Mavzu: 3-sinf “Tabiatshunoslik” darsligi bilan tanishish va tahlil.
Reja
1.Tabiatshunoslik darsligi bilan tanishish.
2.Tabiatshunoslik darsligi tahlili.
Tabiatshunoslik nimani o’rganadi?
Tunda osmonda Oy va yulduzlar ko’rinadi. Kunduzi Quyosh Yer yuzini yoritadi va isitadi. Quyosh nuridan tog’, yaylov, o’rmon va cho’llardagi o’simliklar yayraydi. Tog’, o’rmon va cho’llarda turli hayvonlar yashaydi. Osmonda har xil qushlar parvoz qiladi. Ba’zida osmonda bulutlar suzib yuradi. Ayrim kunlari yomg’ir yog’adi. Havo soviganda esa yomg’ir qorga aylanadi. Qor va yomg’ir suvlaridan daryolar hosil bo’ladi. Ko’pgina daryolar suvi ko’l yoki dengizlarga quyiladi. Daryo, ko’l va dengizlar har xil suv o’tlari va suv hayvonlariga boy. Bularning barchasi tabiatdir. Kishilar kundalik faoliyatida foydalanadigan gaz, toshko’mir, metallar yer ostidan olinadi. Ular ham tabiatning tarkibiy qismi hisoblanadi. Shunday qilib, inson qo’li bilan yaratilgan narsalardan tashqari, atrofimizdagi olam tabiatni tashkil etadi.
Tabiat jonsiz va jonli tabiatga bo’linadi. Quyosh va yulduzlar, Oy, Yer, tosh, tabiiy gaz, bulut, havo kabilar jonsiz tabiatning tarkibiy qismlaridir.
Jonli tabiatga Yer yuzidagi barcha o’simlikla hayvonlar kiradi. Ular nafas oladi, oziqlanadi, o’zidan ko’payadi va rivojlanadi.
Yer ostidan vulqon otilishi, osmonda bulut hosil bo’lishi, chaqmoq chaqishi, momaqaldiroq gumburlashi, shamol esishi, yomg’ir yog’ishi, Quyoshning nur sochishi kabi jarayonlar tabiat hodisalaridir.Mazkur tabiat unsurlari va hodisalarini «Tabiatshunoslik» va tabiatga oid boshqa fanlar o’rganadi. Odamlar tabiatga qadimdan ta’sir etib kelgan. Kishilar yovvoyi hayvon turlaridan bir qanchasini qo’lga o’rgatdi, ya’ni xonakilashtirdi va ko’paytirdi. Inson aqlini ishlatishi va mehnat qilishi natijasida tabiiy o’simliklardan turli madaniy o’simliklar yetishtirildi. Odamlar suv omborlarini qurdi, kanallar qazib, suvsiz qaqrab yotgan yerlarni dala va bog’larga aylantirdi. Shularni inobatga olib, «Tabiatshunoslik» mashg’ulotlarida odamlar tomonidan yaratil gan madaniy O’simliklar, xonakilashtirilgan uy hayvonlari ham o’rganiladi. Odam havodan nafas oladi va tabiat bergan noz- ne’matlarni iste’mol qiladi. Odam salomatligi tabiat Dilan bog’liq. Shuning uchun «Tabiatshunoslik» mashg’ulotlarida odam va uning salomatligi ham o’rganiladi. Inson tomonidan yaylov, o’rmon hamda cho’llarning bir qismi dala va bog’larga aylantirildi. Bu joylarda shahar va qishloqlar barpo etildi. Yer osti boyliklari hisoblangan tabiiy gaz, neft, ko’mir, turli metallar ko’p miqdorda qazib olinmoqda. Tog’lardan boshlangan daryolarning toza va tiniq suvlari yo’lma-yo’l ifloslanmoqda. Dala va bog’larga oqib keladigan daryo suvlari kamaydi, ayrimlari manziliga bormay qurib qolmoqda. «Tabiatshunoslik» mashg’ulotlarida ushbu muammolarning oldini olish, ya’ni tabiatni muhofaza qilishga oid mavzular ham o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |