Mavzu: sud tomonidan nikohni bekor qilish tartibi asoslari



Download 137,5 Kb.
bet4/12
Sana03.02.2023
Hajmi137,5 Kb.
#907458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mavzu sud tomonidan nikohni bekor qilish tartibi asoslari

Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar. Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar Oila qonunchiligi normalarida belgilangan nikoh tuzish shartlariga qo‘yiladigan talablarning buzilishi sifatida namoyon bo‘ladi. Nikoh tuzish shartlariga monelik qiladigan holatlarni e’tiborga olmaslik tuzilgan nikohning haqiqiy sanalmasligiga asos bo‘ladi. Bu qoida Oila kodeksining 16-moddasida o‘z ifodasini topgan.
Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar quyidagilardan iborat:
- loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida;
- nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida;
- loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida yo‘l qo‘yilmasligi normalanadi.
Nikoh tuzish shartlariga rioya qilinmasdan tuzilgan nikoh haqiqiy emas deb hisoblashdan tashqari, qonunni buzgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi. Mazkur holat Jinoyat kodeksining 126-moddasida ko‘rsatilgan ko‘p xotinlik, ya’ni umumiy ro‘zg‘or asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashash eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanishi kabi oqibatlarga olib kelishi belgilangan.
Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar qatoriga qonun nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasidagi munosabatlarni kiritgan. Ayrim MDH davlatlarining Oila kodekslarida (Ozarbayjon, Belorus respublikalari) agar qiz va o‘g‘il bolalarning onalari boshqa-boshqa bo‘lib nikohdan o‘tmagan, otasi bir bo‘lsa-yu, ularning otaligi sud tartibida begilangan bo‘lmasa ham ularning nikoh tuzishiga qonun yo‘l qo‘ymagan, chunki unda ota qoni bir ekanligi nazarda tutilgan.
Nikoh tuzishga monelik qiladigan hollardan yana biri, nikohlanuvchilardan birining loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmasligi Oila kodeksining 16-moddasi 3-qismida o‘z ifodasini topgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-yanvardagi 18-son qaroriga 2-ilova bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi to‘g‘risida”gi nizomga binoan, mazkur organlar asosan aholi salomatligini saqlash va yaxshilashni, sog‘lom avlodni tarbiyalash uchun shart-sharoitlarni shakllantirishni, profilaktik sog‘liqni saqlashni rivojlantirishni, sog‘lom turmush tarzini keng ommalashtirishni ta’minlovchi davlat siyosatini amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-avgustdagi 365-sonli qarori bilan tasdiqlangan “nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi nizom ham yuqoridagi nizom bilan hamohangdir hamda Oila kodeksining 16-moddasida belgilangan ruhiy kasal yoki aqli zaif shaxslar o‘rtasida nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmasligini yanada mustahkamlaydi.
Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish. Oila kodeksida oilaning yanada mustahkam va barqaror bo‘lishi, kelajak naslni sog‘lom dunyoga kelishi uchun muhim omil sifatida 17-modda kiritilgan bo‘lib, u nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga bag‘ishlangan.
Ushbu nizomda nikohlanuvchi shaxslar qaysi kasallik turi bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tishning hajmi va tartibi aniq ko‘rsatilgan. Oila kodeksining 49-moddasiga ko‘ra, nikohlanuvchi shaxslardan biri tanosil kasalligi yoki odam immuniteti tanqisligi virusi (OIV kasalligi) borligini ikkinchisidan yashirganda, ikkinchi taraf sudga nikohni haqiqiy emas deb topish haqida talab bilan murojaat qilishga haqli.
Oila kodeksining 17-moddasi, 2-qismiga ko‘ra: “Nikohlanuvchi shaxslar ellik yoshdan oshgan bo‘lsa, shuningdek, kodeksning 13-moddasi 5-qismida ko‘rsatilgan alohida hollar mavjud bo‘lganda, tibbiy ko‘rikdan o‘z roziligi bilan o‘tkaziladi”.Nikohlanuvchi shaxslar diniy rasm-rusumlarga binoan bir necha yillar mobaynida er-xotinlik munosabatlarida yashayotgan bo‘lsalar, bir-birlarining sog‘liqlari haqida xabardor bo‘ladilar. Shuni ham ta’kidlash kerakki, yuqoridagi nizom talablari bo‘yicha 50 yoshdan oshgan shaxslarning belgilangan kasallik turlari bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari talab qilinmasligi lozim.

Download 137,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish