Tomir
Tomir
urishi
urishi
I.
Tomir urishini tezlashishi-
II. taxikardiya
II. Tomir urishini pasayishi-
bradikardiya
III. Tomir urishini buzilishi-
aritmiya
Sportchining to‘satdan hushidan ketishi quyidagi sabablar orqali
yuzaga keladi:
1.Gravitatsion shok.
Katta tezlikda yugurish, velosipedda yurish, chang`ida yugurish
musobaqalarida marraga yetgandan so‘ng harakat birdaniga to‘xtalishi bilanoq
sportchi hushini yo‘qotib yiqiladi. Buning sababi oyoq muskullarida to‘plangan
qon yurakka to‘liq miqdorda qo‘yilmaydi, yurakdan qonning kam chiqishi
natijasida miya qonsizlanadi va hushidan ketishi yuzaga keladi.
Birinchi tibbiy yordam.
1.Sportchi tekis joyga yostiqsiz, boshini past qilib yotqiziladi. Uning
oyoqlari bir oz ko‘tariladi, oyoq muskullari uqalanadi, ya`ni muskullarda
to‘xtalib qolgan qon yuqori, ya`ni yurakka tomon oqishi kerak.
2.Kofein, kordiamin, noradrenalinlarning biri 1ml teri ostiga in`yeksiya
qilinadi.
3.Kislorod ishlatiladi.
Oldini olish:
Tez
yugurish
harakatlaridan
keyin
sportchi birdaniga harakatini
to‘xtatmasdan, 1-2 minut davomida harakatni sekinlik bilan kamaytirishi, so‘ngra
to‘xtashi kerak.
Ortostatik kollaps. Bu odam uzoq vaqt tik vaziyatda turganida qonning
oyoq muskullariga to‘planib qolishi va miyaning qonsizlanishi natijasida yuzaga
keladi. Sportchida uzoq vaqt masofaga yugurish- marafon yugurish, sportchi
yurish natijasida paydo bo‘ladi.
Shtangachining hushidan ketish holati.
Og`ir shtangani ko‘targan paytda kuchli kuchayish natijasida ko‘krak qafasi
va qorin bo‘shlig‘ida bosim oshib tananing pastki qismidagi qonning yurakka
quyilishini qiyinlashtiradi. Yurakka qonning kam quyilishi esa aortadagi qon
miqdorining kamayishiga va miyaning qonsizlanishiga olib keladi.
Bokschida hushidan ketish holati.
Nerv tugunlari joylashgan sohalarda, ya`ni qorin, bo‘yin, bosh, pastki jag‘
sohalariga qattiq zarba berilishi natijasida yurak ishi qisqa muddatga to‘xtab
qoladi, miya tomirlari torayib, miya qonsizlanadi, natijada bokschi hushini
yo‘qotadi. 10 sekundgacha hushini yo‘qotish nokdaun, 10 sekunddan uzoq davom
etsa, nokaut deyiladi.
Sportchida gipoglikemiya holati.
Uglevodalr, ya`ni glyukoza, glikogen kabilar energiya manbai hisoblanadi.
Sport mashg‘ulotlarida glyukoza kislorod bilan parchalanib, energiya hosil qiladi.
Bu energiya hisobiga muskullar hamda boshqa hujayra to‘qimalar ish bajaradi.
Normada qon tarkibida glyukozaning miqdorli 80-170 mg % glikogen moddasi
jigar va tana muskullarida zahira sifatida sanaladi. Uning zahirasi o‘tagan 400g
bo‘ladi. Yaxshi chiniqqan sportchining muskullarida glikogenning zahirasi ko‘p
bo‘ladi.
Uzoq davom etadigan trenirovka va musobaqa mashg‘ulotlarida
organizmga ko‘p energiya talab qilinadi, masalan, uzoq masofaga yugurish,
suzish, velosipedda va changida yurish, sportcha yurishlar.
Uzoq vaqt harakatlanish natijasida muskullardan glikogen zaxirasi tugaydi,
qonda glyukoza miqdorli kamayadi.Qonda glyukoza miqdorli 40ml % dan
kamayganda, sportchida gipoglimekiya holati yuzaga keladi.U kuchsizlanadi,
bosim aylanadi, sovuq ter bosadi, juda och qolganini sezadi, muskullari
bo‘shashadi. Uning miyasida qon aylanishi buzilgani uchun noto‘g‘ri harakatlar
qilishi mumkin, ya`ni qarama-qarshi yoki yon tomonga yugurishi mumkin.
Tibbiy yordam.
1.Sportchi tekis joyga yostiqsiz yotqiziladi.
2.Unga 100g shakarni yoki murabboni choyga eritib ichiriladi. Iloji bo‘lsa,
20-40ml 40%li glyukoza vena tomiriga yuboriladi.
Sportchining to‘satdan hushidan ketishini oldini olish.
1.Uzoq davom etadigan katta masofaga yugurish musobaqasida startdan
20-30 minut oldin sportchiga 100g ichirildai.
2.Katta masofaga yugurish, sportcha yugurish, chang`ida va velosipedda
yurish musobaqalarida har 15km masofada ovqatlanish punkti tashkil etilib,
sportchilarga shakar, qand, murabbo eritmalari shuningdek, kalloriya beruvchi
ovqat aralashmalari ichiriladi.
3.Uzoq davom etadigan trenirovka mashg‘ulotlari va musobaqalarda,ya`ni
marafon yugurish, sportcha yurish, katta masofaga velosiped yoki chang‘ida yurish
kabilarda sportchi jigarida kuchli og‘riq paydo bo‘ladi. Buning sababi jigarda
qonning to‘planishi va jigarning ustini ko‘plab turgan jigar pardasini taranglashib
tortilishi, o‘t xaltasi va o‘t yo‘llarida o`t suyuqligining to‘planib qolishidir. Neyro-
sirkulyator distoniya yurak faoliyatining buzilishi, arteriya qon bosimining
ko‘tarilishi yoki pasayishi bilan kechadigan holatdir. Bunda asosan vegetativ nerv
tizimining faoliyati buziladi. Sababi: Sportchi kun tartibiga rioya qilmasdan,
mashg‘ulot o‘tkazishi, tez-tez charchash holatining yuzaga kelishi, kuch-quvvatni
tiklovchi vositalardan foydalanmasligi, chekishi, sportli ichimlik iste`mol qilishi,
me`yorida uxlamaslik, ovqatlanish qoidalari buzilishi, asabiylashishi.
Sportchining to‘satdan hushidan ketishi quyidagi sabablar orqali yuzaga keladi:
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |