Mavzu: To’lov balansi
To`lov balansi tushunchasi va uning tuzilishi.
Joriy operatsiyalar xisobi balansi.
Kapital xarakati xisobi balansi.
To`lov balansining tarkibiy qismlari o`rtasidagi bog’liqliklar
To`lov balansi taxlili.
To`lov balansini makroiqtisodiy tartibga solish vositalari va usullari.
17.1. To`lov balansi tushunchasi va uning tuzilishi.
To`lov balansi — ma`lum davr mobaynida mamlakat rezidentlari va tashki dunyo o`rtasida bo`ladigan bitimlar statistik kayd kilingan xujjatdir. U mamlakatning iktisodiy alokalarini anik-lo`nda ifodalab pul-kredit, valyuta, byudjet-solik, xalkaro savdo siyosatining xamda davlat karzini boshkarish yo`nalishlarini tanlash uchun indikator vazifasini bajaradi.
Mamlakatning ma`lum vaktdagi barcha xalkaro iktisodiy faoliyati, shu jumladan, tashki savdo, kapital va ishchi kuchi migratsiyasi xam to`lov balansida o`z aksini topadi. Xar kanday tashki iktisodiy bitim valyuta ayirboshlash va valyuta operatsiyalari orkali amalga oshiriladi. Demak, mamlakatning jaxon bozoridagi faoliyati natijalari pirovardida xorijiy valyuta tushumlari va xarajatlarida ifodalanadi. SHuning uchun xam to`lov balansini bir tomondan, chetdan keladigan barcha tushumlar, ikkinchi tomondan esa, chetga chikariladigan barcha to`lovlar ko`rsatilgan xujjatdir deb karash mumkin. Tushum fakat eksport yordamida ta`minlanishi mumkin. Aksincha, xorijiy tovarlarni va xizmatlarni sotib olish (import) uchun to`lovlar va xorijiy valyuta xarajatlari bilan boglik bo`ladi. Bunda tovar deganda ayirboshlanadigan xar kanday narsa tushuniladi, ya`ni, u moddiy ne`mat, xizmat, ishchi kuchi, kapital.
10-jadval
Mamlakat to`lov balansining taxminiy ko`rinishi
(rakamlar shartli)
Moddalar nomi
|
Kredit (+) yoki eksportdan tushumlar
|
Debet (-) yoki import uchun xarajatlar
|
Sof kredit yoki sof debit
|
Joriy operitsiyalar xisobi
|
|
|
|
Tovarlar
|
+185
|
-260
|
-75
|
Tashki savdo balansining koldigi
|
|
|
-75
|
Xizmatlar
|
+85
|
-97
|
-12
|
Investitsiyalardan daromadlar (foizlar va divedentlar)
|
+28
|
-20
|
+8
|
Transfert kurinishidagi pul o`tkazmalari
|
+10
|
-18
|
-8
|
Joriy operatsiyalar buyicha balansning koldigi
|
|
|
-87
|
Kapital xarakatning xisobi
|
|
|
|
Investitsiyalar va boshka o`rta va uzok muddatli kapital
|
+150
|
-87
|
+63
|
Kapital xarakati balansining koldigi
|
|
|
+63
|
Joriy operatsiyalar va kapital xarakati buyicha balansning koldigi
|
|
|
-24
|
Rasmiy zaxiralar (oltin, XFVdagi zaxiralar)
|
+24
|
|
+24
|
va valyuta bo`lishi mumkin
To`lov balansida barcha iktisodiy bitimlar ikkita katta guruxga bo`linadi: joriy operatsiyalar va kapital xarakati bilan boglik operatsiyalar (10-jadval). SHunga ko`ra to`lov balansi struktarasi xam ikki kismdan iborat:
1. Joriy operatsiyalar xisobi;
2. Kapital xarakati xisobi.
Joriy operatsiyalar xisobida maxsulotlar va xizmatlar eksporti «plyus», import esa «minus» ishoralari bilan belgilanadi. YA`ni, joriy operatsiyalar xisobida ichki maxsulotlar eksporti kredit, aksincha mamlakatga maxsulotlar olib kelish - import esa debet sifatida ko`rsatiladi. CHunki, maxsulotlar eksporti xorijiy valyuta ishlab topib, mamlakat valyuta zaxirasini boyitsa, import esa mamlakatdan valyuta chikib ketishiga olib keladi. Bu esa o`z navbatida mamlakat valyuta zaxirasini kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |