Qo‘riqxonalar-tabiiy holda tabiatning barcha tarkibiy qismlari muhofaza qilinadigan maydon. Ularning asosiy vazifasi o‘simlik va hayvonlarning ayrim turlari, hamjamoalari, ayniqsa kam va yo‘qolib borayotgan turlarni o‘rganishga, ularni muhofaza qilishga alohida e'tibor berishdan iborat.
Buyurtmaxonalar-tabiatning ayrim bir burchagidagi hayvonlar yoki o‘simliklar qoplami, ayrim o‘simlik turlari va boshqalar saqlanadigan joy. Masalan: ovchilik, baliqchilik, o‘rmonchilik va boshqa buyurtmaxonalar.
Milliy bog‘lar-tabiiy landshaftlarning (noyob o‘simliklar va hayvonot turlari, o‘ziga xos o‘simliklar hamjamoalari) muhofaza qilinadigan maydon. Milliy bog‘lar qoriqxonalardan farq qilib, ulardan aholi dam olish, sog‘lomlashtirish va estetik zavq olish maqsadlarida foydalanadi.
Tabiat yodgorliklari — milliy, madaniy va tarixiy jihatdan tabiatning ayrim qismlarini muhofaza qilish uchun tashkil etiladi. Ularga ayrim asrdosh, kamyob daraxtlar, g‘orliklar, buloqlar, sharsharalar, tarixiy obidalar va boshqalar kiradi.
Shunday qilib, hozirgi davrda insoniyat oldida biologik xilma-xillikni saqlashdek muhim ekologik muammolar vujudga keldi. Biologik xilma-xillikni saqlab qolishda maktab o‘quvchilari faol ishtirok etishlari lozim. Tevarak-atrofimizda qanchalik yashil o‘simliklar qoplami кo‘p bo‘lsa, sayyoradagi hayot shunchalik go‘zal, barqaror va abadiy bo‘ladi. Har qanday choralar ko‘rilishiga qaramasdan ayrim yo‘qolib borayotgan turlarni saqlab qolishning hozirgi vaqtda iloji yo‘q bo‘lganligi uchun ularning genlarini saqlab qolish (genomlar bankini tuzish) choralari ko‘rilmoqda. Buning uchun o‘simliklarning urug‘lari yoki sporalari, hayvonlarning jinsiy hujayralari va tana hujayralari, to‘qimalarini konservatsiyalash usullari qo‘llanilmoqda. Ularni konservatsiyalashning eng samarali usuli-muzlatish (kriokonservatsiya)dir. Genetik injeneriyaning rivojlanishi natijasida yo‘qolib borayotgan hayvonlar va o‘simliklarning nodir genlarini ajratib olib, ularni bakteriyalarga kiritib, shu tariqada genlar bankini tuzish imkoniyati tug‘ildi. Hozircha kriokonservatsiyalangan yoki «genlar banki» sifatida saqlanadigan irsiy axborotni keyinchalik ko‘paytirish mumkin va shu tufayli bu turlarni qaytadan tiklash imkoniyati tug‘iladi.
Atrof-muhitning tozaligini saqlash faqat fauna uchungina emas, balki inson uchun ham katta ahamiyatga ega, chunki uning sog‘lig‘i atrof-muhitning holatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqdir. Shuning uchun ham ichimlik suvlarining tozaligini saqlash, zaharli kimyoviy moddalardan qishloq xo‘jaligida foydalanishni kamaytirish, shaharlarda havoning ifloslanishini kamaytirish juda katta ahamiyatga ega. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi qonunlarga rioya qilish mamlakatimizning hamma fuqarolari uchun majburiydir. Tabiatni, shu jumladan uning ajralmas qismi o‘simliklar dunyosini muhofaza qilish ayni zamonning eng muhim muammolaridan biriga aylandi.
Respublikamizning xilma-xil, foydali turlarga boy, bebaho o‘simliklarini muhofaza qilish bizning muqaddas burchimizga aylanmog‘i lozim. Biz faqat foydali o‘simliklarnigina emas. O‘zbekiston hududida o‘sayotgan har bir turni asrab-avaylashimz va ularni kelgusi avlodlarga hozirgisidan ham a'lo darajada in'om etishimiz kerak. Ha, sir emas, insonning salbiy ta'siri natijasida o‘simlik qoplamlari va turlarining soni tobora kamayib ketdi. Tabiatdan oqilona foydalanilmaslik tufayli ayrim yo‘qolib va kamayib borayotgan turlarni muhofaza qilish maqsadida maxsus hukumat qarorlari asosida 1979-yilda O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi ta'sis etildi.Hech shubxasiz, «Qizil kitob» nima, unga qanday o‘simliklar kiritiladi va unda kamyob o‘simliklar uchun qanday ma'lumotlar beriladi degan savollar tug‘iladi.“Qizil” kitobga kiritilgan har bir o‘simlik uning xavf ostida turganligidan dalolat beruvchi tashvishli signaldir. «Qizil kitob» ning mohiyati shundaki, u nabotot olamining kamyob, yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlari haqida mukammal ma'lumotlar beruvchi hujjat hamdir. «Qizil kitob» ning vazifasi jamoatchilik va davlat ijroiya muassasalari tabiat muhofazasi muammosiga jalb etishdan va turlar genofondini saqlab qolishga ko‘maklashishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitob» iga kiritilgan o‘simlik turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan tasnif (klassifikatsiya)ga binoan 4 ta guruhga ajratildi.
Yo‘qolgan yoki yo‘qolish arafasidagi turlar.
Yo‘qolib borayotgan turlar.
Kamyob turlar.
Kamayib borayotgan turlar.
Albatta, vaqt o‘tishi bilan kiritilgan guruhlardagi turlar biridan ikkinchisiga o‘tishi mumkin. «Qizil kitob» ni tuzishda asosan O‘zRFA “Botanika” ilmiy shlab chiqinsh markazida saqlanayotgan bir milliondan ortiq gerbariylardan va Rossiya FA «Botanika» institutidagi gerbariylardan hamda shu institutlardagi ilmiy manbalardan foydalanildi.1984-yili nashr etilgan O‘zbekiston Respublikasining «Qizil kitob» iga 163 tur o‘simlik kiritilgan bo‘lsa, uning 1998 yili chop etilgan
ikkinchi nashriga 301 tur o‘simlik kiritildi (80-rasm). Shunday qilib, keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar o‘lkamiz florasida yana 138 o‘simlik turini Qizil kitobga kiritish mumkinligini ko‘rsatdi. Qizil kitobning o‘zbek va rus tillarida yozilgan lkkinchi nashriga kiritilgan har bir turning o‘zbekcha, ruscha va lotincha (ilmiy) nomlar, kamyoblik darajasi, qisqacha botanik tavsifi, tarqalishi o‘sish sharoiti, tabiatdagi soni, ko‘payishi, o‘simlikning kamayib ketish sabablari, madaniylashtirilishi, muhofaza choralari, ilmiy manbalar, tarqalishini ko‘rsatuvchi xarita va o‘simlikning rasmi berilgan.
Birinchi sinfda kuzatishlar ikkinchi yarim yildan boshlab olib boriladi. Ob-havoning o‘zgarishlarini kuzatish g‘oyat muhimdir. Osmonning holatlarini kuzatish jarayonida “ochiq”, “bulutli”, “kam bulutli” tushunchalari; quyoshni kuzatishda – “sovuq”, “juda sovuq” (“ayoz”), “iliq”, “issiq”; Shamolni kuzatganda – “kuchli”, “kuchsiz” tushunchalari shakllanadi. Shu vaqtning o‘zida bolalar yog‘inning har xil turlari - yomg‘ir, qor, do‘l, tuman, qirov, to‘g‘risida tasavvurlar oladilar.
Bolalar asta-sekin ob-havoni kuzatish natijalarini kundaliklari va sinf tabiat kalendarida har kuni belgilab borishga o‘rganadilar. Ob-havo va shamolning kuchi darslikda keltirilgan shartli belgilar bilan belgilanadi.
Ob-havoni kuzatishdan tashqari o‘quvchilar o‘simlik va hayvonlar hayotidagi mavsumiy hodisalarni payqashga o‘rganib boradilar. Bolalar o‘simliklar faqat tabiatni bezatib qolmasdan, balki odamlar va hayvonlar uchun zarur ekanligini bilib oladilar. Ular oziq beradi, havoni hayot uchun zararli gaz va changlardan tozalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |