1.TIF statistikasining predmeti, vazifalari.
Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasining asoschisi deb haqli ravishda belgiyalik olim Adolьf Ketleni (1796-1874) hisoblash mumkin. Chunki u birinchilardan bo‘lib to‘plangan statistik ma’lumotlarga statistik usullar yordamida ishlov berishni qo‘lladi. U, shuningdek, ilk bor Belьgiyada Markaziy statistik komissiyani tashkil qilishda taniqli matematik olimlar bilan hamkorlik qildi. A. Ketleni matematik bo‘lgani uchun u o‘z tahlillarida matematik tamoyillariga suyanadi. Ushbu holat statistika vujudga kelishida, boshqa mamlakatlarda statistik tashkilotlarning shakllanishida o‘z ifodasini topdi. Chet el mamlakatlarida hozirgi kunda TIF statistikasi matematikaning alohida qismi sifatida tashkil topdi.
XX asr boshiga qadar chet el mamlakatlarida statistik tashkilotlarning yagona va shakllangan muassasa shakli mavjud emas edi. Statistika aksariyat hollarda sug‘urta tashkilotlarida nisbatan rivoj topgan. Ular o‘z ish faoliyatlarida mijozlarning sug‘urta stavkalarini aniqlashda, asosan vafot etish jadvallaridan keng foydalanishgan. Turli davlat va xususiy tashkilotlar iqtisodiy, hududiy, demografik, boshqaruv, tijorat to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash uchun statistik kuzatishlar o‘tkazib turganlar. Bunday ishlarni amalga oshirish markazlashtirilmagan edi. Statistik tahlillar olib boriluvchi ob’ektlar, ko‘rsatkichlar, to‘plash usullari va ma’lumotlarga ishlov berish ham bir yagona reja asosida amalga oshirilmasdi. Shu sababli, muayyan vaziyatda qulay va oson bo‘lgan statistika usullaridan foydalanish keng quloch yozgan edi. Natijada to‘plangan ma’lumotlarga ishlov berish, ularni o‘zaro taqqoslashda bir qancha muammolar paydo bo‘lar edi.
TIF statistikasi sohasida ayrim olimlar olib borgan ishlari tahsinga va e’tiborga loyiq. Masalan, Buyuk Britaniyalik Florens Naytingeyl (1820-1910) o‘zining tibbiyot sohasidagi ishlarida statistika usullaridan keng ko‘lamda foydalandi va ulardan foydalanishni siyosatchilar, huquqshunoslar va ishbilarmonlar o‘rtasida targ‘ib qilishga e’tibor berdi.
Statistika rivojiga ingliz olimi Karl Pirson (1857-1936) ham ma’lum darajada hissasini qo‘shdi. Uni biz «Pirson mezoni» bo‘yicha yaxshi bilamiz.
Statistikada korrelyatsion usulning ravnaqida ingliz Frensis Galьtonning (1822-1911) xizmatlari kattadir.
Keyinchalik statistika rivojiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shgan olimlardan biri Ronalьd Fisher (1890-1962) bo‘ldi.
TIF statistikasi faqat fan bo‘lib qolmasdan, shuningdek amaliy faoliyatning muhim sohasi hamdir.
TIF statistikasi doim ommaviy mashg‘ulotlarga asoslanadi. Kerakli paytda u o‘zining boshlang‘ich kuzatishini ham tashkil etadi. Ommaviy boshlang‘ich ma’lumotlarni umumlashtirayotganda statistika maxsus usullardan foydalanadi va pirovard natijada umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni aniqlab, hodisa va voqealar to‘plamiga umumiy baho beradi. Statistika har xil o‘lchov birliklaridan foydalanadi. Jumladan, ko‘rsatkichlarni pulda, naturada, shartli natura va mehnat birliklarida ifodalaydi.
TIF statistikasi iqtisodiy hodisalarning vaqt va fazoda taqqoslamasligini ta’minlash uchun ularni joriy baholardan tashqari o‘zgarmas (taqqoslama) baholarda ham ifodalaydi. Shunday qilib, TIF statistikasi vazifalari va mazmuni jihatdan buxgalteriya va operativ uchyotdan hamda boshqa tarmoq statistikalaridan farq qiladi. Uning qo‘llanish joyi keng va murakkabdir.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida TIF statistikasi oldida quyidagi muhim vazifalar turadi:
Tashqi iqtisodiy faoliyatni, boshqarishni va keng jamoatchilikni haqqoniy statistik ma’lumotlar bilan ta’minlash.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xalqaro iqtisodiy aloqalarni har tomonlama keng qamrovli ifodalovchi yangi statistik ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish.
Mamlakatimiz turli tarmoqlari iqtisodiy faoliyatini chet el mamlakatlari iqtisodiyoti bilan muvofiqlashtirish yordamida yuzaga keladigan iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash va tahlil qilish.
Chet el mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalar samaradorligini oshirish manbalarini va omillarini aniqlash.
2. To’lov balansi va uning tarkibi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgandan so‘ng asosiy vazifalaridan biri o‘z iqtisodiyotini ma’muriy boshqarishdan bozor munosabatlariga asoslangan boshqaruvga o‘tkazishdan iborat bo‘lib qoldi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish ob’ektiv zaruriyat sifatida davr taqozoga aylandi. Faqat bozor munosabatlarigina mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining ulkan imkoniyatlaridan biri-xalq baxt-saodati yo‘lida, uning turmush darajasini oshirish maqsadida samarali foydalanishni ta’minlashi mumkin.
O‘zbekiston iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o‘tkazishda davlat statistikasi organlarining roli katta.
Bozor munosabatlari sharoitida statistika sohasidagi yangi muammolarni hal etishni, uning nazariy asosini qaytadan ko‘rib chiqishni, mavjud statistika amaliyotida keskin o‘zgarishlar amalga oshirilishini taqozo etadi.
Shu maqsadda makroiqtisodiy statistik rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarida tub o‘zgarishlar hosil qilish uchun xalq xo‘jaligi Balansini (XXB) saqlab qolgan holda, mahalliy sharoitlariga moslashgan milliy hisoblar tizimini (MHT) xalqaro standartini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish zarur.
Milliy hisoblash tizimida ijtimoiy takror ishlab chiqarishning barcha jarayonlari ikki yoqlama operatsiyalar to‘plami sifatida talqin etiladi va bu operatsiyalar tomonlar hisobida qiymat ko‘rinishida, daromad yoki harajat sifatida ko‘rsatiladi.
MHT – avvalombor makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimining har tomonlama rivojlanishi natijasida yuzaga keldi.