Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki nutqini o’stirish, fikrini erkin bayon etishga o’rgatish.
FK1 she’r, rivoyat, qissadan parcha, maqol, topishmoqlar, ertak hamda ixcham audiomatn va videotasvirlarni tinglab tushuna oladi
Dars turi: Yangi bilim beruvchi, o’tgan mavzuni mustahkamlash..
Dars metodi: Sahna ko’rinishi, ifodali o’qish.
Jihozi: Mavzuga doir ko’rgazma,tarqatmali savollar.
Darsning borishi.
I Tashkiliy qism: a) Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.
b)Manaviyat daqiqasini o’tkazish Iqtisod alifbosi.Maktab ustoxonasining iqtisodiyoti.
d) ingliz tili daqiqasi ; crown - toj,
II O’tgan mavzuni mustahkamlash
O’quvchilar bilan savol-javob o’tkaziladi. Dars davomida o’quvchilar rag’batlantirilib baholanadi. Savol va topshiriqlar:
III Y angi mavzu bayoni Hunarsiz kishi o’limga yaqin
O‘tgan zamonda bir podshoh yashagan ekan. Kunlarning birida u ovga chiqibdi-da, o‘sha yerdagi bir o‘tinchining go‘zal qizini ko‘rib, sevib qolibdi. Podshoh tomonidan kelgan sovchilarga: — Podshohingizning nima hunari bor, men hunarli kishiga turmushga chiqaman? — debdi qiz. Sovchilar: — Dunyoda podshohlikdan ham katta hunar bo‘ladimi? Podshoh barcha hunarli fuqaroning otasi bo‘ladi, — deyishibdi. Qiz: — Menga hunarlilarning otasi kerak emas, hunarlining o‘zi kerak. Zamon o‘zgarishi bilan bugun podshoh bo‘lgan kishi ertaga tilanchi bo‘lib qolishi mumkin. Podshohingizga borib ayting, menga hunarini ko‘rsatsin, undan so‘ng tegaman, — debdi. Sovchilar qaytib kelib, qizning javobini aytibdilar. Podshohning bu so‘zlarga achchig‘i kelib, qizni jazolamoqchi bo‘libdi-yu, biroq qizga bo‘lgan sevgisi bunga yo‘l bermabdi. Nima qilarini bilmay, o‘zini o‘qitgan muallim bilan kengashibdi. Muallim «Yetmishta yangi hunar» degan kitobni keltiribdi-da, uni tovush chiqarib o‘qibdi. Bir yerdan «hunarsiz kishi o‘limga yaqindir» degan so‘zlar chiqib qolibdi. Muallim ham shu yerda kitobni yopibdi-da:
— Qizning so‘zi to‘g‘ri, «hunarliga tegaman» desa, haqqi bor, — debdi. Podshohning ilgarigi dardiga yana ming dard qo‘shilibdi. Muallimga ruxsat beribdi-da, o‘zicha bir hunar o‘rganmoqqa ahd qilibdi. Ertasiga podshoh taxtiga o‘tirgan chog‘ida, bir kishi bir gilam olib kelibdi. Bu gilamni ko‘rishi bilanoq podshohning ko‘ngliga gilam to‘qishni o‘rganish havasi tushibdi. Gilamdo‘zdan kasbini o‘rgatishni o‘tinib so‘rabdi. U podshohga o‘z hunarini yigirma besh kun davomida o‘rgatibdi. Kerakli narsalarni tayyorlab, podshoh o‘z qo‘li bilan gilam to‘qib, o‘tinchining qiziga sovchilardan berib yuboribdi. Sovchilar qizga podshohning o‘z qo‘li bilan to‘qigan gilamini ko‘rsatganlarida u: — Mana endi podshoh men istagan kishi bo‘libdi, borib aytinglar, to‘yni boshlayversin, — debdi.
Ertak matnini o`quvchilar ifodali o`qiydilar. Boshqa o`quvchilar do`stining o`qishini kuzatadilar.Ertakning davomini o’quvchilar mustaqil o’qiydilar. O’qiganlarini hikoya qilib beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |