Mavzu: sud tomonidan nikohni bekor qilish tartibi asoslari



Download 137,5 Kb.
bet1/12
Sana03.02.2023
Hajmi137,5 Kb.
#907458
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mavzu sud tomonidan nikohni bekor qilish tartibi asoslari


MAVZU: SUD TOMONIDAN NIKOHNI BEKOR QILISH TARTIBI ASOSLARI


Reja:

  1. Oila huquqi bo’yicha nikoh tushunchasi va tuzish tartibi.

  2. Nikohni haqiqiy emas deb topish tartibi va shartlari.

  3. Nikohning tugatilishi bo’yicha qonunchilikdagi qoidalar

Nikoh oilani mustahkamlashning asosi bo‘lib, avvalambor, bolalar tarbiyasi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tarbiya o‘chog‘idir. Shuning uchun ham qonuniy tuzilgan nikohdan davlat manfaatdor bo‘lib, undan ajralish jamiyat manfaatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu boisdan ham nikoh-oila masalasi er-xotinning shaxsiy ishi doirasidan chetga chiqadi.
Oilada oilaviy munosabatlar qanchalik to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, uning shunchalik mustahkam bo‘lishi, bu, o‘z navbatida, jamiyatning ham mustahkamlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi amaliyotda sinovdan o‘tgan omillardandir. Ana shu holatlarni e’tiborga olgan davlatimiz nikoh, uni tuzish tartibi va shartlari, nikohdan ajralish, nikohni haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq munosabatlarga befarq bo‘lmay, ularni tartibga soluvchi huquqiy asoslarni belgilab qo‘ygan. Nikoh oilaning vujudga kelishida birdan-bir asos bo‘lgani bois, u faqat axloq normalari bilan emas, balki maxsus qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi oila davlat himoyasida bo‘lishini huquqiy ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasi 2-qismida: “Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi,” ─ deb belgilangan. Nikoh insonlarga mas’uliyat yuklaydi. Chunki oilada erning ham, ayolning ham o‘z vazifalari bor: ularning har biri o‘z vazifasini to‘la ado etishga mas’uldir. Nikoh ota-ona o‘zidan so‘ng zurriyod qoldirib, naslning davom etishi mezoni hisoblanadi. Sotsiologik jihatdan nikoh deganda, “ayol va erkak o‘rtasidagi tarixan shakllangan, qonuniylashgan va jamiyat boshqaruvidagi munosabat shakli bo‘lib, ularning bir-biriga va bolalarga bo‘lgan munosabati aniq belgilangan”ligi tushuniladi. Nikoh va oilaviy munosabatlar o‘z rivojlanishtarixi va taraqqiyoti bo‘yicha dastlabki qadamlaridanoq nikohning sof, samimiy hamda poklik ramzi asosida oilaning vujudga kelish negizi vazifasini o‘taydi. Nikoh oilaning vujudga kelishida qon-qarindoshlik bilan birga asos bo‘lgani bois, u nafaqat axloq normalari, balki maxsus qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.

Amaldagi Oila kodeksida nikoh tushunchasiga ta’rif berilmaydi. Shu sababli mazkur tushunchaning ta’rifini nikohning huquqiy tabiati, qonunchilikda unga nisbatan belgilangan qoidalar hamda erkak va ayolning o‘zaro istak-xohishi natijasi sifatidagi kelishuv ekanligidan kelib chiqib, unga nisbatan quyidagi umume’tirof etilgan ta’rifni berish mumkin: Nikoh (arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, qo‘shilish degan ma’noni anglatadi) – bu fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida tuziladigan, o‘zaro muhabbat va hurmatga, o‘zaro yordamga va bir-birining oldida javobgarlikka asoslangan erkak va ayolning ittifoqidir.

Qoidaga ko‘ra nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida tuziladi. Mazkur organlarda nikohni tuzish tartibi quyidagi asosiy qoidalarga ko‘ra amalga oshiriladi:
- nikoh faqat nikohga kirishuvchilarning ishtirokida tuziladi;
- nikohga kirishuvchi shaxslarning fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga ariza topshirgan kundan bir oy o‘tgach ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
- qoidaga ko‘ra fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organ binosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
- nikohning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi xususidagi ma’lumot er-xotinning pasportiga kiritiladi.
Biroq ushbu holatlarga nisbatan istisnolar ham mavjud. Jumladan, nikoh tuzish muddati qisqartirilishi yoki uzaytirilishi mumkin. Biroq buning uchun qonunda nazarda tutilgan muayyan sabablar mavjud bo‘lishi talab etiladi.
Ikkinchidan, nikoh har qanday kelishuv sifatida muayyan shartlarga muvofiq tuzilishi lozimki, mazkur shartlarga rioya etmaslik oqibatida u haqiqiy emas, deb topilishi mumkin. Bunday shartlarga quyidagilar kiradi:
- erkak va ayolning nikoh tuzishga ixtiyoriy roziligi;
- erkak va ayolning nikoh yoshiga yetganligi;
- agar nikohlanuvchilardan biri boshqa nikohda turgan bo‘lsa, nikoh tuzishning mumkin emasligi; - yaqin qarindoshlar, farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinganlar o‘rtasida hamda nikohlanuvchilardan birining loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmasligi.
Har qanday bitim kabi nikoh ham tugatilishi mumkin. Bundan tashqari, nikohga nisbatan har qanday bitimga nisbatan qo‘llaniladigan haqiqiy emaslik chorasi tatbiq etiladi.

Download 137,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish