Spartaliklar o`zlariga tegishli bo`lgan ekin yerlarini 9000 ta ulushga bo`ldilar. Har bir to`la huquqli spartalik shunday yer ulushini bu yerdagi bosib olingan mahalliy aholi-ilotlar oilasi bilan umrbod mulk qilib oldi. Ilotlar xo`jayinlariga hosilning yarmini berishga majbur edilar. Yuz yildan so`ng, Sparta G`arbiy Messeniyani ham egalladi. Keyin esa, sharq va shimoldagi Agros, Arkadiya viloyatlarini ham o`ziga qo`shib oldi. - Spartaliklar o`zlariga tegishli bo`lgan ekin yerlarini 9000 ta ulushga bo`ldilar. Har bir to`la huquqli spartalik shunday yer ulushini bu yerdagi bosib olingan mahalliy aholi-ilotlar oilasi bilan umrbod mulk qilib oldi. Ilotlar xo`jayinlariga hosilning yarmini berishga majbur edilar. Yuz yildan so`ng, Sparta G`arbiy Messeniyani ham egalladi. Keyin esa, sharq va shimoldagi Agros, Arkadiya viloyatlarini ham o`ziga qo`shib oldi.
- Arkadiyaning janubiy qismidagi bir qancha viloyatlar ham Sparta tarkibiga kirdi. Tergiya, Korinf, Sikion, Megara, Egina va Elida kabi shahar va davlatlar Sparta bilan simmaxiya-ittifoqga kirishga majbur bo`ldi. Ittifoq majlisida har bir polis bir ovozga ega bo`lib, qaror ko`pchilik ovoz bilan qabul qilinar edi va har bir shahar-davlat Sparta podsholari ixtiyoriga o`z qo`shinining 1/3 qismini berishga majbur edi.
- Ittifoqchilar o`rtasida aloqa zaif bo`lib, alohida polislar bir-biri bilan urush olib borar, boshqa ittifoqchilar bunga aralashmas edilar. Sparta Peloponnes yarim orolining 1/3 qismini (8000 km) bevosita o`z hukmronligi ostida olgan edi. Spartaning ittifoqdagi yetakchilik mavqei kuchli edi.
Yodda saqlang!
Spartaning ittifoqdagi yetakchilik o`rniga hech kimga shubha yo`q edi. Bu ittifoq o`sha davrda Yunonistonda eng kuchli edi. Yunon dunyosida eng harbiylashgan davlat ham aynan Sparta edi.
Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York. London. 2011, р.194.
Spartalikni tarbiyalash tizimi uch bosqichdan iborat edi:
7 yoshgacha bolalar ota homiyligi ostida. 7 yoshdan so`ng, davlat nazorati ostiga o`tgan.
O`smirlar 12 yoshdan 15 yoshgacha katta yoshli o`smir (iryen) boshchiligida maxsus guruhlar (il)ga kirgan.
16-20 yoshlarda o`qitishning uchinchi bosqichi (iryeniya).
Yodda saqlang!
Bolaligidan kasal va jismoniy zaif bolalar ortiqcha yuk hisoblangani uchun ularni jarlikka uloqtirar edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |