslikni  o’qitish  metodikasi  fanining  maqsadi 
boshlang’ich  sinf  o’qituvchilarini  bugungi  kun  talablari  asosida  yangi  pedagogik 
texnologiyalarni  qo’llab,  yosh  avlodga  tabiatshunoslik  fanini  o’rgatishga 
tayyorlashdir. Fanning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
1. Talabalarga tabiatshunoslik haqida eng zarur ilmiy-nazariy bilimlarni berish. 
2.  Boshlang’ich  sinflarda  tabiatshunoslikni  o’qitish  metodikasi  fanini  ta'limiy, 
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarini yoritib berish. 
3.  Talabalarga  tabiatshunoslik  fani  bazasida  zamonaviy  pedagogik  texnologiya 
haqida bilim berish. 
4.  Talabalarni  o’quv  metodik  adabiyotlar,  dastur  va  darsliklarni  tahlil  qilishga 
o’rgatish. 


5.  Talabalarni  tabiatshunoslikni  o’qitishning  turli  uslublari  va  yo’llari  bilan 
tanishtirish. 
6.  Talabalarda  mazkur  fandan  o’qitishning  turli  tashkiliy  shakllarini, 
uslublarini,  zarur  ko’rgazmali  qurollarni  to’g’ri  tanlash  malakalarini  hosil 
qilish. 
7.  Tabiatshunoslik  muammolariga  bag’ishlangan  maqolalar,  adabiyotlarga 
taqriz, annotatsiya yozishga o’rgatish. 
8.  Kuzatilgan  dars  va  darslardan  tashqari  tadbirlarni  mustaqil  metodik  jihatdan 
to’g’ri tahlil qilishga o’rgatish. 
9. Fanlararo aloqalar va ta'lim-tarbiya integratsiyasi asosida turli dars tiplari uchun 
ishlanmalar, reja-konspektlar tuzishga tayyorlash. 
10. Maktabda tabiatshunoslik darslarini o’tishda  ekologik  va  tabiatni muhofaza 
qilish jihatlarini ko’ra bilishga o’rgatish. 
11. Talabalarni Sharq mutafakkirlarining inson va uni o’rab  turgan tabiat bilan 
aloqalariga  bag’ishlangan  asarlari,  ularning  dunyoqarashlari  bilan 
tanishtirish,  shuningdek,  tabiatga  oid  aforizm,  ruboiy  va  she'rlardan 
tabiatshunoslik darslarida foydalanishga o’rgatish. 
Bundan 
tashqari, 
tabiatshunoslik 
o’qitish 
metodikasining 
-
umumpedagogik  va  o’ziga  xos  metodlari,  darsni  to’g’ri  tashkil  etish  tarixi  va  istiqbolli 
rejalar  tuzish,  darsdan  tashqari  tadbirlarni  tashkil  etish  usullarini  o’rganish  kabi 
masalalar ham ushbu fanning asosiy masalalaridan hisoblanadi. 
Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi fanining ikkinchi tomoni bu  metodikani 
yaxshi bilish jarayoni hisoblanadi. 
Metodika  o’qituvchi  tomonidan  o’quv  materialni  o’qitishning  muvofiq 
(ratsional)  ravishdagi  metod  va  vositalari  o’quvchilarning  tabiat  haqidagi  eng  sodda 
bilimlarni  egallashi  hamda  kelajakda  hayotda  qo’llay  olishi  o’quvchilar  uchun 
retseptlar  va  nasihatlar  majmuasi  bo’libgina  qolmasdan,  u  fan,  uning  tamoyillari, 
tabiatshunoslik  o’qitish  jarayonining  qonuniyatlarini  bilishga  ham  asoslangan. 
Metodika  o’quv  fanining  mazmuni,  ta'lim  va  tarbiya  metodlari  hamda  shakllarini 
ko’rib chiqadi. Metodikaning bu bo’limlari bir butun bo’lganligi uchun bir-birini 
to’ldiradi. 
O’quv ishlarining jihozlari hamda vositalari (qo’llanmalar) metodika asosida 
belgilanadi. Metodika nima uchun tabiatni o’iganish, nimani va qanday o’qitish, nima 
asosida va qanday tarbiya berish kerak, degan savollarga javob beradi. 
Tabiatshunoslik fanini o’qitilishining to’g’ri  yo’lga qo’yilishi  uchun maxsus 
o’quv  moddiy  bazaga,  ya'ni  o’quv  qurollari  bilan  jihozlangan  xona,  tirik  tabiat 
burchagi va o’quv-tajriba maydonchasiga ega bo’lishi kerak. Materialni o’ziga xos 
bo’lishi faqat tabiatshunoslikni o’qitish metodikasining o’ziga xosligini  emas, balki 
uning tarbiyaviy imkoniyatlarini ham belgilaydi. 
Tabiatshunoslikni  o’qitish  metodikasi  maktabda  hamma  tabiat  haqidagi 
fanlarni  o’qitishga  oid  masalalarni:  o’qitishning  g’oyaviy  yo’nalganligini, 
o’qitishning  mazmuni  bilan  metodlarning  birligini,  o’quv  ishlarining  shakllari 
o’rtasidagi izchillikni va barcha tarbiyalovchi ta'lim elementlarining yaxlitligini hamda 
rivojlanishini ko’rib chiqadi. 
O’qitish tizimi o’quvchilar bilimining puxta bo’lishi va ongiga yetib borishini 
ta'minlaydi.  Tabiatshunoslikni  o’qitish  metodikasi  barcha  predmetlar  uchun  umumiy 
tamoyillarga ega bo’lgan didaktik va  tarbiya  jihatidan  pedagogika  bilan  chambarchas 


bog’langan.  Maktabda  ta'lim-taibiya  jarayoni  amalga  oshiriladi  va  o’rganiladigan 
materialning  mazmuni,  uni  bayon  qilish  mantiqi,  o’qitish  metodlari  barcha 
shakllardagi  butun  ta'lim  jarayonini,  o’qituvchi  shaxsining  o’zi,  uning  fanga 
fidoyiligini ham tarbiyalaydi. 
Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi pedagogikada qo’llaniladigan tadqiqot 
metodlaridan  foydalanadi.  Tadqiqotchi  -  metodist  maktabda  tabiatshunoslikni 
o’qitish  jarayonini  kuzatadi,  kuzatilgan  faktlarni  tahlil  qiladi  va  taqqoslaydi, 
hodisalar  o’rtasidagi  qonuniy  bog’lanishlarni  aniqlaydi,  xulosa  va  umum-
lashtirishning  to’g’riligini  amalda  tekshiradi  va  buning  natijasida  tabiatshunoslikni 
o’qitish  tamoyillarini  belgilaydi.  Kuzatish  va  tajriba  tabiatshunoslikni  o’qitish 
metodikasi sohasidagi eng muhim metodlardir. 
Hozirgi  kunda  metodikaning  fan  sifatida  qaror  topishida  integratsiya 
(birlashish),  sintez  -  barcha  ilmiy  materiallarning  muammolar  bo’yicha  to’planishi 
hamda tahlil qilinishi, umumlashtirilishi, tizimga solinishi va yagona ilmiy nazariyaga 
keltirilishi  alohida  o’rin  egallaydi.  Metodika  o’qituvchi  ijodi  uchun  ta'lim  va 
tarbiyaning boy xazinasidagi xilma-xil metodlar, usullar va vositalarni  bilib olishga 
keng imkoniyatlar ochib beradi. 
Tabiatshunoslikni  o’qitish  metodikasi,  shuningdek,  fiziologiya,  anatomiya, 
gigiyena,  botanika,  zoologiya,  geografiya,  agrotexnika,  meteorologiya,  mantiq  va 
psixologiya  bilan  chambarchas  bog’liqdir.  Shu  fanlar  bilan  bo’ladigan  aloqa 
o’qituvchining o’sha fanlar asoslarini egallagan bo’lishida, ularning eng muhimlarini 
ajratib,  materiallarni  o’quvchilarning  yosh  xususiyatiga  mos  holda  tushuntira  olish 
uquvlarida namoyon bo’ladi. 
Shaxsning  kamol  topishi  va  rivojlanishi  uning  ayrim  ishlar,  munosabat  va 
xarakterni o’z ichiga olgan faoliyat jarayonida boradi. Bunda u yoki bu faoliyat turining 
-  o’qish,  mehnat,  o’yin,  muloqotlarning  dalillari  (motivlari)  alohida  ahamiyatga  ega. 
Muloqot  dalillari  har  qanday  darsning  tarkibiy  qismi  bo’lishi  kerak.  Uni  o’qituvchi 
hisobga olmasa, tabiat to’g’risidagi bilimlar imkoniyatini pasaytirb yuboradi. 
Shunday  qilib,  tabiat  bilan  to’g’ri  tashkil  qilingan  muloqot  kichik  yoshdagi 
maktab o’quvchilarida go’zallikni his etishni shakllantiradi, ularda o’z harakati va ishini 
o’zi baholay olish qobiliyatini rivojlantiradi, bu xislatlar xulq-atvorning odobiy hamda 
axloqiy  me'yorlarini  anglash,  atrofdagilarga  nisbatan  mas'uliyat  hamda  burchni 
tarbiyalash  uchun  zarurdir.  Tabiat  bilan  muloqot  jarayonida  o’rtoqlariga,  kattalarga 
hurmat va mehr vujudga keladi. 
Shuningdek,  tabiatshunoslikni  o’qitish  jarayoni  faqat  o’qituvchinigina  emas, 
balki  o’quvchilar  faoliyatini  ham  o’z  ichiga  oladi.  O’qitishning  natijasi  dasturda 
mo’ljallangan  materialning  puxta  o’zlashtirilganligi  bilan  belgilanadi.  Shuning 
uchun ham o’qitish metodlari va o’quvchilarga o’quv jarayonini tashkil etish shakllarini 
o’rganish,  ularning  materialni  o’zlashtirib  olish  jarayonini  o’rganishlari  bilan 
birga boradi. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish