Sug‘urtaning ixtiyoriy shakli quyidagi tamoyillar asosida qurilgan. 1. Ixtiyoriy sug‘urta qonun asosida va ixtiyoriy ravishda amal qiladi. Qonun ixtiyoriy sug‘urtaga tegishli obyektlarni va sug‘urtaning umumiy shartlarini belgilab beradi. Konkret shartlar esa sug‘urtalovchilar tomonidan ishlab chiqiladigan sug‘urta qoidalari orqali tartibga solinadi. 2. Sug‘urtada ixtiyoriy qatnashish to‘la holda faqat sug‘urtalanuvchilar uchun xarakterlidir. Agar sug‘urtalanuvchining xohishi sug‘urta qoidalariga zid kelmasa, sug‘urtalovchi obyektni sug‘urta qilishdan bosh tortish huquqiga ega emas. Bu tamoyil sug‘urtalanuvchining birinchi talabi bo‘yicha sug‘urta shartnomasi tuzilishini kafolatlaydi. 3. Ixtiyoriy sug‘urtani tanlab qamrab olishi. Barcha shaxslar ham unda ishtirok etish istagini bildiravermaydilar. Bundan tashqari, shartnomalar tuzishda sug‘urta shartlari bo‘yicha chegaralashlar ham amal qiladi. 4. Ixtiyoriy sug‘urta doimo sug‘urta muddati bilan chegaralanadi. Bunda muddatning boshlanishi va tugashi shartnomada qat’iy kelishib olinadi. Shundan kelib chiqib, sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta summasi sug‘urta holati faqatgina sug‘urta davrida sodir bo‘lgandagina to‘lanadi. Ixtiyoriy sug‘urtaning uzluksizligini faqatgina yangi muddatga qayta shartnoma tuzish yo‘li bilangina ta’minlash mumkin. 5. Ixtiyoriy sug‘urta faqatgina bir martalik yoki davriy sug‘urta badallari to‘langandagina amal qiladi. Ixtiyoriy sug‘urta shartnomasining kuchga kirishi bir martalik yoki birinchi sug‘urta badalini to‘lanishi bilan asoslanadi. Uzoq muddatli sug‘urta bo‘yicha navbatdagi badalning to‘lanmasligi natijasida shartnomaning amal qilishi to‘xtaydi. 6. Ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta ta’minoti sug‘urtalanuvchi istagidan kelib chiqadi. Mulkiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urtalanuvchi sug‘urta summasini sug‘urta bahosi chegarasida belgilashi mumkin. Shaxsiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta summasi shartnomada tomonlar kelishuvi orqali belgilanadi.
Sug’urta faoliyatini tashkil qilish bilan bog’langan atamalar sug’urta faoliyati xaqidagi qonunda ko’rsatilgan. Bu atamalarga quyidagilar kiradi. Sug’urtalanuvchi
Sug’urtaning ob`ekti
Sug’urta ximoyasi
Sug’urta manfaatdorligi
Sug’urta javobgarligi
Qayta sug’urta qilish
O’zaro sug’urta qilish
Sug’urta vakillari
Sug’urta guvoxnomasi
Sug’urta qoplamasini oluvchi.
quyida xar bir atamaga aloxida-aloxida to’xtalib o’tamiz. * Sug’urtalanuvchi. Sug’urta qiluvchi tashkilot tabiiy ofat yoki boshqa ko’zda tutilmagan sabablar natijasida ko’rilgan zararlarni sug’urta xaqidagi qonun yoki sug’urta shartnomasi asosida shartlar ko’zda tutib qoplashni o’z zimmasiga oluvchi tashkilotlar. Sug’urta tashkilotlarining «O’zagrosug’urta», «Kafolat», «O’zbekinvest» eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi kabi turlari mavjud. SHuningdek xususiy sug’urta tashkilotlari kiradi. O’ziga tegishli mol-mulkni sug’urta qildirgan korxona, xo’jalik tashkiloti yoki o’z xayotini sug’urtalovchi fuqarolar sug’urtalanuvchi xisoblanadilar. Majburiy sug’urta bo’yicha sug’urta tashkiloti ro’yxatidan o’tgan mol-mulk egalari yoki ixtiyoriy sug’urta bo’yicha shartnoma tuzib, sug’urta badalini to’laganlar sug’urtalanuvchilar qatoriga kiradi. * Sug’urtaning ob`ekti. Mulk sug’urtasida ob`ekt sifatida moddiy boyliklar mol-mulk ko’zda tutilsa, shaxsiy sug’urtada fuqarolarni xayoti sog’ligi va mexnat qobiliyati ko’zda tutiladi. Sug’urta predmeti ana shu ob`ektlarni tarkibiy qismlaridir. Masalan, qishloq xo’jaligi sug’urtasi ob`ekti bo’lib, ekinlar xosili,