Mavzu: Sug’oriladigan yerlarni meliorativ o’zlashtirish, qayta qurish va unumdorligini tiklash ishlarini kompleks mexanizatsiyalash



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/17
Sana18.07.2022
Hajmi0,67 Mb.
#822109
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
ma'ruza 4

Ekskavator
(ingl. excavator, lotin. excavo — maydalash, maydalab qazish) 
yer qazish mashinalarining asosiy turi sanaladi. Bir cho'michli ekskavator, grunt 
qazib, ma'lum masofaga tashib, ortib, siklik ishlaydigan, bir ishchi organli 
mashina. Almashtiriladigan ishchi jihozlarining turiga ko'ra, bir cho'michli 
ekskavatorlar quyidagicha farqlanadilar: to'g'ri cho'michli, teskari cho'michli, 
draglayn, greyfer, teleskopik va hokazo. 
Bir cho'michli ekskavatorlar 4 turga ajratiladilar: universal umumqurilish 
ekskavatorlari (markasida Э vaЭО harflari mavjud) cho'mich sig'imi 2,5 m
3
gacha; 
qadamlovchi draglaynlar (markasida ЭШ harflari mavjud); cho'mich sig'imi 25 m
3
gacha, konlarni ochishda qo'llaniladigan konochgich ekskavatorlari (markasida 
ЭВГ harflari mavjud) cho'mich sig'imi 50 m
3
gacha, karyerlardan grunt va boshqa 
foydali qazilmalar qazib olishda qo'llaniladigan karyer ekskavatorlari (markasida 
ЭКГ harflari mavjud) cho'mich sig'imi 12,5 m
3
gacha. Bir cho'michli maxsus 
ishlarga mo'ljallangan ekskavatorlar ham mavjud. (Masalan, yon tarafdan 
qazadigan draglayn, shtangali ekskavator, yer ostida ishlaydigan ekskavator va 
hokazo.) 
Bir cho'michli ekskavatorlarda turli xil ishlarni bajarish imkoniyati mavjudligi 
sababli suv xo'jaligi va melioratsiya ishlarida keng tarqalgan. Masalan, osti 
bo'yicha kengligi 0,2 metrdan, kengligi va chuqurligi chegaralanmagan xandak va 
karyerlarda, har xil xususiyatlarga ega bo'lgan gruntlarni qazib ishlashi mumkin. 
Bir 
cho'michli 
ekskavatorlar 
ishchi 
jihozlarining 
tez 
va 
oson 
almashtiriluvchanligi ularning qo'llanish sohasini kengaytirib, boshqa ishlarda ham 
(gruntlarni zichlash, ustunqoziq qoqish, yig'ish ishlarida) qo'llash imkoniyatini 
yaratadi. 
Ekskavatorlar markalarini belgilashda ularning asosiy ko'rsatkichlarini bilib 
olish prinsipi qo'llanilgan. Bunda asosiy ko'rsatkich cho'mich sig'imi. 
Ekskavatorlar cho'mich sig'imi bo'yicha 8 ta guruhga ajratilganlar. Suv xo'jaligi va 
melioratsiya ishlarida cho'mich sig'imi 0,15÷2,5 m
3
bo'lgan ekskavatorlar nisbatan 
keng qo'llaniladi. Keyingi ko'rsatkichlarda ekskavator yurgizish mexanizmining 
turi, ishchi jihozining turi, modelning navbat raqami hamda modernizatsiya 
belgilari keltiriladi. 


Masalan, ЭO—4111 BT, bu yerda: ЭO — (экскaвaтoр одноковшовый) bir 
cho'michli ekskavator, 4-raqami cho'mich sig'imi bo'yicha to'rtinchi o'lcham guruhi 
(q = 0,65 m3), ikkinchi raqam «1»-yurgizish mexanizmi turi (zanjir tasmali), 
uchinchi raqam «1»-ishchi uskunasi turi (draglayn, temir arqonga ilingan 
cho'mich), to'rtinchi raqam «1»-modelning tartib raqami (birinchi model), «Б» va 
«T» harflari — mashinaning modernizatsiya navbatini va maxsus klimatik 
sharoitlarga moslab ishlab chiqarilganligini bildiradi. 
Cho'mich sig'imi nisbatan katta ekskavatorlar (q = 4÷10 m
3
) gidromeliorativ 
(gidrotexnik) qurilishda kam qo'llaniladi. Sababi — ushbu ekskavatorlarning 
quvvat manbayi elektr toki bilan ishlashga asoslangan. Gidromeliorativ qurilishda 
ishlar katta maydonlarda joylashganligi sababli elektr tarmoqlarini qurish muammo 
tug'diradi. 
Ishchi uskunasi turidan qat'i nazar, ekskavatorlar bilan grunt qaziganda ishchi 
jarayoni, ma'lum ketma-ketlikda takrorlanib turadigan texnologik operatsiyalardan 
tashkil topadi va ishchi sikli deb aytiladi (T
sikl
). Bir ishchi sikli gruntni qazish va 
cho'michni to'ldirish (t
qaz
), cho'michni ko'tarish va ekskavatorni o'z o'qi atrofida 
to'kish joyi taraifga burish (t
bur
), gruntni to'kish vaqti (t
to’k
) va ekskavatorni yana 
zaboy tarafga burish va cho'michni zaboyga qaytarish vaqtidan iborat (t
qay
). Unda 
ekskavator bir ishchi sikli uchun ketgan vaqt quyidagicha aniqlanadi: 
T

= t
qaz 
+ t
bur 
+ t
to’k
+ t
qay 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish