Mavzu: suv resurslaridan foydalanish hayotiy zaruriyat rеjа: Relelar xaqida umumiy tushunchalar



Download 17,81 Kb.
Sana07.09.2021
Hajmi17,81 Kb.
#167243
Bog'liq
vcv


MAVZU: SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH HAYOTIY ZARURIYAT

Rеjа:

1. Relelar xaqida umumiy tushunchalar

2. Ish printsipi bo‘yicha elektrik relelar uz navbatida quyidagi turlarga bo’linadi.

3. Elektromagnitli relelar.

SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH HAYOTIY ZARURIYAT

Malumki foydalanilayotgan suvning umumiy miqdori o‘tgan asrning 80 yillariga nisbatan iliga 64 mlrd/ m dan o‘rtacha 51 mlrd/ m (o‘rtadagi farq — 13 mlrd. Metr ub)gacha kamaytirildi; Istiqlolgacha bo‘lgan davrda 1 gektar sug‘oriladigan maydonga 10-11 ming metr kub suv ishlatilgan bo‘lsa, bugun bu ko‘rsatkich 6-7 ming metr kubni tashkil etadi; — Jami sug‘oriladigan 4,3 mln. gektar yer maydonini suv resurslari bilan ta’minlashda 180 ming km sug‘orish tarmoqlari, 160 ming dona suv xo‘jaligi inshootlari, shu jumladan 800 dan ortiq yirik gidrotexnik inshootlar, umumiy haj mi 19,2 mlrd/m bo‘lgan 55 ta suv omborlari, yillik elektr energiyasining umumiy sarfi 8,2 mlrd.kVt quvvatga teng 1614 tanasos stansiyalari, 4124 ta tik sug‘orish quduqlari faoliyat ko‘rsatmoqda; — O‘tgan asrning 80-90-yillarida 4,0 mln. gektar umumiy sug‘oriladigan yerlardan 2,0 mln. gektari (50 foizi) da paxta yetishtirilgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 1,2 mln. gektarni yoki jami sug‘oriladigan maydonlarning 30 foizini tashkil etadi; — Sholi maydonlari 180 ming gektardan 40 ming gektargacha kamaytirildi. Sug‘oriladigan yerlarning boshqa qismini suvni kam talab qiladigan va inson yashashi uchun zarur bo‘lgan boshoqli don, sabzavot-poliz va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari egalladi; — Suv resurslarini ma’muriy boshqaruv tamoyilidan havzaviy boshqaruv tamoyiliga o‘tkazilishi suvni samarali boshqarish va adolatli taqsimlash imkonini berdi. Hozirda 10 ta irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, 63 ta irrigatsiya tizimlari va magistral kanallari boshqarmalari faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek, dehqon va fermer xo‘jaliklari o‘rtasida suv munosabatlarini tartibga soluvchi 1501 ta Suv iste’molchilari uyushmalari tashkil etildi. Suv, bu – hayot, taraqiyotning muhim bir qismi Ma’lumki, respublikamiz hududida 11,47 km3 miqdorda ichki suv resurslari shakllanib, shundan 4,82 km3 – Amudaryo havzasiga, 6,65 km3 – Sirdaryo havzasiga to‘g‘ri keladi. Qolgan 80 foizdan ortig‘i esa, transchegaraviy suv resurslari hisobiga to‘ldiriladi. Umuman, mamlakatimiz iqtisodiyotida jami ishlatilayotgan suvlarning 88 foizi qishloq xo‘jaligi hissasiga to‘g‘ri keladi, qolgani – maishiy xizmat ko‘rsatish sohasi – 8 foiz, energetika – 1,5 foiz, sanoat – 2 foiz, baliqchilik– 0,5 foizni tashkil etadi. Bunday holat o‘z-o‘zidan mavjud suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni tashkil etish, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv xo‘jaligi inshootlari texnik holatini yaxshilash va ularni modernizatsiya qilish, suvni tejash texnologiyalarini keng ko‘lamda joriy etish, suv xo‘jaligi tashkilotlarining texnik bazasini mustahkamlash, suv iste’molchilari uyushmalari faoliyatini yanada yaxshilash, soha mutaxassislarining malakasini oshirishga qaratilgan islohotlarni taqozo etadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun tegishli huquqiy asoslar yaratilishi zarur bo‘ladi. Huquqiy asoslar va maxsus dasturlar. 2009 yilda O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuniga suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining majburiyatlarini yanada oshirish, ularning huquqiy maqomlari, vazifalarini aniq belgilashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ayni paytda Suv Kodeksi loyihasi ishlab chiqilmoqda. Suv xo‘jaligi inshootlarini zamonaviylashtirishga davlat byudjetidan juda katta mablag‘ ajratilayotgani hech kimga sir emas. Respublika bo‘yicha har yili o‘n minglab kilometr magistral kanallar, sug‘orish va nov tarmoqlari, qanchalab gidrotexnik inshootlar va gidropostlar tozalanadi va ta’mirlanadi, texnik holati yaxshilanadi. Natijada, suvni tezkor boshqarish va iste’molchilarga o‘z vaqtida kafolatli yetkazib berish imkoniyati yaratilib, sug‘orish tarmoqlaridagi texnik va filtratsiyaga yo‘qolishlar sezilarli darajada kamayadi. 2007 yilda birinchi Prezidentimizning Farmoniga ko‘ra, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Jamg‘armasi tashkil etilishi, 2008-2012 yillarga mo‘ljallangan Davlat Dasturining qabul qilinishi, bu boradagi ishlar sifatini yangi bosqichga ko‘tardi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Jam g‘arma tomonidan 2008-2012 yillarda birgina kollektordrenaj tarmoqlarini qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash-tiklash ishlariga jami 750 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan. Ush bu mablag‘ 3,56 ming km kol lektor-drenaj tarmoqlari, 143 dona meliorativ nasos stansiyalari, 797 dona vertikal drenaj quduqlarini rekonstruksiya qilish va qurish ishlariga, shuningdek, minglab kilometr zovur-drenaj tarmoqlarini ta’mirlash va tiklash ishlariga, 1500 ga yaqin zamonaviy, yuqori unumli meliorativ texnika va mexanizmlarni olib kelishga sarflangan. Eng asosiysi, mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi natijasida, 20-30 yildan buyon rejalashtirilayotgan bir qator yirik meliorativ ob’ektlar qurilishi tugallanib, ishga tushirildi. Sug‘oriladigan maydonlarning meliorativ holati yaxshilandi, kuchli va o‘rtacha sho‘rlangan maydonlar hajmi kamaydi, yer osti sizot suvlari maqbul sathga tushirildi, o‘rtacha hosildorlik paxtada 3-4, g‘allada 4-5 sentnergacha ko‘ paydi. Suvni tejaydigan texnolo giya larning joriy qilinishi natijasida so‘nggi yillarda 6,0 ming gektar maydonga tomchilatib sug‘orish tizimi qurilib muvaffaqiyatli ishlatilib kelinmoqda. Egatga plyonka to‘shab va ko‘chma egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orish texnologiyasi 3,0 ming gektarga yaqin maydonda qo‘llanilmoqda. Uning asosiy qismi paxta maydonlaridir. Hukumatimiz tomonidan 2013-2017 yillarda qo‘shimcha 25 ming gektarda, shu jumladan yangidan barpo etiladigan bog‘-tokzorlar, sabzavot-poliz ekinlari yetishtiriladigan yerlarda to‘liq tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish rejalashtirilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, bu borada amalga oshirilgan yangilanishlar mohiyati suv resurs lari bilan bog‘liq butun jab hani modernizatsiya qilish or qali dunyo taraqqiyotiga uyg‘unlashuvi bilan izohlanadi. Bunda xorijiy investitsiyalarni jalb etish muhim ahamiyat kasb etadi. Chet el investitsiyalarini jalb etish Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, sug‘orish va zax qochirish tizimlarini ta’mirlash-tiklash, suv xo‘jaligi inshootlari hamda nasos stansiyalarni modernizatsiya qilishda sohaga Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Saudiya rivojlanish fondi, OPEK fondi, Quvayt fondi, Xitoy Xalq Respublikasi Eksimbanki, Yaponiya, Shveytsariya, Germaniya kabi davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar va agentliklarning investitsiyalari keng jalb etilmoqda. Oxirgi 10 yilda soha tizimini texnik va texnologik qayta qurish, yangilash uchun umumiy qiymati 1,2 mlrd. dollardan ortiq bo‘lgan 20 dan ortiq investitsion loyihalar amalga oshirildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Irrigatsiya va Drenaj bo‘yicha Xalqaro Qo‘mita, Butunjahon Suv Kengashi, Suv Resurslarini Rivojlantirish va Boshqarish bo‘yicha Islom Davlatlar aro Tarmog‘i, Yirik to‘g‘onlar bo‘yicha Xalqaro Komissiya kabi xalqaro tashkilotlarning teng huquqli a’zosi hisoblanadi. Bugun ushbu uzviy va izchil xalq aro hamkorligimiz tufayli suv resurslaridan samarali foydalanishdek o‘ziga xos tajribamiz jahon hamjamiyati tomonidan global suv xo‘jaligi siyosatining shakllanishida qo‘llanilmoqda. 2011 yilning may oyida Toshkent shahrida Butunjahon Suv Kengashi bilan hamkorlikda «6-chi Umumjahon Suv Forumi sari – suv xavfsizligi yo‘nalishidagi hamkorlik harakatlari» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etgan 32 mamlakat va 20 dan ortiq xalqaro nufuzli tashkilotlardan 400ga yaqin ekspertlar, olimlar va suv xo‘jaligi sohasidagi yetakchi mutaxassislar tomonidan O‘zbekistonning transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish borasida tutgan pozi tsiya si juda to‘g‘ri ekanligi yana bir bor e’tirof etildi. Transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish holati Afsuski, asosiy suv resurslarimiz transchegaraviy bo‘lgan Amudaryo va Sirdaryo daryolarining zimmasiga to‘g‘ri kelishi va ularning yuqori oqimida joylashgan qo‘shni davlatlarning suvni boshqarishdagi bir tomonlama xatti-harakatlari respublikamiz suv ta’minotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Jumladan, Tojikistonda va Qirg‘izistonda qurilgan To‘xtagul, Nurek va Qayroqum yirik suv omborlarining irrigatsiya rejimidan energetik rejimga o‘tkazilishi daryolar suv oqimining o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. – Ma’lumki, bunday GESlar energetik rejimda ishlaganda, yoz oyida daryo suvlari suv omborida ushlanib qolinadi, qish faslida esa, elektr manbaini ishlab chiqarish uchun yig‘ilgan suv chiqarib yuboriladi. Natijada, qish oylarida oqim bo‘y lab pastda joylashgan mamlakatimizning ayrim hududlarini suv bosishi xavfi tug‘ilsa, yoz mavsumida sun’iy suv taqchilligi yuzaga keladi Shunday qilib, suv omboridan sutkalik suv chiqarilishidagi keskin o‘zgarishlar natijasida kanallar qirg‘oqlari yuvilib, beton qoplamalari yemirilishiga, suvdan samarali foydalanish darajasining pasayishiga, oxir-oqibat davlatlararo suv ta’minoti bilan bog‘liq mavjud vaziyatning yanada taranglashuviga sabab bo‘lmoqda. Amudaryo havzasi bo‘yicha: Nurek suv ombori Vaxsh daryosida joylashgan. Umumiy suv sig‘imi 10,5 mlrd.m3 To‘g‘on balandligi esa 300 metrni tashkil etib, dunyodagi eng baland to‘g‘on hisoblanadi. Vaxsh daryosi suv resurslarining tabiiy rejimi irrigatsion maqsadlarda ishlatilishiga mos keladi. Shunga qaramasdan, 1992 yillardan boshlab Nurek GESi suv ombori bilan birgalikda to‘liq energetik rejimda ishlay boshladi. Suv ombori yozda to‘la hajm gacha suv to‘plab, qishda barcha suv chiqarib yuboriladi. Masalan, suv kam bo‘lgan 2011 yilning yoz davrini eslaylik. Amudaryoning quyi qismida qattiq suv tanqisligi yuzaga kelib, hatto chorva mollarini suv bilan ta’minlashda katta qiyinchilik tug‘ildi. Vaholanki, bu paytda Nurek suv omborida 4,5 mlrd.m3 suv ushlanib qolindi. Bu bilan O‘zbekiston va Turk maniston uchun keladigan daryoning suvi shuncha miqdorga sun’iy ravishda kamaytirildi! Shu tariqa, yuqoridagi ikki davlatning sug‘orish mavsumida Amudaryodan har yili 4,0-4,5 mlrd.m3 kam suv olmoqda. – Albatta, daryolarning tabiiy holatini sun’iy rejimga o‘zgartirish, nafaqat qishloq xo‘jaligiga, balki respublika aholisini suv bilan ta’minlashga, suv bilan bog‘liq bo‘lgan atrof muhitga qattiq salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. Daryoda yozgi oqim va suv sathining keskin o‘zgarishi ekotizimning izdan chiqishiga, chunonchi, daryoning quyi oqimida mavjud ko‘plab baliq turlarini yo‘qolib ketishiga ham olib kelmoqda. Bunday holat suv taqchil bo‘lgan 2000, 2001, 2008 yillarning vegetatsiya mavsumida ham yaqqol kuzatilgan. Yirik GES va suv omborlarini qurish bilan bog‘liq masalalar Transchegaraviy daryolar hisoblangan Amudaryo va Sirdaryoning yuqori oqimlarida yirik gidroenergetik ob’ektlarning qurilishi, Osiyo mintaqasida shundoq ham o‘ta nozik bo‘lgan ekologik vaziyatni va suv ta’minotidagi muvozanatni buzib, ekologik inqirozni, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Birinchi Prezidentimizning 2010 yil 20 sentyabrda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMTning «Ming yillik rivojlanish maqsadlari»ga bag‘ishlangan yig‘ilishida bu mavzuda g‘oyat tashvishlanib qilgan nutqi ko‘pchiligimizning yodimizda. Bu bejiz emas. Chunki, yirik gidroenergetik inshootlarning seysmik yuqori bo‘lgan zonalarda qurilishi kelgusida texnogen avariyalar natijasida misli ko‘rilmagan halokatlarni keltirib chiqarishi ehtimoldan holi emas. O‘tgan yillarda minglab insonlarning halokatiga sabab bo‘lgan Yaponiyaning Fukusima AESida, Rossiyaning SayanoShushensk GESidagi texnogen avariyalar yoki Xitoyning Xenan provinsiyasidagi Bantsyao va Shimantan suv omborlarining buzilishi oqibatida yuzaga kelgan ayanchli va o‘ta og‘ir vaziyatlar bunga yaqqol misoldir. Qo‘shni davlatlar manfaatlariga xizmat qilishiga qaratilgan transchegaraviy suv resurs - larining tabiiy oqimi va rejimini o‘zgartirishga doir xatti-harakatlar nafaqat xalqaro suv huquqlarining me’yorlariga zid, balki insonlarga va tabiatga nisbatan bo‘lgan umum insoniy tamoyillarga ham qarama-qarshidir. Shu o‘rinda qator savollar tug‘iladi: nimaga asoslanib transchegaraviy dar yolarning tabiiy gidrologik rejimi o‘zgartiriladi? Sun’iy ravishda hosil qilingan suv tan qisligi hamda aholi punktlari, ekin va chorva mollari maydonlari suv bosishining zararini kim qoplaydi? Shubhasiz, dunyo hamjamiyati tomonidan transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish borasida ishlab chiqilgan va qabul qilingan xalqaro hujjatlar bu savollarga javob berishi mumkin. 2007 yildan buyon O‘zbekiston BMT doirasida qabul qilingan «Transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi hamda «Xalqaro suv oqimlaridan kema qatnovisiz foydalanish huquqlari to‘g‘risida»gi konvensiyalarga a’zo bo‘lgan. Ushbu hujjatlarda barcha davlatlarning manfaatlari birdek hisobga olingan bo‘lib, uning asosiy ta moyil laridan biri, bu transchegaraviy suv resurslaridan adolatli va oqilona foydalanish hamda qo‘shni davlatlarga «zarar yetkazmaslik» hisoblanadi. Ushbulardan kelib chiqib, shuni ta’kidlash lozimki, O‘rta Osiyo davlatlari o‘rtasida transchegaraviy suv oqimlaridan foydalanish mintaqadagi barcha davlatlarning manfaatlarini hi sobga olgan holda, xalq aro huquq me’yorlari va konvensiyalarning tamoyillari asosida tashkil etilishi, transchegaraviy daryolarda yirik inshootlar qurilishi, albatta xal qaro xolis ekologik va texnik ekspertizadan o‘tkazilishi hamda qo‘shni davlatlar bilan kelishilgan holdagina amalga oshirilishi, aholi sonining keskin sur’atlar bilan oshishi, ehtiyojlarning kun sa yin ortishi hamda iqlim o‘zgarishining ta’siri natijasida suv resurslarining yildan yilga kamayib ketayotganini hisobga olib, suv resurslari birinchi navbatda, ichimlik va sanitariya maqsadlariga, so‘ng qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga va ekologik holatni barqaror lashtirishga va shundan keyin boshqa ehtiyojlarga berilishi kerak. Xulosa qilib aytganda Azaldan ota-bobolarimiz suvni har tochisini muqaddas ne’mat bilib,uning har tomchisidan sammarali va tejamli foydalanishgan.Chunki suv resurslarning miqdori va sifati jamiyatning barqaror ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini muhim ommilaridan biri hisoblangan. Shuning uchun Suvni asrab avaylash kerak Suv bu hayot, uni asrab avaylab kelajak avlotga yetkazaylik.
Download 17,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish