Mavzu: Tabiat atrof olam haqida tushuncha I. Reja



Download 0,73 Mb.
Sana07.04.2022
Hajmi0,73 Mb.
#533317
Bog'liq
1- mavzu


Mavzu: Tabiat atrof olam haqida tushuncha
I. Reja:
  • Atrof-olam va tabiat fani predmeti, maqsadi va vazifalari
  • Jonli-jonsiz tabiat
  • Biosfera. Yerda hayot paydo bo‘lishi.

Atrof-olam va tabiat bilan tanishtirish fanining maqsad va vazifalari, tabiat haqida tushuncha. Tabiatdagi ekotizimlar, biozenozlar haqida tushunchalarni shakllantirish va tabiat va tabiat olami haqidagi elementlarni bolalarga ilk yoshdan o‘rgatish haqidagi qarash va ta’limotlar haqida bilimlarni singdirish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni ma’naviy yetuk, axloqli, pok insonlar qilib voyaga yetkazishda atrof olam va tabiat bilan tanishtirish fani muhim ahamiyat kasb etadi. Uning maqsadi, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlash, tabiat bilan tanishtirish jarayonida tabiatga extiyotkorona munosabatda bo‘lish, Vatanga mehrli bo‘lish, ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirish, tabiat haqida mukammal bilimga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashdir.
Tabiatdagi narsalar ikki qismdan: jonsiz va jonli tabiatdan iboratdir. Jonsiz tabiatga yer, quyosh, oy, yulduzlar, suv, havo, toshlar, tuproq, jonli tabiatga esa o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, odamlar kiradi. Jonsiz tabiat deyilishiga sabab ular oziqlanmaydi, o‘smaydi, ko‘paymaydi, rivojlanmaydi. Masalan, toshni olsak, unga suv ham, havo ham kerak emas. Jonli tabiatga kiruvchilar esa oziqlanadilar, nafas oladilar, o‘sadilar va ko‘payadilar. Jonli tabiat vakillari o‘simlik, havo, suv, yorug‘lik, issiqlik va ozuqa bo‘lmasa yashay olmaydi.
Bolalarni ilk yoshidan hayvonot olami bilan tanishtirish orqali ularga mehr uyg‘otish, jonsiz va jonli tabiatni muhofaza qilish ekologik tarbiyaning dastlabki elementlaridan biri sifatida tadqiq etilishi lozim bo‘lgan muammodir. Ayniqsa, bu yo‘nalish maxsus o‘rganilmaganligi, hozirgi kunda esa davlat va jamiyatning barkamol shaxsga bo‘lgan ehtiyojining kuchayganligi dolzarb ekanligidan dalolat beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolarni atrof-olam va tabiat bilan tanishtirish orqali ahloqiy va estetik jihatdan tarbiyalash, jismoniy rivojlantirish barcha zamonlarda ham o‘ta dolzarb muammolardan hisoblangan.
Tabiat - goyat xilma-xil shakllari, tarkibiy kismlari bilan insoni-yatni kurshab turgan organik va anorganik olamlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi. Insoniyat esa undan paydo bo‘lib, ajralib chiqqan mavjudotdir. Shu bois uning bir mohiyati tabiiy (biologik), ikkinchi mohiyati ijtimoiydir. Tabiat tushunchasi ko‘proq keng va qisman tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda tabiat butun ob’ektiv borliq, real voqelik, turli-tuman ko‘rinish-lardagi olam. Tor ma’noda tabiat fan, asosan tabiiy fanlar tabiatshunos-lik o‘rganadigan ob’ektdir . Tabiatning adabiyotlarda ikki darajasi ajra-tib ko‘rsatiladi: birlamchi va ikkilamchi. Bularning birinchisi insoniyat-dan xoli, mustasno tarzda, sof tabiiiy holda mavjud bo‘lgan tabiatdir; ik-kinchisi insoniyat ishtirokida hosil etilgan tabiiy ne’matlar - tuproq, suv havzalari va kanallar, daraxtzorlar, ekinzoru mevazorlar, aholi maskan-lari - shahar, qishloq va boshqalar.
Tirik organizmlarning ma’lum bir muhitda yashash qonuniyatlarini, ya’ni organizmlarning o‘zaro va ularni o‘rab turgan atrof-muhit bilan bog-liq bo‘lgan hayot tarzini o‘rganadigan fan ekologiya deb ataladi .
Tabiat bolalarni estetik tarbiyalashning asosiy vositalaridan biridir. Tabiatning go‘zalligi hatto eng kichik bolalarni ham o‘ziga rom qilmasdan qolmaydi. Ularni tabiatni bilish jarayonida e’tiborlarini o‘rmonning shovqinlari, qushlarning sayrashi, barglarning shakli va rangi, gullarning hidlari, hayvonlarning harakatlariga qaratish kerak. Buning muhim jihati bola kelajakda o‘z hayotida dunyoning barcha va xilma-xil go‘zalliklarini idrok eta olishiga sharoit yaratishdir.
1.Tabiat inson ҳаётида qanday vosita?
2.Insoniyatning tabiatga nisbatan munosabatlarining xususiyatlari ular qanday?
3.Bolada tabiatga ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalashni siz qanday izohlaysiz.
4.Tabiat va jamiyat orasidagi munosabatlar sohasida ekologik muammolar qanday paydo bo‘ladi?
5.Insonning tabiatga ta’sir etishi” izohlab bering.
6.Tabiatning manzarasi bola shaxsiga qanday ta’sir kuchini ko’rsatadi?
7.Ekologik omil nima?
8.Ekotizim nima? Olimlar buni qanday izohlaydilar?
 
Nazorat uchun savollar
Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish